• Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis E. Shakirov 07.06.2024 “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi direktori
  • Yuriskonsult T.Botirov 19.12.2023 y.
  • Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat bo‘yicha mas’ul xodim Sh.Xodjakulov 28.08.2023 y. “Barkamol avlod” respublika
  • Yuriskonsult T.Botirov 04.12.2023 y. “Barkamol avlod” respublika
  • Yuriskonsult T.Botirov 14.03.2024 y.
  • Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi direktori D. Uralovga Hujjatni nazoratdan olish to‘g‘risida bildiri shnom a




    Download 18,24 Kb.
    Sana19.06.2024
    Hajmi18,24 Kb.
    #264427
    Bog'liq
    билдирги нам (1)


    Barkamol avlod” respublika
    bolalar maktabi direktori
    D.Uralovga
    Hujjatni nazoratdan
    olish to‘g‘risida


    B I L D I R I SH N O M A
    Respublika ta’lim markazining 2024-yil 4-iyundagi 01/11-10-300-sonli xatiga asosan “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 7-fevraldagi 32-son buyrug‘iga asosan o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish belgilangan. Joriy yilning 6-iyun kuni hududlardan Respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya qilingan metodik ishlar bo‘yicha tuzuvchilar tomonidan taqdimot o‘tkazish rejalashtirilganligini inobatga olib, Respublika ta’lim markazining texnologiya fani ilmiy kengash a’zosi bo‘lgan, “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis Shakirov Elyor Boribayevich
    6-iyun kuni taqdimotda ishtirok etdi.
    Yuqoridagilardan kelib chiqib Sizdan, Nazorat va devonxona bo‘limida 2024-yil 6-iyun sanasi bilan ro‘yxatga olingan 52-hudud sonli hujjatni o‘rnatilgan tartibda nazoratdan olishga ruxsat berishingizni so‘raymiz.


    Xodimlar bilan ishlash
    bo‘yicha bosh mutaxassis E. Shakirov
    07.06.2024
    “Barkamol avlod” respublika
    bolalar maktabi direktori
    D.Uralovga
    Hujjatni nazoratdan
    olish to‘g‘risida


    B I L D I R I SH N O M A

    “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabining asosiy binosida ta’mirlash ishlari boshlanganligi munosabati bilan maktab direktori tomonidan 2023-yil 18-sentabrda “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi xodimlarini vaqtinchalik boshqa binoga ko‘chirish to‘g‘risida”gi 30-sonli buyrug‘i imzolangan. Joriy yilning dekabr oyida maktabning asosiy binosi to‘liq ta’mirlanganligi, bugungi kunda “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi xodimlari to‘liq tarkib bilan ushbu binoda faoliyat olib borayotganligini inobatga olib Sizdan, 2023-yil 18-sentabrdagi 30-sonli buyruqni o‘rnatilgan tartibda nazoratdan olishga ruxsat berishingizni so‘rayman.




    Yuriskonsult T.Botirov

    19.12.2023 y.



    “Barkamol avlod” respublika
    bolalar maktabi direktori
    Y.Akbarovga
    Hujjatni nazoratdan
    olish to‘g‘risida


    B I L D I R I SH N O M A

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 21-avgustdagi 03-01/5-3432-sonli xati asosida belgilangan vazifalar “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi faoliyatiga tegishli bo‘lmaganligi sababli Sizdan, Nazorat va devonxona bo‘limida 2023-yil 23-avgust sanasi bilan ro‘yxatga olingan 199 VX sonli hujjatni o‘rnatilgan tartibda nazoratdan olishga ruxsat berishingizni so‘rayman.




    Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy
    nazorat bo‘yicha mas’ul xodim Sh.Xodjakulov

    28.08.2023 y.

    “Barkamol avlod” respublika
    bolalar maktabi direktori
    D.Uralovga
    Hujjatni nazoratdan
    olish to‘g‘risida


    B I L D I R I SH N O M A

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 20-noyabrdagi 03-01/8-4942-sonli xatiga asosan Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan taqdimotlarni “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi yuridik xizmat xodimi tomonidan mustaqil ravishda o‘rganib chiqilganligini hamda “Norma ijodkorlikda korrupsiyaga qarshi ekspertizaning roli” mavzusida o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘kazilganligini inobatga olib Sizdan, Nazorat va devonxona bo‘limida 2023-yil 22-noyabr sanasi bilan ro‘yxatga olingan 267-VX-sonli hujjatni o‘rnatilgan tartibda nazoratdan olishga ruxsat berishingizni so‘rayman.


    Yuriskonsult T.Botirov

    04.12.2023 y.

    Barkamol avlod” respublika


    bolalar maktabi direktori
    D.Uralovga
    Hujjat muddatini
    uzaytirish to‘g‘risida


    B I L D I R I SH N O M A

    O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastri palatasi tomonidan 2024-yil 27-fevraldagi 02-10-2393-sonli xati Nazorat va devonxona bo‘limi tomonidan 2024-yil


    28-fevralda 15-hudud tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan hamda ijro muddati 2024-yil 7-martga belgilangan.
    Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Davlat xizmatlari agentligiga (chilonzor filali) borib ish o‘rganildi. O‘rganish jarayonida Majburiy ijro byurosi tomonidan ko‘rilayotgan masala yuzasidan Taqiq qo‘yilganligi aniqlandi.
    Yuqoridagi qo‘yilgan taqiqni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan joriy yilning 30-aprelga qadar hujjat ijro muddatini uzaytirib berishingizni so‘rayman.
    Yuriskonsult T.Botirov

    14.03.2024 y.
    Download 18,24 Kb.




    Download 18,24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi direktori D. Uralovga Hujjatni nazoratdan olish to‘g‘risida bildiri shnom a

    Download 18,24 Kb.