• Kirish
  • Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»




    Download 1.14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/56
    Sana19.06.2023
    Hajmi1.14 Mb.
    #74376
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
    Bog'liq
    Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
    1 заочный руская группа, ssss, metallar, yigiruv ish reja oxirgisi (Lotincha), Kirish I bob. Axloqiy tarbiya haqida xalq maqollari 1 Xalq maqol, Документ Microsoft Word (3), 1 sinf Eng Bilimdon Matematik to`garak 2021 2022yil 34 soatlik, в66655, Mavzu akkumlyator ustaxonasini rejalashtirish, Yoritish va yorug’’lik darakchilari tizimiga texnik xizmat ko’rs, 2 - mavzu, 2, Word-da diagramma qanday yaratiladi. Boshdan oxirigacha diagramm, Открытый урок на тему скоро новый год


    «O‘zbekiston temir yo‘llari» DATK 
    Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti 
    M.K.Тaxirov, E.M.Maxamataliyev 
    Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 
    5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi» yo‘nalishi 
    bo‘yicha ta`lim olayotgan 4 – bosqich bakalavriat talabalari uchun
    o‘quv qo‘llanma
    Toshkent − 2009


    UDK 691.022.2 
    «Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi» fani bo‘yicha o‘quv 
    qo‘llanma 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi» yo‘nalishi bo‘yicha 
    tahsil olayotgan bakalavrlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu o‘quv qo‘llanma 
    fanning namunaviy dasturiga muvofiq tuzilgan va davlat ta’lim standarti 
    talablariga to‘liq moslashtirilgan. O‘quv qo‘llanmada yer inshootlari, 
    g‘ishtli, yaxlit quyma va yig‘ma temirbeton bino va inshootlarni barpo 
    qilish, hamda binolarni ta’mirlash va qayta tiklash texnologiyasi bo‘yicha 
    batafsil ma‘lumotlar keltirilgan. 
    O‘quv qo‘llanmadan talabalar malakaviy bitiruv ishini bajarishda ham 
    foydalanishlari mumkin. 
    Institut o‘quv-uslubiy komissiyasi tomonidan nashrga tavsiya etilgan. 
    Tuzuvchilar: M.K.Тaxirov − t.f.d., prof.;
    E.M.Maxamataliyev − t.f.n., dots. 
    Тaqrizchilar: N.Bozorboyev − t.f.n., dots.; 
    F.F.Karimova − t.f.n., dots.
    © Тoshkent temir yo‘l muhandislari instituti, 2009y.


    Kirish 
     
    O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng xalq 
    xo‘jaligining turli sohalariga zamonaviy texnologiyalarning kirib kelishi 
    keskin ravishda ortib ketdi. Bu esa o‘z navbatida zamonaviy talablarga 
    javob beradigan turli maqsadlardagi bino va inshootlarni loyihalash va 
    barpo qilishga ehtiyoj tug‘dirdi. Ana shu ehtiyojni qondirish, kapital 
    qurilish sohasi oldida turgan ma’suliyatli vazifalarni muvaffaqiyatli 
    yechish uchun respublikamiz oily o‘quv yurtlarida qurilish sohasi uchun 
    tayyorlanayotgan kadrlarning bilim saviyasini keskin oshirish talab 
    qilinadi. 
    Bu vazifa O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy 
    dasturi»ning ikkichi bosqich talablariga ham to‘liq mos keladi. Bundan 
    kelib chiqib, oliy ta’limning Davlat standartlari talablariga muvofiq 
    keluvchi, talabalarning bilim darajasini oshirishga qaratilgan davlat tilidagi 
    darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarning yangi avlodini yaratish hozirgi 
    zamonning eng dolzarb vazifalaridan biridir. 
    Mazkur «Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi» o‘quv 
    qo‘llanmasi hammualliflar tomonidan ana shu maqsadlarni ko‘zlab 
    yozilgan bo‘lib, unda namunaviy o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan barcha 
    mavzularni to‘liq yoritishga harakat qilingan. O‘quv qo‘llanmaning 
    maqsadi − talabalarga turli qurilish-konstruktiv tavsiflarga ega bo‘lgan 
    bino va inshootlarni barpo etish texnologiyalarini o‘rgatishdan iboratdir. 
    O‘quv qo‘llanmada «Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi» 
    fanini o‘qitish tajribasidan kelib chiqib yer inshootlarini, g‘ishtli binolarni, 
    kam va ko‘p qavatli yaxlit quyma binolarni, yirik blokli, yirik panelli, 
    hajmli-blokli binolarni, bir qavatli sanoat binolarini, ko‘p qavatli to‘liq 
    yig‘ma binolarni barpo etish texnologiyalari haqidagi ma’lumotlarni 
    talabalarning o‘zlashtirishi uchun qulay bo‘lgan izchillikda berishga 
    harakat qilingan. Bunda dastlab bino va inshootlarning qurilish-konstruktiv 
    yechimlarining tavsiflari, so‘ngra esa mazkur turdagi binolarni barpo 
    etishda qurilish maydoni, qurilish ishlari va mehnatni tashkil qilish 
    qoidalari va nihoyat bino va inshootlarni barpo qilishda jarayonlar tarkibi 
    va texnologiyasi keltirilgan. 
    Ushbu o‘quv qo‘llanmadan qurilish sohasiga tegishli boshqa 
    yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar, hamda qurilish tashkilotlarining 
    muhandis-texnik xodimlari ham foydalanishlari mumkin. 

    Download 1.14 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




    Download 1.14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»

    Download 1.14 Mb.
    Pdf ko'rish