• 3. Gaz tarkibidan og`ir uglevodorodlarni ajratish. 4. Gazlar tarkibidan nordon gazlarni ajratish. 5. Gazni gidratlanishini oldini olish.
  • Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti Geodeziya, kartografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Assistent A. B. Eshmuratov mavzu: Konlarda gazni uzatishga tayyorlash




    Download 0.81 Mb.
    bet1/4
    Sana16.04.2024
    Hajmi0.81 Mb.
    #197730
      1   2   3   4
    Bog'liq
    19 тема

    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti Geodeziya, kartografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Assistent A.B. Eshmuratov mavzu:Konlarda gazni uzatishga tayyorlash .


    Reja:
    1. Kondan qazib olinayotgan gazlar tarkibi va ularning salbiy ta‘sirlari.
    2. Gazni iste‘molchiga jo`natishdan oldin quritish.
    3. Gaz tarkibidan og`ir uglevodorodlarni ajratish.
    4. Gazlar tarkibidan nordon gazlarni ajratish.
    5. Gazni gidratlanishini oldini olish.
    2. Gazni iste‘molchiga jo`natishdan oldin quritish.
    Neftli va tabiiy gazning gaz yig`ish quvurlarida harakati vaqtida harorati va bosimi tushadi, natijada karbonsuvchil va suvli kondensat ajraladi. Gaz uzatkichlarning pasaygan joylarida karbonsuvchil va suvli kondensatlar suyuqlik tiqinlarini hosil qilishi mumkin.
    Bundan tashqari, ma‘lum bir termodinamik sharoitlarda gazlar suv kondensati bilan tutashib gidratlar hosil qilishi mumkin. Gidratlarning rangi sarg`ish bo`lib, ko`rinishidan qorga o`xshaydi. Gidratlar gaz yig`ish quvurlarida ham yuqori, ham past haroratlarda hosil bo`lishi mumkin.
    Gaz uzatkichdagi gazning bosimi qancha baland bo`lsa, haroratining pasayishi shuncha tezlashadi.
    Gidrat hosil bo`lishini oldini olish maqsadida neftli va tabiiy gaz suv bug`laridan quritiladi. Quritish maxsus qurilmalarda qattiq (kaltsiy xlor, silikagel) va suyuq (dietilenglikol DEG va trietilenglikol TEG) moddalar yordamida, hamda sovituvshi mashinalardan uzatiladigan sovuq yordamida amalga oshiriladi.
    Gazlarni quritishda ishlatiladigan qattiq moddalar – adsorbentlar, suyuq moddalar - absorbentlar va hammasi birgalikda sorbentlar deyiladi.
    Adsorbtsiya deganda – biz gazlar tarkibidan bir yoki bir necha qo`shimsha komponentlarni qattiq yutuvchi, ya‘ni adsorbentlar yordamida tozalash jarayonini tushunamiz. Yutuvchi modda adsorbent yutiluvchi moddani adsorbat yoki adsorbtiv deb ataymiz. Adsorbtsiya jarayonini mexanizmi adsorbtsiya mexanizmidan farqli o`laroq, undan suyuq yutuvchi yordamida emas, balki qattiq yutuvchilar yordamida amalga oshiriladi. Bu usullarning o`zini qo`llash me‘yorlari mavjud bo`lib, qo`llanganda yuqori texnik iqtisodiy samara berishi hisobga olinadi. Adsorbtsiya usuli asosan yutiluvchi suyuqliklar kontsentratsiyasi yuqori bo`lmagan holda qo`llaniladi. Agar yutiluvchi suyuqlik kontsentratsiyasi yuqori bo`lsa, adsorbtsiya usulidan foydalanish yaxshi samara beradi. Adsorbtsiyaning fizik va kimyoviy turlari mavjud bo`lib, fizik adsorbtsiya jarayonida adsorbent va adsorbat molekulalari Van – Der – Vals kushi ta‘sirida o`zaro tortishish kushi ta‘sirida amalga oshadi.
    Adsorbentlarga xlorli kaltsiy, aktivlashgan temir oksidi, selikagellar ishlatiladi. Ushbu komponentlar mexaniq va termik jihatdan mustahkam, zanglashni kamaytiruvshi defitsit (taqshil) bo`lmagan mahsulot bo`lib, faqat tezlikda almashtirilib turilishi kerak.
    Absorbtsiya usulida asosan suyuq sorbentlar (yutuvchi) qo`shilib absorbtsiyalanuvshi mahsulot tarkibidan turli xil komponentlar ajratishga mo`ljallangan. Absorbtsiya usulida gazni quritish texnologiyasi gaz tarkibidan namlikni yo`qotish ham amalga oshiriladi.
    Absorbentlar tariqasida gazlarni quritishda Shunday moddalar qo`shilishi kerakki, u o`ziga zanglashni kamaytiruvshi, kam qovushqoq, namligi katta, barqarorlashtiruvshi karbonsuvchillar bilan qiyin aralashadigan tomonlarini jam qilishi kerak. Absorbentlar asosan glikol birikmalaridan etilenglikol (C2H6O2), dietilenglikol (C4H10O3), trietilenglikol (C6H4O4) ishlatiladi.
    Jo`natishga tayyorlangan gazning tarkibi quyidagi davlat standarti talablariga javob berishi kerak (GOST 5140-83)
    • 1m3 gazdagi mexanik qo`shimchalarni og`irligi 0,003 gr (0,3m2) dan ortiq bo`lmasligi;
    • 1m3 gazdagi vodorod sulfidning og`irligi 0,2m2 dan ortiq bo`lmasligi;
    • hajm bo`yicha kislorodining hajmiy ulushi 1% dan ortiq bo`lmasligi;
    • namlik bo`yicha, gazning shudring nuqtasi yozda 0oC, qishda -5 oCdan katta bo`lmasligi kerak (o`rtacha iqlimli joylarda). Sovuq joylarda: yozda -10oC, qishda -20 oC dan katta bo`lmasligi kerak.


    Download 0.81 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti Geodeziya, kartografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Assistent A. B. Eshmuratov mavzu: Konlarda gazni uzatishga tayyorlash

    Download 0.81 Mb.