|
Avtomobil dvigatellarining umumiy tuzilishi. Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #241507 |
Bog'liq AVTOMOBIL DVIGATELLARIGA SERVIS XIZMAT KO\'RSATISH VA TA\'MIRLASH O\'QUV QO\'LLANMA
So‘zboshi
Avtomobil dvigatellarining umumiy tuzilishi.
Reja:
Avtomobil agregat, tizim, mexanizm, detal, dvigatel tushunchalari.
Avtomobillar klassifikatsiyasi o‘rganiladigan avtomobillarning qisqacha tavsifnomasi.
Avtotransport sanoatini rivojlantirish soxasida xukumatlarning qarorlari.
Avtomobil dvigatellarining umumiy tuzilishi.
Tayanch so‘z va iboralar: Avtomobil agregat, tizim, mexanizm, detal, dvigatel
Avtomobil agregat, tizim, mexanizm, detal, dvigatel tushunchalari.
Avtomobillar klassifikatsiyasi o‘rganiladigan avtomobillarning qisqacha tavsifnomasi.
Avtomobil – mustaqil energiya manbaiga ega bo‘lgan, quruqlikda, relssiz yo‘llarda yuk va odamlarni tashishga yoki unga o‘rnatiilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan qulaylik va xavfsizlikka ega bo‘lgan g‘ildirakli mashinadir.
Transport avtomobillariga Yo'lovchi, yuk va yuk-yo'lovchi avtomobillari kiradi.
Ixtisoslashtirilgan avtomobillar bir hil yuk tashish uchun mo'ljallangan. Ular tarkibiga yukni o'zi ag'daradigan avtomobillar, turli suyuqliklarni tashish uchun mo'ljallangan sisternali avtomobillar, furgonlar va h.k.lar kiradi. Ixtisoslashtirilgan maxsus avtomobillar ma’’lum ishlarni bajarishga mo‘ljallangan mexanizm, asbob va uskunalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Bularga sanitariya, o‘t o‘chirish, ko‘cha supurish, yuk ortish avtomobillari kiradi.
Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo‘lib, avtomobil-sport poygasida qatnashishga mo‘ljallangan.
Yo‘lovchi tashuvchi avtomobillar odam tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular ikkiga bo‘linadi: yengil avtomobillar va avtobuslar.
O‘rindiqlar soni haydovchi o‘rindig‘i bilan birga 8 tagacha bo‘lsa, yengil avtomobil, 8 tadan ortiq bo‘lsa, avtobus deb ataladi.
|
| |