3. Transportda tashish xizmatlari koʻrsatishda isteʼmolchining asosiy
huquqlari nimalardan iborat?
Isteʼmolchining asosiy huquqlari doirasi ancha keng qamrovli hisoblanadi.
BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan chiqarilgan “Isteʼmolchilar
manfaatlarini himoya qilish boʻyicha rahbariy tamoyillar” deb nomlangan
(1985-yil 9-apreldagi 39/248-
sonli rezolutsiyada isteʼmolchilarning
quyidagi asosiy huquqlari koʻrsatib oʻtilgan:
1.
Tovarning xavfsiz boʻlishi huquqi.
2.
Maʼlumot olish huquqi.
3.Tovar tanlash huquqi.
4.
Oʻz manfaatlarini ifoda etish huquqi.
5.Asosiy ehtiyojlarini qondirish huquqi.
6.Yetkazilgan zararni qoplatish huquqi.
7.
Isteʼmolchilik haqida bilim olish huquqi.
8.
Sogʻlom atrof-muhitga boʻlgan huquqi.
Mazkur huquqlar hajmi va doirasidan kelib chiqib transportda tashish
xizmatlari sohasida isteʼmolchilarning quyidagi asosiy huquqlarini
sanab oʻtish mumkin:
1. Tashish xizmatlarining xavfsiz boʻlishini talab qilish huquqi.
2. Tashish xizmatlari yuzasidan maʼlumot olish huquqi.
3. Tashish xizmatlarini tanlash huquqi (transport vositasi, xizmatlar
turi v. b.).
4. Tashish xizmatlarining sifatli amalga oshirilishini talab qilish
huquqi.
5. Oʻziga yetkazilgan zararni qoplash huquqi.
Tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda:
– oʻzi bilan bolalarni bepul yoki boshqa imtiyozli shartlarda olib
yurish;
– belgilangan miqdor doirasida oʻzi bilan bepul bagaj olib yurish;
– belgilangan miqdor doirasida bepul, miqdordan ortiqchasi uchun
esa tarif boʻyicha haq toʻlab, tashish uchun bagaj topshirish huquqi.
Oʻq otadigan qurollar, toʻpponchalar va oʻq-dori vositalari – oʻq uzish
mumkin boʻlgan yoki u orqali tan jarohati yetkazish mumkin boʻlgan har
qanday narsa yoki shunga oʻxshash narsalar;
Sanchiladigan, kesadigan qurollar va uchli narsalar
– undan foydalanib tan
jarohati yetkazish mumkin boʻlgan har qanday sanchiladigan yoki
kesadigan narsa;
Toʻmtoq uchli narsalar – undan foydalanib tan jarohati yetkazish mumkin
boʻlgan har qanday toʻmtoq uchli narsa;
Portlaydigan va tez oʻt oladigan moddalar – yoʻlovchilar va ekipaj sogʻligʻi
yoki aviatsion xavfsizlik, havo kemasining uchish xavfsizligiga yoki mulkiga
tahdid soluvchi har qanday portlaydigan va tez oʻt oladigan moddalar;
Kimyoviy va zaharli moddalar
– yoʻlovchilar va ekipaj sogʻligʻi yoki
aviatsion xavfsizlik, havo kemasining uchish xavfsizligiga yoki mulkiga
tahdid soluvchi har qanday kimyoviy va zaharli modda.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2003-yil
4-noyabrdagi
482-son
qarori
bilan
Oʻzbekiston
Respublikasida
Avtobuslarda
yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablar
tasdiqlangan. Avtobus
yoʻnalishlari oʻtadigan avtomobil yoʻllari, koʻchalar,
sunʼiy inshootlar, temiryoʻldan oʻtish joylari, parom orqali oʻtish joylarining
texnik holati, ularning muhandislik jihozlanishi qurilish normalari va
qoidalari, avtomobil
yoʻllarini tuzatish va saqlashning texnik qoidalari,
boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat xavfsizligi talablarini
qanoatlantirishi kerak.
Bundan tashqari, avtobuslarning texnik holati va ularning jihozlari tegishli
standartlar talablariga, texnik foydalanish qoidalariga, avtomobil transporti
harakatdagi qismiga texnik xizmat
koʻrsatish va uni tuzatish toʻgʻrisidagi
nizomga,
tayyorlovchi
korxonalarning
yoʻriqnomalariga
va
boshqa
normativ-texnik
hujjatlarga
javob
berishi
kerak.
Tungi
vaqtlarda
viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro
yoʻnalishlar, turistik yoʻnalishning
qatnov
yoʻli sxemalari boʻyicha harakatlanayotgan avtobuslarga hamrohlik
qilishni
tashkil
etish
uchun
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligining
Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati boʻlinmalarini yoki xavfsiz
turizmni
taʼminlash boʻlinmalarini xabardor qilish tashuvchi tomonidan
joʻnab ketishdan kamida 12 soat oldin amalga oshiriladi.
Avtobus
yoʻnalishlaridagi koʻpriklar, kesishgan yoʻl ustidan oʻtkazilgan
koʻndalang yoʻllar, estakadalar va boshqa sunʼiy inshootlar qurilish
normalari
va
qoidalari
hamda
boshqa
normativ
hujjatlar
bilan
belgilangan harakat xavfsizligi talablariga muvofiq
boʻlishi kerak.
Avtobusda harakat xavfsizligiga xavf
tugʻdiruvchi nosozliklar paydo
boʻlganda, shuningdek haydovchi oʻzini yomon his etganda avtobus
harakati darhol
toʻxtatilishi kerak. Bu haqida eng yaqin avtovokzal
(avtostansiya)
dispetcheriga
yoxud
avtobus
yoki
haydovchi
almashtirishi, tashishning bajarilishini
taʼminlash choralarini koʻrishi
majburiy
boʻlgan tashuvchiga xabar qilinadi.
Har biriga 30 kishidan ortiq odam
sigʻadigan ikki yoki undan ortiq
avtobuslarda, har biriga 30 kishidan kam odam
sigʻadigan yoʻlovchilar
tashilganda ularning harakati kolonna bilan amalga oshiriladi. Tashuvchi
tomonidan
yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga, avtobuslardan
foydalanish qoidalariga, boshqa normativ hujjatlarga, harakat xavfsizligi
va xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish
uchun
masʼul boʻlgan shaxs belgilanadi.
|