Auditorlik tanlash mazmuni va uni xalqaro standartlar asosida amalga oshirish tartibi




Download 0.54 Mb.
bet1/4
Sana01.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#92559
  1   2   3   4
Bog'liq
auditorlik tanlash mazmuni va uni xalqaro standartlar asosida amalga oshirish tartibi
98568, Hujjat (3), Презентация1, Bir yoshgacha boʻlgan bolalarni rivojlanishi va ularga qoʻyiladigan, 3-А, 5-Мавзу. Булутли технологиялар (1), Laboratorıyalıq jumısı №1, shodibek, Радио Электронные техноло, Buxoro psixolog-WPS OfficeMehrinoz, turk tili o\'rganamiz, t84Q5QDvbeWY4rIFZtkrfDldtP5de81pWrlT6QIS, Gumanitar fanlar, O’zbekiston Respublikasida mehnat bozorining shakllanishi va ish-fayllar.org

Auditorlik tanlash mazmuni va uni xalqaro standartlar asosida amalga oshirish tartibi


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SIRTQI FAKULTETI “BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” YO’NALISHI MBR-81 GURUH TALABASI MUSURMONOVA SEVARANING SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH FANIDAN MUSTAQIL ISHI

Reja:

  • 1.Auditorlik tanlash
  • 2. Auditorlik to`g`risida
  • 3.Xalqara standartlar

Auditorlik tanlash – bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko’rinishidagi tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan elementlardir.
Korxonadagi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat ahvoli-ning auditor tomonidan to’g’ri baholanishi uning barcha keyingi ishlari muvaffaqiyatining garovidir. Chunki, auditorda mijoz hisobotini o’rganish va xodimlar bilan suhbat o’tkazish natijasida, hisobot to’g’ri va ishonchli birlamchi ma’lumotlar asosida tuzilganligiga mutlaqo ishonch hosil bo’lsa, u dastlabki hujjatlar va hisob registrlarini tanlab tekshiruvdan o’tkazishi mumkin.
Aks holda, auditor birlamchi ma’lumotlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligi, buxgalteriya xodimlarining bilim da-rajasi va ichki nazoratning tashkil etilishiga qoniqish hosil qilmasa, u juda puxta, odatda, yoppasiga tekshiruv o’tkazishi lozim.
Korxonaning butun moliya-xo’jalik faoliyatini yoppasiga tekshirish juda sermehnat ishdir. Ammo, auditor kasb etikasining me’yorlariga muvofiq mijozkorxona moliyaviy hisobotining ishonchli (ishonchsiz) ligiga to’la ishonch hosil qi-lishi yoki u to’g’risida fikr bildirishdan bosh tortishi lozim.
Agar tekshiriladigan ob’ektlarining soni statistik tanlash usullarini talab qilmaydigan darajada kam bo’lsa, yoki auditorlik tanlash usulini qo’llash yoppasiga tekshiruv o’tkazishga qaraganda samarasiz bo’lsa, auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobidagi qoldiqlarni va muomalalarning schyotlarda aks ettirilishini yoki nazorat tizimi vositalarini yoppasiga tekshiruvdan o’tkazishi mumkin.
Auditor ko’p hollarda mijoz hisobotining ishonchliligiga o’rtacha darajada ishonch hosil qiladi. Bu ayrim hisob bo’limlari bo’yicha hisob yaxshi tashkil etilganligi, malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotganligi, avtomatlashtirilayotganligi bosh buxgalter va yondosh hisob bo’linma-lari tomonidan ichki nazoratning yaxshi yo’lga qo’yilganligi bilan, boshqalari bo’yicha esa bunga teskari ahvol vujudga kelganligi bilan izohlanishi mumkin.
Aynan hisobot ko’rsatkichlariga nisbatan ishonch hosil qilish darajasi o’rtacha bo’lganda auditorlik tanlash usullarini qo’llash zarur.
Auditorlik tanlash – bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko’rinishidagi tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan elementlardir.
Auditning xalqaro amaliyotida auditorlik tanlash №530-«Auditorlik tanlash» (Audit Sampling) nomli xalqaro standartga muvofiq amalga oshiriladi. Bizning mamlakatda esa, auditorlik tanlash ishlari №14-«Auditorlik tanlash» nomli Auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) asosida bajariladi. Shuning uchun ushbu standartga batafsilroq to’xtalib o’tamiz. Standartning maqsadi auditorlik tashkiloti uchun tekshiriladigan to’plamdan ma’lumotlarni tanlab olish va shu tarzda olingan axborotlarning natijalarini baholash qoidalarini o’rnatishdan iborat.
Audit standartlari - o‘zining professional faoliyati davomida hamma auditorlar rioya qilishi lozim bo‘lgan yagona asos tamoyillaridir. Auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifati darajasini va audit natijalarining ishonchliligini ta’minlaydi. Auditorlik standartlari sudda auditorlarning haqqoniy ishlaganligining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Agar auditor standartdan chekinish qilgan bo‘lsa, buning sababini ko‘rsatishi lozim. Butunjahon mamlakatlari o‘rtasida bo‘ladigan savdo-iqtisodiy va boshqa ko‘rinishdagi aloqalar ular o‘rtasida bo‘ladigan hisob-kitoblarni unifikatsiyalashni taqozo etmoqda. Buning uchun, milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit shaklga keltirish talab qilinadi. Jahon mamlakatlari o‘rtasida milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit holga keltirish uchun yagona qoidalarni ishlab chiqish lozim edi. Bu qoidalar auditorlik amaliyotida auditning xalqaro standartlari maqomini oldi. Auditorlik faoliyatida me’yoriy hujjatlar sifatida auditning xalqaro standartlarini ishlash borasida ham ma’lum darajada urinishlar bo‘lgan. 1948-yilda Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti tomonidan «Umumlashtirilgan audit standartlari» ishlab chiqildi. Shu kabi mamlakatda auditorlar instituti tomonidan «Ichki auditorlarning majburiyatlari» e’lon qilindi. 1976-yilda ma’lumotga elektron ishlov berish auditi assotsiatsiyasi tuzilib, 1987-yilda «Axborot tizimi bo‘yicha umumiy qabul qilingan audit standartlari» ishlab chiqildi.
Auditning Xalqaro Standartlariga muvofiq auditorlik faoliyatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: halollik, haqqoniylik, mustaqillik, maxfiylik va puxta bilimga egalik (kompetentlilik). Standartlashtiriladigan har bir obyekt bo‘yicha 100 ta raqam (pozitsiya) berilgan. Standartlash obyektlari 11 ta bo‘lgani uchun jami 1100 standart ishlab chiqilishi mumkin. Amaliyotda bunday miqdordagi standartlar uchun ehtiyoj bo‘lmaganligi sababli ularning ko‘pchiligidan foydalanilmaydi. Masalan, «Rejalashtirish» (300-399) deb nomlangan standartlash obyekti uchta standartdan iborat: 300 - «Rejalashtirish», 310- «Biznesni bilish», 320- «Auditda muhimlik». Demak, rejalashtirish masalalari bo‘yicha yana 7 ta standart qabul qilish mumkin. Bundan tashqari, har bir standartga 10 tagacha substandart ochish mumkin. Xalqaro audit standartlari xalqaro miqyosda auditorlik faoliyatining sifati va mavqeini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu standartlar va me’yorlar bir qancha sohalar bo‘yicha ishlab chiqiladi: a) audit bo‘yicha xalqaro me’yorlar; b) boshqaruv hisobining xalqaro amaliy qoidalari; d) jamoat sektori bo‘yicha xalqaro me’yorlar. IFAC hisob va auditga doir barcha faoliyatini o‘zining qo‘mitalari orqali tashkil etadi va amalga oshiradi. Hozirgi vaqtda bular jumlasiga: auditorlik amaliyoti bo‘yicha qo‘mita, o‘qitish bo‘yicha qo‘mita, etika 125 (axloq) bo‘yicha qo‘mita, moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi bo‘yicha qo‘mita, rejalashtirish bo‘yicha qo‘mita, jamoat sektori bo‘yicha qo‘mita va boshqalar kiradi.
Xalqaro auditorlik amaliyoti qo‘mitasi xalqaro audit standartlari (XAS)ni chop etish huquqiga ega. Ushbu hujjatning maqsadi auditorlar tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlar yuzasidan XAS chop etadigan konseptual asosni yoritishdan iborat. Soddalashtirish maqsadida, maxsus ko‘rsatma mavjud bo‘lgan holatlar bundan istisno, «auditor» atamasi Auditning xalqaro standartlari matni bo‘yicha auditorlik xizmatlari bilan bir qatorda, kasbga doir xizmatlarni ko‘rsatadigan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. Bunda kasbga doir xizmatlarni ko‘rsatayotgan shaxs albatta subyekt moliyaviy hisobotining auditori bo‘lishi lozim degani emas. Moliyaviy hisobot, odatda har yili tayyorlanadi va taqdim etiladi, keng doiradagi foydalanuvchilarning umumiy ma’lumotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan. Aksariyat foydalanuvchilar moliyaviy hisobotga ma’lumot olishning asosiy manbasi sifatida qaraydilar, zero ular aniq ma’lumot olish talablariga javob beradigan qo‘shimcha ma’lumot olish vakolatiga ega emas. Moliyaviy hisobot quyida qayd etilgan bir yoki bir necha nizomlarga muvofiq tayyorlanishi lozim: a) Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari; b) Buxgalteriya hisobining milliy standartlari; v) qo‘llash uchun mo‘ljallangan va moliyaviy hisobotda qayd etilgan moliyaviy hisobotni taqdim etishning nufuzli va keng qamrovli konseptual asoslari.

Download 0.54 Mb.
  1   2   3   4




Download 0.54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Auditorlik tanlash mazmuni va uni xalqaro standartlar asosida amalga oshirish tartibi

Download 0.54 Mb.