"Avtomobil transporti toʻgʻrisida"gi qonunning mohiyati




Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana12.12.2023
Hajmi0.49 Mb.
#117252
  1   2
Bog'liq
Avtomobil transporti toʻgʻrisi
corporate culture, Gaz jihozlaridan foydalanish va ularni ta\'mirlash (M.Otaboyeva, N.Amirqulov), Halqa tarmoginig uchastkalarida hisoblangan soatlik gaz sarfini, 2022-23 Oquv uslubiy majmua NGKM compressed, AHOLI VA INSON OMILI реферат, ayd-1, qvl-2, ayp-3, 6-laboratoriya ishi Mavzu To’liq aniqlangan Bul funksiyalari. K, 1-amal sxemo, 1-ON sxemo, Arduino-dlya-nachinayushih-svetodiody-i-knopki, kurs ishi 4-kurslar S1201- guruh, 3-amaliy topshiriq, hatlov


"AVTOMOBIL TRANSPORTI 
TOʻGʻRISIDA"GI 
QONUNNING MOHIYATI


Reja:

mamlakatimiz transport tizimi

Tashkiliy-huquqiy qismi

Transportda tashish xizmatlari koʻrsatishda isteʼmolchining asosiy 
huquqlari nimalardan iborat



Bugun mamlakatimiz transport tizimining har bir tarmogʻi oʻz
faoliyatiga doir “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”, “Temir yoʻl transporti
toʻgʻrisida” qonunlar va Havo kodeksi kabi qonun hujjatlari.

Natijada transport tizimining avtomobil, temir yoʻl, aviatsiya, suv
transporti tarmoqlari bir-biridan alohida, oʻz yoʻnalishida rivojlanib, ular
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi alohida qonun mavjud emas edi.

Koʻrib chiqilayotgan Qonun esa sohadagi bu kabi kamchiliklarni bartaraf
etishda tarmoqdagi qonun hujjatlari bilan teng yuridik kuchga ega
boʻlgan, bir vaqtning oʻzida ishlaydigan, bir-birini toʻldiradigan
normalarni belgilaydi.

Tashish shartnomasi va majburiyatlari boʻyicha yuzaga keladigan
javobgarlikni taʼminlash kabi iqtisodiy masalalarning hal etilishi orqali
tijorat transporti faoliyatini rivojlantirish ham Qonunning asosiy
maqsadlaridan biridir.


Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan
qatʼiy
nazar, transport faoliyati subyektlarining tengligi,
davlat
va
transport
faoliyati
subyektlari
manfaatlarining
uygʻunligi va javobgarligi kabi
tamoyillar ham Qonun bilan mustahkamlab
qoʻyilmoqda.
Umuman
Qonun
tijorat
asosida
amalga
oshiriladigan har qanday transport faoliyatini
yuritishda vujudga keladigan munosabatlarga
nisbatan
tatbiq
etiladi,
deb
xabar
beradi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati
matbuot xizmati.
Qonun senatorlar tomonidan
maʼqullandi.


Transport (havo, temiryoʻl va jamoat transportlari)da
yuk va yoʻlovchi tashish xizmatlari koʻrsatishning
turlarining soni yildan yilga oshib va mazmunan
boyib bormoqda. Oʻz navbatida, bu mazkur xizmat
foydalanuvchi fuqarolar – isteʼmolchilarning huquq
va manfaatlarini samarali taʼminlash zaruratini ham
yuzaga keltiradi. Binobarin, ortib borayotgan xizmat
turlari
va
ulardan
foydalanish
boʻyicha
isteʼmolchilarga
zaruriy
tushuntirish
berish,
transport xizmatlarini koʻrsatishda isteʼmolchilarga
qulaylik va maqbullik yaratish hamda ularning
huquqlarini kafolatlash muhim ahamiyatga ega.


Maʼlumki, bugungi kunda havo, temiryoʻl, avtomobil va jamoat
transportida
isteʼmolchilarga yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish
xizmatlari
koʻrsatiladi. Transportning har bir turida tashish
xizmatlarini
koʻrsatish boʻyicha alohida normativ-huquqiy hujjat
amal
qiladi
va
ularda
isteʼmolchilarning
huquqlari
turlicha
belgilangan.
Bu
holat
transportning
turi
va
uning
tashish
imkoniyatlari hamda tashish turlari (xalqaro, shaharlararo, shahar,
jamoat transportida)dan kelib chiqadi. Shu bois
isteʼmolchi transport
turlarida tashish jarayonida qanday huquqlarga egaligini
koʻp
hollarda anglashi qiyin. Albatta, bunda
isteʼmolchi fuqaro xarid
qilgan
yoʻl chiptasi (bilet)da yoki tashish xizmatini koʻrsatayotgan
transport vositasining
oʻzida uning huquq va majburiyatlari borasida
ayrim
maʼlumotlar belgilangan boʻlishi mumkin. Biroq bu holat
isteʼmolchining huquqlari va ularni amalga oshirish bilan bogʻliq
barcha holatlar va jihatlarni qamrab olmaydi.


Masalan,
yoʻlovchining chiptani almashtirishga boʻlgan huquqi, oʻziga
yetkazilgan zararni talab qilish huquqi yoki transport vositasining sifatiga
boʻlgan talabni bildirish huquqi kabilar chiptada belgilanmaydi yoki
transport vositasida bu haqda xabar mavjud
boʻlmaydi. Shu va shu kabi
boshqa muhim ahamiyatga ega
boʻlgan, transportda tashish xizmatlari
sohasida
isteʼmolchilarning huquq va majburiyatlari, mazkur huquqlarni
amalga oshirish shartlari va tartibi borasidagi bilim va tasavvurlarini
oshirish maqsadida turli amaliy
qoʻllanmalar tayyorlash dolzarb. Ushbu
amaliy
qoʻllanma
ham
transport
(havo,
temiryoʻl
va
jamoat
transportlari)da yuk va
yoʻlovchi tashish xizmatlari koʻrsatish sohasida
isteʼmolchilarning huquqlari doirasi, ularni amalga oshirish va himoya
qilish borasidagi muayyan masalalarni qamrab oladi.
Amaliy
qoʻllanma isteʼmolchilarning transportda tashish xizmatlarini
koʻrsatishda isteʼmolchining qanday huquqlari mavjudligi transport
turlaridan kelib chiqib savollar va javoblar tarzida yoritilgan. Shuningdek,
qoʻllanmada muammoli
vaziyatlarda
isteʼmolchilarning
huquqlarini
amalga oshirish va himoya qilish
yoʻllari aniq misollar yordamida ochib
berilgan.


Oʻzbekiston
Respublikasining
1996-yil
26-apreldagi
221-I-son
“Isteʼmolchilarning
huquqlarini
himoya
qilish
toʻgʻrisida”gi
Qonuni
1-moddasiga
koʻra isteʼmolchi – foyda chiqarib olish bilan bogʻliq boʻlmagan
holda shaxsiy
isteʼmol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish,
xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda
boʻlgan fuqaro (jismoniy
shaxs)dir.
Masalan, tegishli transport tashkiloti tomonidan taklif etilgan xizmatdan
oʻzining shaxsiy manfaatlari uchun foydalanish istagida chipta, patta sotib
olgan yoki yuk
joʻnatish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan fuqaro isteʼmolchi
hisoblanadi. Agar fuqaro tadbirkorlik maqsadini amalga oshirish maqsadida
transport vositasida yuk tashish
toʻgʻrisida shartnoma tuzsa, bunday fuqaro
isteʼmolchi hisoblanmaydi. Masalan, Surxandaryolik fuqaro oʻzining tomorqa
xoʻjaligida yetishtirgan 30 tonna piyozni Toshkent shahriga yetkazib berish
toʻgʻrisida “Alfa-tashish” firmasi bilan shartnoma tuzsa, bu fuqaro isteʼmolchi
maqomiga ega
boʻlmaydi. Fuqaro isteʼmolchi maqomiga ega boʻlishi uchun,
avvalo, qanday maqsadni
koʻzlab huquqiy munosabatga kirishayotganidan
kelib chiqish lozim.
Isteʼmolchi boʻlishi uchun fuqaro quyidagi maqsadlarni
koʻzlab ish yoki xizmatga buyurtma berishi yoxud tovar sotib olishi talab
etiladi: 1) foyda chiqarib olish bilan
bogʻliq boʻlmagan shaxsiy isteʼmol; 2)
foyda chiqarib olish bilan
bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlar.


Shaxsiy
isteʼmol maqsadida transportda tashish uchun buyurtma
berishga
yoʻlovchi sifatida fuqaroning A punktdan B punktga
chipta xarid qilishi, yukni tegishli qabul qilib oluvchiga
joʻnatishi,
bagajni tegishli manzilga yetkazishga oid shartnoma tuzishini
keltirishimiz
mumkin.
Masalan,
Gulistonlik
fuqaro
Valiyev
Moskvada
oʻqiyotgan oʻgʻliga qishki kiyimlarni temiryoʻl transport
orqali
joʻnatadigan boʻlsa, bu foyda chiqarib olish bilan bogʻliq
boʻlmagan
shaxsiy
maqsadlarda
tashish
xizmatlaridan
foydalangan
boʻladi.
Foyda
chiqarib
olish
bilan
bogʻliq
boʻlmagan
boshqa
maqsadlarda ham bevosita tadbirkorlik yoki
oʻzga daromad
usulini nazarda tutmagan holda harakat qilishini nazarda tutadi.
Masalan, fuqaro Aliyev 250 ta kompyuterni xarid qilib,
oʻzi
oʻqigan universitetga sovgʻa qilish uchun ularni tashib olib borish
maqsadida
“Sobirov shirkati” avtotransport korxonasi bilan
tashish shartnomasini tuzsa, bu holatda Aliyev
isteʼmolchi
hisoblanadi. Chunki tashish xizmatiga foyda chiqarib olish bilan
bogʻliq boʻlmagan maqsadda buyurtma qilgan hisoblanadi.


Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 766-I-son “Temiryoʻl 
transporti toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilanishicha:
yoʻlovchi – yoʻl hujjatlariga ega boʻlgan va poyezdda safar qiluvchi fuqaro 
(jismoniy shaxs);
bagaj 
– yoʻlovchi olib ketayotgan va safar davomida yoʻlovchilar vagonida 
uning yonida boʻladigan buyumlar, tovarlar va boshqa moddiy boyliklar;
yuk bagaji 
– yoʻlovchilar va pochta-bagaj poyezdlarida tashiladigan temiryoʻl 
tashish obyekti;
yuk joʻnatuvchi (joʻnatuvchi) – oʻz nomidan yoxud yuk yoki yuk bagaji egasi 
nomidan ish koʻruvchi va tashish hujjatlarida qayd etilgan yuridik yoki 
jismoniy shaxs;
yuk oluvchi (oluvchi) 
– yuk yoki yuk bagajini olish huquqiga ega boʻlgan 
yuridik yoki jismoniy shaxs;
yuk 
– tashish uchun temiryoʻl transporti korxonasi tomonidan belgilangan 
tartibda qabul qilingan, oʻz vaqtida yetkazib berilishi va saqlanishi uchun 
temiryoʻl javobgar boʻlgan temiryoʻl tashish obyekti
(1-modda).



Download 0.49 Mb.
  1   2




Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Avtomobil transporti toʻgʻrisida"gi qonunning mohiyati

Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish