• Ishning maqsadi
  • Bajardi: Muxammadova m tekshirdi




    Download 0.57 Mb.
    bet1/3
    Sana24.04.2024
    Hajmi0.57 Mb.
    #205956
      1   2   3
    Bog'liq
    Elektronika 1-mustaqil ish




    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    Elektronika va sxemalar

    1-MUSTAQIL ISH


    Bajardi: Muxammadova M


    Tekshirdi: Shayimov F.
    TOSHKENT 2024


    Mavzu: BTda yasalgan kalit sxemasining uzatish xarakteristikasini tadqiq etish
    9-variant

    Ishning maqsadi: Bipolyar tranzistorli sodda kalit sxemasida statik rejimlarni va o’tish jarayonlarini tajriba yo’li bilan o’rganish.




    1. Qisqacha nazariy ma’lumotlar

    Impulsli va raqamli (mantiqiy) qurilmalarda elektron kalit asosiy element hisoblanadi. Elektron kalit yuklama zanjiriga ulanib, tashqi boshqaruv signali ta'sirida davriy ravishda ulash va uzishni amalga oshiradi. Bu vaqtda kalitning chiqishidagi signal bir-biridan yetarlicha farqlanadigan ikkita diskret qivmatga ega bo'ladi. Bu xossa uni Bul algebrasi funksiyalarini amalga oshiruvchi asosiy ME sifatida qo'llash imkonini beradi.
    Kalit ikki elementdan tashkil topgan: qayta ulanuvchi(QUE) va yuklama(YuE) elementlar. Kalit (invertor) tuzilishining umumlashgan sxemasi pastdagi 1-rasmda keltirilgan.

    1-rasm. BTda yasalgan kalit sxemasi: a) Kalit (invertor) umumlashtirilgan sxemasi; b)BT asosidagi sodda elektron kalit sxemasi.
    QUE ikki turg'un: ulangan va uzilgan holatga ega. Bu shartlarga bipolyar va mavdoniy tranzistorlarning ba'zi turlari mos keladi. YuE manbadan iste'mol qilinayotgan tokni cheklash uchun xizmat qiladi.
    Kalit turini tanlashda IMSlarda asosiy mezon bo'lib, texnologik muvofiqlik hisoblanadi. Texnologik muvofiqlik deganda, turli sxema elementlarini yagona texnologik jarayonda tayyorlash imkoni tushuniladi. Bir xil elementlardan tashkil topgan sxemalar afzal sanaladi. Yuklama va qayta ulanish elementi MDYAtranzistorlardan tashkil topgan kalitlar yuqori texnologik va universal hisoblanadi.
    BTli sodda elektron kalit sxemasi 1.b-rasmda keltirilgan. U UE sxemada ulangan BTda yasalgan kuchaytirgich kaskadidan iborat. Kuchlanish manbayi EM va Rk koʻrinishdagi yuklama qarshiligidan tashkil topgan zanjir boshqariluvchi zanjir hisoblanadi. Boshqaruvchi (baza) zanjir boshqaruv signali manbayi UKIR va unga ketma-ket ulangan qarshilik RB dan tashkil topgan. BT elektron kalit shartiga ko'ra berk rejimda yoki to'yinish rejimida ishlashi kerak. Kirishga manfiy qutbli signal berilsagina tranzistor berk rejimga o'tadi. Ma'lumki, berk rejimda tranzistor toklari IE≈ 0; IK = Ik; = -Ik0; ga teng bo'ladi. Bu yerda <<->> belgisi baza toki aktiv rejimdagi baza toki yo'nalishiga teskari yo'nalishda oqib o'tishini bildiradi. Kalit rejimida Iko toki qoldiq tok deb ataladi. U juda kichik bo'lganligi sababli, chiqish kuchlanishi UCHIQ manba kuchlanishi Em qiymatiga yaqin bo'ladi.
    ECHIQ = Ем - IK0RK ≈ EM; ya'ni manba zanjiridan yuklama uzilishiga mos keladi (kalit uzilgan).
    Agar UKIR musbat qutbga va yetarlicha katta qiymatga ega boʻlsa, u holda tranzistor aktiv yoki to'yinish rejimiga o'tadi, ya'ni ochiladi (kalit ulangan).
    Yuklama zanjirida;
    IK = (EM-UKE)/RK ; tok oqib o'tadi, kalit chiqishidagi kuchlanish esa UCHIQ = UKE = UQO1 ga teng bo'lib, qoldiq kuchlanish deb ataladi. To'yinish rejimidagi qoldiq kuchlanish UEB va UKB lar ayirmasiga teng va doim aktiv rejimdagi qoldiq kuchlanish qiymatidan kichik bo'ladi. Shu sababli, kalit sifatida tranzistorning aktiv rejimda ishlashi ma'qul emas, chunki unda qo'shimcha PK = IK UKE quvvat sochiladi va sxema FIK pasayadi. Kremniyli tranzistorlar uchun to'yinish rejimida VQOL= 0,25 V ga teng, ya'ni nolga yaqin.
    Ko'rilayotgan kalit invertor ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi, ya'ni kirish signalining manfiy qiymatlardan musbat qiymatlarga ortishi, chiqish kuchlanishi UKE ni EM dan qoldiq kuchlanishgacha kamayishiga olib keladi.
    Umuman aytganda, bu kalit invertor to'g'ri mantiqdagi musbat signallar bilan ishlashga mo'ljallangan. Shuning uchun bu yerda UKIR< 0 shart bajarilmaydi. Lekin kremniyli p-n o'tish musbat kuchlanishda ham, agar UKIR < 0,6 V bo'lsa, deyarli berk qoladi. Bu vaqtda tranzistorning uchala elektrod toklari odatda mikroamper ulushlaridan ortmaydi.

    2-rasm. Tranzistorning statik xarakteristikalarida kalit ishchi nuqtalarining joylashishi
    Kalitning asosiy statik parametrlari bo'lib, qoldiq tok va qoldiq kuchlanish hisoblanadi. BTning kalit rejimi katta diapazondagi tok va kuchlanish impulslarining o'zgarishi bilan ta'minlanadi (katta signal rejimi). Shu sababli. kalitning statik parametrlari grafo-analitik usulni qo'llash yordamida aniqlanadi. Buning uchun kalitda qo'llanilayotgan tranzistorning chiqish (2, a-rasm) va kirish (2, b-rasm) xarakteristikalari kerak boladi. Chiqish xarakteristikalar oilasida B nuqta (bu yerda UKE=EM) va A nuqta (bu yerda Ik = EK/RK) larni tutashtirib, AB yuklama chizig'ini o'tkazamiz. Unda D nuqta toʻyinish chegarasini, C nuqta esa UKB = 0 boʻlganda boshlanadigan berk rejim chegarasini beradi.
    Aytilganlardan kelib chiqqan holda, kalit rejimda ishlash uchun tranzistorli kaskad ishchi nuqtasi yoki D nuqtadan chaproqda, yoki C nuqtadan o'ngroqda joylashishi kerak. Bu nuqtalar oralig'ida kaskad tranzistorning to'yinish rejimidan berk rejimga oʻtish holatida yoki aksincha boʻladi. Tranzistor bu holatda qanchalik kam vaqt tursa, kalitning tezkorligi shuncha yuqori boʻladi. O'tish holatlari noasosiy zaryad tashuvchilar bazadan chiqarib yuborish vaqti va baryer sig'imning qayta zaryadlanish jarayonlari bilan aniqlanadi.
    Statik rejimda RB qarshilikning berilgan qiymatlarida baza tokining UKIR kuchlanishiga bog'liqligini kirish xarakteristikasi (12.2, a-rasm) yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun EF yuklama chizig'ini o'tkazish kerak. E nuqta UBE = UKIR, F nuqta esa UKIR/RB qiymati bilan aniqlanadi. Kirish xarakteristikasi bilan yuklama chizig'i kesishgan K nuqta baza toki va UBE kuchlanishining ishchi qiymatlarini aniqlaydi. UKIR ning vaqt bo'yicha o'zgarishi EF to'g'ri chiziqning parallel siljishiga va mos ravishda, K nuqtaning siljishiga olib keladi (shtrix chiziqlar).
    D nuqta bilan aniqlanadigan to'yinish rejimiga o'tish uchun kirish toki IB ni bazaning to'yinish toki deb ataluvchi IBTOY qiymatgacha oshirish kerak. Bu vaqtda unga mos keluvchi kollektor toki kollektorning to'yinish toki IKTOʻY, kuchlanish esa toʻyinish kuchlanishi UKE, TOY yoki qoldiq kuchlanish
    UKE TO'Y = UQOL = EM – IK,TOY RK deb ataladi. Ma'lumki,
    Tranzistorli kalit sxemasi ikkita turg'un statik holatga ega boʻlishi shart, bularda tranzistor to'yinish rejimida (ochiq holatda) yoki berk rejimda (yopiq holatda) bo'ladi. Kremniyli tranzistor kalit sxemalarida tranzistorning yopiq holatiga aktiv rejimning boshlang'ich sohasi mos keladi. Bir turg'un holatdan boshqasiga oʻtishda tranzistor aktiv yoki invers rejimlarda ishlaydi.

    Download 0.57 Mb.
      1   2   3




    Download 0.57 Mb.