• – shaxs, jamiyat, davlatning xavfsizligiga tahdidni oldini olish;
  • – axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini va konfedensialligini saqlash orqali fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash;
  • – axborot jarayonlarida hamda axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalarini loyihalash, ishlab chiqish va qo‘llashda subyektlarning huquqlarini ta’minlash.
  • – sanoat asosida ishlab chiqilgan, axborotni muhofaza qilishning o‘ta takomillashgan texnik vositalari;
  • – yetarlicha amaliy tajriba va boshqalar.
  • – Respublika hududida joriy etilgan hamda yaratilayotgan axborot va telekommunikatsiya tizimlarining me’yorida ishlashiga, axborot resurslari xavfsizligiga tahdidlar.
  • Axborot xavfsizligiga tahdidlarning toifalanishi.
  • Axborot-komunikatsiya texnologiyalari xavfsizligiga bo'ladigan tahdidlar Bajardi




    Download 0.71 Mb.
    Sana28.09.2023
    Hajmi0.71 Mb.
    #85407
    Bog'liq
    2 mavzu
    Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5

    Axborot-komunikatsiya texnologiyalari xavfsizligiga bo'ladigan tahdidlar

    Bajardi: _____________

    Qabul qildi: _____________

    Axborotni muhofaza qilishning maqsadi

    – axborotni tarqab ketishi, o‘g‘irlanishi, buzilishi, qalbakilashtirilishini oldini olish;

    – shaxs, jamiyat, davlatning xavfsizligiga tahdidni oldini olish;

    – axborotni yo‘q qilish, modifikatsiyalash, buzish, nusxa olish, blokirovka qilish kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish;

    – axborot resurslari va axborot tizimlariga noqonuniy ta’sir qilishning boshqa shakllarini oldini olish, hujjatlashtirilgan axborotga shaxsiy mulk obyekti sifatida huquqiy rejimni ta’minlash;

    – axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini va konfedensialligini saqlash orqali fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash;

    – davlat sirlarini saqlash, qonunchilikka asosan hujjatlashtirilgan axborotlar konfedensialligini ta’minlash;

    – axborot jarayonlarida hamda axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalarini loyihalash, ishlab chiqish va qo‘llashda subyektlarning huquqlarini ta’minlash.

    Axborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, muhofaza qilishning to‘liq shakllangan konsepsiyasi va tuzilishi hosil qilingan, uning asosini quyidagilar tashkil etadi:

    – sanoat asosida ishlab chiqilgan, axborotni muhofaza qilishning o‘ta takomillashgan texnik vositalari;

    – axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning mavjudligi;

    – ushbu muammoga oid yetarlicha aniq ifodalangan qarashlar tizimi;

    – yetarlicha amaliy tajriba va boshqalar.

    Himoyalangan axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi. Umumiy yo‘nalishga ko‘ra axborot xavfsizligiga tahdidlar quyidagilarga bo‘linadi:

    – O‘zbekistonning ma’naviy ravnaqi sohalarida, ma’naviy hayot va axborot faoliyatida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga tahdidlar;

    – mamlakatning axborotlashtirish, telekommunikatsiya va aloqa vositalari industriyasini rivojlanishiga, ichki bozor talablarini qondirishga, uning mahsulotlarini jahon bozoriga chiqishiga, shuningdek mahalliy axborot resurslarini yig‘ish, saqlash va samarali foydalanishni ta’minlashga nisbatan tahdidlar;

    – Respublika hududida joriy etilgan hamda yaratilayotgan axborot va telekommunikatsiya tizimlarining me’yorida ishlashiga, axborot resurslari xavfsizligiga tahdidlar.

    Tahdidning uchta ko‘rinishi mavjud.

    1. Konfedensiallikning buzilishiga tahdid shuni anglatadiki, bunda

    axborot unga ruxsati bo‘lmaganlarga ma’lum bo‘ladi. Bu holat konfedensial axborot saqlanuvchi tizimga yoki bir tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda noqonuniy foydalana olishlikni qo‘lga kiritish orqali yuzaga keladi.

    2. Butunlikni buzishga tahdid hisoblash tizimida yoki bir tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda axborotni har qanday qasddan o‘zgar-tirishni o‘zida mujassamlaydi. Jinoyatchilar axborotni qasddan o‘zgar-tirganda, bu axborot butunligi buzilganligini bildiradi. Shuningdek, dastur va apparat vositalarning tasodifiy xatosi tufayli axborotga noqo-nuniy o‘zgarishlar kiritilganda ham axborot butunligi buzilgan hisob-lanadi. Axborot butunligi – axborotning buzilmagan holatda mavjud-ligidir.

    3. Xizmatlarning izdan chiqish tahdidi hisoblash tizimi resurslarida boshqa foydalanuvchilar yoki jinoyatchilar tomonidan ataylab qilingan harakatlar natijasida foydalana olishlilikni blokirovka bo‘lib qolishi natijasida yuzaga keladi. Axborotdan foydalana olishlilik – axborot aylanuvchi, subyektlarga ularni qiziqtiruvchi axborotlarga o‘z vaqtida qarshiliklarsiz kirishini ta’minlab beruvchi hamda ixtiyoriy vaqtda murojaat etilganda subyektlarning so‘rovlariga javob beruvchi avtomatlashtirilgan xizmatlarga tayyor bo‘lgan tizimning xususiyatidir.

    Axborot xavfsizligiga tahdidlarning toifalanishi.


    A) shaxs uchun
    axborotlarni qidirish, olish, uzatish, ishlab chiqish va tarqatish bo‘yicha fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzilishi
    g‘ayriixtiyoriy zararli axborotlardan fuqarolarning o‘z sog‘liqlarini
    himoya qilish huquqlari buzilishi;
    intellektul mulk obyektlariga tahdid.
    fuqarolarni shaxsiy hayot daxlsizligi huquqidan mahrum qilish

    Axborot xavfsizligiga tahdidlarning toifalanishi.


    b) jamiyat uchun:
    axborotlashtirilgan jamiyatni qurishga to‘siqlar;
    zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini taraqqiy etishi, mamlakat ilmiy va ishlab chiqarish potensialini rivojlantirish va saqlab qolishga qarshilik qiluvchi muhitni yaratish.
    jamiyatning ma’naviy yangilanish, uning ma’naviy boyliklarini
    saqlash, fidoyilik va xolislik, mamlakatning ko‘p asrlik ma’naviy an’analarini rivojlantirish, milliy, madaniy merosni targ‘ib qilish, axloq me’yorlari huquqlaridan mahrum qilish;

    Axborot xavfsizligiga tahdidlarning toifalanishi.


    v) davlat uchun:
    shaxs va jamiyat manfaatlari himoyasiga qarshi harakatlar
    davlat boshqaruv organlari ustidan jamoat nazorati institutlarini
    shakllantirishga qarshi harakatlar
    shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ta’minlovchi davlat boshqaruv
    organlari tomonidan qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va tatbiq etish tizimini shakllantirishga qarshilik
    huquqiy davlat qurishga qarshilik
    davlat axborot tizimlari va davlat axborot resurslari himoyasiga to‘siqlar,
    mamlakat yagona axborot muhiti himoyasiga qarshi harakatlar

    axborotni muhofaza qilish tizimi o‘z ta’minoti


    axborotni muhofaza qilish tizimi o‘z ta’minoti
    huquqiy ta’minot
    tashkiliy ta’minot
    dasturiy ta’minot
    axborot ta’minoti
    apparat ta’minoti
    matematik ta’minot
    lingvistik ta’minot
    me’yoriy-uslubiy ta’minot
    Download 0.71 Mb.




    Download 0.71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot-komunikatsiya texnologiyalari xavfsizligiga bo'ladigan tahdidlar Bajardi

    Download 0.71 Mb.