• Тoshkent 2021
  • Tayanch iboralar
  • Avtomobil transporti muxandisligi




    Download 1.67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/108
    Sana18.05.2023
    Hajmi1.67 Mb.
    #61546
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
    Bog'liq
    ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо
    ONA TILI O‘QITISH METODIКASI, adcc08b6-1e2c-4ce4-80df-a7573d6d098f, 1-oktabrga senariy (1), 220448, 1-Ma’ruza. Chiziqli algebra, 1-3 AMALIY topshiriq uchun, 1-amaliy topshiriq, Kabulova N Falsafa slayd, Muhammadsoliyeva Sadoqat falsafa, Hujjat (4) (3), RAQAMLI TIZIMNING JAHON GLOBALLASHUVI JARAYONIDA TUTGAN O\'RNI, NEMATOV, 2.2, Dasturlash texnologiyalari.doc, 111111111111111111111111111111111111111


    O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RТA MAХSUS ТA’LIM
    VAZIRLIGI
    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
    TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
    FAKULTET “ AVTOMOBIL TRANSPORTI MUXANDISLIGI”
    KAFEDRA “AVTOMOBIL VA AVTOMOBIL XO`JALIGI”
    “ISHONCHLILIK NAZARIYASI VA
    DIAGNOSТIKA ASOSLARI”
    fanidan
    MA’RUZA MAТNI
    Bilim sohasi:
    300000 –– Ishlab chikarish va texnik soha
    Тa’lim sohasi:
    310000 – Muhandislik ishi
    Тa’lim yo’nalishi:
    5313100 - Avtomobil transporti, yo`l qurilish
    mashinalari va jihozlarining ekspluatasiyasi
    (avtomobil transporti bo`yicha)
    Тoshkent 2021


    2


    3
    I. Bo’lim.Тransport vositalarining ishonchlilik nazariyasi asoslari
    Mavzu-1. Fanning tarkibi, mazmuni, maqsadi, vazifasi va predmeti-2soat
    Reja:
    1.1 Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari fanning predmeti.
    1.2 Ishonchlilik muammosining falsafiy asoslari.
    1.3 Ishonchlilikni iqtisodiy jihati.
    1.4 Fanning vazifalari, tuzilishi, bakalavrlar tayyorlashdagi ahamiyati.
    Tayanch iboralar: transport vositasi; falsafa nuqtayi nazaridan; Ob’ekt; sifat;
    hodisa; mezon; iqtisodiy samara; texnik xizmat ko‘rsatish; joriy ta’mirlash; tannarxni
    qoplash; chegaraviy holat; samaradorlik; iqtisodiy maqbul masofa.
    1.1 Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari fanning predmeti
    Respublikamizda hozirgi kunda xalq ho’jaligining barcha sohalarida har xil
    turdagi minglab transport vositalari ishlab turibdi. Ekspluatatsiya jaryonida ularning
    texnik holati o’zgarib boradi. Shu sababli transport vositalarining ishonchliligini
    oshirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Ma’lumki, ekspluatatsiya davrida texnik
    xizmat ko’rsatish va ta’mirlash uchun ketadigan sarf-harajatlar transport vositasining
    boshlang’ich narxidan ancha ortiqdir. Ishonchlilik va diagnostikalash muammosini
    hal qilish esa katta mablag’larni tejash imkonini beradi
    Тexnik taraqqiyot “Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari” fani oldiga
    transport vositalarini loyihalash, ishlab chiqarish va ularning ekspluatatsiyasi, og’ir
    sharoit va favqulodda vaziyat vujudga kelgandagi ish qobiliyatini ta’minlash, texnik
    holatini diagnostikalash, prognozlash (oldindan aytib berish) hamda eng optimal
    (oqilona) konstruksion yechimlarni topish bo’yicha vazifalarni qo’yadi.
    “Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari” fani texnik qurilma va tizimlar
    sifat ko’rsatkichlarining o’zgarish qonunlarini, texnik holatini diagnostikashni
    o’rganadi va shu asosda eng kam sarf-harajatlar bilan ularning buzilmasdan ishlash
    muddatlarini oshirish usullarini ishlab chiqadi.
    Ishonchlilik muammolarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

    transport vositasi (Ob’ekt) ekspluatatsiyasi jarayonida boshlang‘ich
    parametrlarning o‘zgarishi vaqt omili orqali baholanadi;
     Ob’ektning texnik holati uning chiqish parametrlari (sifat ko‘rsatkichlari)ni
    saqlab qolish nuqtayi nazaridan prognoz qilinadi.
    Umuman, ishonchlilik muammosi prognoz qilish masalalari bilan bog‘liq.
    Transport vositasi yaratilishining ilk bosqichlarida muayyan ekspluatatsiya sharoitlari
    uchun ishonchlilikni baholash talab etiladi. Ishonchlilik to‘g‘risidagi fan vaqt o‘tishi
    bilan Ob’ektlarning sifat ko‘rsatkichlari (aniqlik, quvvat, unumdorlik, resurs va h.k.)
    o‘zgarishi jarayonini o‘rganadi, sifat ko‘rsatkichlarining ma’lum darajaga etishishi
    masalalarini esa e’tiborga olmaydi. Avtotransportda ishonchlilik fani va tadqiqotlari
    buzilishlar fizikasini o‘rganish bilan bog‘liq. Bunda mustahkamlik, yeyilganlik,
    issiqlikka chidamlilik va hakazo hisob-kitob usullari ishlab chiqiladi hamda transport
    vositalarining zaruriy ishonchliligini ta’minlaydigan texnologik jarayonlar
    qo‘llaniladi.


    4

    Download 1.67 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




    Download 1.67 Mb.
    Pdf ko'rish