• Tayanch so‘zlar va iboralar
  • Avtomobil yo‘llarining holatini va transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini baholash




    Download 60.11 Kb.
    bet1/3
    Sana20.04.2024
    Hajmi60.11 Kb.
    #201974
      1   2   3
    Bog'liq
    4- mavzu Avtomobil yo‘llarining holatini va transport-ekspluata
    3-вазифа, 202368, 3719-Article Text-9277-1-10-20211130, Об итогах Всемирной ассамблее по стандартизации телекоммуникаций Международного союза электросвязи (WTSA - 08) и совершенствование вопросов стандартизации в отрасли, Yo‘llarni rekonstruksiya qilishda tayyorgarlik ishlari Ko‘pchiga-kompy.info

    Avtomobil yo‘llarining holatini va transport-ekspluatatsion
    ko‘rsatkichlarini baholash


    Reja:

    1. Avtomobil Yo‘lining texnik va foydalanuv holatini ko‘rsatkichlari.


    2. Yo‘lning transport-foydalanish ko‘rsatkichlariga byo‘lgan talablar.
    3. Harakat tezligi, o‘tkazuvchanlik qobiliyati va Yo‘lning yuklanganlik
    darajasini baholash.
    4. Hisobiy tezlikni ta’minlanganlik koeffitsienti bo‘yicha Yo‘l holatini
    kompleks baholash.
    5.Yo‘l holati va yo‘lchamlarining hisobiy tezlikni ta’minlanganlik
    koeffitsientiga ta’siri.
    6.O‘zbekiston Respublikasi hududini harakat sharoiti bo‘yicha
    tumanlashtirish.
    7. Mavjud foydalanuvdagi Yo‘lning holatini va transport-foydalanish
    sifatlarini baholash uchun jihozlar va asboblar.


    Tayanch so‘zlar va iboralar: Texnik holati, ekspluatatsion holati, hisobiy
    tezlik, o‘tkazuvchanlik qobiliyati, yuklanganlik darajasi,
    ravonlik, mustahkamlik, tishlashi sifati.


    Yo‘lning texnik holati – Yo‘l va uning inshootlari doimiy (ekspluatatsiya jarayonida o‘zgarmaydigan yoki faqat rekonstruksiya va ta’mirlashdan keyin o‘zgaradigan) ko‘rsatkichlarining (Yo‘l poyi va qatnov qismi loyihaviy kengligi, to‘g‘ri va egri uzunligi, tik kutarilish va tushish joylari nishabligi va uzunligi, ko‘tarma balandligi va o‘yma cho‘qurligi, ko‘prik va Yo‘lo‘tkazgichlar gabariti va yuk ko‘tarishi, jixozlanish elementlari) me’yoriy talablarga muvofiq kelish darajasi hisoblanadi.
    Yo‘lning ekspluatatsion holati–Yo‘lning o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlarini va tavsiflarini (Yo‘l to‘shamasi mustaxkamligi, Yo‘l ustki yuzasi holati, qatnov qismi va Yo‘l cheti haqiqiy foydalanuv kengligi, qoplama ravonligi va tishlashish sifati, Yo‘l belgi chizig‘i, muxandislik jixozlari holati) transport vositalari va meteorologik sharoit ta’siridan, hamda saqlash darajasiga bog‘liq ravishda me’yoriy talablarga muvofiq kelish darajasi hisoblanadi.
    Yo‘l va uning inshootlarini texnik va ekspluatatsion holatini zarur byo‘lgan darajasini ta’minlash uchun Yo‘llarni ta’mirlash va saqlash xizmati tashkil qilinadi. Yo‘llarni ta’mirlash va saqlash xizmatining asosiy maqsadi - harakat jadalligi va yuklarni o‘sib borishiga muvofiq ravishda Yo‘lning texnik va ekspluatatsion holatini oshirish hamda ta’minlab turish, shu bilan birga avtomobillar ish samaradorligini va unumdorligini oshirish, yuk tashish tan narxini pasaytirishdan iborat.
    Avtomobil Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Yyo‘llarining transport-ekspluatatsiya holatinibaholash ishlari olib boriladi.Avtomobil’ Yyo‘llarining transport-eksplutatsiya holatini baholash Yo‘l korxonalarining loyihalash yoki ilmiy-tadqiqot tashkilotlarning buyurtmasi asosida amalga oshiriladi va bunda Yo‘l korxonalarining injener-texnik xodimlari va byo‘lim boshliqlari ishtirok etishadi.
    Avtomobil yo‘llarining transport-ekspluatatsiya holatini baholashda quyidagi ko‘rsatkichlarni yo‘lchash zarur:

    • Yo‘l to‘shamasi ravonligi;

    • Yo‘l to‘shamasi mustahkamligi;

    • Avtomobil g‘ildiragining qoplama bilan ishlashish koeffitsienti;

    • Avtomobillar tezligi.

    Transport-ekspluatatsiya holatini baholash Yo‘l korxonasi tasarrufidagi butun tarmoq bo‘yicha amalga oshiriladi. Yo‘lning transport-ekspluatatsiya holatini loyihalash yoki ilmiy tadqiqot institutining ko‘chma Yo‘l laboratoriyasi yordamida bajariladi.
    Quyidagi holatlarda avtomobil Yo‘li yoki uning uchastkasi holatiga baho berilmaydi:
    -tabiiy ofat tufayli buzilganda;
    -o‘rganib chiqish davrida qayta qurilayotgan,kapital yoki joriy tamir qilinayotgan byo‘lsa;
    Yo‘l korxonasi rahbari Yo‘lni transport-ekspluatatsion holatini tekshiruvchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
    -tekshirilayotgan avtomobil Yo‘lining pasporti;
    - Yo‘l to‘shama konstruksiyasi bo‘yicha ishchi chizmalar;
    - avtomobil Yo‘lini qurish,qayta qurishdan keyin ekspluatatsiyaga tekshirish muddatlari ko‘rsatilgan dalolatnomalar;
    - Yo‘l belgilari va inshootlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan joylashtirish sxemasi;
    - avtomobilYo‘lini oldingi o‘rganib chiqish kartochkasi, u, Yo‘lning transport-ekspluatatsiya holatini baholashda birlamchi xujjat sanaladi.
    Yo‘l to‘shamasining ravonligi va mustahkamligi qatnov qismida izlar (koleya) hosil byo‘lishi (ko‘ndalang ravonlik) bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun Yo‘l to‘shamalarining ravonligini o‘zgartirish mustahkamligiga va izlar hosil byo‘lishiga bog‘liq.Bundan tashqari yozdagi yuqori haroratlarda asfaltbeton plastik deformatsiyalanishi sababli Yo‘lning qiya joylarida ravonlik buziladi. Shu sababdan Yo‘l to‘shamasining ravonligini bir yilda ikki marta yo‘lchash zarur (qishning oxiri va bahorning boshida, yozgi issiq davrida).
    Yo‘l to‘shamasining mustahkamligi Respublika uchun hisobiy davr sanalgan qishning oxiri va bahorning boshida aniqlanadi. Bunda gruntning namligi eng yuqori darajada byo‘ladi.
    Ko‘rilayotgan transport–ekspluatatsiya ko‘rsatkichlari ya’ni Yo‘l to‘shamasining ravonligi va mustahkamligi, avtomobil g‘ildiragining qoplama bilan ilashish koeffitsienti va qatnov qismida izlar hosil byo‘lishi transport vositalarining tezligiga va xavfsiz harakatlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omillar hisoblanadi.
    Shuning uchun ravonlik va mustahkamlikni, izlar hosil byo‘lishini baholash paytida Yo‘lning ko‘rib chiqilayotgan uchastkalarida avtomobillarning tezligini ham aniqlash kerak.
    Avtomobil yo‘llarining transport-ekspluatatsiya holatini ko‘rsatuvchi har bir parametr (Yo‘l to‘shamasining ravonligi va mustahkamligi avtomobil g‘ildiragining qoplama bilan ilashish koeffitsienti, qatnov qismida izlar hosil byo‘lishi (ko‘ndalang ravonlik), avtomobillarning tezligi) maxsus guruhlar tomonidan olib boriladi.
    Transport oqimining zichligini aerofotos’emka yoki Yo‘lning yon tarafidan baland joydan kinos’emka qilish orqali aniqlanadi.
    Transport oqimining zichligi oshgan sari transport vositalari oraliq masofasining kamayishi, tezlikning pasayishi, haydovchilarning psixologik ish rejimining qiyinlashishi umumiy Yo‘l harakatining noqulayligiga olib keladi.
    O‘tkazish qobiliyati Yo‘lning asosiy hisobiy ko‘rsatkichi byo‘lib, u Yo‘lning holatiga va harakatni tashkil etishning darajasiga bog‘liqdir.

    Download 60.11 Kb.
      1   2   3




    Download 60.11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil yo‘llarining holatini va transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini baholash

    Download 60.11 Kb.