Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 016 yilning oyidagi faoliyati sarhisobi




Download 139.38 Kb.
Sana24.03.2017
Hajmi139.38 Kb.
#1914

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yilning 9 oyidagi faoliyati sarhisobi

2016 yilning 21 oktyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yilning 9 oyidagi faoliyati sarhisobi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning borishi, istiqboldagi vazifa hamda loyihalarni belgilashga bag‘ishlangan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Vazirlikning rahbar va mas’ul xodimlari, hududiy boshqarma boshliqlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar, korxonalar va tashkilotlar va ularning hududiy rahbarlari ishtirok etishdi. Hududiy rahbarlarning majlisda ishtiroki videokonferensiya orqali ta’minlandi.

Hay’at yig‘ilishida ta’kidlanganidek, 2016 yilning 9 oyida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 4,4 trillion so‘mni (2015 yilning shu davriga solishtirganda o‘sish 115%) tashkil etdi, jumladan aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2.92 trillion so‘mni tashkil etdi (o‘sish 116%).

Keng polosali internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi simli portlardan foydalanish 107,4% o‘sdi. Bu esa foydalanuvchilarga keng polasali IPTV, videotelefoniya, yuqori tezlikdagi internet, HDTV-kanallar va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish imkonini yanada kengaytirmoqda.

Majlisda FTTx texnologiyasidan keng foydalanish, telekommunikatsiya iste’molchilari murojaatlariga tezkorlik bilan munosabat bildirish yuzasidan texnik xizmatlarni yanada rivojlantirish lozimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga telekommunikatsiyalar operatorlari rahbarlariga aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash kerakligi ta’kidlandi. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga, qisqa muddat ichida, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini ta’minlash maqsadida zamonaviy nazorat metodlarini ishlab chiqish topshirildi.

Hay’at majlisida mamlakatimizda raqamli televideniyega bosqichma-bosqich joriy etilayotgani va hozirgi kunda yurtimiz hududining 79.5% qamrab olinganligi ma’lum qilindi. 2016 yilning oxiriga qadar 10 ta raqamli teleuzatkich o‘rnatiladi va bu ko‘rsatkich 88% ga etkaziladi.

“UZ” hududidagi domenlar soni bu davrda 29 mingtaga yetib, o‘sish 123%ni tashkil qilgan. “ UZ ” hududidagi milliy axborot resurslarining rivojlanish holati tahlil qilindi. ZiyoNET tarmog‘i doirasida ta’lim resurslari soni esa 126 000 taga (o‘sish 124 %) yetdi. UMail.UZ elektron pochta tizimi foydalanuvchilari soni 367 mingdan oshdi, va 2015 yilning shu davriga nisbatan 165% o‘sdi. Majlis davomida milliy resurlarni, jumladan ijtimoiy tarmoqlarni, strategik rivojlanitirish uchun topshiriqlar berildi. Mahalliy ijtimoiy tarmoqlarni rivojlanitirsh masalasi ham alohida muhokama etildi.

Joriy yilda Tas-IX hududida joylashgan milliy Davra.uz ijtimoiy tarmoq ishga tushirilganligi ta’kidlandi. Ushbu tizim foydalanuvchilariga mobil operatorlar tomonidan imtiyozlar berilishi va davra.uz tizimiga ko‘proq yoshlarni jalb qilish kerakligi ta’lidlandi.

“Elektron hukumat” tizimini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bugungi kunda muhim va dolzarb yo‘nalish hisoblanadi. Majlisda aytilishicha, qabul qilingan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida ushbu yo‘nalishda bir qator natijalarga erishildi.



Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali aholi va tadbitkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarining soni yil davomida 25 taga oshdi va ularning umumiy soni 290 dan oshdi. Natijada davlat organlari tomonidan aholi va tadbirkorlik subektlariga 833 mingdan ziyod xizmatlar ko‘rsatildi.



Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokamasi portalida muhokama etilayotgan 860 ta normativ-huquqiy hujjatlarga 1500 dan ziyod takliflar va izohlar tushgan.

Ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini muntazam takomillashtirib borish lozimligi qayd etildi. Jumladan, aholi va tadbirkorlik subektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarining to‘liq ikki tomonlama faoliyat yuritilishini ta’minlash kerakligi ta’kidlandi.

Iqtisodiyotning real sektorida, aksionerlik kompaniyalari, uyushmalar, yirik iqtisodiy korxonalarda texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha Davlat rahbariyati qarorlari asosida hozir umumiy qiymati 336 milliard so‘mga teng axborot tizimlari va dasturiy taminotlarni joriy etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Hozir umumiy qiymati 62,4 mlrd. so‘mga teng 81 ta loyiha amalga oshirildi. 2016-2018 yillar davomida bu yo‘nalishda umumiy qiymati 1,1 trillion so‘mga teng 89 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Majlisda mamlakat hududlarida axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda amalga oshirilayotgan choralar ko‘rib chiqildi. Vazirlikning hududiy boshqarmalari va Elektron xukumatni joriy etish va rivojlantirish markaziga joylardagi davlat boshqaruvi organlarida AKTni joriy etishni tezlashtirish bo‘yicha keskin choralar ko‘rish topshirildi.

Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarining milliy reyestriga kiritilgan dasturchilarning soni 114 ga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 131% o‘sdi. Qayd etib o‘tildiki, hukumat rahbarlarining qarorlari asosida berilgan imtiyozlar natijasida dasturchilar 2 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘ni iqtisod qilganlar.

Pochta aloqasi xizmatlarining holati va rivojlanishi masalalari ham ko‘rib chiqildi. Axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan sharoitda, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etgan holda an’anaviy pochta xizmatlarini qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi. Shu sababli “O‘zbekiston pochtasi” AJga “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq pochta aloqasining yangi xizmatlarini joriy qilishga yo‘naltirilgan zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish lozimligi qayd etildi.

Hay’at majlisida Vazirlik va uning tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash masalalari har tomonlama va tanqidiy yondashgan holda tahlil qilindi. Vazirlik tizimidagi korhona va tashkilotlar rahbarlari, aloqa operatorlari va provayderlarga mijozlardan tushgan murojaatlarga javob qaytarish ustidan nazoratni kuchaytirish, ariza beruvchilar bilan rasmiy saytlar va telefon orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ko‘rsatmalar beridi.

Qayd etib o‘tilganidek, hisobot davrida asosiy murojaatlar telekommunikatsiya xizmatlari, xususan simli va mobil aloqa, hamda internet xizmatlariga tegishli. Shu munosabat bilan “O‘zbektelekom” AK va uning filiallari rahbarlariga, mobil aloqa operatorlari rahbarlariga yuridik va jismoniy shahslar murojaatlari bilan ishlashning samaradorligini oshirish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar topshirildi.

Mijozlarning qo‘ng‘iroqlari bilan ishlovchi Call-markazlarning faoliyatini yanada yaxshilash kerakligi ta’kidlandi. Jumladan, Call-markazlar xodimlarining professional va mijozlarning xizmat sifatiga oid taqdim etilayotgan shikoyatlariga javob berish ko‘nikmalari yaxshilash zarurligi aytildi.

Majlisda yil oxiriga qadar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ustuvor masalalar ham muhokama etildi, jumladan:

- aholi va tadbirkorlik subektlari uchun 20 dan ziyod zamonaviy interaktiv xizmatlar joriy etish;

- mamlakat iqtisodiyotining real sektori korxonalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha 15 ta loyihani amalga oshirish;

- mamlakat hududlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha 148 ta manzilli loyihalarni amalga oshirish;

- Optik-tolali aloqa liniyalari asosida keng polosali Internet xizmatlarini yanada rivojlantirish, elektron hukumat tizimi uchun ma’lumot markazini tashkil etish, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligini oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlashni yanada kuchaytirish va boshqalar.

Hay’at yig‘ilishida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. Qarorda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yanada rivojlanitirishga qaratilgan chora-tadbirlar aniqlab olindi.



Muallif: Axborot xizmati
Katalog: upload -> medialibrary -> 02f
medialibrary -> “ Тошкент рангли метал парчалари ва резги-чиќитларини тайёрлаш ва ќайта ишлаш заводи” оаж 2009 йил январ-март ойларида бажарилган ишлар якунлари бўйича
medialibrary -> 2016 yilning I yarim yilligi bo’yicha axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
medialibrary -> Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida
medialibrary -> Ziyonet portali faoliyati oav diqqat markazida
medialibrary -> 2016 yilning I choragida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
medialibrary -> Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari sohasida 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

Download 139.38 Kb.




Download 139.38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 016 yilning oyidagi faoliyati sarhisobi

Download 139.38 Kb.