• Filosofiya” tushunchasining kelib chiqishi, ma’nosi va mohiyati “Dunyoqarash” tushunchasining mazmuni, dunyoqarashning tarixiy shakllari
  • Dunyoqarash tushunchasi.
  • Bajardi: Xolmuminov Rashidbek Guruh: 029-21 Falsafa (Mantiq. Etika. Estetika) fanidan topshiriqlar




    Download 63,49 Kb.
    bet1/7
    Sana15.05.2024
    Hajmi63,49 Kb.
    #234548
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    falsafa 1


    Bajardi: Xolmuminov Rashidbek
    Guruh: 029-21
    Falsafa (Mantiq. Etika. Estetika) fanidan topshiriqlar

    1-topshiriq. Jadvalni to‘ldiring:

    Falsafa fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.


    Filosofiya” tushunchasining kelib chiqishi, ma’nosi va mohiyati

    Dunyoqarash” tushunchasining mazmuni, dunyoqarashning tarixiy shakllari

    Falsafa fanining asosiy funktsiyalari va tahlili

    Falsafa fanining bilimlar sohasi va muammolari

    Qadimgi yunon tilidan fanga kirib kelgan atama «filosofiya» so‘zidan olingan va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglatadi. Bu — ushbu so‘zning, atamaning lug‘aviy ma’nosi bo‘lib hisoblanadi. Asrlar davomida filosofiya Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari

    Dunyoqarash tushunchasi. har bir kishining dunyoga nisbatan o‘z qarashi, o‘zi va o‘zgalar, hayot va olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, xulosalari bo‘ladi. Ana shu tasavvurlartushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. SHu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to‘g‘risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o‘zining undagi o‘rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. «Mif» tushunchasi yunoncha “mythos” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, afsona, rivoyat degan ma’noni anglatadi. Mif – bu turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir

    Mif bilan taqqoslaganda, din funksiyalari murakkabroqdir. Din funksiyalari orasida quyidagilarni farqlash mumkin:

    dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi butun borliq qachon va nima uchun paydobo‘lgan va bunda g’ayrioddiy kuchning olamshumul roli qanday namoyon bo‘lgan, degan savollarga javob beradi;


    kommunikativ funksiyasi muloqot va shaxslararo aloqalarning muayyan ti’ini ta’minlaydi, jamiyatning ji’slashuvi va yaxlitligiga ko‘maklashadi;

    tartibga solish funksiyasi odamlar xulq-atvorini tartibga soluvchi tegishli me’yorlar va qoidalarni belgilaydi;



    kompensatorlik funksiyasi etishmayotgan axborot, diqqat-e’tibor, g’amxo‘rlik o‘rnini to‘ldiradi, hayot ma’nosi, istiqbollar va shu kabilarning yo‘qligini sezdirmaydi, ya’ni insonning kundalik hayotda qondirilmagan ehtiyojlari o‘rnini to‘ldiradi.



    Falsafa nafaqat fan, balki ijtimoiy hayotning boshqa, chunonchi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, ilmiy jabhalari, san’at va shu kabilar bilan ham uzviy bog’liq. Biz falsafa va fan munosabatlarining genezisi haqida ularning birligi va farqlarini aniqlash maqsadida so‘z yuritamiz. Mazkur masalani mufassalroq o‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo ko‘rsatilgan tushunchalarning asosiy ma’nolari va mazmunlarini aniqlab olamiz.
    Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning keng va tor talqinlari shakllangan.
    Keng (yig’ma) ma’nodagi fan – bu butun inson faoliyati jabhasi bo‘lib, uning vazifasi borliq haqidagi ob’ektiv bilimlarni o‘rganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir. Bu yerda “fan”, “olim” tushunchalari muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yig’ma tushunchalar sifatida talqin qilinadi.



    Download 63,49 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 63,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bajardi: Xolmuminov Rashidbek Guruh: 029-21 Falsafa (Mantiq. Etika. Estetika) fanidan topshiriqlar

    Download 63,49 Kb.