• Attestatsiya ishi tartib raqami № 41 TAQDIMNOMA
  • II. TAQDIM ETILAYOTGAN SHAXS HAQIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR
  • OLTIN MEDALI
  • b-shakl navoiy davlat pedagogika instituti ma’lumotnoma abdullayev akbar hikmatovichga




    Download 173.5 Kb.
    bet1/4
    Sana06.10.2023
    Hajmi173.5 Kb.
    #86839
      1   2   3   4
    Bog'liq
    A.Abdullayev5.4б шакл охирги (5)
    Aminova Arxivga xat, 121212, fayl 1990 20211005, 82708, 1-МАВЗУ, Деепричастие, PhD va DSc kerakli hujjatlar, Ишчи дастур маъмурий (2), Менежмент (2), Инновационный менеджмент. Фатхидинов Р.А, иқтибослик, 259-буйруқ -илова- 2-----------, Korrupsiya, SILLABUS YANGI Komp grafikasi va vizual 2023 2024 kunduzgi 3 kurs

    5.4 b-shakl


    NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


    MA’LUMOTNOMA


    ABDULLAYEV AKBAR HIKMATOVICHGA
    13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at) ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini berish haqida
    Attestatsiya ishi tartib raqami № 41



    1. TAQDIMNOMA

    Navoiy davlat pedagogika instituti rektori 143-PO‘-sonli buyrug‘iga asosan 2019-yilning 28-dekabridan San’atshunoslik fakulteti Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.
    Taqdimnoma Navoiy davlat pedagogika instituti Kengashining 2023-yil 27-sentyabrdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilganda 57 kishidan iborat a’zosidan Kengashning 49 nafar a’zosi yopiq ovoz berish yo‘li bilan quyidagicha ovoz berishdi: 47 kishi tarafdor, qarshilar 2 nafar buzilgan byulletenlar yo‘q, (2023-yil sentyabrdagi 2-sonli institut Kengashi yig‘ilishining 4.1 son qarori).


    II. TAQDIM ETILAYOTGAN SHAXS HAQIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR
    1. Abdullayev Akbar Hikmatovich, 1967-yil 27-aprelda Navoiy viloyati, Navbahor tumanida ziyoli oilasida tug‘ilgan, millati – o‘zbek.

    2. 1993-yil Toshkent davlat texnika universiteti Sanoat va grajdanlar qurilishi yo‘nalishini tugatgan.


    3. Umumiy ish staji – 30 yil, ilmiy - pedagogik ish staji – 30 yil, Navoiy davlat pedagogika institutidagi pedagogik ish staji – 24 yil, egallab turgan lavozimidagi ish staji – 4 yil. 1999-yil buyon Navoiy davlat pedagogika instituti iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlari bo‘yicha prorektor muovaini, 2004-yil Navoiy davlat pedagogika instituti qoshidagi “Navoiy ijodiyot” o‘quv ishlab chiqarish markazi direktori, 2009-yil Navoiy viloyati o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshliq muovini, 2010- yil Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi “Fan va taraqqiyot” davlat unitar korxonasi kichik ilmiy xodimi, 2010-yildan Navoiy davlat pedagogika instituti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasida o‘qituvchi, 2019-yildan “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
    4. Dotsent ilmiy unvoniga talabgor Abdullayev Akbar Hikmatovich “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasida o‘qitilayotgan fanlardan ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlarini olib boradi.
    5. 2020-2021 o‘quv yilida 5110800–Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishida (kunduzgi) “Chizma geometriya” fanidan 72 soat ma’ruza, 240 soat amaliy, “Q.f. Muhandislik grafikasi fanlari terminologiyasi” fanidan 8 soat ma’ruza, 8 soat amaliy, 5110800–Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishida (sirtqi) “Chizma geometriya” fanidan 26 soat ma’ruza, 54 soat amaliy mashg‘ulotlarini olib borgan. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim 3-kurs talabalarining 16 ta kurs ishiga rahbarlik qilgan.
    2021-2022 o‘quv yilida 5110800–Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishida (kunduzgi) “Chizma geometriya” fanidan 60 soat ma’ruza, 180 soat amaliy, “T.f. Arxitektura elementlarini loyihalash” fanidan 10 soat ma’ruza, “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanidan 30 soat maeruza, 5110800–Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishida (sirtqi) “Chizma geometriya” fanidan 24 soat ma’ruza, 32 soat amaliy, “Chizmachilik” fanidan 18 soat ma’ruza, 30 soat amaliy, 5150800-Rangtasvir (dastgohli) ta’lim yo‘nalishida “Perspektiva” fanidan 14 soat ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borgan. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim 2-kurs talabalarining 10 ta kurs ishiga rahbarlik qilgan.
    2022-2023 o‘quv yilida 60111200–Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishida (kunduzgi) “Chizma geometriya” fanidan 60 soat ma’ruza, 180 soat amaliy, 5110800–Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishida (sirtqi) “Chizma geometriya” fanidan 8 soat ma’ruza, 8 soat amaliy, “Chizmachilik” fanidan 36 soat ma’ruza, 88 soat amaliy, “Chizmachilikni o‘qitish metodikasi” fanidan 32 soat ma’ruza, 48 soat amaliy, 5150904-Dizayn (libos va gazlamalar) ta’lim yo‘nalishida “Fashion ilyustratsiya va gazlamalar dizayni” fanidan 24 soat ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borgan. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi sirtqi ta’lim 2-kurs talabalarining 42 nafar talabalarga “Chizmachilik” va “Chizmachilikni o‘qitish metodikasi” fanlaridan kurs ishiga rahbarlik qilgan. 70111201- Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati magistratura yo‘nalishi 3 nafar magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlik qilgan.
    2023-2024 o‘quv yilida 60111200–Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishida (kunduzgi) “Chizma geometriya” fanidan 60 soat ma’ruza, 120 soat amaliy, “T.f. Muhandislik grafikasi terminologiyasi” fanidan 8 soat ma’ruza, 22 soat amaliy, 5110800–Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishida (sirtqi) “Chizma geometriya” fanidan 92 soat ma’ruza, 116 soat amaliy, “Chizmachilik” fanidan 12 soat ma’ruza, 12 soat amaliy, “Rangtasvir” fanidan 48 soat amaliy, “Amaliy bezak san’ati” 14 soat ma’ruza, 60112400-Dizayn (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishida “Dizayn metodologiyasi asoslari” fanidan 30 soat ma’ruza, “Dizayn ob’ektini kompyuterda modellash” fanidan 30 soat ma’ruza, mashg‘ulotlarini olib borgan. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi sirtqi ta’lim 2-kurs talabalarining 26 nafar talabalarga Chizmachilikni o‘qitish metodikasi fanidan kurs ishiga, 60210500- Rangtasvir (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 2 nafar talabalariga BMIlariga, 70111201- Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati magistratura yo‘nalishi 1 nafar magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlik olib borish ishlari olib borilmoqda.
    T.f.n. A.H.Abdullayev fanlardan olib borayotgan ma’ruzalarda zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan “Muammoli ma’ruza”, “Binar ma’ruza”, “Dialogik yondoshuv”, “Muammoli ta’lim”, seminar mashg‘ulotlarida “Klaster”, “Sinkveyn”, “Munozara”, “O‘zi-o‘zini nazorat” “B/B/B” “Ven diagrammasi” interfaol usullaridan foydalanib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etib kelmoqda.
    Talabgor t.f.n. A.H.Abdullayev 2010 yildan buyon Navoiy viloyatidagi O‘rta maxsus va Xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli ta’lim muassasalarida ko‘plab seminar-trening, master-klass, mahorat darslari tashkil etdi va faol qatnashdi.
    2018-yil 11-oktyabr kuni Navoiy shahridagi “Ma’rifat bog‘i” da o‘tkazilgan “Huquqiy bilimlar kuni” tadbirida faol ishtiroki uchun Navoiy viloyati adliya boshqarmasi jamoasi nomidan tashakkurnoma bilan, Navoiy davlat pedagogika instituti talaba – yoshlarining o‘quv-ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jismoniy hamd aqliy yetukligini yanada shakllantirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil yetishdagi tashabbuskorligi va fidokorona mehnatlari uchun institut rektori B.B.Sobirov tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
    2021-2022 o‘quv yili qabul jarayonida ijodiy imtixonlarni adolatli va shaffof o‘tkazilishida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyatli bajarganligini inobatga olgan holda Farg‘ona davlat universiteti rektori B.Shermuhammadov tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 25-iyuldagi 238 sonli buyrug‘iga asosan Termiz davlat pedagogika institutining 2022-2023 o‘quv yili qabulida alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yunalishlariga talabalikka qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtixonlarni adolatli va shaffof o‘tkazilishidagi samarali xizmatlari uchun Termiz davlat pedagogika instituti rektori A.Qobilov tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
    2023-2024 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan talabalikga qabul jarayonlarida “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy (kabiy) imtihonlarda faol ishtirok etganligi uchun Farg‘ona davlat universiteti rektori B.Shermuhammadov tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
    6. T.f.n. A.H.Abdullayev institutda va talabalar turar joylarida yoshlar bilan bo‘ladigan uchrashuvlarida yosh avlodni milliy g‘oya va mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiyalash, xalqimizning boy milliy qadriyatlari, tarixiy an’analari hamda umuminsoniy qadriyatlarini targ‘ib qilish ishlarida, shuningdek, Respublika va viloyat MTRK telekanallarida ta’limga va siyosiy ijtimoiy mavzularga oid ko‘rsatuvlarda intervyular bergan; Navoiy viloyat MTRK tomonidan tayyorlanadigan turli xil mavzularga oid teleko‘rsatuvlarda ishtirok etib, faollik ko‘rsatmoqda (tadbirlar bayonnomalari, fotolavhalar va ma’lumotnomalar ilova qilinadi).
    T.f.n. A.H.Abdullayev fakulьtetda tashkil etilgan “Yosh muhandislar” nomli to‘garak murabbiyidir. To‘garakda faol ishtirok etib kelayotgan talabalar Xalqaro, Respublika, viloyat va shaharlarda o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etib kelmoqdalar.
    Shu jumladan shogirdlari: Yuldosheva Farangiz 2021-yil O‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYaSINING HALQARO TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT FESTIVALI OLTIN MEDALI bilan taqdirlandi.(Guvohnomasi va kafedra bayonnomasidan ko‘chirma ilova qilinadi)
    Tohirov Javohir 2018-yil buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 577-yilligi hamda II-an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya doirasida “Mo‘yqalamda mo‘jizalar jilosi” nomli ko‘rik tanlovda ishtirok etib g‘olib bo‘lganligi uchun III-darajali diplom bilan taqdirlangan. 2019-yil CERTIFICATE OF PARTICIPATION This Certificate is presented bilan taqdirlangan. 2019-yil Tasviriy amaliy san’at festivalida O‘zbekiston badiiy akademiyasi tomonidan diplom bilan taqdirlangan. SHu yili yana ushbu yo‘nalishda minatyura yo‘nalishida ishtrok etib diplom bilan taqdirlangan. 2019-yil INTERNATIONAL FESTIVAL OF HANDICRAFTERS KOKAND-2019 ishtroki uchun certifikat bilan taqdirlangan. 2020-yil “Asl san’atni jonli ijroda namoyish etamiz” shiori ostida o‘tkazilgan tanlovda faol ishtiroki uchun Navoiy viloyati hokimligi tomonidan I-darajali diplom bilan taqdirlangan. 2020-yil “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ga bag‘ishlangan an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at onlayn festivalida amaliy san’at yo‘nalishida ishtrok etib diplom bilan taqdirlangan. 2020-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlarni va ilg‘or texnalogiyalarni tatbiq etish markazi homiyligida “INNOVATIVE ACADEMY” veb-sayti tomonidan tashkil etilgan “Talabalar konferentsiyasi” 1-sonli Respublika ilmiy-onlayn konferentsiyasida faol ishtroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan. 2021-yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholini salomatligini mustahkamlash” yili munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan diplom bilan taqdirlangan.
    Kumush Raxmonova 2017-yil “Eng ulug‘ eng aziz” an’anaviy tanlovining viloyat bosqichi “Tasviriy san’at, Foto-dizayn asarlari” nominatsiyasida faol ishtiroki uchun 3-darajali diplom bilan taqdirlangan, 2017-yil “Tasviriy va amaliy san’at festivalida” faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi tominidan Diplom bilan taqdirlangan, 2017-yil O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan “Yosh rassomlar” tanlovida faol ishtiroki uchun Faxriy yorliq bilan taqdirlangan, 2018-yil O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan Yosh rassomlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik” mavzusidagi tanlovda ishtirok etib 1-darajali diplom bilan taqdirlangan, 2019-yil O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga bag‘ishlab “Mening armiyam-mening faxrim” mavzusida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda faol ishtiroki uchun Navoiy viloyati hokimligi tomonidan 3-darajali diplom bilan taqdirlangan, 2019-yil “Tasviriy va amaliy san’at festivalida” faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi tominidan Diplom bilan taqdirlangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-martdagi 02-1001-sonli videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlariga asosan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan tadbirda “Eng yaxshi rassom” nominatsiyasida g‘olib bo‘lganligi uchun viloyat hokimi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlangan, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi tomonidan “Alisher Navoiy asarlaridagi qahramonlar siymosini yaratish” mavzusidagi o‘tkazilgan tanlovda faol ishtiroki uchun 2-darajali diplom bilan taqdirlangan.
    Aslonova Gulnoza Navoiy viloyatida mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, Xotin qizlarning kiyinish madaniyatini qadriyatlarimiz asosida milliy va zamonaviy mentalitetimizga mos kiyimlarni targ‘ib qilish, yangi va tamoyillarni joriy qilish, yoshlar ongiga milliy liboslarning ahamiyatini chuqur singdirishga bag‘ishlangan “Nafosat-2020” ko‘rik tanlovida I-darajali diplom;
    Navoiy viloyatida mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, Xotin qizlarning kiyinish madaniyatini qadriyatlarimiz asosida milliy va zamonaviy mentalitetimizga mos kiyimlarni targ‘ib qilish, yangi va tamoyillarni joriy qilish, yoshlar ongiga milliy liboslarning ahamiyatini chuqur singdirishga bag‘ishlangan “Nafosat -2021” ko‘rik tanlovida tashukkurnoma;
    O‘zbekiston Gendir komissiyasi O‘zto‘qimachilik uyushmasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yosh dizaynerlar kengashi Navoiy viloyati hokimligi, Xotin-qizlarning kiyinish madaniyatini qadriyatlarimiz asosida milliy va zamonaviy mintalitimizga mos kiyimlarni targ‘ib qilish, yangi va tamoyillarni joriy qilish, yoshlar ongiga milliy liboslarning ahamiyatini chuqur singdirishga bag‘ishlangan Nurota tumanida o‘tkazilgan “Nafosat - 2021” ko‘rgazmasida tashukkurnoma;
    2021-yil Navoiy shahrida o‘tkazilgan Yoshlar festivalida liboslar ko‘rgazmasida faol ishtiroki uchun tashakurnoma;
    Navoiy davlat pedagogika instituti San’atshunoslik fakulьteti, Tasviriy san’at kafedrasi tomonidan tashkil etilgan birinchi olti oylik hisobot ko‘rgazmasida sertifikat bilan taqdirlangan.
    T.f.n. A.H.Abdullayev institutda tashkil etilgan “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha ham bir necha yillardan buyon faoliyat olib bormoqda. Xususan, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi talabalari Sojida Bobomurodova, Gulnoza Karimova, Zulfizar Islomqulova Zarnigor Fayzullaevalarning ilmiy tadqiqot, ma’naviy-tarbiyaviy ishlariga rahbarlik qilib, Respublika va xorijiy davlatlardagi nufuzli jurnallarga maqolalar chop etish va turli tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishiga ko‘makdosh bo‘lib kelmoqda.
    2017-2018 o‘quv yili Qurbonova Nikiya, Istamova Shaxnoza, Saimova Dilfuza, Sadullaev Otabek, Nematov Abdulaziz, Muhiddinova Zarinalarning bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik qilgan. (buyruqlardan ko‘chirmalar ilova qilinadi).

    Download 173.5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 173.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    b-shakl navoiy davlat pedagogika instituti ma’lumotnoma abdullayev akbar hikmatovichga

    Download 173.5 Kb.