• Laboratoriya ishi 4 Mavzu: Qishloq xo’jaligini kimyolashtirirish va biosfera Darsning maqsadi
  • Laboratoriya ishi 5 Mavzu: Atrof muhit va pestisedlar ayrim turlarining ahamiyati va ishlatilishi. Darsning maqsadi
  • Laboratoriya ishi 6 Mavzu: O`simliklarni himoya qilish va atrof – muhit . Darsning maqsadi
  • Laboratoriya ishi 7 Mavzu:Turli o`g`itlardan foydalanish va uning atrof muhitga ta`siri Darsning maqsadi
  • Kerakli jihozlar
  • Olmaliq
  • Angren ). Bekobod , Toshkent
  • Laboratoriya ishi 8 Mavzu: Asosiy a biotik faktorlar yorug`lik, quyosh energiyasining organizm uchun ahamiyati va turli spektorlarning ta`siri.
  • Laboratoriya ishi 9 Mavzu: Harorat. Namlik. Darsning maqsadi
  • Laboratoriya ishi 10 Mavzu: Shovqin. Shovqinning asosiy manbalari va odam organizmiga ta`siri. Darsning maqsadi
  • Atrof muhitni muhofaza qilish




    Download 219.98 Kb.
    bet2/3
    Sana29.03.2017
    Hajmi219.98 Kb.
    1   2   3

    Laboratoriya ishi 3

    Mavzu: Biosfera va uni ifloslantiruvchi manbalar.
    Darsning maqsadi: Biosferaga inson, transport va qishloq xo`jaligining roli va ta’sirini o’rganish.

    Kerakli jihozlar: Biosfera chegaralari tasvirlangan rasmlar, slaydlar, jadvallar.Biosfera chegaralari, biosferada suv, kislorod, azot va uglerod elementlarining aylanishi tasvirlangan rasmlar, slaydlar, jadvallar, Transport va q/xo`jaligi haqidagi slaydlar, jadvallar.

    Topshiriqlar:

    1. Sayyoramiz atmosferasining hozirgi davrdagi muammolarini o`rganish.

    2. Biosferaning tirik moddasi

    3. Tirik organizmni holatiga, rivojlanishga, ko’payishga ta’sir etuvchi elementlar

    4. Qishloq xo`jaligining biosferaga ta`siri.

    Yer kurrasida tirik organizm tarqalgan va uning hayot faoliyati ruy beradigan joylar biosfera deb ataladi. Biosfera Bakteriyalardan tortib odam organizmigacha kiradi. Biosfera atmosferaning kuyi (o’rtacha 10 km chuqurlikka) qismini o`z ichiga oladi.

    Biosfera ter minini fanga birinchi bo`lib Sh.P. Lomark kiritgan bulsa, biosfera ta’limotiga akad. V.I. Vyer nadskiy asos soldi.

    Sayyoramiz tarakkiyot tarixi va xozirgi hayotida biosferaning roli juda katta. Chunki, Yer ning geografik kobigi tarakkiyotida bioximik, geoximik jarayonlarning ruy berishida “ tirik” organizmlarning ishtiroki goyat muhim.

    Biosferaning tirik moddasi orqali har yili sayyoramizda juda katta miqdorda moddalar almashinuvi ruy beradi: natijasida Yer ning geografik kobigida katta o`zgarish ruy beradi. Organizmlar tog’ jinslarining kurashida tuproq hosil bo`lishida, rel’f shakllarini o`zgarishda, kazilma boyliklarining paydo bo`lishida va atmosferaning xozirgi tarkibini vujudga keltirishida ishtirok etadi.

    Sunggi ma’lumotlarga karaganda biosferaning dastlabki tarkibiy qismi biogeocenoz hisoblanadi. Biogeocenoz deganda ma’lum ter ritoriyada tarixan tarkib topgan o`simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, tuproq, namlik, atmosfera havosi va boshqalar tushuniladi.

    Yer kurrasida moddalar almashinuvida biosferaning ahamiyati katta. Tuxtovsiz davom etadigan va tirik organizmlar faoliyati tufayli tartibga solinib turadigan moddalarning doimiy aylanishi biosferaning o`ziga xos belgisidir.

    Tirik mavjudotlar o`zining yashash jarayonida muhit bilan doimo alokada bo`lib turadi, va geografik qobiqda narsalarning almashinishi vujudga keladi. Bu biologik aylanish deb yuritiladi. Biosferada tirik mavjudotlarning massasi 2,7. 1012 tonnaga teng bo`lib ular fotosintez orqali har yili 0,2 . 109 tonna usadi, yiliga shuncha tirik mavjudot halok bo’ladi.

    Atmosfera sarf bo’ladigan kislorod urni fotosintez jarayoni natijasida tuldirilib turiladi. O`simliklar qorbonat angidridni yutib turadi . Biosferada suvning almashinuvi tirik moddalarga katta ta’sir ko’rsatadi.

    Biosferadagi organizmlar azot, koliy, kremniy, fosfor, oltingugurt va boshqalarni aylanib yurishda ham ishtirok etadi.

    Fosfor (yun. phosphoros - yoruglik tashuvchi, phos - yoruglik va phoro - tashiyman, lot. Phosphorus), P - Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 15, atom massasi 30,97376.

    Biosferada tirik organizmlar massasining 94,5% o`simliklar biomassasiga to’g’ri keladi. Sayyoramizda tirik organizm hayoti geografik muhit bilan chambarchas bog’liq bo`lib ular muhitga moslashib rivojlanib boradi. Tirik organizm bilan geografik muhitning o`zaro munosabatlarini maxsus fan ekologiya fani urganadi.

    Tirik organizmni o’rab turadigan uning holatiga rivojlanishga ko’payishga ta’sir etuvchi elementlar ekologik omillar deb ataladi. Geografik muhitning organizmga ta’sir etuvchi ekologik omillarini abiotik, biotik va antropogen kabi omillarga ajratish mumkin.

    Abiotik omillar bu tirik organizmga bilvosita yoki bevosita ta’sir etuvchi tabiatning elementlari - harorat, yorug’lik, bosim, namlik, shamol, havo, suv.

    Harorat (Temperatura) (lot. temperatura - kerakli aralashma, o'rtacha holat) - moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.

    Dengiz okimi, radiaktiv nurlar, rel’f subtrat suvning sho’r ligi va boshqalar.

    Abiotik omillar. Har bir organizm uchun juda zarur elementlar hisoblanib organizm shu omilga moslashgan takdirdagina o`z holatini saqlab qolishi mumkin.

    Ko`z kelganda haroratning pasayishi, natijasida ba’zi daraxtlarning barg tukishi yoki issik konli hayvonlarning tuplashi ana shu moslanishning bir turidir.

    Biotik omillar. Barcha tirik mavjudotlar hayvonlar, o`simliklar, mikroorganizmlarni organizmga ko’rsatgan ta’siri biotik omil deb kiritiladi. Tirik mavjudotlarning bir-biriga ta’sirining shakllari.

    Antropogen omil. Bu kishiliq jamiyatining ko’rsatayotgan ta’siridir.

    Biotsenoz haqida tushuncha. Sayyoramizning yupka hayot katlamida jonli va jonsiz tabiatning o`zaro ta’siri jarayoni ruy beradi. Bu yoyuka hayot qoplami biosfera yoki biogeosfera deb ataladi. Biosferaning hamma qismi yaxlit bir biriga uxshash tabiat komplekslaridan tashkil topgan emas. o’Uning nisbatan bir xil (yaxlit) tabiat komponentlari (atmosfera, tog’ jinsi, tuproq usimligi, hayvonot dunyosi gidrologik rejimi) bilan harakter lanadi. Qismlari biogeocenoz deb yuritiladi. Bunga tundra, O’rmon, O’rmon dasht, chalacho`l, cho`l, botkok, utlok kabi biogeocenozlar misol bo’ladi.

    Biogeocenozdagi barcha organizmlarni (o`simlik, hayvonat olami mikroorganizm) biotsenoz (tabiiy turkum) lar tashkil etadi.

    O`simlik hayvonat turlarining zonal va azonal taksimlanishi biotsenozlarga xosdir. Biotsenoz tarkibiga kiruvchi barcha organizmlar orasida o`zaro murakkab aloka mavjud. Ular bir biri bilan bevosita boglangandir. Buni O’rmon va cho`l biotsenozi misolida ko’rib chikamiz. Ular bir biriga yakin joylashgan.

    Ma’lumki abiotik omillar o`z novbatida xozirgi zamon formalarining biosferada tarkalishiga ularni o`zaro munosabatlariga ya’ni muhitnineg biotik omillariga ta’sir ko’rsatadi. Biotik omillar bu bir organizmga ikkinchi organizmning ta’sir ko’rsatishidir. Ma’lumki turlararo munosobatlar formalari xilma xil bo`lib eng muhimlari bir turni ikkinchi turni eyishi; parazitizm; turlararo raqobat kvartirantlik; kommensalizm (sigindiliq); bir turning ikkinchi tur tomonidan tarkatilishi va boshqalardir.

    Bir turning ikkinchi turni eyishi deganda yirtkiya bilan ulja orasidagi munosabatni hayvonni o`simliklar bilan ovkatlanishini(utxur hayvonlar) hamda o`simliklarning hayvonlar bilan ovkatlanishini (hasharotxo’r o`simliklar) kabi xodisalarni tushunamiz

    Parazitizim- hayot faoliyatining ko’p yoki ozrok vaktida boshqa turga mansub individlar bilan bog’liq holda, usha individlar hisobiga yashovchi organizmlardir. Parazitpar ma’lum organik turga yopishib. Uning tana shiralari, tukimalari yoki xazm kilgan ovkatlari bilan oziqlanib yashaydi.

    Turlararo raqobat - ekologik sharoitda birgalikda yashovchi bir tur individlarning ezilishidan ruy beradi. Bu raqobat ayniqsa bir xil ekologik sharoitga moslashgan ikkita turning bir turkumda yashashida kuchli bo’ladi.

    Turlararo raqobat - biotsenozda turlar tarkibining shakllanishida ularning tarkalishida va miqdorini boshHarib turishda muhim mexanizm hisoblanadi. Shuningdek, raqobat turlarning evolyutsion rivojlanishida ham katta rol’ uynaydi.

    Kvaritiranlik- bu bir turga mansub individlarning boshqa uchun makon xizmatini utaydigan ko’rilmalarga kirib, joylashib olishlaridir. Bunga katta kum sichkoni inlariga sut emizuvchilar, qushlar, replitiyalar, amfibiyalar, mollyuskalar, xasharotlar, kanalar va boshqa kirib yashashi yakkol misol bo’ladi.

    Kommensalizm (sigindiliq) - ikki alohida turga mansub bo`lgan hayvonning birgalikda yashashidir. Bunda bir hayvon ikkinchi hayvonga zarar keltirmagani holda, uning ovkat koldiklari bilan

    Laboratoriya ishi 4

    Mavzu: Qishloq xo’jaligini kimyolashtirirish va biosfera
    Darsning maqsadi: Biosferaga insonning roli va ta’sirini o’rganish. Hayvonlar biomassasiga o`simliklar biomassasining nisbati Suv, kislorot, azot va uglerot elementlarining aylanishini o`rganish.

    Kerakli jihozlar: Biosfera chegaralari tasvirlangan rasmlar, slaydlar, jadvallar Biosfera chegaralari, biosferada suv, kislorot, azot va uglerod elementlarining aylanishi tasvirlangan rasmlar, slaydlar, jadvallar

    Topshiriqlar:

    1.Biosfera chegaralarini, unda modda va energiyaning almashinishini o`rganish.



    1. Biosferada biomassaning taqsimlanishi tarkibi va nisbati.

    2. Biosferaga insonning bilvosita va bevosita ta’sirini o`rganish

    3. Biosferada moddalar aylanishi.

    5. Suv, kislorot, azot va uglerot elementlarining aylanishini o`rganish

    Yer kurrasida tirik organizm tarqalgan va ularning doimiy ta’siri ostida bo’lgan va faoliyati mahsulotlari egallagan qoboq biosfera (yunoncha ,,bios“ hayot, ,,sfera“-shar deb yuritiladi.

    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.

    ) Biosfera bakteriyalardan tortib odam organizmigacha kiradi. Biosfera yerning qattiq qobig’I – litosferaning ustki qismi (3 km chuqurlikkacha), havo qobig’i atmosferaning quyi, troposfera qismini (o’rtacha 15 km gacha) qismini va suv qobig’i – gidrosferani (11 kmgacha) o`z ichiga oladi.

    Hayotning yuqori chegarasi sayyorani ultrabinafsha nurlanishdan himoya qiladigan ,,ozon qatlami“dan o’tkaziladi va biosferaning umumiy ,,qalinligi“ 33-35 km deb belgilanadi.

    Biosfera insonlarning yashashi uchun zarur hayotiy sharoitlarga ega yagona makon hisoblanadi. Biosferaning yagona makonligi qonun hisoblanadi: biosferani sun’iy muhitga almashtirib bo’lmaydi, chunki yangi hayot turlarini yaratish mumkin emas. Inson sbadiy dvigatelni yarata olmaydi, biosfera esa amalda abadiy dvigateldir.

    Inson o’nggi 100-150 yil davomida biosferani shunchalar o’zgartirib yubordiki, natijada uning million yillar davomida tarkib topgan barqaror muvozanatiga rahna solindi noyob nabotot va jonivorlar turlari kamayib ketdi.

    Insonning tabiatga turli yo’llar bilan ta’sir qilishi, faoliyati tufayli bo’ladigan tabiiy o’zgarishlarga antopogen ta’sir deyiladi.hozirgi energetikaning shiddat bilan o’sishi natijasida butun yer kurrasi atrofidagi havo harorati ma’lum darajada ko’tarilishi kuzatilmoqda. Bu esa abadiy muzliklarni eriy boshlashiga olib kelishi mumkin.

    Atrof – muhitning, jumladan atmosfera havosi, suv, tuproqlarning ko’pdan – ko’p sanoat korxonalari, avtotransport vositalari, turli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi aholi salomatligiga katta zarar keltirmoqda.

    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.

    Biоsfеrаdа kimyoviy elеmеntlаr tirik оrgаnizmlаrning fаоliyati nаtijаsidа аylаnib turаdi. Kimyoviy elеmеntlаrning biоsfеrаning bir tаrkibiy qismidаn ikkinchisigа o’tishi shu bilаn birgа dаstlаbki hоlаtgа qаytishi biоsfеrаdа mоddаlаrning аylаnishi dеyilаdi.

    Enеrgiyaning аylаnishi mоddаlаrning аylаnishi bilаn chаmbаrchаs bоg’liq. Mоddаlаrning kichik dоirаdа (biоlоgik) vа kаttа (gеоlоgik) dоirаdа аylаnishlаri kuzаtilаdi biоlоgik dоirаdа аylаnish оrgаnizmlаr o’rtаsidа, quruqlikdа tuprоq bilаn оrgаnizm o’rtаsidа, gidrоsfеrаdа esа оrgаnizm bilаn suv o’rtаsidа sоdir bo’lаdi.

    Biologik aylanma harakatda qatnashadigan organizmlarning produtsent, konsument va redutsent ekologik guruhlari ajratiladi. Produtsentlar uglerod, quyosh energiyasi va suv ishtirokida organic mahsulotlarni yaratadi, konsumentlar birlamchi mahsulotni iste’mol qiladi va redutsentlar organic moddalarni parchalaydi. Yashil o’simliklar quyosh energiyasidan foydalanib, tirik moddalarning birlamchi mahsulotini hosil qiladi, CO2 ni o’zlashtirib, O2 ni ajratadi. Hayvonlar o’simliklar bilan oziqlanadi, kislorodni o’zlashtirib, CO2 ajratadi. O’lik hayvon va o’simlik qoldiqlarini hasharotlar, zamburug’lar, bakteriyalar va boshqalar parchalaydi, mineral yoki noorganik birikmalarga aylantiradi. Ular tuproqqa tushib, yana o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. Mоddаlаrning kаttа dоirаdа аylаnishi quruqlik bilаn dunyo оkеаnlаri o’rtаsidа bоrаdigаn jаrаyondir.

    Biosferada suvning almashinvida tirik moddalar katta rol o’ynaydi. Biosferadagi organizmlar azot, kaliy, kremniy, fosfor, oltingugurt va boshqalarni aylaniob yurishida bevosita ishtirok etadi. Demak, moddalarning tabiatda to’xtovsiz aylanib yurishida tirik mavjudotlarning ahamiyati juda katta.

    Zaharli kimyoviy moddalar bilan tashqi muhitning ifloslanishi, o’z navbatida aholi sog’ligiga va barcha jarayonlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun ham zaharli kimyoviy moddalarni xalq xo’jaligida ko’plab ishlatishning zararli oqibatlarini oldini olish kerak, shuningdek, atmosfera havosini, suv va tuproqni korxonalarning chiqindilari, hamda oqava suvlaridan asrash yo’llarini o’ylab topish dolzarb muammolardan hisoblanadi.

    Suv, vodorod oksid, H2O - vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. S. rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va obxavoning shakllanishida S.


    Laboratoriya ishi 5

    Mavzu: Atrof muhit va pestisedlar ayrim turlarining ahamiyati va ishlatilishi.

    Darsning maqsadi: Kimyoviy moddalar va ularning tirik organizmlarga ta`siri ni o’rganish

    Kerakli jihozlar: Kimyoviy moddalardan namunalar, tablitsalar.

    Topshiriqlar:

    1. Kimyoviy moddalarning atmosferaga ta`siri

    2. Kimyoviy moddalarning tuproq mikroorganizmlariga ta`siri

    3. Kimyoviy moddalarning tirik organizmga ta`siri

    Tabiatning ifloslanishida sanoat chiqindilari ham katta ahamiyatga ega. Sunggi yillarda A.Navikov ma’lumoti buyicha sanoatda atrofga 4000-4200 mln.t. chiqindilar, tabiiy energiyadan 17500-17600 mln.t. chiqindilar, 1600 mlrd.t. tashlandiq suvlar chiqarilmoqda.

    Yangi ximiyaviy moddalar yaratilishi. Agarda 1945-1959 yillari 1 mln.har xil ximiyaviy modda yaratilgan bo’lsa 1960-1969 yillar 1,2 mln yangi ximiyaviy birikma kashf qilindi. Hozir yer kurrasida har xil 40 mln .t. atrofida sintetik modda ishlab chiqarilmoqda. Ular deyarli parchalanmaydi.

    Tabiiy resurslardan intensiv foydalanish jon boshiga iste’mol qilinadigan (moddalar) materiallar o’sishiga sabab bo’lmoqda. Agar 19 40 yil jon boshiga iste’mol qilinadigan materiallar 7,4t 1960 yil 14,3 t tashkil etsa, 2000 yil 35-40 t ga etadi.

    Hozir dunyo bo’yicha quruqlik yuzasining 11% qishloq xo’jalik ekinlari bilan 17,5% i o’tloq va yaylovlar bilan band. Insonning xo’jalik maishiy ehtiyojlari uchun yiliga daryo oqimining 20% dan ortig’i foydalanilmoqda buning 6,0-6,5%i qayta suv havzalariga tushmoqda.

    Zaharli kimyoviy moddalar bilan tashqi muhitning ifloslanishi, o’z navbatida aholi sog’ligiga va barcha jarayonlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun ham zaharli kimyoviy moddalarni xalq xo’jaligida ko’plab ishlatishning zararli oqibatlarini oldini olish kerak, shuningdek, atmosfera havosini, suv va tuproqni korxonalarning chiqindilari, hamda oqava suvlaridan asrash yo’llarini o’ylab topish dolzarb muammolardan hisoblanadi.

    Rеspublikada 2 mln cha dan ortiq Yer maydoni yoki barcha suyoriladigan Yerning qarib yarmi buzilish xafvi asrida turibdi.

    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.

    Yerning nixoyat darajada sho`rlanganligi O`zbеkiston uchun ulkan ekologik muammodir. Yerlarni ommaviy sur`atda o`zlashtirish, hatto sho`rlangan va mеliaratsiyaga yaroqsiz yirik-yirik,yaxlit maydonlarni ishga solish ana shunga olib kеldi.So`nggi 50 yil mobaynida suyoriladigan Yer maydoni2,46 mln ga dan 4,28 mln ga еtdi.Faqat 1975-1985 yilar mobaynida 1 mln ga ga yaqin yangi Yer maydonlari o`zlashtirildi 1990yilga kеlib suyoriladigan Yer maydoni 1985 yildagiga qaraganda 1,5 baravar ko`paydi.

    Ekin maydonlari tarkibida so`nggi vaqtlarga paxta dеyarli 75 foiz maydonni egallagan edi.. Dunyoning birorta ham mamlakatda paxta monopoliyasi bu qadar yukori darajaga ko`tarilmagandi. Bu xol Yerning kuchsizlanishiga, tuproq unumdorligini pasayishiga, uning suv-fizikaviy xossalari yomonlashuviga, tuproqning buzilishi va nuraish jarayonlari ortishiga olib kеldi.

    O`zbеkistonda noorganik minyeral uyitlar, gYerbitsidlar va pеstitsidlarning qo`llanishi eng yuqori normalardan ham o`nlab baravar ortiq edi. Ular tuproqni, daryo, ko`l, Yer osti va ichimlik suvlarini ifsonlantirdi. Bundan tashqari, yangi Yerlardan foydalanishda zarur tеxnologiyalarga rioya qilinadi. Hamma joyda paxta nazoratsiz suyorildi. Tuproqning nami ko`payib kеtdi. Bu esa uning qayta sho`rlanishiga olib kеldi. Tuproqni har xil sanoat chiqindilari va maishiy chiqindilar bilan shiddatli tarzda ifloslanishi rеal taxdid tuydirmoqda. Turli kimеviy vositalar, zararli moddalar va minyeral moddalarni sanoat va qurilish matYeriallarini saqlash, tashish va ulardan foydalanish qoidalarini qupol ravishda buzilishi Yerni ifloslanishiga olib kеlmoqda Foydali qazilmalarni jadal suroatlar bilan qazib olish, ko`pincha ularning qayta ishlashining tеxnologik sxеmalari nomo`kammalligi ko`p miqdorda aydarmalar, ko`l, shlak va boshqa moddalar to`planib qolishiga olib kеlmoqda.Bular tuproqni, Yer osti va Yer usti suvlarini,atmosfera havosini ifloslantirish manbalariga aylantirmoqda. O`zbеkiston hududida qattiq maishiy chiqindilar tashlanadigan 230 dan ortiq shahar va qishloq axlatxonalari mavjud.Ularda taxminan 30 million kub mеtr axlat to`planadi.Ular asosan surunkali ravishda,juyrofik, gеologik-gidrogеologik va boshqa shart sharoitlarni komplеks o`rganmay turib tashkil etilgan. Ularda qattiq maishiy chiqindilarni zararsizlantirish va ko`mib tashlash ibtidoiy usular bilan amalga oshirilmoqda. Ayniqsa rеspublikaning yirik shaharlarida maishiy chiqindilrani ishlatish va zararsizlantirish soxasida murakkab vaziyat vujudga kеlgan.Rеspublikada hali-xanuz maishiy chiqindilarni sanoat usulida qayta ishlash masalasi hal qilinmagan.Yagona Toshkеnt maishiy chiqindilar tajriba zavodi 1991 yildagina ishlay boshladi. Radioaktiv ifloslanish, ayniqsa, katta xavf tuydirmoqda.. Navoiy viloyatlaridagi qoldiklar saqlanadigan joy ham ekologik jihatdan xavfli ifloslantirish o`choyi hisoblanadi.

    Navoiy viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1982 yil 20 apr.da Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988 yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992 yil boshida qayta tiklandi.

    Bu Yerdagi radioaktiv qumni shamol o`chirishi xavfi bor.Shu sababli O`zbеkistonda tabiatni muhofaza qilishdagi yoyatta muhimvazifa Yerlarning xolatini yaxshilashdan, tuproqning ifloslaniishini kamaytirish bo`yicha chora -tadbirlar majmuini amalga oshirishdan iborat.Bu o`rinda gap eng avvalo tabiiy zaxiralardan foydalanishni tubdan yaxshilash haqida bormoqda va ekologik xavfsizligi nuqtai-nazaridan qaraganda, suv zaxiralarining, shu jumladan Yer usti va Yer osti suvlarining taqchilligi hamda ifloslanganligi katta tashvish tuydirmoqda. Rеspublikaning daryolari ifloslanganligi, kanallari, suv omborlari va hatto Yer osti suvlari ham har taraflama inson faoliyati ta`siriga uchramoqda.


    Laboratoriya ishi 6

    Mavzu: O`simliklarni himoya qilish va atrof – muhit.

    Darsning maqsadi: Tabiatni muhofaza qilish bilan bog`liq bo`lgan muhim sanalar va qonun qoidalarni o’rganish

    Kerakli jihozlar: Tabiatni muhofaza qilish bilan bog`liq bo`lgan muhim sanalar va qonun qoidalardan namunalar.“Qizil kitob”, unda muhofazaga olinngan hayvonlarning rasmlari, tabiiy resurslarning turlari sxemasi.

    Topshiriqlar:

    1. Atrof – muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlari

    2. Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida davlat qonunlari

    3. Hozirgi vaqtda yuqolib borayotgan o`simlik va hayvon turlarini o’rganish

    4. “Qizil kitob” – xavf-xatar belgisi

    5. “Qizil kitob” ga kiritilgan noyob o`simliklar

    6. “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonot olami

    O’zbekiston Respublikasi ekologik muammolarni hal etishda dunyoda peshqadamlik qilib kelmoqda.

    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.

    Uning ijobiy sa’y – harakatlarini jumlayi – jahon olqishlab, qo’llab – quvvatlab turibdi. President I. A. Karimov rahbarligida tabiatni muhofaza qilish borasida qator tadbirlar ishlab chiqildi. Tabiat bag’ritoshlikni emas, ezgulikni, e’tiborni, mehr – muhabbatni yoqtiradi. Tabiatni e’zozlagan, tabiat bilan til topgan odam, xalq, elat va millat, davlat va jamiyat hech qachon kam bo’lmaydi. Atrof-muhitni muhofaza etish o’ta dolzarb muammoki, uni hal etishni also paysalga solib bo’lmaydi.

    O’zbekiston Respublikasida ,,Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish“ bo’yicha qabul qilingan qonunlar:



    1. 1992 yil 9 dekabr - ,,Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida“gi Qonun.

    2. 1993 yil 6 may - ,,Suv va suvdan foydalanish to’g’risida“gi Qonun.

    3. 1993 yil 7 may - ,,Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida“gi Qonun.

    4. 1994 yil 23 sentabr - ,,Yerosti boyliklari to’g’risida“gi Qonun.

    5. 1996 yil 27 dekabr - ,,Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida“gi Qonun.

    6. 1997 yil 26 dekabr - ,,Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida“gi Qonun.

    7. 1997 yil 26 dekabr - ,,O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida“gi Qonun.

    8. 1998 yil 30 aprel - ,,Yer kodeksi“

    9. 1999 yil 15 aprel - ,,O’rmon to’g’risida“gi qonun.

    O’zbekistonning birinchi «Qizil kitоb» i 1983 yildа nаshr qilingаn bo’lib, ungа umurtqali hаyvоnlаrning 63 turi, kiritilgаn edi. «Qizil kitоb» dаvriy nаshrdir vа Nizоmgа muvоfiq хаr bеsh yildа yangilаnib qаytа nаshr qilinishi lоzim. Ushbu muddаt ichidа «Qizil kitоb» gа kiritilgаn turlаrning mаqоmi o’zgаrishi, оlib bоrilgаn mахsus muhоfаzа chоrаlаri tufаyli bа’zi turlаrning sоni tiklаnishi, yashаsh shаrоitining o’zgаrishi tufаyli kаmаyishi hаmdа bоshqа tа’sir etuvchi оmillаr hisоbigа qisqаrishdа dаvоm etishi vа hаttоki bоshqа tоifаgа o’tish mumkin.

    Hozirgi pаytdа O’zbekiston Fаnlаr Аkаdеmiyasining Zооlоgiya institute vа O’zbekiston Zооlоgiya jаmiyatining hаrаkаtlаri bilаn yurtimiz fаunаsining shu kundаgi аhvоlini vа ko’pginа hаyvоnlаr turlаrini mаqоmini bаhоlаshgа imkоn bеruvchi judа bоy mа’lumоtlаr to’plаngаn. Yangi «Qizil kitоb» gа sut emizuvchilаrning 23 turi, (kеnjа turlаr bilаn 24), qushlаrning 48 turi (kеnjа sinflаr bilаn 51), sudrаlib yuruvchilаrning 16 turi, bаliqlаrning 17 turi (kеnjа turlаr bilаn 18), хаlqаsimоn chuvаlchаnglаrning 3 turi, mоllyuskаlаrning 14 turi, (kеnjа turlаr bilаn 15), vа bo’g’imоyoqlilаrning 61 turi (kеnjа turlаr bilаn 62) kiritilаdi.

    Shu bilаn birgаlikdа 1983 yildа nаshr etilgаn ««Qizil kitоb» dа kеltirilgаn sut emizuvchilаr vа qushlаrning bа’zi turlаri ushbu nаshrgа kiritilmаdi. Ulаrdаn bа’zilаrining sоni hozirdа rеspublikа hududidа bаrqаrоrlаshgаn bo’lsа (оlаkuzаn, kum chumchugi), bа’zilаri esа tаsоdifiy muhоjir (kichik оqqush, kаttа shоmshаpаlаk, qizil bo’ri) yoki O’zbekiston fаunаsidа mаvjudligi yеtаrlichа аsоslаnmаgаn tur ( mаnul, tyonshоn tоg’ qo’yi) dеb hisоblаnаdi. Bundаn tаshqаri kitоbdа TMХI Qizil ro’yxatigа (2000) kiritilgаn, аmmо O’zbekiston Rеspublikаsidа yo’q bo’lib kеtish хаvfi оstidа bo’lmаgаn hаyvоnlаr ro’yxati хаm kеltirilgаn.

    Laboratoriya ishi 7

    Mavzu:Turli o`g`itlardan foydalanish va uning atrof muhitga ta`siri

    Darsning maqsadi: Kimyoviy moddalar va ularning tirik organizmlarga ta`siri ni o’rganish

    O`zbekiston Respublikasidagi hududidagi sanoat shaharlarining ekologiyasi



    Kerakli jihozlar: Kimyoviy moddalardan namunalar, tablitsalar.

    Topshiriqlar:

    1. Kimyoviy moddalarning atmosferaga ta`siri

    2. Kimyoviy moddalarning tuproq mikroorganizmlariga ta`siri

    3. Kimyoviy moddalarning tirik organizmga ta`siri

    4. O’zbekiston Respublikasidagi hududidagi sanoat shaharlari

    5. Angren - Olmaliq, Farg`ona sanoat shaharlari ekologiyasini

    6. Marg`ilon va Navoiy shahri misolida sa`noat shaharlarining ekologiyasi

    Tabiatning ifloslanishida sanoat chiqindilari ham katta ahamiyatga ega.

    Olmaliq - Toshkent viloyatidagi shahar (1951 yildan). Olmaliqsoy boʻyida, Qurama togʻlarining shim. yon bagʻrida, 600–650 m balandlikda. Toshkent shahridan 60 km jan.-sharkda, Ohangaron daryosining chap sohilida.

    Navoiy - Navoiy viloyatidagi shahar (1958 yildan). Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon daryosi vodiysida, viloyatning sharqiy chekkasida, 347 m balandlikda joylashgan.

    Sunggi yillarda A.Navikov ma’lumoti buyicha sanoatda atrofga 4000-4200 mln.t. chiqindilar, tabiiy energiyadan 17500-17600 mln.t. chiqindilar, 1600 mlrd.t. tashlandiq suvlar chiqarilmoqda.

    Yangi ximiyaviy moddalar yaratilishi. Agarda 1945-1959 yillari 1 mln.har xil ximiyaviy modda yaratilgan bo’lsa 1960-1969 yillar 1,2 mln yangi ximiyaviy birikma kashf qilindi. Hozir yer kurrasida har xil 40 mln .t. atrofida sintetik modda ishlab chiqarilmoqda. Ular deyarli parchalanmaydi.

    Tabiiy resurslardan intensiv foydalanish jon boshiga iste’mol qilinadigan (moddalar) materiallar o’sishiga sabab bo’lmoqda. Agar 19 40 yil jon boshiga iste’mol qilinadigan materiallar 7,4t 1960 yil 14,3 t tashkil etsa, 2000 yil 35-40 t ga etadi.

    Hozir dunyo bo’yicha quruqlik yuzasining 11% qishloq xo’jalik ekinlari bilan 17,5% i o’tloq va yaylovlar bilan band. Insonning xo’jalik maishiy ehtiyojlari uchun yiliga daryo oqimining 20% dan ortig’i foydalanilmoqda buning 6,0-6,5%i qayta suv havzalariga tushmoqda.

    Zaharli kimyoviy moddalar bilan tashqi muhitning ifloslanishi, o’z navbatida aholi sog’ligiga va barcha jarayonlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun ham zaharli kimyoviy moddalarni xalq xo’jaligida ko’plab ishlatishning zararli oqibatlarini oldini olish kerak, shuningdek, atmosfera havosini, suv va tuproqni korxonalarning chiqindilari, hamda oqava suvlaridan asrash yo’llarini o’ylab topish dolzarb muammolardan hisoblanadi.

    Jahonda AESning ahvoli, Chernobl, Chelyabinskdagi AESning halokati, AESning atrof-muhitga salbiy ta`siri quyidagilar



    1. radiaktiv qoldiqlarning ko`plab chiqishi, bu qoldiq ko`plab yer maydonini egallashi,uni saqlash muammosi, u inson uchun xavfli ekanligini ta`kidlash lozim

    2. reaktorlarni sovitish uchun ko`plab suv zarurligi

    3. atrof-muhitga radiatsiya oqimining ta`rqalishi

    4. shomol bilan radiatsiyaning uzoqlarga tarqalishi va boshqa muhim ekologik omillar mavjud

    Energitika sohasi eng katta havoni ifloslantiruvshi manbalardan biridir. Issiqlik elektrostansiyalari O`zbekistondagi elertroenergiya tizimining 87% energiyasini ishlab chiqadi. Issiqlik energiyasi issiqlik elektrostansiyalari (50,2%) va mintaqa issiqlik korxonalari (49,8%) tomonidan ishlab chiqarilib, respublika issiqlik energiyasiga bo`lgan talablarni 35% ni beradi.

    Mintaqa - Yer yuzasining tabiiy geografik kenglik zonalligining eng yuqori bosqichi. Yer pusti yoki geografik qobiqning biror jihatdan oʻxshash boʻlgan, kenglik boʻylab choʻzilgan nisbatan kambar qismi. M.

    1997 yil mobaynida issiklik elektroenergiya ishlab chiqish uchun 72,5% tabiiy gaz, 11,3% neft, 3,7% ko`mir va 12,5% suv sarflangan va hozirda doimiy zaharlantiruvchi manbalar tomonidan atmosferaga har yili 252,2ming tonna chiqindilar yoki umumiy chiqindilarning 30% chiqarilmoqda.

    Energitikaning rivojlanishi atrov-muhit ushun salbiy tarzda yuz bermoqda. Ob’ektlarni qurish uchun joylarni tanlash ishlari atrof-muhit ahvolini inobatga olmasdan olib borilgan. Obektlarning joylashgan erlari havoni azot oksidlari, oltingugurt oksidlari va qattiq moddalar bilan ifloslanishida xarakterlanadi.


    Farg`ona, Chirchiq, Olmaliq, Andijon va Navoiy viloyatlarining mineral o`g`itlar va oziq ovqat korxonalari joylashgan joylarda havoning amiyak bilan ifoslanish darajasi yuqori.

    Chirchiq - Toshkent viloyatidagi shahar. Chirchiqdaryosining oʻng sohilida, Qorjontovning yon bagʻrida, 730 m balandlikda, Toshkentdan 30 km shim.sharqda joylashgan. Toshkent Chorvoq temir yoʻldagi stansiya va avtomobil yoʻllari chorrahasi.

    Fenol bilan havoni ifloslanishi darajasining yuqorili ishlab chiqarishda uglevodorod xom ashyosidan foydalanadigan korxonalarda kuzatilgan (Toshkent, Farg`ona, Chirchiq, Angren). Bekobod, Toshkent, Farg`ona va Chirchiq shaharlarining osmonlarida tarkibida ozon gazi mavjud bo`lgan tutunlar seziladi.

    Keyingi yillarda ishlab chiqarishning qisqarishi va transport tashuvlari hajmining kamayishi natijasida sanoat va transport manbalaridan chiqadigan chiqindilar hajmi kamaydi. Respublikaning yana bir muhim xususiyati undagi katta sanoat korxonalarining tor tog` vodiylarida joylashganligidir.

    Bekobod - Toshkent viloyatidagi shahar (1954 y.dan). Toshkentdan 189 km jan.da, Dalvarzin choʻlining jan.sharqida. Tojikiston Respublikasi chegarasi yaqinida. Bekobod stansiyasi. Sirdaryoning har ikkala sohilida, shim.

    Angren (fors. Ohangaron, "temirchilar" atamasining ruscha buzilgan shakli) - Toshkent viloyatidagi shahar (1941 - 46 yillarda shaharcha). Jiga-riston, Jartepa, Teshiktosh, Qo‘yxona qishloqlari o‘rnida bunyod etilgan.

    Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.

    Vodiy - relefning uzunasiga choʻzilgan botiq shakli. Hosil boʻlishiga koʻra erozion va tektonik V. boʻladi. V.larning dastlabki shakli, asosan eroziya natijasida, vaqtincha oqar suvlar hosil qilgan jarliklardir.

    (Toshkent, Namangan Farg`ona, Chirchiq,Andijon Bekobod, Angren, Ohangaron, Olmaliq shaharlari) U yerlardagi mahalliy havo aylanish tizimi tez ifloslanishiga sabab bo`lmoqda.

    Namangan - Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholi soni boʻyicha Fargʻona vodiysida oldingi oʻrinda. Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri.

    Respublika hududida 3 dan ortiq korxonalarda katta hajmdagi qattiq chiqindilar yig`uvchisi bo`lgan 80 dan oshiq akumuliyatorlardan foydalaniladi. Umumiy hisobda ular 22 ming gektar yer maydonini egallaydi. Barcha akumuliyatorlarning umumiy quvvati 1,25 ko`b km ga teng bo`lib, bg katta bir havzaning hajmiga tengdir. Bunday obektlarning ko`bchiligi Toshkent, Farg`ona, Samarqand hamda Navoiy kabi aholisi ko`b va sanoat rivojlangan shaharlarda joylashgan.

    Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.

    U yerlarda joylashgan kimyo sanoati korxonalari yetqazish kompaniyalari qora va rangli metallurgiya korxonalari katta hajmdagi havoni ifloslantiruvshi moddalarni atmosferaga chiqaradi.

    Metallurgiya (yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) - rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi.



    Laboratoriya ishi 8

    Mavzu: Asosiy abiotik faktorlar yorug`lik, quyosh energiyasining organizm uchun ahamiyati va turli spektorlarning ta`siri.

    Darsning maqsadi: Iqlimiy omillar mahalliy omillar. Yorug`lik va uning tirik organizmlarga ta’siri. Harorat, namlik, bosimning tirik organizmlarga ta’siri. Gravitasion kuchlar. Edofik omillar-tuproq omili. Topografik (orografik)- rel’ef omillari. Gidrologik omillar.

    Kerakli jihozlar: Iqlim xaritasi, ter mometr, turli iqlim minttaqalarida yashashga moslashgan hayvon va o`simliklarning rasmlari.

    Topshiriqlar:

    1. Yorug`likning tirik organizmlarga ta`siri

    2. Namlikning tirik organizmlarga ta`siri.

    3. Haroratning tirik organizmlarga ta`siri

    4. Abiotik omillarning ta`siriga moslashishi

    O’simliklаrni yorug’likkа bo’lgаn munоsаbаtigа ko’rа uch guruhgа аjrаtish mumkin:

    1. Yorug’sеvаr (gеliоfit) o’simliklаr. Ulаr yorug’lik еtаrli bo’lgаndаginа nоrmаl o’sishi vа rivоjlаnishi mumkin. Bundаy o’simliklаrgа dаsht, cho’l zоnаlаridаgi o’simliklаr, o’tlоqzоrlаrdаgi qo’ng’irbоshdоshlаr vа bоshqа bа’zi turlаr, o’rmоn o’simliklаr jаmоаsining birinchi qаtlаmini tаshkil etuvchi bаlаnd bo’yli dаrахtlаr, O’rtа Оsiyo shаrоitidаgi qisqа vеgеtаtsiya qiluvchi ko’p yillik o’t o’simliklаrining efеmеrоid tipidаgi hаyot shаkllаri vа bоshqаlаr kirаdi.

    2. Sоyasеvаr (stsiоfitlаr) o’simliklаr. Ulаr kuchsiz yorug’lik tushаyotgаn jоylаrdа o’suvchi o’simliklаrdir. Bulаrgа o’simliklаr qоplаmining pаstki qаtlаmlаridа o’suvchi turlаr, mохlаr, plаunlаr, pаpоrоtniklаr, yong’оqzоlаr оstidа o’suvchi yovvоyi хinа, tоg’gunаfshа kаbilаrni ko’rsаtish mumkin. Yorug’sеvаr vа sоyasеvаr o’simliklаr mоrfоlоgik, аnаtоmik vа fiziоlоgik хususiyatlаri bilаn bir-birlаridаn fаrqlаnаdi.

    3. Sоyagа chidаmli yoki fаkultаtiv gеliоfit o’simliklаr. Ulаrning ko’pchiligi yorug’sеvаr hisоblаnsа-dа, yorug’lik unchа еtаrli bo’lmаgаndа hаm, оrtiqchа yorug’likdа hаm nоrmаl o’sib rivоjlаnаdigаn turlаrdir. Ulаrgа qo’ng’irbоsh, qulupnаy, аrg’uvоn vа bоshqаlаrni kiritish mumkin.

    Quruqlikdа yashоvchi оrgаnizmlаrning suvgа bo’lgаn tаlаbi tuprоq vа аtmоsfеrа nаmligi hisоbigа qоndirilаdi. Tuprоq vа аtmоsfеrаdаgi nаmlikning mаnbаi аtmоsfеrа yog’inlаri hisоblаnаdi. Еr shаridа аtmоsfеrа yog’inlаrining yillik miqdоri bir nеchа 10 millimеtrdаn 3000 millimеtrni tаshkil etаdi.

    Оrgаnizmlаrning suv bilаn tа’minlаngаnligini bаhоlаsh uchun fаqаt yillik аtmоsfеrа yog’inlаrining miqdоrini bilish bilаn kifоyanilmаydi, chunki ushbu miqdоr cho’l iqlimini yoki judа nаm iqlimni ifоdаlаshi mumkin. Еr shаridаgi turli jоylаrdа аtmоsfеrа yog’inlаri bilаn bug’lаnish nisbаti kаttа аhаmiyatgа egа. Yillik bug’lаnish yillik yog’ingаrchilik miqdоri yig’indisidаn kаm bo’lgаn jоylаr аrid (qurg’оqchil) оblаstlаr dеb аtаlаdi. Bu еrdа yashоvchi o’simlik vа hаyvоnlаr uchun nаmlik еtаrli bo’lmаydi. Аksinchа, yog’ingаrchilikning yillik miqdоri bug’lаnishning yillik miqdоridаn оrtiq bo’lgаn jоylаr gumid (sеrnаm) оblаstlаr dеyilаdi.

    Klimоdiаgrаmmаlаr mа’lum jоydаgi аtmоsfеrа yog’inlаri bilаn hаrоrаtning o’zgаrishi nisbаtini ifоdаlоvchi egri chiziqlаrdir. Аgаrdа hаrоrаt egri chizig’i аtmоsfеrа yog’inlаri egri chizig’idаn yuqоridа bo’lsа qurg’оqchil, аksinchа hоlаt kuzаtilsа nаm yoki оrtiqchа nаm shаrоit hisоblаnаdi.

    Оrgаnizmlаrning suv bilаn tа’minlаnishini tаvsiflаsh uchun iqlim shаrоitlаridаn tаshqаri muаyyan biоtоpning nаmlik shаrоitini hаm bilish kеrаk. Оdаtdа. Оrtiqchа nаmlik, nаmlik, kuchsiz nаmlik, quruq vа bоshqа yashаsh shаrоitlаri dеgаn tushunchаlаr ishlаtilаdi.

    Bаrchа o’simliklаrni hаrоrаtgа bo’lgаn munоsаbаtigа ko’rа ikkitа ekоlоgik guruhgа аjrаtish mumkin: yuqоri hаrоrаt tа’siridа yaхshi o’sib rivоjlаnаdigаn tеrmоfil o’simliklаr vа pаst hаrоrаt tа’siridа yashоvchi psiхrоfil o’simliklаr. Hаr ikki guruhgа mаnsub o’simlik turlаri o’zigа хоs mоslаnish хususiyatlаrigа egа. Tеrmоfil o’simliklаr hujаyrаsi issiqlikkа chidаmliligi, оrgаnlаr yuzаsining kichrаyishi, tuklаrning yaхshi rivоjlаngаnligi, efir mоylаrigа egа bo’lishi, o’zidаn оrtiqchа tuzlаrni аjrаtib chiqаrishi, uzоq muddаt dаvоmidа tinim dаvrini o’tkаzishi vа bоshqа хususiyatlаri bilаn tаvsiflаnаdi. Psiхrоfil o’simliklаr sоvuq shаrоitni hаr хil hоlаtlаrdа (ya’ni tinim yoki vеgеtаtsiya dаvridа) аnоtоmо-mоrfоlоgik mоslаnish оrqаli o’tkаzаdi. Bundаy mоslnishlаrgа pоyasining еr bаg’irlаb o’sishi, nоvdаning yotiq yo’nаlishi, to’plаnish bo’g’imi vа ildiz bo’ynining еr оstidа jоylаnishi, hаzоnrеzgilik, po’kаk qаvаtning yaхshi rivоjlаnishi, оq tаnаgа egа bo’lish kаbilаrni ko’rsаtish mumkin.


    Laboratoriya ishi 9

    Mavzu: Harorat. Namlik.
    Darsning maqsadi: Harorat va. namlikning Muhitda harorat va namlikning taqsimlanishi. Iqlimiy omillarni (yorug’lik, namlik, harorat, bosim)ni tirik organizmlaraga ta’siri

    Kerakli jihozlar: Iqlim haritasi, ter mometr, turli iqlim minttaqalarida yashashga moslashgan hayvonlarning rasmlari.

    Topshiriqlar

    1. Iqlim hosil qiluvchi omillarni o`rganish:

    1. Joyning geografik o`rni

    2. Quyosh radiatsiyasi

    3. Havo massalari

    4. Yer yuzasining shakli – relief

    5. Yer yuzasining nima bilan qoplanganligi

    6. Inson omili

    1. Iqlim elementlarini tirik organizmlarga ta’siri

    2. Harorat va namlikning yer yuzasidataqsimlanishi.

    Abiotik omillarga quruqlik biotsenozlarida quyidagilar kiradi.

    1. Iqlim, yorug’lik, harorat, havo, namlik (har xil shakllardagi yog’ingarchiliklar tuproqning namligi, havoning namligi, qor qoplami ).

    2. Edafik (yoki tuproq gurung) tuproqning mexanik va ximiyaviy tarkibi tuproqning fizik xossalari va boshqalar.

    3. Topografik (yoki orarafik) rel’f sharoiti

    Suvdagi tirik organizmlarga asosan gidrologik omillar majmui ta’sir etadi.

    Biotik omillar

    1. Fitogen- birgalikda yashayotgan o`simliklarning to’g’ridan-to’g’ri (mexanik ta’sirlar, simbioz, parazitlik epifitlarning yashashi) va bevosita (tirik organizmlar yashayotgan muhitning o`zgartirishi) kabi ta’sirlari

    2. Zoogen hayvonlarning (oziqlanishi, payhon qilish va boshqa urug’larni tarqatishi muhitga ta’sir etishi ) kabi ta’sirlar

    3. Mikrobiogen va mikogen - mikroorganizmlar va zamburug’larning (parazitlik, tashqi muhitni o`zgartirish) ta’siri

    Antropogen omillar insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan omillardir. Antropogen ta’sir natijasida tirik organizmlar yashash muhitining o`zgarishi o`z navbatida ekotizimlarning tarkibiy qismlari o’rtasidagi bog’lanishlarning buzilishiga, inqirozga yuz tutishiga olib keladi. Ba’zi hollarda biotsenozlarning butunlay yo`qolib ketishiga sabab bo’ladi.

    Ekologiyada muhit deb, tirik organizmni o’rab turgan fizik qumrovni e’tiborga olinadi. Aniqroq so`z borganda muhit tevarak atrofdagi o`zaro bog’lanishlardagi shart sharoit ta’sirlar majmuasidir. Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi. Tabiiy muhitni suv, quyosh , shamol, havo, yer o`simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi. Sun’iy muhit inson tomonidan yaratilgan bo`lib insonning mehnat mahsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy muhitlar bir biri bilan chambarchas bog’liq. Ularning bog’liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi. Ekologik muhit bo`lib tirik mavjudotlar sub’yekt va ob’yekt ta’sirlar sifatida qatnashib, ta’sirlar esa tevarak atrofni saqlab qolish yoki xavf solish sharoitini keltirib chiqaradi. ekologik muhit o`z navbatida muayyan ekologik tizim hisoblanib uni tabiiy va ijtimoiy iqtisodiy qismlarga ajratish mumkin.

    Antropogеn omillar: dеb odamlar faoliyatining tabiatga ko`rsatadigan ta`siriga aytiladi. Natijada rеlyеf o`zgaradi, Yer yo`zining kimyoviy tarkibi, atmosfera o`zgaradi, ayrim tabiiy biogеotsеnozlar yuqotiladi. Sеkin-asta sun`iy agrobiotsеnozlar tashkil qilinadi, yangi tur va navlar kеltirilib chiqariladi, botqoqliklarning quritilishi, ko`rik va ba`zi Yerlarning o`zgartirilishi va xakozo.

    Omillarning eng asosiy xususiyatlaridan biri, ular chеgaralovchi sifatida ta`sir qilib, organizmlarning shu sharoitda yashashi mumkin emasligini ko`rsatadi. Bundan tashqari omillar anatomik va marfologik tomonidan organizmlarning o`zgarishiga ham olib kеladi. Masalan, qurg’oqchilik sharoitiga o`simliklar yozda barglarini to`kishi, ksYer omorf tuzilishi, ildizlarining chuqur kеtishi bilan moslashadi.

    a). Ekologik omillar tirik organizmlarga quyidagicha ta`sir qilishi mumkin.

    Ba`zi bir turlarni ter ritoriyadan chiqarib yuborish (iqlim va fizik kimyoviy sharoit to`g`ri kеlmaydi), ya`ni turlarning gеografik tarqalishini o`zgartiradi.

    Har bir turga ta`sir qilish natijasida ularning hosildorligini o`zgartirish va o`sish darajasiga ta`sir qiladi. Shu bilan birga turlarning qirib yuborishi migratsiyaga hamda populyatsiya zichligiga ta`sir etadi.

    Moslanish o`zgarishlarini kеltirib chiqaradi. (adabtatsiya - modifikatsiya), modda almashishdagi miqdoriy o`zgarishlar va tarkibiy o`zgarishlar (qishda va yozda uyquga kеtish), fatopYer еodik rеaksiyalarni kеltirib chiqaradi.

    Yu.Libix eng kam darajadagi (minimum) omilning ta`sirini o`rganib, chеgaralovchi vazifani o’ynashini aytib o`tgan.

    1915 yil ShеlfYer d faqat oz miqdorda uchraydigan omil ham chеgaralovchi roly o’ynashini aytdi. (maksimum).

    Omillarning ma`lum darajada bo`lmasligi va еtarlidan ortiqchasi organizmlarning Hayot faoliyati uchun salbiy ta`sir ko`rsatadi. Omillarning eng yaxshi ta`sir qilish kuchi - omilning ekologik optimum zonasi dеyiladi.

    Kritik nuqtalar orasidagi chidamlilik darajasi organizmlarning muhit omillariga nisbatan ekologik valеntligi dеyiladi

    b). Chеgarolovchi omillar: Organizmlarning chidamlilik darajasiga yaqinlashgan va oz miqdorda shu darajadan o`tgan omillarga chеgarolovchi omillar dеyiladi.

    Agar yashash sharoitini tashkil qiladigan omillardan birontasi yеtishmasa, unda u yo`qolgan omillar ta`sirini chеgaralab qo`yadi, hamda organizmga bo`lgan muhit ta`sirining oxirgi natijalarini aniqlab beradi, chеgaralovchi omilga ta`sir qilish yo`li bilangina bu natijani o`zgartirish mumkin. Bu «chеgaralovchi omil» qonuni agroximik Yu.Libix tomonidan 1840 yilda aytilgan

    Tuproqda biror - bir zarur bo`lgan kimyoviy elеmеnt yеtishmasa, har qanday o`g`it qaysini tarkibida boshqa elеmеntlari bir bo`lgan, o`simlikka ta`sir qilmaydi, faqatgina «eng past darajada ionlarning qo`shilishi natijasidagina yuqori hosil olish mumkin.

    Chеgaralovchi omillar turning gеografik tarqalishini aniqlaydi. Masalan, turning shimol tomonga Harab tarqalishini issiqlik yеtishmasligi, adir va cho`l rayonlarida esa namlik yеtishmasligini bildiradi.

    Antropogеn o`zgarishlar 2 turga bo`linadi:

    1. Maqsadiga muofiq antropogеn o`zgarishlarning ya`ni inosnlar tomonidan rеjaga muvofiq ravishda tabiatga ko`rsatilgan ta`sir natijasida sodir bo`ladi: masalan, quruq Yerlarni o`zlashtirish, sun`iy suv havzalarini barpo qilish, shaharlar barpo etish, sanoat korxonalarini qurish, foydali qazilma konlarini izlab topish, botqoqliklarni quritish va x.k.

    2. Ikkilamchi antropogеn o`zgarishlarga ular bizga bog`liq bo`lmagan ravishda asosiy antropogеn o`zgarishlarning salbiy ta`siri sifatida ro`y beradi. Masalan, atmosfera havosini chang-gaz chiqindilari bilan ifloslanishi natijasida atmosfera havosi gaz tarkibining o`zgarishi, o`simlik va hayvonot turlari kamayib borishi, turli kasalliklar turlarini ko`payishi va x.k. Ikqilamchi antropogеn o`zgarishlarni oldini olib to`xtatib qolish mumkin emas.

    Antropogеn o`zgarishlarning shakllari quyidagilardan iborat:

    1. Toy-kon ishlari, Yerlarni xaydash, botqoqliklarni quritish, sunoiy suv havzalarini bartaraf etish, yangi zovur, kanallar qazish kabilar natijasida Yer yuzasi strukturasini, landshaftini buzilishi.

    2. Tabiatga bеgona moddalarning tushishi natijasida tabiatdagi moddalarning aylanma harakatlarini tuzilishi.

    3. Yer ning ma`lum rеgionlari va sayer amizning dеyarli hamma nuqtalaridan issiqlik va enYer gеtik balansining buzilishi.

    4. Yovvoyi hayvonlarning yo`q bo`lib kеtishi va yangi turlarini paydo bo`lishi yoki yaratilishi natijasida “biota” (barcha tirik organizmlar yiyindisi) da ro`y beradigan o`zgarishlar.


    Laboratoriya ishi 10

    Mavzu: Shovqin. Shovqinning asosiy manbalari va odam organizmiga ta`siri.

    Darsning maqsadi: Turli hududlarda shovqin darajasini aniqlash, hisobotlar qilishni o’rganish. Shovqin o’lchagichdan foydalanish malakasini hosil qilish.

    Kerakli jihozlar : shovqin o’lchagich asbobi, jadvallar, slaydlar, testlar

    Topshiriqlar:

    1. Shovqin haqida tushuncha.

    2. Shovqinning tirik organizmlarga ta’siri.

    3. Shovqin turlari.

    Shovqin kunlik hayotimizni o’rab olgan bo’lib, ertalabki soat tovushi (56-80 dB) dan uyg’onamiz, radiodagi musiqa eshittirishlari 70 dB, ko’chadagi transport shovqinlari o’rtacha 70-80 dB, ish joyidagi shovqin 80-90 dB ni tashkil qiladi.

    Musíqa (yunoncha μουσική - ilhom parilari san’ati) - tovush san’atidir; musiqiy asarga nisbatan ham musiqa atamasi qo‘llanishi mumkin.

    Shovqinni atrof – muhitga keng tarqatayotgan eng xavfli omillardan biri avtotransport vositalari hisoblanadi.

    Inson organizmiga salbiy ta’sir qiluvchi har qanday yoqimsiz ovoz shovqin deb yuritiladi. Shovqin inson organizmiga quyidagicha ta’sir etadi:



    • Insonning markaziy asab sistemasiga;

    • Bosh miya yarim sharlari taranglashib, insonda charchoqlik kelib chiqadi;

    • Odam bezovtalanadi;

    • Eshitish sezgisi pasayadi;

    • Insonning diqqat qilish qobiliyati buzladi;

    • Yurak va qon tomir funksiyasi buziladi;

    • Uyquda cho’chish, yaxshi dam olmaslik hollari kuzatiladi.

    Shovqinni har bir inson har xil qabul qilishi mumkin va u quyidagilarga bog’liq bo’ladi:

    • Inson salomatligiga;

    • Inson kayfiyatiga;

    • Inson yoshiga va hokazolar.

    Shovqin manbalariga quyidagilar kiradi:

    • Avtotansport shovqini;

    • Temir yo’llardan chiqadigan shovqin;

    • Samolyotlardan chiqadigan shovqin;

    • Tabiiy shovqin;

    • Sanoat korxonalaridan chiqadigan shovqin;

    • Turar joylar shovqini.

    1.Ko’cha tanlanib shu joyda 1 soat mobaynida o’tgan tarnsportlar sonini aniqlash.

    2. Shovqin o’lchagich yordamida har tur vositadan chiqayotgan shovqin ko’rsatkichini aniqlanadi.

    Hisobot:


    1. Formula bo’yicha shovqin miqdorini hisoblang, ko’rsatkichlar tablitsiyaga kiritiladi.

    SH = ( r x N) bu yer da:

    SH – umumiy shovqin darajasi;

    R – muayyan shovqin manbayi darajasi;

    N – 1 soatda o’tgan tarnsport vositasi.




    Transport turi

    SHovqin ko’rstakichi

    1 soatda gi transport soni

    SHovqinning miqdori

    Yo’l yoqasi

    Uy yoni

    Poyezd













    Tramvay













    Traktor













    Avtobus













    Trollebus













    Mototsikl













    Yuk avtomobili













    Yengil avto













    Velosiped














    Katalog: file2

    Download 219.98 Kb.
    1   2   3




    Download 219.98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atrof muhitni muhofaza qilish

    Download 219.98 Kb.