Avtomobil transportida ish haqi




Download 30,83 Kb.
bet1/4
Sana20.05.2024
Hajmi30,83 Kb.
#246791
  1   2   3   4
Bog'liq
AVTOMOBIL TRANSPORTIDA ISH HAQI


AVTOMOBIL TRANSPORTIDA ISH HAQI

Reja.



  1. Umumiy tushunchalar.

  2. Avtomobillar saroyi va undan foydalanish.

  3. Avtomobillar saroyi quvvati va tarkibi.

  4. Marshrutlarda avtomobillarni ishlatish.

  5. Yukli o‘rtacha qatnov masofasi, yuk tashish o‘rtacha masofasi, passajirlar almashuvi koeffitsiyenti va passajirlar o‘rtacha qatnov masofasi.





1. Umumiy tushunchalar.


Transportda tashish jarayoni o‘zaro bogliq va ketma-ket bajariluvchi operatsiyalar (passajirlarning transport vositasiga chiqishga tayyorlanishi yoki yuklarni tashishga tayyorlash, ularning transport vositalariga chiqishi yoki ortish, belgilangan manzilga yetkazish, tushirish, yuklarni egalariga topshirish, transport vositasini navbatdagi tashishga keltirish) yigindisidan iborat bo‘lib, uni transport vositasi orqali bajariladi. Transport ishini rejalashtirish, hisobga olish va tahlil qilish uchun muayyan texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: transport vositasining marshrutdagi ish rejimi, harakat tezligi, yuk ko‘taruvchanlikdan yoki passajirlar sigimidan foydalanish koeffitsiyenti, ma’lum masofadagi yo‘ldan unumli (yoki ish bajarish uchun) foydalanish koeffitsiyenti, transport vositasiga chiqish-tushish yoki ortish-tushirish operatsiyasiga sarflangan vaqt va boshqalar.
Transportda qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari quyidagilardan iboratdir: a) transport jarayoniga sarflanuvchi vaqt, soat; b) kilometrlarda o‘lchanuvchi, transport vositasi bosib o‘tgan masofa, kilometr; v) passajirlar yoki tonnalarda o‘lchanuvchi, tashilgan passajirlar soni yoki yuk vazni.
Tashish ishlari o‘lchovi tizimiga quyidagilar kiradi:

  1. avtomobil saroyi (korxonasi)da foydalanilayotgan avtomobillar soni;

  2. marshrutlardagi transport vositalrining ish ko‘rsatkichlari;

  3. avtotransport vositalarining ish unumi ko‘rsatkichlari;

  4. transport mahsulotining tannarxi ko‘rsatkichlari.

Download 30,83 Kb.
  1   2   3   4




Download 30,83 Kb.