|
Bir cho‘michli karyer ekskavatorlari cho‘michi harakatini optimal ishchi zonasini aniqlash
|
bet | 1/5 | Sana | 24.07.2023 | Hajmi | 1.56 Mb. | | #77216 |
Bog'liq BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL MANAVIYAT SOATI 2022-2023, STGeNIUHOYV6lu41y5nlGnUTrr1eOceUpMxiK005, 19-Mavzu, PQ-4910 03.12.2020 (1), Mutaxasislik fanidan o\'qitish materiallari, reagent formulasi, Шовот 2023 2024 дарслик кабул буйруки, 2-синф она тили дарслик 2 - кисм, wzPf- OV8BvdPtmaW6WBYVBlAV4S7Gp8, Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi, Mavzu aro‘ va rao‘ mikrosxemalari reja Kirish Diskretlashtiris, 2 вариант, monitoring javoblari
Ataqulov L.N. Laziz218@mail.ru (93) 661 11 16
Haydarov Sh.B. shohidh@mail.ru (93) 432 77 44
Usmonov M.Z. usmonovmaftunjon@gmail.com (93) 317 63 83
УДК 62-772.2
Ataqulov L.N., Haydarov Sh.B., Usmonov M.Z.
Ataqulov L. N.,
«Konchilik elektr mexanikasi» kafedrasi mudiri., t.f.d. dots
|
Haydarov Sh. B.,
«Konchilik elektr mexanikasi» kafedrasi dotsenti v.b
|
Usmonov M. Z.,
«Konchilik elektr mexanikasi» kafedrasi assistenti
| BIR CHO‘MICHLI KARYER EKSKAVATORLARI CHO‘MICHI HARAKATINI OPTIMAL ISHCHI ZONASINI ANIQLASH
Ushbu maqolada ekskavator cho‘michini ko‘tarish va bosim berish kuchlari natijasida yuzaga kelayotgan salbiy oqibatli omillar ta’sirini hamda cho‘michni harakat traektoriyasi ishchi zonasi aniqlangan. Dastak tishli uzatmaga zo‘riqma kuchlari ta’siri kam va tog‘ jinsini qazib yuklab berish miqdori yuqori bo‘lishi aniqlangan.
Tayanch iboralar: karyer, ekskavator, dastak, cho‘mich, egarli podshipnik, cho‘michni ko‘tarish arqon.
В статье определены последствия отрицательных факторов, вызванных подъемными и напорными усилиями ковша экскаватора, а также рабочей зоны траектории движения ковша. Определено, что воздействие напорных сил на зубчатую передачу рукояти меньше, а объем добычи и погрузки породы выше.
Ключевые слова: карьер, экскаватор, рукоят, ковш, седельный подшипник, канат подъема ковша.
Karyer ekskavatorlarini samarali, xavfsiz, ishonchli ishlashi unumdorikni oshishiga va foydali qazilmani tannarxining pasayishiga olib keladi. Ekskavatorlar jihozlarini mustahkamligi, yengilligi, narxining arzonligi modernizatsiya qilishda inobatga olinadi va albatta ish samaradorligini pasaymasligini ta’minlagan holda tavsiflanadi.
Bir cho‘michli ekskavator ishchi a’zolari harakati murakkab elektromexanik tizim sifatida harakat qonunlari asosida amalga oshiriladi va cho‘mich harakat parametrlarini muvofiqlashtirish, harakat mexanizmlaridan cho‘michni ko‘tarish hamda kon massasiga bosim berish mexanizmlari ishlashi bilan belgilanadi [2, 4]. Ushbu cho‘mich harakati jarayoni kon - geologik va kon - texnik ish sharoitlariga, ya’ni tog‘ jinslarining mustahkamligiga, negabaritlarning mavjudligiga, qazib olish joyining balandligiga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Karyer ekskavatori ishchi a’zolarining harakat parametrlari sxemasi 1 - rasmda keltirilgan.
Ekskavator ish davriyligi (EKG - 5 uchun 23s) harakat parametrlari qiymatlarining hisoblangan qiymatlardan sezilarli darajada og‘ishiga olib keladi, bu esa tog‘ jinslarini qazish jarayonini qiyinlashtiradi. Turli sharoitlarda rejim parametrlari qiymatlarini shakllantirish xususiyatlarini aniqlash ish jarayonini boshqarishning oqilona algoritmini asoslash va bir cho‘michli ekskavatorning kuch berish uskunasini o‘rnatilgan quvvatidan to‘liq foydalanishni ta’minlash imkonini beradi.
|
| |