|
Avtomobillar saroyi quvvati va tarkibi
|
bet | 3/4 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 30,83 Kb. | | #246791 |
Bog'liq AVTOMOBIL TRANSPORTIDA ISH HAQI3. Avtomobillar saroyi quvvati va tarkibi.
Avtomobillar saroyi quvvati tushunchasi faqatgina avtomobillar miqdori bilangina aniqlanib qolmay, balki bunda saroyda bor barcha tur va modelli avtomobillarning bir yo‘la umumiy yuk ko‘taruvchanligi yoki passajirlar sigdira olishi tushuniladi va uni quyidagi formula bilan aniqlanadi:
T(pass) (3)
bunda Axi-ma’lum model (marka)li avtomobillar soni;
qni- ma’lum modelli avtomobilning nominal yuk ko‘taruvchanligi yoki passajirlar sigdira olish xususiyati.
Avtomobillar saroyi tarkibi deyilganda ularda bor avtomobillarning turlari va modellarining umumiy avtomobillar soniga nisbatan foiz hisobidagi ko‘rsatkichidir.
4. Marshrutlarda avtomobillarni ishlatish.
Transport vositasining yuk ko‘taruvchanligi (passajirlar sigdirishi) va undan foydalanish.
Muayyan kalendar davr ichidagi avtomobillarning o‘rtacha yuk ko‘taruvchanligi quyidagi formula orqali topiladi:
T(pass) (4)
Passajirlar sigimi yoki yuk ko‘taruvchanlikdan foydalanish ko‘pincha bir xil bo‘lmaydi va ular ushbu ko‘rsatkichlardan foydalanish koeffitsiyenti bilan aniqlanadi. Ayni koeffitsiyent kuzov (salon) larning turi va o‘lchamlari, ularning sigdira olishi, yuk tashishda taralar shakli va turi, yuklarni kuzovga joylashtirish usullari, yuk oqimi, bir yo‘la jo‘natilishga tayyorlangan yuk hajmi, yo‘l va iqlim sharoitlari va tashishni tashkil etish usullariga bogliqdir.
Yuk ko‘taruvchanlik (passajirlar sigdirish)dan foydalanishning statik koeffitsiyenti bu amalda tashilgan yuk (passajir) miqdorining avtomobilning nominal yuk ko‘taruvchanligi (passajirlar sigdira olishi)ga nisbatidir.
1 marta qatnov uchun (5)
bir necha qatnov (Zk)lar uchun uning o‘rtacha qiymati:
(6)
Har xil miqdordagi yuk va passajirlarni yuk ko‘taruvchanligi (passajirlar sigimi) har xil avtomobillarda turli masofalarga tashishda statik yuk ko‘taruvchanlik (passajirlar sigdira olishi) koeffitsiyentidan foydalanish yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun, unga qo‘shimcha ravishda amalda bajarilgan tkm (pass.km) transport ishining tashish jarayonida nominal yuk ko‘taruvchanlikdan to‘la foydalanilgandagi miqdorga nisbati bo‘lmish dinamik koeffitsiyentdan ham foydalaniladi.
Bir avtomobil va bir necha yukli qatnov uchun ushbu koeffitsiyent
(7)
ATS dagi barcha avtomobillar uchun
(8)
Yuk tashish avtomobillaridan foydalanishda statik va dinamik yuk ko‘taruvchanlikdan foydalanish koeffitsiyentlari quyidagi ikki xususiy holda o‘zaro teng bo‘ladi:
1. Agar bir avtomobil har xil masofaga va amalda bir xil xajmdagi yuk tashisa, ya’ni q amalda = const.
2. Agar bir avtomobil har xil xajmdagi yukni, bir xil masofaga tashiganda, ya’ni 1 yuk = const.
Bunday hollarda γst dan foydalaniladi.
Avtomobil bir necha yukli qatnovni har xil masofada amalga oshirib, har safar har xil hajmdagi yukni tashiganda γd dan foydalaniladi.
Yuk ko‘taruvchanlikdan foydalanish koeffitsiyenti yuqori darajada bo‘lishi uchun: tanlanayotgan transport vositasi turi tashishga mo‘ljallangan yuk hajmi va yuk oqimi tarkibiga mos bo‘lishi kerak; avtomobilning kuzovi tashiladigan yuk turi va xarakteriga mos bo‘lishi krak; ixtisoslashtirilgan avtomobillardan foydalanish (masalan, paxta xom ashyosi tashishda qop-qanorsiz tashishga mo‘ljallangan va bortlari orttirilgan paxta tashuvchi avtopoyezd); yuklarni iloji boricha zichlab joylash (masalan, xashak va xashaksimon yuklarni presslab zichlash va h.k.); mayda partiyali yuklarni oldindan yo‘nalishlariga qarab (ayniqsa shaharlararo tashishda) guruhlash lozim.
Passajirlar sig‘imidan foydalanishning statik koeffitsiyenti reys davomida tashilgan passajirlar umumiy sonini avtobusning nominal sig‘imiga nisbati sifatida aniqlanadi. Passajirlar sig‘imidan foydalanishning dinamik koeffitsiyenti esa amalda bajarilgan transport ishi (passajir oboroti)ning butun tashish masofasi davomida avtobus nominal sig‘imidan to‘la foydalanilgandagi transport ishiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Avtobuslar sig‘imidan foydalanishning statik koeffitsiyenti passajirlarning reys davomidagi almashuvini hisobga olmaganligi uchun, amalda bu ko‘rsatkichdan foydalanilmaydi. Avtobus saroyi ishini rejalashtirish va tahlil etishda γd ishlatiladi.
Transport vositasining qatnov masofasi va undan foydalanish. Transport vositasining qatnov masofasi deyilganda, uning km larda o‘lchanuvchi bosib o‘tgan yo‘li tushuniladi. Avtomobilning ish marshrutidagi harakati ortish-tushurish (passajirni transport vositasiga chiqish va tushish) joylari o‘rtasidagi ayrim qatnovlardan hamda avtomobilning ATS va ishlash marshruti orasida harakatidan iborat bo‘ladi.
Nolinchi qatnov (I0) deyilganda, ATSdan to birinchi yuk ortish joyigacha va yuk tashish ishi nixoyasida so‘ngi tushirilgan joydan ATSgacha qatnov masofasi tushuniladi. Ayni transport jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha qatnov masofalari nolinchi qatnovlar xisoblanadi.
Bo‘sh qatnov (Ibk) deyilganda avtomobilning yukdan bo‘shatilgandan keyingi yuk ortish joyigacha qatnovi tushuniladi. Tashish transport jarayonining ajralmas qismini xisobga olib, marshrutdagi bo‘sh qatnovni shartli ravishda nazariy jihatdan unumli qatnov desa ham bo‘ladi.
Bir guruh avtomobillar va avtomobillar saroyining transport jarayonini bajarish uchun umumiy qatnov masofasi quyidagiga teng bo‘ladi:
Lum=Lyuq+Lbq+L0, km.
Transport vositasining qatnov masofalaridan foydalanish darajasini belgilovchi koeffitsiyent β unumli qatnov masofalarini umumiy masofaga nisbati sifatida aniqlanadi.
Bir avtomobilning smena yoki bir sutka davomidagisi:
5. Yukli o‘rtacha qatnov masofasi, yuk tashish o‘rtacha masofasi, passajirlar almashuvi koeffitsiyenti va passajirlar o‘rtacha qatnov masofasi.
Bir sutkali o‘rtacha qatnov masofasi transport vositalari va haydovchilarning qanchalik jadal (intensiv) ishlashiga bogliq bo‘lib, yonilgi sarfi, TXK chizmasi, rejadagi yoki hisobiy davr ichida transport ishi hajmida o‘z aksini topadi.
O‘rtacha tashish masofasi 1 t yukning o‘rtacha qancha masofaga tashilganligini ko‘rsatadi va u tonna-kilometrli yuk oborotining tonnalarda o‘lchanuvchi tashilgan yuklar miqdori (Q) ga nisbati tarzida aniqlanadi:
, km (9)
Bir marta yukli qatnov uchun lyuk miqdori bilan lo‘rt o‘zaro tengdir, chunki
(10)
Harakat tezliklari. Transport vositasining ish unumi avtomobilning harakat tezligi bilan to‘gridan-to‘gri bogliqdir. Harakat tezligi esa, avvalambor, avtomobilning tortish-dinamik xususiyati va uning texnik holatiga bogliqdir. Bundan tashqari, harakat tezligi yo‘l-iqlim sharoitlari, yo‘llarda harakatlanish jadalligi, haydovchilar malakasiga tezligi harakat xavfsizligi va ish halokatsizligini ta’minlashi lozim.
Yo‘l sharoitlari ichida harakat tezligiga ko‘proq ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarga yo‘l harakat qismining kengligi, harakat jadalligi, yo‘l qoplamasi holati, ko‘rinish sharoiti, yo‘l egriligi radiusi, nishablik uzunligi ahamiyati, transport harakatini tartibga solishni takomillashtirish kabilar kiradi.
Harakat jadal bo‘lgan yirik shaharlar va ular atrofidagi harakat tezligi, transport oqimlari umumiy tezligiga bogliq bo‘ladi.
Avtomobillarda yuk tashishda transport vositalarining harakat tezligi va ekspluatatsion tezligi bir-biridan farq qiladi. Avtomobillarning eng katta tezligi tushunchasi ham mavjud.
Texnik harakat tezligi (Vt) avtomobillar bosib o‘tgan yo‘llarning (Lkm) shu yo‘llarni bosib o‘tishga sarflangan vaqt (Th)ga nisbati tarzida aniqlanadi:
Yakka avtomobil uchun Vt=L|Th, km|soat;
Avtomobillar saroyi uchun Vt=Lum|ATh, km|soat;
Texnik harakat tezligini hisoblashda yo‘l harakatini tartibga solish bilan bogliq juda qisqa vaqt yo‘lda to‘xtashlar (svetoforli yoki oddiy chorraha, temir yo‘l shaxobchalaridan o‘tish) va shu kabilar harakat vaqtiga qo‘shiladi.
|
| |