• Axborotlashgan jamiyatning axborot texnologiyalari bilan ta’minlash zaruriyati.
  • Axborot texnologiyalari
  • Axborotlashgan jamiyatni o’ziga xos xususiyatlari mavjud
  • Axborotlashgan jamiyatning ijobiy holatlari bilan birga xavfli tomonlari ham mavjud
  • Azizov Abbosxon ssi-92/21 Topshriq 1




    Download 17.67 Kb.
    Sana03.02.2022
    Hajmi17.67 Kb.
    #16991
    Bog'liq
    Amaliy-2 жавоблар
    Санжар

    Azizov Abbosxon SSI-92/21

    Topshriq 1.Axborotlashgan jamiyat haqida tushuncha va axborot texnologiyalari bilan ta’minlash zaruriyati. Axborotlashgan jamiyat o’ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va kamchliklari?
    Topshriq 2.O’zbekistonda axborotlashgan jamiyatning rivojlanish bosqichlari. Rivojlangan mamlakatlarda axborotlashgan jamiyatning asosiy ustuvor yo’nalishlari va ularning O’zbekiston sharoitida qo’llanilishi?
    1 Жавоб.


    Axborotlashgan jamiyatning axborot texnologiyalari bilan ta’minlash zaruriyati.
    Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, zamonaviy axborot texnologiyasi, modellash, ma’lumotlar manbai, dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan ta’minlash va boshqa shu kabi ilmiy tushunchalar jamiyatini axborotlashtirishning eng muhim xususiyatlarini ifoda etadi.


    Axborot texnologiyalari – ob’ekt holati, jarayon yoki xodisa to’g’risidagi yangi sifatdagi axborot olish uchun birlamchi axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatish vositalaridan birgalikda foydalanish jarayonidir.
    Telekommunikatsiya - kompyuter tarmoqlariga va zamonaviy aloqa texnik vositalariga asoslanib ma’lumotlarni masofaga uzatish. .
    Axborotlashgan jamiyat – jamiyatning ko’pchilik a’zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.


    Axborotlashgan jamiyatni o’ziga xos xususiyatlari mavjud

    1. Axborot inqirozi muammosi hal qilinadi


    2. Boshqa resurslarga qaraganda axborotning ustuvorligi ta’minlanadi.
    3. Axborot iqtisodiyotini rivojlanishning asosiy shakli bo’lib qoladi.
    4. Jamiyat asosida zamonaviy axborot texnologiyalari va texnikasi yordamida bilimlarni avtomatlashtirilgan tarzda yaratish, saqlash, qayta ishlash yotadi.
    5. Axborot texnologiyalari global harakterga ega bo’ladi va inson ijtimoiy faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladi.
    6. Barcha insoniyat sivilizatsiyasini axborot yagonaligi shakllanadi.
    7. Axborot vositalari yordamida har bir insonning butun insoniyat axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari amalga oshiriladi.
    8. Jamiyatning boshqarishning va atrof muhitga ta’sir etishini insoniy tamoyillari amalga oshiriladi.


    Axborotlashgan jamiyatning ijobiy holatlari bilan birga xavfli tomonlari ham mavjud:
    1. Jamiyatga ommoviy axborot vositalarining toboro ko’proq ta’sir o’tkazishi.
    2. Axborot texnologiyalari insonlar va tashkilotlarni shaxsiy xayotini buzib yuborishi mumkin.
    3. Sifatli va ishonchli axborotlarni ajratib olish muommosi mavjud.
    4. Ko’pgina odamlarga axborotlashgan jamiyat muhitiga moslashuv qiyin bo’ladi.
    5. Axborot texnologiyasini yaratuvchilar bilan is’temol- chilar o’rtasida katta farq vujudga kelish havfi mavjud.
    2. Жавоб

    1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori bilan Fan vaTexnika Davlat qo’mitasi qoshida Axboratlashtirish bo’yicha bosh Boshqarma tuzildi.



    1993 yil may oyida «Axborotlashtirish to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi bu masalada tub burilish yasadi.
    Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 2 dekabrdagi farmoyishi bilan O’zbekiston Respublikasini Axborot kontseptsiyasi ma’qullandi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” to’g’risidagi farmoni va 2002 yil 6-iyundagi Vazirlar Maxkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 200-sonli qarorini bajarish borasida respublikamizdagi har bir oliy o’quv yurtida axborot kommunikatsiya texnologiyalar tizimini yaratish va rivojlantirish bo’yicha o’z dasturlarini ishlab chiqqan va uni tadbiq qilishga imkon yaratmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 18 fevraldagi 5349-son "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, mamlakatda raqamli iqtisodiyotni, zamonaviy axborot texnologiyalarini davlat boshqaruvida tatbiq etishni rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta'minlash ko‘zda tutilgan hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilindi.
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda quyidagi yo‘nalishlar belgilab olingan:

    • davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat organlarining joylarda zarur axborot tizimlari va resurslarini, dasturiy ta'minot va elektron xizmatlarning joriy qilinishini muvofiqlashtirishlarini belgilab olish;

    • mamlakatda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari bozorini, jumladan davlat xususiy sherikchiligi asosida texnoparklar faoliyatini tashkil qilish orqali xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish;

    Download 17.67 Kb.




    Download 17.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Azizov Abbosxon ssi-92/21 Topshriq 1

    Download 17.67 Kb.