• 12.3. Sifat to‘garaklari. Tayanch iboralar
  • Iso 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar bo‘yicha ishlarni tashkil etish




    Download 479.71 Kb.
    bet1/3
    Sana03.12.2023
    Hajmi479.71 Kb.
    #110228
      1   2   3
    Bog'liq
    ISO 9000 SERIYASIDAGI XALQARO STANDARTLAR BOYICHA ISHLARNI TASHKIL ETISH
    otchot, yakun iy, Erkli o’zgaruvchi, noma’lum funksiya va uning turli tartibdagi h, Informatika fani monitoring javoblari

    ISO 9000 SERIYASIDAGI XALQARO STANDARTLAR BO‘YICHA ISHLARNI TASHKIL ETISH


    Reja:
    12.1. Xalqaro ISO 9000 seriyasidagi standartlar bo‘yicha ishlarni
    tashkil etish
    12.2. Sifat menejmenti tizimini joriy etish etaplari.
    12.3. Sifat to‘garaklari.
    Tayanch iboralar: xalqaro standart, ISO 9000 standarti, sifat
    menejmenti, sifat to’garagi, sifat tizimlari, mahsulot, xizmat
    12.1. Xalqaro ISO 9000 seriyasidagi standartlar bo‘yicha ishlarni tashkil etish
    Oxirgi paytlarda 9000 seriyadagi ISO xalkaro standartlari to‘g‘risida ko‘p eshitayapmiz. Xush, bu standartlar kanday standartlar va nima uchun qo‘llaniladi?
    Bu seriyadagi standartlar sifat tizimlarini korxonalarda tadbiq etishga mo‘ljallangan xalqaro modellar bo‘lib hisoblanadi.
    Chet davlatlarda sifat tizimi bo‘lmagan korxona yoki firma bilan ishlab bo‘lmaydi. Chunki birinchidan hech kanday kafolat yo‘q, ikkinchidan esa siz shartnoma tuzganingizda ham, siz bilan ishlovchi boshqa subyektlar bundan boxabar bo‘lganlarida ularning sizga nisbatan ishonchlari kamayishi mumkin. Shu sababdan sifat tizimlariga nihoyatda jiddiy ahamiyat berishimiz kerak.
    Hozirda respublikamizda xalkaro sifat tizimlarini tadbik etgan yoki bunga harakat qilayotgan korxonalar soni kun sayin ko‘payib bormokda (Chkalov nomidagi TAICHB, Qimmatli qog‘ozlar kombinati, tizimlari asosan ISO 9001, ISO 9002 va ISO 9003 standartlarida ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu modellar o‘zaro ko‘lami bilan farq qiladi.
    ISO ning sifat ta’minoti xususidagi asosiy standartlari:
    ISO 9000, “Sifatni umumiy boshqarish va sifatni ta’minlash bo‘yicha standartlar. Tanlash va qo‘llash bo‘yicha rahbariy ko‘rsatmalar”;
    ISO 9001, “Sifat tizimlari. Loyihalashda va (yoki) ishlab chiqarishda, yig‘ishda va xizmat ko‘rsatishda sifatni ta’minlaydigan model”;
    ISO 9002, “Sifat tizimlari. Ishlab chiqarishda va yig‘ishda sifatni ta’minlaydigan model”;
    ISO 9003, “Sifat tizimlari. Tugal nazoratda va sinovlarda sifatni ta’minlaydigan model”;
    ISO 9004, “Sifatni umumiy boshqarish sifat tizimlarining elementlari.
    Rahbariy ko‘rsatmalar”;
    ISO 10011 “Sifat tizimlarini tekshirishda rahbariy ko‘rsatmalar”;
    ISO 10012 “O‘lchash vositalarining sifatini ta’minlaydigan talablar”.
    Bular bilan bir qatorda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti uch tilda atamalar lug‘ati yaratgan bo‘lib, mahsulot sifatini ta’minlash sohasida ularning ta’riflarini ham ishlab chiqqan. Bulardan tashqari ISO/MEK (Xalqaro elektrotexnika komissiyasi) tomonidan ham bir qancha meyoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
    2002 yili mazkur standartlarning yangi versiyalari qabul qilindi. Bunga ko‘ra standartlarda sezilarli darajada ham tarkibiy, ham mazmunan o‘zgarishlar kiritildi. Standartlarning soni ham 2 taga kamaydi. Agar oldingi standart (ISO 9001) bandlar 20 ta bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ular 8 taga keltirildi.
    Eng asosiysi, bu standartlar ustivor sifatida sifatni doimiy tarzda yaxshilab borish siyosatini qo‘llaydi va iste’molchining talabi bajarilgan bo‘lishini talab qiladi.

    Download 479.71 Kb.
      1   2   3




    Download 479.71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iso 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar bo‘yicha ishlarni tashkil etish

    Download 479.71 Kb.