Avtomobil yo'llarini loyihalash va qurish ishlarida gps texnologiyalaridan foydalanish reja




Download 21.63 Kb.
bet1/2
Sana05.02.2024
Hajmi21.63 Kb.
#151538
  1   2
Bog'liq
AVTOMOBIL YO\'LLARINI LOYIHALASH VA QURISH ISHLARIDA GPS TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Tayyor ishlangan misoollar, KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH, DOIRA, UCHBURCHAK, OVAL, Fazoda mo’ljalga olishni rivojlantirish uchun ta’limiy o’yinlar, Jismoniy mashqlarning xarakteristikasi. Jismoniy mashqlarning paydo bо‘lishi, ilmiy tadqiqot metodologiyasi ma\'ruza, Reymbayeva Nazira, 5-lekciya, 15-topshiriq, Referat 4, маърузага топширик, IQLIM O\'ZGARISHI VA EKOLOGIK MOSLASHUV, Kognitiv, BASKETBOL

AVTOMOBIL YO'LLARINI LOYIHALASH VA QURISH ISHLARIDA GPS TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

REJA.

1.Avtomobil yo’llari haqida umumiy tushunchalar.


2.Avtomobil yo’llarini qidiruv ishlari tarkibi va turlari.
3.Qidiruv ishlarining natijalari va ularning ahamiyati.

Avtomobil yo‘llari tarkibiga yo‘l uchun ajratilgan mintaqada joylashgan sun’iy muhandislik inshootlari, yo‘l xizmatining yaxlit texnologik majmuasiga kiruvchi yo‘l idoralari, yordamchi, qo‘shimcha va boshqa ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar kiradi.


Avtomobil yoʻli ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat (respublika) va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarga bo‘linadi.
Xalqaro Avtomobil yoʻli ga mamlakatlarni, yirik sanoat markazlarini bog‘lovchi va katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kiradi.
Davlat ahamiyatidagi yo‘llarga yirik sanoat markazlari, muhim temir yoʻl stansiyalari, pristanlar va boshqa bilan bog‘lovchi yo‘llar kiradi.
Mahalliy yo‘llarga esa viloyat, qishloq, jamoa xo‘jaliklari yo‘llari kiradi. Avtomobil yoʻli muhandislik inshooti sifatida quyidagi elementlardan tashkil topadi:
-yer poyi ko‘tarmasi;
-yo‘l to‘shamasi; qatnov qismi;
- yo‘l cheti;
-sun’iy va chiziqli inshootlar va boshqa jihozlar.
Avtomobil yoʻli tabiiy yoki tuproq ko‘tarmasi, asos va qoplamalardan iborat.
Asos (o‘rta qatlam) qum, shag‘al, tosh, shlak kabi materiallardan qilinadi. Avtomobil yoʻlining ahamiyatiga qarab, quyidagi qoplama xillari ish-
latiladi:
a) yer sirtiga qumoq tuproq, shag‘al sochilgan past navli qoplamalar;
b) qoramoy shimdirilgan shag‘al yoki maydalangan tosh yotqizilgan qoplamalar;
v) maydalangan tosh va shag‘alga qoramoy aralashtirilgan yengil qoplamalar;
g) asfalt-beton, sement-beton singari kapital qoplamalar.
Yo‘llarning kengligi avtomobillarning ikki va undan ortiq qator bo‘lib yurishiga imkon beradi. Bir qatorniig kengligi 3 m gacha olinadi. Chekka yo‘llarning eni 2 – 2,5 m bo‘ladi.
Harakat qulayligini ta’minlash maqsadida ba’zan yo‘lning o‘rtasi ma’lum kenglikda ko‘kalamzorlashtiriladi.
Avtomobil yoʻli qurilishida sun’iy inshootlar (tonnellar, ko‘priklar, tayanch devorlar, himoya yo‘laklari) barpo etiladi.
Avtomobil yo‘li davlat standartlariga mos keladigan, me’yoriy og‘irlikka va o‘lchamga ega bo‘lgan transport vositalarining xavf-xatarsiz va qulay harakatlanishi uchun mo‘ljallangan muhandislik inshootlari majmuidir.
Avtomobil yoʻlida suv o‘tkazuvchi va drenaj qurilmalari bo‘ladi.
Harakat xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘l belgilari, ko‘rsatkichlar, himoya vositalari va transport oqimini boshqarish qurilmalari o‘rnatiladi.

Shuningdek, Avtomobil yoʻlida texnika xizmati ko‘rsatuvchi stansiyalar, yonilg‘i stansiyalari va boshqa joylashadi.


Jahon standartlari bo‘yicha Avtomobil yoʻlilari mamlakat umumiy transport tarmog‘idagi ahamiyati va hisobiy harakat jadalligiga ko‘ra besh toifaga bo‘linadi.
Eng yuqori (I) toifadagi avtomobil yo‘lida har ikkala yo‘nalishda o‘rtacha sutkalik harakat jadalligi 7000 dan ko‘proq avtomobilga, hisobiy tezlik 150 km/so- atga, eng past toifadagi yo‘lda harakat jadalligi sutkasiga 100 ga yaqin avtomobilga va hisobiy tezlik 60 km/soatga mo‘ljallanadi.
O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi transport kommunikatsiyasi, jumladan avtomobil yo‘llarini zamonaviy asosda rivojlantirish konsepsiyasiga binoan qo‘shni davlatlar va jahon okeaniga chiqishni ta’minlaydigai eng qisqa va ishonchli transport yo‘llarini barpo etish, mavjud avtomobil yo‘llarini xalqaro andozalarga moslash. yo‘llarni saqlash va ta’mirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat markazlarini xalqaro magistrallar bilan bog‘laydigan yo‘llar qurilishi masalalariga e’tibor kuchaydi.
Avtomobil yo’llarini qidiruv ishlari tarkibi va turlari.
Yo'lning ishlashi ko'p jihatdan uning joydagi vaziyati bilan belgilanadi. Barcha loyiha yechimlari mahalliy xalq xo'jalik va tabiiy sharoitlarni batafsil va chuqur o'rganishga asoslangan bo'lishi kerak. Uzoq vaqtlargacha buning uchun asosiy yo’l loyihalash tashkilotlan xodimlarinmg barcha zarur suratga olishlar- qidiruvlarni amalga oshirish uchun joylarga chiqib ketishar edi. Hozirgi aerofotosuratga olish texnikasining rivojlamshi oldinlari bajarilgan ishlarning katta qismini kameral sharoitlarga o'tkazishga imkon beradi. Bunda borish qiyin bo'lgan tog’li yoki o'rmon bosgan ravonlar uchun trassani (yo'lning o'q chizigini) eng yaxshi o'tkazishni ishonchli tanlash taminlanadi va muhandislik-geologik ishlar hajmi kamayadi.
Biroq aerofotosuratlarni deshifrovka qilish (ma'nosini ochib berish) usullanning tabora rivojlanib borishiga qaramasdan, loyihalash uchun zarur bo'lgan ko'pgina ma’lumotlami yerda olib boriladigan geodezik ishlar natijasida olish mumkin. shuning uchun bular loyiha tuzishdagi majburiy elementlar bo'lib qolmoqda. Yerda olib boriladigan geodezik suratga olishlar. shuningdek. qurilish ishlari boshlanishidan oldin trassani joyda tiklash uchun zarur. Avtomobil yo'llarini loyihalash bitta yoki ikkita bosqichda amalga oshiriladi.
Bitta bosqichda (qidiruvlar asosida tuziladigan ish loyihasi qiymatni yig'ma smetali hisoblanishi bilan) qulay, yaxshi o'rganilgan tabiiy sharoitlarda oddiv, texnik jihatdan murakkab bo’lmagan mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan obyektlar va yo'llarni loyihalash amalga oshiriladi. Bunda namunaviy hamda foydalanish
sharoitida o'zini oqlagan takror qo’llanadigan alohida (individual) loyihalardan keng foydalaniladi.

Ikki bosqichda (qurilishdan oldin o'tkazilgan uzil-kesil muhandislik qidiruvlari asosida tuziladigan loyiha yig'ma smetali hisoblash va ish hujjatlari smetalari bilan) davlat ahamiyatiga ega bo'lgan katta yo'llar, shuningdek, alohida hisobga olishni talab etadigan murakkab tabiiy xususiyatli mintaqalardagi yo‘llar loyihalanadi.


Qidiruvlar o'tkazish va avtomobil yo’llari loyihalarini ishlab chiqish topshirig'i loyihalash tashkilotlari lomonidan reja organlari ishlab chiqadigan mamlakatning iqtisodiv mintaqalarida xalq xojaligi turli tarmoqlarining rivojlanish va joylashtirilish sxemalari asosida beriladi. Bu sxemalarni batafsillashtirish 15...20 yilgacha istiqbolga mo'ljallab vo'l tarmoqlarini rivojlantirish sxemalarini tuzishdan iborat, ular mo'ljallangan transport qurilishi obyektlarining amalga oshirilishining zarurligini va iqtisodiv jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslovchi iqtisodiv qidiruv ma’lumotlari asosida tuziladi.
Muhim yo’llar loyihalarini tuzishdan oldingi loyiha oldi bosqichiga tegishli bo'lgan bu ishlar asosida yo'llar qurilishi yoki qayta qurilishi hamda yo’llardagi virik muhandislik inshootlari samaradorligining batafsil texnik-iqtisodiy asoslanishi tuziladi.
Aniq bir yo’lni Ioyihalash uchun bu yo’lda kelgusidagi vuk tashishlar to'g‘risidagi ishonchli malumotlarga ega bo'lish zarur. Bu iqtisodiv qidiruvlar vazifasiga kirib, ular yo’l o'tkaziladigan mintaqani tadqiq qilish asosida yuk va yo'lovchilar tashishni amalga oshiradigan barcha tashkilot va korxonalarnii aniqlashi, loyihalashda qabul qilinadigan hisobiy davr mobaynida transport oqimlari yo‘nalishi va hajmlarini hamda ularning o‘sish istiqbolini aniqlashi zarur
Ayrim vo'llaming iqtisodiv qidiruv ishlari mamuriy yoki xo'jalik mintaqalarining avtomobil yo’llari tarmoqlarining oldin tuzib qo’yilgan rivojlanish sxemalari asosida o'tkaziladi, ularda yo’llarning ratsional tarmog'i ko‘zda tutilgan tashishlar xarakteri va harakatlanish jadalligi to'g‘risidagi mulohazalar berilgan, yo'l-qurilish materiallari olish mumkin bo'lgan asosiy manbalar haqida malumotlar keltirilgan. qurilish qiymati va ko‘zda tutilgan yo’l tarmog'i baholangan
Aniq bir avtomobil yo’llari uchun loyiha bosh muhandisi boshchiligida iqtisodchilar brigadasi loyiha oldi iqtisodiy qidiruv ishlarini o‘tkazadilar, ular yo’lni eng oqilona otkazishni, uning texnik ko’rsatkichi va qurilishining xalq xo'jaligi uchun samaradorligini asoslashga doir materiallar tayyorlaydilar. Dala ishlari boshlanishidan oldin istiqbolni oldindan belgilash respublika statistika qo'mitasining ma’lumotnoma materiallari, vazirliklar va muassasalarning
hisobotlari, tashish ishlarini amalga oshiruvchi ayrim xojaliklar va korxonalarning hisobotlari o'rganiladi va tahlil qilinadi. Dala ishlari davrida bu hamma ma’lumotlar mahalliy tashkilotlarda to’ldiriladi.

Qidiruv ishlari natijasida yo’l ga yuk oqimlari kelishi mumkin bolgan joy mintaqasi (tortilish mintaqasi) aniqlanadi. Ishonchli bo’lishi uchun katta mintaqa (qidiruvlar mintaqasi) qamrab olinadi. Odatda qidiruvlar mintaqasiga yirik tabiiy hududlar yoki qidirilayotgan joyga qaraganda aynan shu toifadagi yoxud yuqori toifali yaqindagi yo’llar bilan chegaralangan yo’l ga yondosh hududlar kiradi.


Yuk va yo’lovchilar oqimi rejalash organlarida va bevosita transport tashkilotlarda yuborilgan so‘rov varaqalari yoki joyda so'rash orqali to‘planadigan ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Birinchi holda hamma manzilgohlarga respublika istiqbolni oldindan belgilash statistika qocmitasi yoki viloyat hokimiyatlari nomidan hisobot ma’lumotlari
bo'yicha o'tgan yillardagi tashishlar haqida va 15...20 vil keyingi rejali bashorat ma'lumotlari to'g'risida so'rovlar jo'natiladi. Olingan javoblar hamma vaqt ham vetarlicha tugal javoblar bo'lavermaydi va ular bu tashkilotlarga qidiruv partiyasi xodimlari borganlarida tekshiriladi.
Sanoat korxonalarida avtomobillar bilan olib ketiladigan mahsulot miqdori va u yetkazib beriladigan punktlar, shuningdek, xomashyo olinadigan joylar va uning hajmi to'g'risidagi ma’lumotlar to'planadi. Qishloq xo'jalik mahsuloti (dalachilik, chorvachilik mahsulotlari, tashib keltiriladigan ta'minot yuklari va ishlab chiqarishni ta’minlash (o'g'it, yonilg'i va b.)) nuqtayi nazaridan jamoa xo'jaliklari bo'yicha alohida hisobga olinadi. Yer fondi, turli qishloq xo'jalik ekinlari bo'yicha ekiladigan maydonlar, hosildorlik va uning o'sish istiqbollari hisobga olinadi. Mahsulotni tashib keltirish va materiallar olish punktlari hamda yuk tashish muddatlari belgilanadi. Yo'lning xalq xo'jaligi nuqtayi nazaridan samaradorligini asoslash uchun zarur bo'lgan yuk tashish tannarxi to'g'risidagi malumotlar olinishi kerak. To'plangan malumotlar asosida transport aloqalari va yuk tashishlar vedomosti tuziladi, ulardan yo’l tarmog'i konturini rejalashtirishda foydalaniladi.
Avtomobillar harakatining haqiqiy ko’lami haqidagi ma’lumotlar yo'l- foydalanish organlarida va loyihalash tashkilotlari kuchi bilan harakatlanishning nazorat hisobini o'tkazish yo’li bilan olinadi.
Unimaksimalyuktashishlardavridahaftaningishkunlarida8... 12soat davomida o'tkaziladi. Mavsumiy va haftadagi o’zgarib turishlarni hisobga olish uchun yilning turli davrlari qamrab olinadi. Tranzit avtomobillar soni ularning nomerlari bo'yicha hisobga olinadi.
Yo'llarning mo'ljallanadigan tarmoqlari yoki loyihalanadigan marshrut uchun alohida peregonlar bo'yicha yillik o'rtacha sutkalik tig'izlik aniqlanadi.

Qishloq xo'jalik ravonlarida vuklarni tashish uchun traktor tirkamalaridan keng foydalanilganligi sababli yuk tashishning bu turi ham hisobga olinishi kerak.


Yuk tashishlar mavsumiy xususiyati keskin namoyon bo'lgan hollarda harakatlamsh jadalligini hisoblash tig'iz davr uchun hisob- langandek bajariladi. Temir yo'llarga parallel o'tadigan magistral yo’llar uchun ularga yaqin oraga
boradigan yuklarni berish imkoniyati hisobga olinadi.
Istiqboldagi yuk oqimlarini aniqlash murakkabligi shundan iboratki mavjud
va rejadagi yuk tashishlarni tahlil etish qurilgan yo'lning faollashtiruvchi rolini hisobga ololmaydi, bu yo'l yuk tashishlar imkoniyatini vujudga keltirgan holda, intilish zonasidagi xalq xo’jaligining, oldin ko’zda tutilmagan rivojlanishiga sabab bo'ladi va tranzit yuk oqimlarini jalb etadi. Magistral avtomobil yo’llari qurish amaliyotida ko'pgina shunday hollar ham yuz beradiki, bunda qurilgan yo’llardagi loyihaviy harakatlanish jadalligi (20 yillik istiqbol uchun aniqlangan) bir necha yildan keyinoq bir necha marta ortib ketgan. Shu sababdan yo’l qurilishining «transportga aloqasi bo’lmagan» samarasi ta'sirini hisobga olish uchun istiqboldagi jadallikni hisoblash natijasida tuzatma koeffitsiyent kiritishga to'g‘ri keladi, uning qiymati o'xshash sharoitlarda shunga o‘xshash vollardan fovdalanish tajribasi bo'yicha belgilanadi.
Qidiruv ishlarining natijalari va ularning ahamiyati.
Avtomobil yoʻli ko‘p ish turlari qidiruv, loyihalash, texnik va chizma ishlarga bo‘linganligi, xattoki texnologik jarayonlarga, bajarilish joyiga va muddatiga bog‘liqligini bosqichlarga bo‘lishda hisobga olinishi kerak.
Yer tuzish bo‘yicha loyiha ishlari quyidagi bosqichlar asosida o‘tkaziladi: - tayyorgarlik ishlari;
- loyihani tuzish;
- loyihani ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
- loyihani joyiga ko‘chirish;
- yer tuzish hujjatlarini tayyorlash; - loyihani amalga oshirish.
Tayyorgarlik ishlari quyidagilardan iborat: plan-kartografiya va tekshiruv hujjatlarini to‘plash, ulardan oldingi yillarda bajarilgan loyiha hujjatlarini o‘rganish, tahlil qilish, xo‘jalik yer maydonini hisoblash qaydnomasi, uning rivojlantiruvchi tashkiliy – iqtisodiy ko‘rsatkichlarda keltirilgan ma’lumotlar shular jumlasidandir.
Natijalar dalolatnoma va tekshiruv chizmasi bilan rasmiylashtiriladi, xo‘jaliklarda ko‘rib chiqiladi. Bu ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi mutaxassislar mehnatining to‘g‘ri tashkil qilinishiga va kerakli barcha materiallar, transport vositalari bilan to‘liq ta’minlanganligiga bog‘liq. Ichki xo‘jalik yer tuzish
loyihalarining keyingi bosqichida, loyiha tashkiloti mutaxassislari, qishloq xo‘jalik korxonalari mutaxassislari hamda qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassislari bilan birgalikda loyiha topshirig‘ini ishlab chiqadilar. Topshiriqni ishlab chiqishda xo‘jalikning kelajakda rivojlanish rejasi,qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish sohalarini joylashtirish va ixtisoslashtirishning tuman sxemasi hamda tayyorgarlik va tekshiruv ishlari materiallaridan foydalaniladi. Loyiha uchun topshiriq loyiha tashkilotida, xo‘jalikda, qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasida ko‘rib chiqiladi hamda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

Tayyorgarlik va tekshiruv ishlari hamda topshiriq asosida muhandislik- iqtisodiy harakterga ega bo‘lgan loyihani tuzishga kirishiladi. Loyihani ishlab chiqish jarayonida ma’lum muddatga yerdan foydalanish va ishlab chiqarishni rivojlantirish, xo‘jalikning tashkiliy-ishlab chiqarish tarkibi, ishlab chiqarish bo‘limlari va xo‘jalik markazlarini joylashtirish, ichki xo‘jalik yo‘llarini loyihalash, yer turlari va almashlab ekishni tashkil qilish, pichanzorlar, yaylovlar, bog‘lar, uzumzorlar va rezavor bog‘larning hududini tashkil qilish masalalari yechiladi.


Mazmuniga ko‘ra, loyihani ishlab chiqishni bir vaqtning o‘zida ikki qismga bo‘lish mumkin:
Loyihaning tashkiliy xo‘jalik ishlanmasi va uning chizmasini texnik jihatdan bajarilishi.
Loyihaning birinchi qismini loyiha tashkiloti mutaxassislari xo‘jalik
mutaxassislari bilan birga bajaradi.
Loyihaning ikkinchi qismini asosan yer tuzuvchilar bajarishadi. Tayyorlangan loyiha ko‘rib chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Bu bosqichni amalga oshirishda loyiha materiallarining mavjudligi, topshiriqning o‘z vaqtida berilishi, loyihani bajarish bo‘yicha texnik qo‘llanmalarning mavjudligi, loyiha elementlarining tartibini va o‘z vaqtida bajarilishi, u bilan shug‘ullanuvchi barcha shaxslar o‘rtasida kelishuvning mavjudligi muhim ahamiyatga ega.
Ishning keyingi bosqichida loyiha joyiga ko‘chiriladi. Loyihani ko‘chirish, maydonlarini texnik loyihalash singari ishlar bitta mutaxassis yoki guruh tomonidan bajariladi.Loyihani ko‘chirish jarayonini Yer tuzuvchi bilan ishchilar birgalikda bajaradilar.
U tashkiliy-texnik elementlar yig‘indisidan tashkil topadi. Tugallangan ish texnik hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va guruh rahbari tomonidan tekshiriladi, so‘ngra xo‘jalikdan kelgan vakilga topshiriladi.
Keyingi bosqich uni ko‘paytirish hamda buyurtmachilarga topshirish uchun loyihaning asl nusxasini va hujjatlarini tayyorlashdan iborat.
Bu ichki yer tuzish bo‘yicha ishlarni loyiha tashkilotiga qarashli bo‘lim mutaxassislari bajarishadi. Uni bajarishda mehnatni me’yorlash va haq to‘lash, texnik vositalar mavjudligi, ishga rahbarlik qilish va ishni bajarish sifatini nazorat qilib borish muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, ichki yer tuzish bo‘yicha ishlarni bajarishda loyiha tashkiloti mutaxassislaridan aqliy va jismoniy mehnatni talab qiladi.
Yer tuzish bo‘yicha loyiha va qidiruv ishlarining bosqichlari Ishlab chiqarish
jarayonining tarkibiy qismlarga ajratilgan bo‘lagi bosqichlar deb aytiladi. Bosqich ishning tugallangan ma’lum bir qismi bo‘lib, u bir-biri bilan uzviy bog‘langan elementlar yig‘indisidan iboratdir. U o‘zaro tashkiliy-texnikaviy munosabatda bo‘ladi.

Yer tuzish bo‘yicha loyiha-qidiruv va boshqa ishlar o‘zining mazmuni, harakteri hamda vaqti va bajariladigan joyiga nisbatan bir qator xususiyatlarga ega. Shuning uchun ham bosqichlarga ajratilayotganda bajarish muddatlari hisobga olinishi kerak.


Loyihalanadigan yo’lning xalq xo'jaligi talablarini qondirish darajasi va uni qurish qiymati loyihada istiqbolda ko’zda tutilgan harakatlanish ko'lami va xususiyatlarinmg sinchiklab hisobga olinishiga. mahalliv tabiiv sharoitlarga, yo’l xizmat qiladigan mintaqalarning rivojlanish rejalariga va vo’l qurishni amalga oshiradigan tashkilotlarning texnik imkoniyatlariga bog’liqdir.
Yo’l qurilishi ancha ko’p miqdorda pul mablag’lari, moddiy va mehnat resurslari sarflashni talab etadi. Qurilgan yo'lning yuqori transportbop sifatlarini taminlash yo'l uchun kamyob yoki xalq xo‘jaligining boshqa sohalari uchun juda zarur bo'lgan yerlarni olib qo‘yish, yer qazish ishlari hajmi, tashib keltiriladigan qimmat qurilish materiallaridan foydalanish borasida juda o'ylab hal etilgan va iqtisodiy jihatdan asoslangan yechimlar bilan birga qo’shib olib borilishi kerak. Loyihachi har qaysi loyiha yechimini o'ylay turib, bu loyihani quruvchilar qanday amalga oshirishlari mumkinligini va bu yechim avtomobil transportidan foydalanish sharoitlariga qay darajada ta’sir etishini yaqqol tasavvur etishi kerak. Uning yechimi fan va texnikaning eng yangi yutuqlariga asoslanishi va albatta sanoat qurilishining zamonaviy ilg'or usullarini ko'zda tutishi kerak.



Download 21.63 Kb.
  1   2




Download 21.63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo'llarini loyihalash va qurish ishlarida gps texnologiyalaridan foydalanish reja

Download 21.63 Kb.