Bob. Nutqiy kompetensiyaning turlari, mazmun-mohiyati




Download 92,07 Kb.
Sana16.01.2024
Hajmi92,07 Kb.
#139022
Bog'liq
Bob. Nutqiy kompetensiyaning turlari, mazmun-mohiyati


Mundarija:
Kirish

  1. Bob. Nutqiy kompetensiyaning turlari, mazmun-mohiyati va elementlari

    1. Nutqiy kompetensiyaning turlari

    2. Nutqiy kompetensiyaning mazmun-mohiyati va elementlari

  2. Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini shakllantirish

    1. Yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirish

    2. Nutqiy kompetensiyalarini mustaqil ishlar orqali shakllantirish

    3. Nutqiy kompetensiyani rivojlantirishda matn turlarini yaratishning bosqich va darajalari mohiyati

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Ona tili fani yosh bolalarning tafakkur qilish faoliyatini kengaytirishga, erkin fikrlay olishi, o’zgalar fikrini tinglashi, o’z fikrlarini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon eta olishi, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo’la oladigan ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o’rinda ona tili ta’limiga o’quv fani emas, balki butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. Nutq−kishi faoliyatining turi, til vositalari (so’z, so’z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o’zaro aloqa va xabar, o’z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi.Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O’quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir.


Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar, o‘z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi.
Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir. Biz tilini jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas rivojlantirib, bo‘yitib kelgan ajdodlarning vorislarimiz. O‘quvchilarni tilning mavjud imkoniyatlaridan nutq jarayonida maqsadga muvofiq foydalana olishga o‘rgatish maktab ona tili ta’limi oldida turgan mas’uliyatli vazifalardan sanaladi.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “nutq” “tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi; so‘zlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va shu jarayonning hosilasidir”, - deb ko‘rsatiladi.
“Pedagogicheskiy entsiklopedicheskiy slovarь”da nutqqa “insonlarning til vositasida amalga oshiriladigan muloqot (kommunikatsiya) shakli bo‘lib, u fikrni ifodalash vositasi bo‘lishi bilan birga fikrlashning asosiy mexanizmi hamdir”47 deb qayd etiladi.
Boshlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida o‘quvchilarning nutqini o‘stirish – ularda eshitish, anglash, gapirish, yozish va o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish, demakdir. Shu asosda intellektual salohiyat oshiriladi, estetik va axloqiy tarbiya yo‘lga qo‘yiladi.
Islohotlar tufayli ona tili o‘qitish metodikasi tezkor taraqqiyot yo‘liga kirdi. Uzluksiz ta’lim tizimida til va nutqni farqlab o‘rganish, ona tili darslarida nutqni bilim, ko‘nikma va malakalar hamda ijodiy tafakkur integratsiyasini ta’minlovchi vosita deb qarash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Nutqiy bilim, ko‘nikma va malakalarni uzviylik va uzluksizlikda ona tili sathlariaro aloqadorlikda izchil rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
Boshlang‘ich sinflar ona tili ta’limining bosh vazifasi turli usulda va mazmunda tashkil etiladigan mashqlar yordamida o‘quvchilarning nutqi va tafakkurini rivojlantirishga qaratiladi.
Ta’lim jarayonida nutq o‘stirish o‘qituvchi va o‘quvchining nutqiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va o‘stirishga qaratilgan hamkorlikdagi amaliy faoliyatdir. O‘quvchilar nutqini o‘stirish hamisha pedagogik rahbarlikni talab etadi.
Nutq o‘stirish nima? Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishini, bog‘lanishli nutqni) faol amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilarning tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi va bog‘lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qo‘llash tushuniladi.

  1. Bob. Nutqiy kompetensiyaning turlari, mazmun-mohiyati va elementlari

    1. Nutqiy kompetensiyaning turlari

Mamlakatimizda kelajagimiz davomchilari boʼlmish yoshlarga innovatsion, ilgʼor usullar va metodlarni qoʼllab, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib taʼlim berish hamda oʼquvchilarning taʼlimdagi sifat samaradorligini oshirish, yoshlarni raqobatbardosh qilib tarbiyalash taʼlim tizimi oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi. Oʼzbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati toʼgʼrisida”gi Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-4947- sonli, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi «Umumiy oʼrta va oʼrta maxsus, kasb- hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi 187- sonli qarori, 2019- yil 29-apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PF-5712-sonli Farmonlarida belgilangan qator vazifalar oʼquvchilarning lingvistik va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Shu bois ilm berishda sharq allomalari mustaqil fikrlash, fikrni bayon qilish, nutq tuzish jarayonidagi muhim jihatlarni qamrab oluvchi ilmiy qarashlarini qayd qilganlar va shu bilan bir qatorda, nutqning ilmiy- nazariy tomoni lugʼatlarda, darslik va oʼquv va metodik qoʼllanmalarda izoh berilib, atroflicha yoritilgan.1
Farobiyning fikricha, qanday qilib taʼlim berish va taʼlim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday soʼrash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganda, bu haqdagi ilmlarning eng birinchisi jismlarga, yaʼni substantsiya va aktsidentsiyalarga ism beruvchi til haqidagi ilmdir. Ikkinchi ilm grammatikadir. U jismlarga berilgan ism (nom)larni qanday tartibga solishni hamda substantsiya va aktsidentsiyaning joylashishiga va undan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli soʼzlarni va nutqni qanday tuzishni oʼrgatadi. Uchinchi ilm mantiqdir. U maʼlum xulosalar keltirib chiqarish uchun mantiqiy figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni oʼrgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olamiz, hamda nima toʼgʼri va nima yolgʼon ekanligi haqida hukm chiqaramiz”. Oʼquvchilar nutqida mantiq ilmiga asoslanib fikr-mulohaza bildirish maqsadga muvofiq. Shu bois ular xotirasidagi soʼz zahirasini oʼz nutqi orqali harakatga keltiradi.
Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi sifatida “o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani shakllantirish, o‘quvchida grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, yozuv, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish, ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat” ekanligi belgilangan.2
Kompetensiyalarni shakllantirishga yoʼnaltirilgan taʼlim – oʼquvchilarning egallangan bilim, koʼnikma va malakalarini oʼz shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qoʼllay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan taʼlim oʼquvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʼlish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan oʼz faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sogʼlom raqobat hamda umummadaniy koʼnikmalarini shakllantirdi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch va fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning shakllantirilishi belgilab berilgan.
Kompetensiya –fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotda duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir.
2020-yildan boshlab Milliy oʻquv dasturi loyihasi doirasida xalqaro tajriba hamda mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda, umumtaʼlim maktablari uchun 22 ta fandan, xususan, “Ona tili va oʻqish savodxonligi” fanidan zamonaviy taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari hamda ilgʻor metodikalarni, baholash tizimini ishlab chiqish maqsad qilingan.
Milliy oʻquv dasturi asosida 2020-2021-yildan boshlab umumtaʼlim maktablarida Ona tili va Oʻqish fanlarining birlashuvi natijasi “Ona tili va oʻqish savodxonligi” fani joriy etildi. Ikki fanning birlashuviga asosiy sabab ona tilini oʻqitishdagi yondashuvning oʻzgarishi boʻldi. Endilikda grammatika va yodlashga asoslangan taʼlimdan tinglab tushunish, oʻqib tushunish, fikrni ogʻzaki va yozma bayon qilishdan iborat til oʻrgatishning 4koʻnikmasini rivojlantirishga qaratilgan taʼlim shakliga oʻtildi.
Ona tili fani asosida oʻquvchida shakllantiriladigan koʻnikmalardan biri bu oʻqib tushunishdir. Natijada oʻquvchi darslikda qoidalar oʻrniga koʻproq matnlar bilan ishlaydi va ularda oʻqib tushunish koʻnikmasi rivojlanadi. Oʻquvchida oʻqib tushunish koʻnikmasini Ona tili fani rivojlantirishi hisobiga oʻz-oʻzidan Oʻqish faniga zarurat qolmaydi.
2020-yildan boshlab Milliy oʻquv dasturi loyihasi doirasida xalqaro tajriba hamda mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda, umumtaʼlim maktablari uchun 22 ta fandan, xususan, “Ona tili va oʻqish savodxonligi” fanidan zamonaviy taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari hamda ilgʻor metodikalarni, baholash tizimini ishlab chiqish maqsad qilingan.
Milliy oʻquv dasturi asosida 2020-2021-yildan boshlab umumtaʼlim maktablarida Ona tili va Oʻqish fanlarining birlashuvi natijasi “Ona tili va oʻqish savodxonligi” fani joriy etildi. Ikki fanning birlashuviga asosiy sabab ona tilini oʻqitishdagi yondashuvning oʻzgarishi boʻldi. Endilikda grammatika va yodlashga asoslangan taʼlimdan tinglab tushunish, oʻqib tushunish, fikrni ogʻzaki va yozma bayon qilishdan iborat til oʻrgatishning 4 koʻnikmasini rivojlantirishga qaratilgan taʼlim shakliga oʻtildi.
Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchida tilga doir toʻrt koʻnikma: oʻqib tushunish, tinglab tushunish, nutq soʻzlash va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar voqea-hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga o‘rgatish orqali ijodiy va tanqidiy tafakkurini, fikrlash doirasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ona tili va o‘qish savodxonligi fani ushbu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Mashq daftarida darslikda ishora qilingan, maxsus belgi bilan ajratilgan topshiriqlar bajarib boriladi. O‘quvchilar daftarga yozishlari, chizishlari, bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirishlari, o‘qib va tinglab tushunish, matn tuzish bilan bog‘liq topshiriqlarni bajarishlari hamda rasmlarni bo‘yashlari mumkin. Amaldagi boshlang’ich sinf ona tili darsliklari asosida o’quvchilardagi quyidagi kompetensiyalarni rivojlantirish ko’zda tutiladi.3
Ona tili darslarida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid kommunikativ, innovatsion, kreativ yondashuvlarning asosiy omillaridan biri og„zaki va yozma nutqini adabiy til me‟yorlari asosida rivojlantirish hisoblanadi. Bu jihat, o„quv faoliyatining jamoaviy xususiyati va bilimlarni qat‟iy o„zlashtirilishi natijasida, nutqiy ko„nikmalarga ega bo„lish, o„quvchilarda tinglab tushunish, eshitish, so„zlash, yozish ko„nikmalarining sub‟ektiv munosabat bildirish bilan bog„liq bo„lgan ko„nikma va malakalarni nazorat qilish, ta‟lim oluvchining intilishlari va qobiliyatlari, uning hayotiy tajribalaridan chiqargan xulosalarni inobatga olish kabi nutqiy vaziyatlarda namoyon bo„ladi. Ma‟lumki, so„nggi yillarda ta‟lim jarayoniga tatbiq qilingan 10-11-sinf “Ona tili” darsliklari shakl va mazmun jihatdan yangilandi. Mazkur darsliklarning o„quvchilar uchun afzal tomonlaridan biri mavzular bosqichma-bosqich berilgan bo„lib, nazariy ma‟lumotlar keyingi mavzularni o„rganish uchun asosiy o„rin tutgan. 10-sinf “Ona tili” darsligida nutq uslublari, morfologik ko„rsatkichlar, ularning o„ziga xos xususiyatlari uslubiyati, har bir uslubga xos bo„lgan leksik va morfologik, sintaktik birliklarning ishlatilish o„rinlari, gapning ifoda maqsadiga ko„ra turlari, undalma va kirishlar, qo„shma, ko„chirma, o„zlashtirma gaplar uslubiyati to„g„risidagi ma‟lumotlar berilgan. 11-sinf darsligida esa, nutq va uning madaniyligini ta‟minlovchi kommunikativ sifatlar yuzasidan umumiy tushunchalar, nutq kommunikativ sifatlarining har biriga tegishli alohida nazariy ma‟lumotlar hamda mavzularni mustahkamlashga doir mashq va topshiriqlar berilib, turli lug„atlardan og„zaki va yozma nutqni rivojlantirishga xizmat qiluvchi so„zlar izohi, tilimizga kirib kelgan yangi so„zlar ma‟nosi keltirilgan.4
Ona tili darslarida o’quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish innovatsion metodlar asosida amalga oshirildi. Jumladan, ona tili darslarida innovatsion, interfaol ta’lim texnologiyalar (“Emotsional-ekspressiv bo’yoqdor so„zlar ustida ishlash” metodi, “Onlayn topshiriq berish” metodi, “Savodxon” metodi, Grammatik-assotsiativ metod, va “Qiziqarli taqdimot”, “Zukkolik”, “Sub’ektiv munosabat”, “Ma’nosiga izoh”, “Bahs-munozara” o’yinlari) tushunib so’zlash, ifodali o’qish, adabiy til me’yorlariga amal qilib yozma nutqini o’stirish uchun samarali natijalar beradi.
SHuningdek ona tili darslarida:
 “Savodxon” metodi yordamida imloviy me’yorlarni aniqlashtirish;
“Grammatik-assotsiativ metod” metodidan foydalanib o’quvchilarni mavzu doirasida tilshunoslik asoslari bo’yicha grammatik qoidalar negizida matn turlarini tuzish va yozish;
“Onlayn topshiriq berish” metodi vositasida masofaviy ta’limda lingvistik kompetensiyalar negizida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish;
“Qiziqarli taqdimot” o’yinini o’tkazish orqali rasmiy matnning rekvizitlariga rioya qilib tuzish; bahs-munozara asosida davra suhbatini tashkil etish;
“Ma’nosiga izoh” o’yini yordamida o’quvchilarning olib borilayotgan dars mashg„ulot doirasida so’zlarning ko’chma ma’nolarini og’zaki va yozma nutqida foydalanish mumkin.
Darsliklarni o’rganib chiqib, shunday xulosa qilish mumkinki, o’quvchilarning nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishga asosli ravishda ona tili darslarida o’quvchilarning erkin so’zlash qobiliyatining to’liq holatda rivojlanmagani, tinglovchi va so’zlovchining nutqiy vaziyatlarda tilning turli sath birliklari, leksik, morfologik, sintaktik birliklarini qo’llash mahorati, adabiy til me’yorlariga muvofiq mustaqil matn tuzish va yozish ko’nikmalariga etarli darajada ega emasligini inobatga olgan holda nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish uchun, ularda nutqning madaniyligini ta’minlovchi kommunikativ sifatlari nutqida ishlatishni mukammal o„rganish lozim.

    1. Nutqiy kompetensiyaning mazmun-mohiyati va elementlari

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): -O‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarni tinglab tushuna oladi; rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi, harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni o‘qiy oladi; so‘zda nechta tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishini bir unli tovush bo‘g‘in hosil qilishini, ya’ni o-na, u-ka, a-ka kabi bo‘g‘inga bo‘la oladi, harflar birikmalari ishtirok etgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘la oladi, x va h tovushli so‘zlarni to‘g‘ri yoza oladi, bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, mash’al, ma’qul, ta’lim, Jur’-at, ta’- zim kabi tutuq belgili so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lib yoza oladi, lug‘at, izohli, eshituv, yoddan yozuv, rasmli diktant yoza oladi hamda gaplarni rasmlar tartibida ko‘chira oladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili o‘qitishning asosiy maqsadi turli vaziyatlarda o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, og‘zaki va yozma savodxonlik malakalariga ega bo‘lgan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirish ekanligi ko‘p bora ta’kidlanadi.
Demak, ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi o‘quvchini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani shakllantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtirilgan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, yozuv, talaffuz va imlo me’yorlariga oid tushunchalarni) rivojlantirish; tilning keng imkoniyatlaridan unumli foyda­langan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltiriladi. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda, bugungi kunda ona tili ta’limining mazmuni o‘zgarmoqda. Biz yillar davomida ona tili ta’limi orqali o‘quvchilarga grammatik qonun-qoidalarni, nazariy bilimlarni o‘rgatib keldik. Endilikda grammatika bilan bir qatorda o‘quvchilardagi nutqiy kompetensiyani, ya’ni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish kabi amaliy ko‘nikmalarni shakl­lantirishga ko‘proq e’tibor berishimiz lozim. Bu maqsadga erishishda ona tilining nutqiy kompetensiya elementlari (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) ni har bir darsda amaliy qo‘llash va o‘quvchida bunga nisbatan ko‘nikma shakllantirish darkor. Ana shu fikrlarning isboti sifatida umumta’lim muassasalarining 2-3-sinflari uchun 2022-yilda nashrdan chiqqan “Ona tili va o’qish savodxonligi” darsligini keltirish mumkin. Avvalo, mazkur darsliklar hozirgi zamon bola psixologiyasiga mos ravishda tuzilgan: mashqlardan qonuniyat yaratilishiga e’tibor qaratilgan. O‘quvchi matn bilan tanishgach, o‘z fikr-mulohazalari asosida xulosaga olib kelingan va nazariy matn berilgan. Mavzularni kundalik hayotga yaqinlashtirish barobarida muomala madaniyati, odob-axloq me’yorlari, milliy qadriyatlarni ulug‘lovchi o‘zbekona dunyoqarash bilan uyg‘un matnlar berilgan. Masalan, 2-sinf darsligidagi “Oshxonamiz ramzi” audiomatni (6-bet). Ushbu audiomatndan so’ng o’quvchilarning fikrlashga, o’ylashga undovchi topshiriq berilgan.5
Bu orqali o’qunvchi eshitgan ma’lumotidan xulosani o’zi chiqaradi.
“Chumolining jasorati” (3-mashq), Bu mashq orqali o’quvchilarning o’qib tushunish malakalari rivojlantiriladi. Bunda ular bir vaqtning o’zida ham maqollarning mazmuni haqida, ham ulardan qaysi biri hikoya g’oyasiga mosligi haqida fikr yuritadilar.
Ona tili va o’qish savodxonligi darslari jarayonida o`quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishda, o`quvchilarning nutqini ostirish maqsadga muvofiqdir. O’qish fanidan qiziqarli savol-topshiriqlar tuzish va o`tiladigan mavzular bo`yicha mustahkamlashdan iborat. Bu boshlang`ich sinf o`quv -chilarining o’qishiga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, ularning fikrlash qobi-liyatlarini o`stirish, mustaqil fikrlashga o`rgatish, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish kabi ijobiy xislatlarni shakllantirishgan iborat .6
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning har xil usullari va shakllarini topish va uni tadbiq etish ilimiy tadqiqotning ko`zlangan asosiy maqsadidir.
Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’limning poydevori hisoblanadi. Shu bois mamlakatimizda boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. O‘qituvchilar darsda ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning interfaol usullaridan keng foydalanmoqda. Har bir ta’lim muassasasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qiziqarli o‘quv-metodik adabiyotlar, jumladan, elektron resurslarning katta zahirasi mavjud.Sifatli ta’limiy faoliyatni multimedia materiallari orqali tashkil etish an’anaviy uslublarga nisbatan afzalligini o‘qituvchilar anglab yetdi.
Boshlang‘ich sinflarda ona Vatanga muhabbat va sadoqat, ona tilini o‘qitishda tilga hurmat, shu bilan birga o‘zbek tilining qanchalik boy til ekanligini anglash, o‘qish va orfografik til me’yorlariga amalqilishni dars jarayonida tadbiq etish lozim. Ona tili va O‘qish fanlarining qiziqarli o‘tishi, interaktiv metodlarning dars jarayonida foydalanishda kompetensiyaviy yondashish lozim.
Ona tili darslarining sifat va samaradorligini oshirishda nutqiy kompetensiyalarning o‘ziga xos o‘rni muhim sanaladi. Mavzuga doir mashqlar topshirig‘ini mustaqil bajarish, mashq tarkibida gaplardan va matnlar mazmunidan to‘g‘ri xulosa chiqarish, tinglab tushunish orqali matndan anglashiladigan asl g‘oya mazmunini qayta hikoya qilish va adabiy til me’yorlariga asoslanib so‘zlab berish hamda yozish, o‘z nutqini og‘zaki va yozma shaklda erkin ifodalashi zaruriydir. Zero, “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”1,-deb e’tirof qilinishi ona tili o‘qitish metodikasi oldiga ta’lim jarayonining sub’ektlarini jahon yoshlari bilan raqobatlasha oladigan, turli informatsiyalarni tinglab tushunadigan, ma’lum fikrini ma’noli ifodalab, aniq, sermazmun so‘zlab yetkazadigan va diqqat bilan o‘qish qobiliyatlariga ega bo‘lgan hamda yozish jarayonida orfografik qoidalarga amal qiladigan, turli ma’lumot va axborotlarni o‘qib kerakli xulosani chiqaradigan, o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lgan kuchli raqobatbardosh bilim egalari qilib tarbiyalashdek dolzarb va muhim vazifani qo‘yadi.7
Shuningdek, B.To‘xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodovalarning “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” qo‘llanmasida: “Ona tili mashg‘ulotlari nutq san’atini egallash va undan samarali foydalanish bilim, ko‘nikma va malakalarni tarbiyalaydi. Shu jarayonda nutqiy madaniyat shakllanadi. Nutq madaniyati yoshlarga kundalik oddiy salomlashishidan kimga?, nimaga?, qachon?, qaerda?, qanday? so‘zlashgacha bo‘lgan muomala-muloqot sirlarini o‘rgatadi; sharqona odob-andisha, go‘zal qiroat san’ati qonuniyatlarini anglab borishda ham katta ahamiyat kasb etadi”2, - deyiladi. Shunisi ayonki, ona tili darslarida eng asosiy vazifa – bu o‘quvchilarning nutq madaniyatini, nutqiy ko‘nikmalarini, mustaqil, ijodiy, mantiqiy fikrlashini o‘stirish va turli nutqiy vaziyatlarlarda purma’no, o’rinli so’zlar ishlatib kommunikatsiyadagi ishtirok etishini rivojlantirishdir.
Professor Sh.Yusupovaning ta’kidlashicha, ona tili darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish bo‘yicha “Sharhlash usuli”ni qo‘llashdan turli maqsadlar ko‘zlanishi nazarda tutiladi. ”1.Sharhlash ona tili bo‘yicha o‘tilgan nazariy ma’lumotlarni idrok qilishga yordam beradi. 2.Sharhlash nazariy ma’lumotlarni amaliyotda qo‘llashni bildiradi. 3.Og‘zaki nutqni o‘stirishga yordam beradi. 4.Orfoepik va orfografik normalar munosabatlarini muvofiqlashtiradi. 5.Butun dars jarayonida o‘quvchilarda nazariy ma’lumotlar ta’kidlanadi”. Metodist olima to‘g‘ri qayd etganidek, ona tili darslarida o‘quvchilar nazariy ma’lumotlarni sharhlashi natijasida to‘g‘ri so‘zlash, nutq texnikasiga muvofiq talaffuz qilish va adabiy til me’yorlariga amal qilib to‘g‘ri yozishdagi ko‘nikma va malakalari, dars davomida o‘rgangan bilimlarining amaliyotga tatbiq etish darajasi sinovdan o‘tadi.
G‘.Hamrayevning “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida fonetikaga doir o‘quv materiallarining metodik ta’minotini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishida ”Agar darsni tashkil etish, xususan, ona tili darslarida fonetika, orfoepiya, orfografiya mavzularini o‘qitish o‘qituvchining ixtiyoriga to‘liq topshirib qo‘yilsa, o‘quvchilarning adabiy talaffuz hamda imloga oid ko‘nikmasi bir xil bo‘lmasligi muqarrar. Talaffuz va imlo qoidalari esa bir xillikni taqozo etadi. Shu ma’noda o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyani rivojlantirishni avtomatlashtirish masalasi juda dolzarb bo‘lib qoladi”4 deyiladi. Ona tili darslarida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish asosan ona tili o‘qituvchisining darsni yuqori saviyada tashkil etishi bilan bog‘liq. Nutqiy kompetensiyalar: tinglab tushunish, eshitish, o‘qish, , yozish deyarli har bir ona tili darsida rivojlantirilib boriladi. Ona tili o‘qitishda o‘qituvchining eng asosiy vazifalaridan biri, o‘quvchilardagi hosil bo‘lgan nutqiy ko‘nikmalarlarning rivojlanish ko‘rsatkichini nazorat qilish va shu bilan bir qatorda o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyalarning o‘sish darajalarining “oqsayotganini” aniqlash, interaktiv metodlardan foydalanish va bu borada ularning yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari ustida muntazam ishlab bu kemtik o‘rinlarni o‘z vaqtida tuzatishdir. O‘quvchilarga so‘zlarning imlosi bo‘yicha imlo lug‘at bilan ishlashni, ko‘chirib yozish mashqlarini bajarishda o‘rganib, eslab qolishni uqtirish, so‘zlarning ma’noviy strukturasida izohli lug‘atlar bilan ishlash, omonim va sinonim lug‘atlar bilan ishlashni o‘rgatishdir. Buning uchun u darsning yakunlovchi qismida vaqt ajratsa, o‘qish va yozish mashqlariga alohida urg‘u bersa, nutqiy kompetensiyalar takomillashadi. Albatta, bu jarayon o‘qituvchidan birgina darslik bilan chegaralanib qolmasdan izlanishni, qo‘shimcha ilmiy adabiyotlar ishlashni, zamonaviy va ilg‘or metodlardan foydalanishni talab qiladi. M.Mahmudovning fikricha, “yoshlarning fikrlashi, tafakkurini o‘stirish, xotirasi va qobiliyatlarini taraqqiy ettirish” o‘qitishning jamiyat rivojidagi bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalardan biri sanalishi e‘tirof etiladi5. Yoshlarning keng doirada fikrlashini, tafakkurini o‘stirish, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish ayniqsa jamiyatda tub burilishlar, o‘zgarishlar hosil qilishda muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishda o‘qituvchining darsga jiddiy yondashishi zarur ekanligi Sh.Sariyevning tadqiqot ishida yoritilgan. “O‘qituvchining o‘qish namunasiga ko‘ra o‘quvchilar to‘g‘ri, ifodali o‘qishni o‘rganadi. Darsda matnni o‘qib berish uchun o‘qituvchi puxta tayyorgarlik ko‘rishi, mazmunni chuqurroq anglashga intilishi, matnning ayrim o‘rinlari qanday o‘qilishi lozimligini belgilab olishi lozim. O‘qituvchi ayrim tovush, bo‘g‘in, so‘zlarni qanday o‘qish kerakligini izohlagach, o‘quvchilar matnni navbat bilan o‘qishadi. O‘qituvchi ularni kuzatib, to‘g‘rilab boradi”6. O‘qituvchi so‘zni risoladagidek o‘qishni, so‘zlarni o‘qish vaqtida intonatsiya va urg‘uga e’tibor berishni, jumlalarning tarkibidagi leksik birliklar tiniq, ravon talaffuz qilishni o‘rgatsa, o‘quvchilarning o‘qish texnikasini egallash faoliyati aktiv holatga o‘zgaradi.8
O‘qish texnikasini egallashda takror o‘qish samara beruvchi nutqiy faoliyatdir. Bir marta o‘qilgan matn o ‘quvchida yetarlicha tushuncha va bilim hosil qilmasligi mumkin. O‘qish faoliyatining qiziqarli tashkil qilinishi ularning chuqur bilim egallashga yo ‘naltiradi.Muntazam kitob o ‘qish, ilmiy, badiiy adabiyotlarni mutolaa qilish muayyan motivlarni o’zida tarkib toptiradi.

  • Binobarin, o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib quyidagi omillarni keltirish mumkin: o‘quv dasturida berilgan mavzular bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish;

  • o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish;

  • mashq va topshiriqlarni bajartirish orqali nazariy bilimlarini mustahkamlash va nutqini o‘stirish;

  • ona tili darsligida berilgan matn va lug‘at ustida ishlashni muntazam olib borish;

  • ona tili mashg‘ulotlarida ilg’or texnologiyalar va zamonaviy metodlar asosida bog’lanishli matn tuzish va yozish malakalariga e’tibor qaratish;

  • ilmiy qarashlarga va badiiy ifodalarni izohlab, ularga subyektiv munosabat bildirish va mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish.

Demak, ona tili darslarida o‘quvchilarning nutq madaniyatini va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga har bir dars davomida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.



  1. Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini shakllantirish

    1. Yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirish

Yozma nutqni o’stirishda uch yo’nalish aniq ajratiladi:

  1. so’z ustida izlanish.

  2. so’z birikmasi va gap ustida izlanish.

  3. bog’lanishli nutq ustida izlanish.

Ko’rsatilgan uch yo’nalish parallel olib boriladi: lug’at ishi gap uchun material beradi; so’z, so’z birikmasi va gap ustida ishlash bog’lanishli nutqqa tayyorlaydi.9
O’z navbatida bog’lanishli nutq hikoya va insho lug’atini boyitish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Yozma nutqni rivojlantirish og’zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon sanaladi. Chunki u o’quvchilardan grammatik va mazmun jihatidan to’g’ri jumla qurishni, har bir so’zni o’z o’rnida to’g’ri qo’llashni,fikrni ixcham, izchil, ifodali, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni, bayon qilingan fikrlar sosida xulosalar chiqarishni talab etadi. Bu nutqning murakkab tabiati yana shundaki, u imlo, tinish belgilari va uslub bilan bog’liq. So’zni to’g’ri yozish, tinish belgilarini o’rinli qo’llash, fikrni uslub talabiga muvofiq bayon qilish o’quvchidan katta mas’uliyatni talab etadi. Shu sababli nutqning bu turi ancha sekin va murakkab kechadi.Yozma nutqning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri uni tekshirish, tuzatish, takomillashtirish mumkinligidir. Bu jihatdan u og’zaki nutqqa qaraganda ancha qulay imkoniyatlarga ega. O’quvchi yozma nutqdagi xato va kamchiliklar ustida ishlaydi, ularni bartaraf etadi, keyingi ishlarida bu xato va kamchiliklarga yo’l qo’ymaslikka intiladi. O’qituvchi shuni ham unutmaslik lozimki, ko’pincha o’quvchilar yozma ishlarda imlo va tinish belgilariga katta e’tibor berib, matnning mazmuni ustida yetarli ish olib bormaydilar. Matnlarda ko’pincha mavzuga aloqasi bo’lmagan fikrlar ustunlik qilib, asosiy fikr e’tibordan chetda qoladi. Shuning uchun ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilar diqqati faqat imlo va tinish belgilariga emas, balki bayon qilinayotgan fikrning asosli dalillarga ega bo’lishi, materialning to’g’ri joylashtirilishi, fikrning nutq sharoitiga mos holda to’g’ri bayon qilinishiga ham qaratilishi lozim. Ona tili darslarida shunday holatni vujudga keltirish lozimki, o’quvchi yaratgan matnidan qoniqish hosil qilsin. Bu uni o’z nutqini takomillashtirib borishga ilhomlantiradi. O’quvchilar mustaqil ravishda ijodiy fikrlasalar fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki, yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalay olsalar, ona tili mashg’ulotlari samarali o’tilgan bo’ladi.10
Pedagogik kitoblarda berilgan ilmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2 yoshli bolalar 30dan 100 gacha, 4 yoshli bolalar 1000 dan 4000 gacha, 7 yoshli bolalar 3000 dan 7000 gacha,
10-11 yoshli bolalar 8000 dan 15000 gacha, 14-15 yoshdagilar 11000 dan 18000 gacha so’zni bilishlari lozim. Ammo, afsuski, ona tili mashg’ulotlarida fikrni og’zaki va yozma shaklda bayon qilish zaruriyati tug’ilganda o’quvchilardagi so’z qashshoqligi darrov sezilib qoladi. Nutqda so’zlarni takroriy qo’llash, berilgan so’zni uning ma’nodoshi, uyadoshi va qarama-qarshi ma’noligi bilan almashtira olmaslik, ma’lum bir sohaga qarashli so’zlar lug’atini tuzishda uchraydigan qiyinchiliklar, shubhasiz, o’quvchilarning so’z boyligi yetarli emasligidan dalolat beradi.Ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilar nutqining rivojlanishini qiyinlashtirayotgan omillardan yana biri o’quvchilarning uyda , ko’chada yoki sinfdan tashqari paytlarda tojik, turkman, qirg’iz yoki boshqa (sheva) tilda so’zlashib, maktabda o’zbek tilida o’qishidir. Etnografik ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, jumhuriyatimiz hududida juda ko’p tojiklar, turkmanlar, qirg’izlar, qozoqlar yashaydi. Ularning ko’pchiligi uyda tojik, qirg’iz va hokazo tilda so’zlashib, maktabda o’zbek tilida o’qishdi. Bu hol, shubhasiz, o’quvchilarda tilning boy imkoniyatlaridan foydalangan holda o’z fikrini erkin bayon qilish imkoniyatini chegaralaydi. Yuqorida sanab o’tilgan salbiy omillardan tashqari ona tilimizdan sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlarning mundarija va mazmun jihatdan bo’shligi, yagona nutq rejimiga hamisha ham rioya qilmaslik, ota-onalarning bola nutqi ustida yetarli ishlamasligi kabi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini rivojlantirishga salbiy ta’sir qiladi. Xullas, o’quvchi nutqini rivojlantirish murakkab jarayon bo’lib, unga monelik qilayotgan omillar ham faqat ta’lim mazmuni yoki o’qituvchigagina bog’liq emas. Barcha imkoniyatlar to’laligicha ishga solinsagina fikrni og’zaki va yozma ravishda to’g’ri, ravon ifodalashga o’rgatish jarayoni oson kechadi. O’quvchi nutqini rivojlantirishga keng yo’l ochadi. Bizga ma’lumki, o’quvchilar bir xillikdan zerikadi. Shuning uchun ularni nutqini o’stirishda doimo har xil metod va o’yinlardan foydalanish lozim. Quyida shulardan ba’zilarini misol tariqasida keltiraman. “Hikoya” O’qituvchi xattaxtaga bir nechta so’z yozib qo’yadi. Masalan: Nafosat, yomg'ir, soat va adabiyot kabi. O’quvchilar mustaqil ravishda shu so’zlar ishtirokida hikoya tuzadilar.
Nutq – fikr bayon qilish vositasi bo’lib , og’zaki va yozma shaklda ifodalanadi. Tafakkur nut yordamida ro’y berib , shu tufayli kishilar bir-birlari bilan aloqa bog’laydilar. Og’zaki nutq pauza , urg’u , intonatsiya va tovushlar orqali tinglovchiga borib yetsa , yozma nutq harf va so’zlarning ma’lum qonuniyat asosida o’zaro birikuvi , tinish belgilari , har xil ajratishlar , gaplarni grammatik jihatdan aniq va tovushlarni bayon qilish orqali yetib boradi. Og’zaki nutqning yozma nutqdan yana bir farqi shuki , og’zaki nutqni eshitamiz , yozma nutqni ko’ramiz va o’qiymiz. Yozma nutq murakkab jarayon bo’lib , u ko’p vaqt mehnat talab qiladi. Sintaksis jihatdan qaraganda yozma nutq eng to’liq va mukammal nutqdir. Bu nutq ixtiyoriy fikrimizni ifodalab berishning eng yaxshi vositasidir. Yozma nutq og’zaki nutq asosida rivojlanadi. Og’zaki nutq hayotda kishilar bilan munosabatda bo’lish , ularga taqlid qilish yo’li bilan rivojlanib , boladan maxsus o’qish va o’rganishni talab etmaydi. Yozma nutq esa harfalar va belgilar yordami bilan tovushlar , so’zlar , gaplarni ko’z bilan idrok qilishga , qo’l bilan yozishga mo’ljallangan nutqdir. Nutq – kishi faoliyatining turi , til vositasi (so’z , so’z birikmasi , gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o’zaro aloqa va xabar , o’z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O’quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir. Nutq o’stirish nima? Agar o’quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko’zda tutilsa , nutq o’stirish deganda tilni har tomonlama (talafuzi , lug’ati , sintaktik qurilishining , bog’lanishli nutqni) faol amaliy o’zlashtirish tushuniladi. Agar o’qituvchi ko’zda tutilsa , nutq o’stirish deganda , o’quvchilar tilning talafuzi , lug’ati , sintaktik qurilishi va bog’lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qo’llash tushuniladi. Shuning uchun ham grammatik va imlo dasturi tovushlar va harflar , so’z , gap , bog’lanishli nutq kabi qismlarini o’z ichiga olgan. Ona tili dasturining bo’limlari: “Xat-savod o’rgatish va nutq o’stirish”, “o’qish va nutq o’stirish”, “Grammatika, imlo va nutq o’stirish” deb nomlangan.11
Nutq faoliyati uchun, shuningdek o’quvchilar nutqini o’stirish uchun bir necha shartga rioya qilishi zarur:
1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo’lishi kerak. O’quchilar nutqini o’stirishning metodik talabi o’quvchi o’z fikrini , nimanidir og’zaki yoki yozma bayon xohishini va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.
2. Har qanday nutqning mazmuni , material bo’lishi lozim. Bu material qanchalik to’liq , boy qimmatli bo’lsa uning bayoni shunchalik mazmunli bo’ladi. Shunday ekan , o’quvchilar nutqini o’stirishning ikkinchi sharti nutqqa oid mashqlarning materiali haqida , bola nutqini mazmunli bo’lishi uchun g’amxo’rlik qilish hisoblanadi.
3. Fikr tinglovchi tushunadigan so’z , so’z birikma , gap , nutq axborotlari yordamida ifodalansagina tushunarli bo’ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqqiyatli o’stirishning uchinchi sharti – nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. Bolalarga til na’munalarini berish , ular uchun yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitish va undan o’z tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ta’lim metodikasi asoslanadigan ongli ravishda ‘’tilni sezish’’ shakllanadi. 12
Fikrni ifodalash usullariga ko’ra nutq og’zaki va yozma bo’ladi. O’g’zaki nutq yozma nutqdan quyidagicha farqlanadi: og’zaki nutq tovush nutqi , yozma nutq esa grafik nutqdir. Og’zaki nutqda eshitish sezgisi , yozma nutqda esa ko’rish va motor-harakat (qo’l harakati) sezgisi asosiy o’rin tutadi. Og’zaki nutq ham , yozma nutq ham kishilarning o’zaro aloqa quroli sifatida xizmat qiladi , ammo og’zaki nutq aniq hayotiy sharoitda , bevosita aloqa jarayonida yuzaga keladi; yozma nutqda bevosita , aniq sharoitdan ajratilgan holda ham , kishi ishtirokisiz ham foydalaniladi. Og’zaki nutq ko’pincha dialog tarzida , yozma nutq esa monolog tarzida bo’ladi. Yozma nutq logik izchillikka rioya qilgan holda , ayrim til shakllarini tushirib qoldirmay , ortiqcha takrorga yo’l qo’ymay bayon qilishni talab etadi , shuning uchun yozma nutq ancha murakkab va mavhum hisoblanadi.
O’quvchilar nutqini o’stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi:
1. O’quvchilar nutqi mazmundor bo’lsin. Hikoya yoki insho o’quvchilar uchun yaxshi ma’lum bo’lgan dalillar , ularning kuzatishlari , hayotiy tajribalari , kitobardan , rasmlardan , radioeshttirish va teleko’rsatuvdan olgan ma’lumotlari asosida tuzilsagina mazmunli bo’ladi. Bolalar bilmagan narsa , ko’rmagan voqea-hodisalar haqida yetarli tayyorgarliksiz so’zlashga yo’l qo’yilsa , nutq kambag’al , mazmunsiz chiqadi. Nutq o’stirish metodikasi hikoya , insho uchun materialni puxta tayyorlashni , ya’ni material yig’ish uni muhokama qilish , to’ldirish , asosiy mazmunini ajratish , zaruriy izchillikda joylashtirishni talab qiladi. Albatta , bunda o’quvchilarning yosh xususiyatlari va qiziqishlari ham hisobga olinadi. 13
2. Nutqda mantiqiylik bo’lsin. O’quvchilar nutqi mantiqan to’g’ri bo’lishi , fikr izchil , asosli bayon etilishi , asosiy o’rinlar tushirib qoldirmasligi va o’rinsiz takrorga , mavzuga taaluqli bo’lmagan ortiqchalikka yo’l qo’ymasligi talab etiladi. Nutqning mantiqiyligi narsa , voqea-hodisalarni yaxshi bilish bilan belgilanadi , mantiqy xato esa material mazmunini aniq bilmaslik , mavzuni o’ylamasdan noqulay tanlash natijasida kelib chiqadi. Bu ikki talab nutqning mazmuni va qurilishiga taaluqlidir. Nutqni til jihatidan shakllantirishga oid talablar ham mavjud.
3. Nutq aniq bo’lsin. O’quvchi dalillar , kuzatishlar , taassurotlarni haqiqatga mos ravishda oddiy bayon etibgina qolmay , shu maqsadning eng yaxshi til vositalaridan (so’z , so’z birikmasi , gaplardan) foydalangan holda , maxsus tasvirlar bilan ifodalashga o’rgansin.
4. Nutq til vositalariga boy bo’lsin. Mazmunni aniq ifodalash uchun o’quvchi nutqi til vositalariga boy bo’lishi , u har qanday vaziyatda ham kerakli sinonimlardan , xilma-xil tuzilgan gaplardan mazmunga eng mosini tanlab foydalana olish ko’nikmasiga ega bo’ish zarur. Albatta , boshlang’ich sinf o’quvchilariga til boyligi yuzasidan yuqori talab qo’yib bo’lmaydi , ammo o’qituvchi o’quv ishlarida ularning so’z boyligini oshirib borishni har vaqt ko’zda tutishi kerak.
5. Nutq tushunarli bo’lsin. Og’zaki nutq esa eshituvchiga , yozma nutq esa uni o’quvchi tushunarli bo’lishi zarur. So’zlovchi yoki yozuvchi nutqini eshituvchining yoki o’quvchining imkoniyatini , qiziqishini hisobga olgan holda tuzsa , uni hamma birdek , hech qiyinchiliksiz tushunadi.
6. Nutq ifodali bo’lsin. Agar nutq ifodali , ya’ni jonli , chiroyli , ishontiradigan bo’lsa , eshituvchiga intonatsiya orqali ta’sir etsa , og’zaki nutq ham , yozma nutq ham tinglovchi va o’quvchiga hikoyaning umumiy ruhi , dalillar , tanlangan so’zlar , ularning emotsionalligi , tuzilgan jumla , iboralar yordamida ta’sir etadi. Nutqning tushunarli va ifodali bo’lishi har qanday shevaga xos va ortiqcha so’zlardan sof bo’lishini taqozo etadi.
7. Nutq to’g’ri bo’lsin. Maktab uchun nutqning adabiy til normalariga mos-to’g’ri bo’lishi alohida ahamiyatga ega. Yozma nutq grammatik , imlo va punktuatsiya jihatidan , og’zaki nutq esa orfoepik jihatidan to’g’ri tuzilishi talab etiladi. Nutqning to’g’ri , bo’lishi uchun so’z tanlash va nutq logikasi katta ahamiyatga ega. 14
Yuqorida sanab o’tilgan talablar o’zaro bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib , maktab ishlari tizimida kompleks ravishda amalga oshiriladi.
Nutq fikrni bayon etish vositasi bo’libgina qolmay , uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosiy vazifasini bajaradi , uni o’stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi.
Aqliy faoliyat tizimini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o’stirish mumkin. Shuning uchun o’quvchilar nutqini o’stirishda materialni tayyorlash , takomillashtirish , mavzuga tegishlisini tanlash , joylashtirish va mantiqiy operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi. Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina muvaffaqiyatli o’sadi. Tushuncha so’zlar yoki so’z birikmalari bilan ifodalanadi , shunday ekan , tushuncha til vositasi bo’lgan so’zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so’z (so’z birikmasi)ni bilsagina , shu tushunchaga asoslangan holda , tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo’ladi.



    1. Nutqiy kompetensiyalarini mustaqil ishlar orqali shakllantirish

Mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiya ekanligi isbot talab qilmas haqiqatdir. Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrab olinishini yanada kengaytirish, ularni bilim va malakali etib tarbiyalash, jahon taraqqiyotiga mos mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Yangi O‘zbekistonga ilm-fanga e’tibor yuqori cho‘qqiga chiqqani bejiz emas.15 Chunki hozir zamonaviy hayotni ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Jahonning yetakchi davlatlarida ham ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanmoqda. Zero, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Kelajagimiz poydevori bo’lmish yosh avlodni aqlan sog’lom, tetik va zukko etib voyaga yetkazishda ham ilm fan o’chog’I bo’lmish kichik ta’lim jabhalarining o’rni beqiyosdir. Shu sababdan islohatlarning asosiy negizi maktabgacha ta’limni tubdan isloh etish, maktablarni malakali ustozlar va zamonaviy tehnologiyalar bilan ta’minlashga qaratilinmoqda. Binobarin, dono xalqimiz aytganidek: “Yoshlikda olingan bilim- toshga o’yilgan naqsh kabidir”. Farzandlarimizga berilajach bilimlarni barchasini boshlang’ich sinfdan boshlashimiz yuqorida keltirilgan maqsadlarga birinchi qadam bo’lib hizmat qiladi.
Boshlang’ich sinfda boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini kuchaytirish eng asosiy vazifalardan biridir. Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqini yaratadi. «Nutq tafakkur bilan chambarchas bog‘langandir. Nutq bo‘lmasa, tafakkur ham bo‘lmaydi, til materiali bo‘lmasa, fikrni ifodalab berib bo‘lmaydi». Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo‘lishini ta’minlaydi. Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar funksiyasini, o‘zaro fikrni his-hayajon bilan ifodalash va ta’sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir. Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishini, bog‘lanishli nutqni) aktiv amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilar tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi va bog‘lanishli nutqni muhim aktiv egallashlariga yordam beradigan metod va ish turlarini qo‘llash tushuniladi. Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:

  1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki yoki yozma bayon xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.

  2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi.

  3. Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalansagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning uchinchi sharti - nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. Nutq o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda muhim vositadir.

Nutq fikrni bayon etish vositasi bo‘libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o‘stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat sistemasini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o‘stirish mumkin. Shuning uchun o‘quvchilar nutqini o‘stirish materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga oidini tanlash, joylashtirish, mantiqiy operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi. Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina muvaffaqiyatli o‘sadi. Tushuncha so‘zlar yoki so‘z birikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, tushuncha til vositasi bo‘lgan so‘zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so‘z (so‘z birikmasi) ni bilsagina, shu tushunchaga asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo‘ladi.16
Nutq madaniyati tarixiga yuzlansak, tog’ri va ravon so’zlash haqida juda ko’p ajdodlarimizning yozma nasihatlarini ko’rishimiz mumkin. Hususan, Forobiy, Zamaxshariy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar o’z asarlarida nutqni mahnaviy kamolot belgilaridan biri sifatida qayd etganlar. Jumladan, Forobiy so’zlash quvvati haqida shunday deydi: ―…so’zlash quvvati (nutq) shunday quvvatki, uning yordamida inson bilim va hunar egallaydi, uning yordamida xulq-atvoridagi xunuk va go’zal harakatlarni ajrata biladi va
bajarilishi zarur bo’lgan-bo’lmagan ishlarni ado etadi, shu bilan birga zararli va foydali narsani, lazzatli va achchiq narsalarni fahmlaydi. M.Koshg'ariyning ―Devon-u lug’otit turk asarida ―Adab boshi – til maqoli keltirilgan. Bu buyuk ajdodlarimizning inson ma‘naviyatining shakllanishi va rivojlanishida tilning nechog'li ahamiyatli ekanligiga urg'u berganini ko’rsatadi. Yusuf Xos Hojib insonda uquv-idrok va bilim til, so’z orqali a‘yon bo’lishini aytib,nutqning ravon bo’lishiga da‘vat etadi: ―o’quv va bilimning tilmochi, tarjimoni tildir. Kishiga ro’shnolik, yaxshilik va ezguliklar til tufayli keladi, buni yaxshi bilib olish kerak. Qut-izzatni ham, obro’-e‘tiborni ham kishi til orqali topadi. Hech qachon ko’p gapirma. Juda oz so'zla. Tuman so’z tugunini bitta so’z bilan yozib yubor, ya‘ni oz so’zlarga ko’proq ma‘no singdirish payidan bo’lgin. Kaykovus o’zining ―Qobusnoma asarida so’zlash madaniyati quyidagicha e‘tirof etadi: ―... xalq oldida gapirganda so’zing go’zal bo’lsin, bu so’zni xalq qabul qilsin. Xaloyiq sening so’zing bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so’z orqali biladilar, har kishining ahvoli o’z so’zi ostida yashiringan bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni jamlagan holda shuni ta’kidlash joizki, boshlang’ich sinf o’quvchilari nutqini o’stirish masalasi hozirgi uslubiy adabiyotlarda til, lug'at boyligi va nutq madaniyati haqida bilimlarga turlicha yondashuvlar asosida hal qilinadi. Boshlang’ich sinf ona tili dasturiga kiritilgan lingvistik tushunchalardan kelib chiqib, mashqlarni fonetik, leksik, so’z yasalishi, morfemik (so’z tarkibi), grafik, orfografik, orfoepik, grammatik mashqlarga ajratish mumkin.17 Mazkur mashqlar asosida amalga oshiriladigan tahlil o’quvchilarning nazariy tushunchalarni o’zlashtirishlariga yordam berishi, lug'atini boyitishi, bog'lanishli nutqini o’stirishi jihatidan keng qamrovli bo’lib, o’quvchilarning tilni har tomonlama o’zlashtirishlarini ta‘minlashini nazarda tutadi.



    1. Nutqiy kompetensiyani rivojlantirishda matn turlarini yaratishning bosqich va darajalari mohiyati

O‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini matn turlari orqali rivojlantirish o‘quv darsligi va ta’limiy vositalar ishlash muhim ahamiyat kasb etadi. 2019-2022- o‘quv yillari mazmun, ko‘rinish, shakl jihatdan yangi tuzilgan “Ona tili” darsliklari o‘quvchilarning nutqiy kompetensiya elementларини matn turlari orqali yuqori darajada takomillashtirishga xizmat qiladi. Xususan, 8-sinf “Ona tili”1 darsligida ma’lumotnoma, ijodiy-tavsifiy matn, inshoning mavzu va mazmuniga ko‘ra turlari, matn, mumtoz matn va lug‘at bilan ishlash, tilshunoslikning sintaksis bo‘limi haqida umumiy tushuncha, sodda gap, qo‘shma gap, gap bo‘laklari yuzasidan tahlil, gapda tinish belgilarning ishlatilishi, uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘z va unda ohang hamda tinish belgilarning qo‘llanilishi, og‘zaki nutq mahorati bo‘yicha nazorat ishlarini olish bo‘yicha mavzular, mashq, topshiriqlar, savollar,ilmiy,badiiy, rasmiy matnlar ustida ishlash berilgan.Aytish joizki, 8-sinf “Ona tili” darsliklariga tanlangan o‘zbek va jahon mutafakkirlari, olimlari, buyuk siymolarning hikmatli so‘zlari, shaxsiy- hayotiy qarashlari dars davomida ifodali o‘qilib, o‘zaro muhokama qilinsa ulardagi aqliy -tarbiyaviy tomonlama fikriy taraqqiysi rivoj topadi.18
“Yangi avlod darsliklari ta’lim mazmunining yangi modellari negizida yaratilishi, unda o‘quvchini pedagogik qo‘llab-quvvatlash, uzluksiz rivojlantirish, mustaqil fikrlashga odatlantirish, aniq hayotiy nuqtai nazarni qaror toptirish,yoshlarni eng zamonaviy, ilmiy- texnikaviy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy- mafkuraviy,iqtisodiy-huquqiy yo‘nalishdagi axborotlar bilan rivojlantirishga erishish bugungi kunda davlat siyosatidagi ustuvor maqsaddir”2. O‘quvchilarning nutqi o‘sib, bilimi kengayishi ona tili darsliklarda berilgan matnlarning dars jarayonida tahlil tahlil qilinishi, munosabat bildirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli darslikda ona tili mashg‘ulotlarida matn ustida ishlash publitsistik, i lmiy, badiiy matn va insho va hujjat matnini yozdirish yuzasidan metodik tavsiyalar berilgan. ”Matnlar uslub jihatdan rang-barangdir. Ona tili mashg‘ulotlarida badiiy, publitsistik, ilmiy va rasmiy-idoraviy matnlardan foydalaniladi. Har bir uslub o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ma’lum bir til meyorini talab etadi”.Ona tili darslarida har bir uslubga matnlarning o‘ziga xos xususiyatlarini puxta o‘rganib matn turlarini yaratish ularda hosil qilingan bilim, ko‘nikma, malakalarning rivojida aks etadi. “O‘quvchining оnа tili tа’limi jаrаyonidа egаllаgаn ko‘nikmа vа mаlаkаlаri u yarаtgаn mаtndа аks etаdi. Bu pаrаmеtr bo‘yichа tа’lim sifаtining nаtijаsini bаhоlаshdа o‘qituvchi tоmоnidаn o‘quvchi egаllаgаn quyidаgi ko‘nikmаlаrning dаrаjаsi аniqlаnаdi: а) fikrning mаntiqiy izchillikdа ifоdаlаngаnligini аniqlаsh; b)fikrlаsh, mаvzuning murаkkаblik dаrаjаsini аniqlаsh (sоddа, murаkkаb, kоnkrеt, mаvhum vа hоkаzо); d)tаvsifning mаvzugа muvоfiqligini va tasnif qiymаtini аniqlаsh; e) tаvsifdа tilning ifоdа vоsitаlаridаn mаqsаdgа muvоfiq fоydаlаnish dаrаjаsini аniqlаsh; f) imlоviy (yozmа) sаvоdхоnlikning sifаtini аniqlаsh. Оnа tili tа’limi jаrаyonidа pеdаgоgikаning tа’lim vа tаrbiya birligi tаmоyiligа riоya qilinаdi hаmdа izchil аmаlgа оshirib bоrilаdi”. O‘zbek tili ta’limi tarixiga oid adabiyotlar, hujjatlar tahlili shuni o‘zgаlаr fikrini vа mаtn mаzmunini аnglаsh mаlаkаsi bоlаning оg‘zаki bаyon qilinаyotgаn o‘zgаlаr fikrini hаmdа yozmа mаtn mаzmunini аnglаy оlish dаrаjаsini аniqlаsh mаqsаdidа kiritilgаn. Bu pаrаmеtr o‘zgаlаr fikrini vа mаtn mаzmunini аnglаsh hаmdа uni оg„zаki qаytа bаyon qilа оlish dаrаjаsini аniqlаydi.19
O‘quvchilarning matn tuzish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha B. To‘xliyev boshchiligida chop etilgan “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” nomli matn yaratishning bosqichli tizimi va 4 moduli bo‘yicha izoh berilgan. So‘z tanlash faoliyati, so‘z birikmasini hosil qilish faoliti,gap tuzish faoliyati, matn yaratish faoliyati bayon qilingan.
Metodika fanida matnning ikki xil yo‘l bilan qayta tasvirlanishi qayd qilinadi.Bular:

  1. so‘z bilan tasvirlash;

  2. grafik tasvirlash . Ona tili darslarida 8-sinf o‘quvchisi darslikda berilgan rasmni so‘z orqali tasvirlashda biror rasmga,biror tabiat tasviri manzarasiga qaragan holda o‘z fikrini muayyan darajada qayta bayon qiladi, lekin grafikli tasvirlarda ifodalangan mazmunni qayta yaratish ba’zi o‘quvchilar uchun murakkablik, qiyinlik qilishi tabiiy jarayondir. Shu bois, grafiklarga qarab matnni qayta yaratish o‘quvchilarga uyga vazifa shaklida berilishi maqsadga muvofiqdir. Bu tasvirlashning uyga vazifa qilib berilishi o‘quvchi ko‘proq o‘ylab mulohaza qilishga zamin yaratadi. So‘z bilan tasvirlash o‘ziga xos murakkab ish turi bo‘lib, bunda asarda tasvirlangan voqea, qahramon yoki manzarani so‘z yordamida aniq qayta tiklash ko‘zda tutiladi. Matn tasvirining to‘laqonli bo‘lishi o‘quvchilarning matnni, unda bayon etilgan voqeani, qatnashuvchi shaxslarning tashqi ko‘rinishini, fe’l-atvorlariga xos xarakterli xususiyatlarni t eran tasavvur qilinishiga bog‘liq. So‘z bilan tasvirlash o‘quvchilar nutqini rivojlantirishning muhim vositalaridan biri sifatida so‘zlarni to‘g‘ri tanlash va talaffuz qilishni talab etadi.

“Muhokama matnning asosiy qismida birinchidan, ikkinchidan, fikrimcha, bizningcha, shuning uchun, chunki kabi kirish so‘z va bog‘lovchilar, xulosa qismida, xullas, shunday qilib, shunday ekan, demak kabi kirish so‘z va kirish birikmalaridan foydalaniladi”8. Ona tili darslarida o‘quvchilarga muhokama matniga xatboshi va jumlarni semantik, grammatik, stilistik qurilishini ta’minlovchi kirish so ‘zlar, so‘zlarni bir- biriga bog‘lash uchun xizmat qiladigan bog ‘lovchilarni, ko‘makchilarni o‘z o‘rnida qo‘llashni amaliy egallash ko ‘nikmasi talab darasida bo‘lishi talab qilinadi. Buning uchun muhokama matni yozilishishi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi asosiy sanaladi.
Ona tili darslarini tashkil qilish jarayonida o‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri nutqiy va kommunikativ malakalarini, ilmiy, ijodiy fikrlashini matn turlari orqali olgan bilimlariga asoslanib yoza olish qobiliyatini rivojlantirish bilan, ularning ilmiy, ijodiy tafakkur qilishga o‘rgatish bilan chambarchas bog‘liq. O‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini matn turlari orqali takomillashtirishda ularning egallagan bilimi bilan bir qatorda ijodiy, ilmiy fikrlashini bayon qilinishi talab qilinadi. Bu jarayonda matn mazmunini aniq bayon qilish,tahlil qilish hamda qayta bexato yoza olish nazarda tutiladi. Bu kabi vazifalar asosida ilmiy va ijodiy dunyoqarashni, tafakkurni rivojlantirish muhim o‘rin egallaydi. O’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish muammolari pedagog olimalar R.G’. Safarova, N.Ataqulovalar tomonidan o‘rganilgan. O ‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash rivojlanishi uchun ko‘proq ilmiy adabiyotlar bilan tanishish zarur deb hisoblaymiz.Badiiy matn vositasida o‘quvchilarda ijodiy tafakkur, obrazli fikrlash badiiy idrok qilish ko‘nikmasining egallaganligi muayyan bosqichlarda amalga oshadi. Professor E.G‘oziyev “Ijodiy tafakkur – murakkab bilish faoliyatidan biri bo‘lib, tadrijiy ravishda, o‘zaro bog‘langan izchil protsesslardan tashkil topadi”. B.X.Raximovning doktorlik dissertatsiyasida keltirilishicha,20 ’’O’quvchilarning ijodiy ishlari tafakkurni o’stirish omili ekanligi, o’quvchilarni og‘zaki va yozma ijodiy ishlarga undash ularning kamoloti yo’lida muhim ahamiyat kasb etishi tekshiriladi.Mustaqil faoliyat va ijodiy ishlar o’z-o’zidan erkin tafakkurni talab qiladi.Mustaqil fikri, o‘z nuqtai nazari bo’lmagan o‘quvchi ijod qilolmaydi, mustaqil faoliyat yurita olmaydi”.Ilmiy va ijodiy tafakkur qilish uchun o‘quvchilarni ilmiy, badiiy kitoblarni o‘qish, o‘rganish bilan, kitobxonlik bilan shug‘ullanishga, kitob mutolaasiga qiziqtirish uyg‘otish ijobiy natija beradi. Shu bilan birga, ilmiy va rasmiy ilmiy va badiiy matnlarning o ‘ziga xususiyatlari va bir- biridan differensial jihatlarini, eng asosiysi, bu matnlarga tanlanadigan leksik va morfologik birliklarni tanlashni bilishga yo ‘naltirish ayni muddaodir. Rasmiy va ilmiy uslublarning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat :

  1. So’zlar o’z ma’nosi ( denotativ)da va har bir sohaning o’ziga xos terminlaridan foydalaniladi.

  2. Darak gaplar, qaror, buyruq ko’rsatmalardan foydalaniladi

  3. Gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi.

  4. Rasmiy uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, lo’nda barcha uchun tushunarli qilib tuziladi.

  5. Tasviriylik va majoziylikka yo’l qo’yimaydi. 6.Buyurish va undash ohangi kuchli bo’ladi .

  1. Rasmiy hujjatlarning qolip matnlari – tayyor andozalari ishlab chiqilgan.

  2. Yozma nutq shaklida amal qilinadi. Ifoda aniq, ixcham , izchil va tushunarli bo’ladi21. Rasmiy matndagi asosiy maqsad zamirida aniqlik va ixcham fikr ifodalanadi.

So‘nggi yillarda tuzib chiqilgan, amaldagi o‘quv dasturi va 2019-2022- o‘quv yillari mazmun, ko‘rinish, shakl jihatdan yangi tuzilgan “Ona tili” darsliklari o‘quvchilarning nutqiy kompetensiya elementларини matn turlari orqali yuqori darajada takomillashtirishga xizmat qiladi. Xususan, 8-sinf “Ona tili” darsligida ma’lumotnoma, ijodiy-tavsifiy matn, inshoning mavzu va mazmuniga ko‘ra turlari, matn, mumtoz matn va lug‘at bilan ishlash, tilshunoslikning sintaksis bo‘limi haqida umumiy tushuncha, sodda gap, qo‘shma gap, gap bo‘laklari yuzasidan tahlil, gapda tinish belgilarning ishlatilishi, uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘z va unda ohang hamda tinish belgilarning qo‘llanilishi, og‘zaki nutq mahorati bo‘yicha nazorat ishlarini olish bo‘yicha mavzular, mashq, topshiriqlar, savollar,ilmiy,badiiy, rasmiy matnlar ustida ishlash berilgan. Bu darslikdagi 115-mashqda keltirilgan fikrlar mazmun-ma’noga ega nutq namunasi ayni haqiqatdir.1.Gapirishni bilish talantdir.(Stendal) 2.Bahslashish ko‘plarning qo‘lidan keladi, oddiygina suhbatlashishni kamdan-kam kishi eplaydi.(A.Olkott) 3.Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash.(Sa’diy) 4. So‘z xulq- atvor demakdir.(L.Tolstoy) 5.So‘z gavhari garchi bordir aziz, fahmi yo‘q oldidadur bir qadrsiz.(Nishotiy) 6.Amalsiz ilm -mevasiz yog‘och. (“Otalar so‘zi”). Mazkur darslikdagi bu kabi hikmatli so‘zlarni dars jarayonida ifodali o‘qish va tahlil qilish, o‘quvchilarning bildirgan munosabatlarini taqqoslash ularning insoniy fazilatlar mujassamlashuvi, nutq madaniyati rivojiga ta’sir qiluvchi nutq namunalarini sharhlatgan bo‘lamiz. Shunisi ahamiyatliki, o ‘quvchilar matn mazmunini to ‘liq tushunishlari,uni mustaqil tahlil qilib izohlashlari dars davomida mashq va topshiriqlar vositasida oydinlashadi. Ps ixolog V.P.Belyanskiy o‘quvchilarning matn mazmunini tushunib olish jarayonini quyidagi darajalarga bo‘lib ko‘rsatgan:

  1. Boshlang‘ich daraja. Tinglovchining nutqiy bayonning asosiy predmeti va gap nima haqda ekanini tushunishidir.

  2. Mazmun-mundarijani tushunish darajasi. Bunda tinglovchi so‘zlovchi bayon qilayotgan nutqning nima haqda ekanini anglaydi.

  3. Eng yuqori daraja. U nutqda bayon qilinayotgan fikr nima uchun va qanday lisoniy vositalar bilan berilganining tushunilishi bilan xarakterlanadi. Bizningcha, matnda gap nima haqda ekani, fikr qanday lisoniy vositalar berilganiga e’tibor berishi hamda matnning mazmuniga munosabat paydo bo‘ladi va matndagi leksik birliklarning lug‘aviy ma’nosiga yetarlicha tushuncha hosil bo‘lmaydi.Tabiiyki, o‘quvchida savollar yuzaga keladi, ular mazmuniy yechimni izlashga kirishadi .

Xullas, o‘quvchilarning ilmiy va ijodiy tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantirish ularda ilmiy fikrlash va kreativ fikrlash salohiyatini o ‘stiradi.

XULOSA
Yozma nutqdadagi nuqsonlar harflar shaklini noto‘g‘ri idrok etishga aloqador bo‘lishi ham mumkin. Bunda bola yozilishi jihatidan o‘xshash harflarni, ularning elementlarini adashtirib yuboradi. L.F.Spirova va A.V.Yastrebovalar boshlang‘ich maktab o‘quvchilari nutqida kuzatiladigan yozma nutqdagi kamchiliklarni butun nutq sistema ustida uch bosqichda ish olib borish orqali bartaraf etishni tavsiya etadilar. Birinchi bosqichda fonetika – fonematik komponent ustida quyidagi ishlarni o‘tkazish ko‘zda tutiladi: 1. So‘zning tovushlardan tuzilishi haqidagi tasavvurlarini shakllantirish; 2. Fonematik uquv hamda analiz-sintez malakalarini rivojlantirish; 3. Talaffuz kamchiliklarini bartaraf etish. Birinchi bosqichda bolalar diqqati, xotirasini rivojlantirish, ularni o‘z-o‘zini boshqarish, tekshirib borishga o‘rgatish, savollarga aniq, to‘liq javob berishga o‘rgatish talab etiladi. Ikkinchi bosqichda leksiko-grammatik kamchiliklarni bartaraf etish, eshitish idrokini rivojlantirish ishlari olib boriladi. Uchinchi bosqichda o‘rgatilgan tovushlarni mustaxkamlash, ularni bola nutqiga kiritish, analiz qilish malakalarini rivojlantirish ishlari amalga oshiriladi. Shunday qilib, yozma nutkdagi kamchiliklar nihoyatda murakkab nutq nuqsonlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu kamchiliklarni olidini olish ishlari maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib borilishi darkor. Bundan bolaning og‘zaki nutqini o‘stirish fazoviy idrokini, hotirasi, diqqati, analiz va sintez qilish faoliyati, nutqini tahlil qilish, lug‘at ustida ishlash, grammatik komponentini rivojlantirish, og‘zaki nutqdagi kamchiliklarni bartaraf etish, nozik qo‘l harakatlarini rivojlantirish ayniqsa muhimdir.


Bundan tashqari, mazkur o’yinlardan foydalanganda o’quvchilarning nutqi rivojlanadi, lug’at boyligi yanada ortadi, mustaqil fikrlash malakasi shakllanadi. Yuqorida keltirilgan ta’limiy o’yinlar o’quvchilarning darsda faolligini oshirish bilan birga bilimlarni o’zlashtirish jarayonini yengillashtirish va mustahkamlash, nutq o’stirishga yo’naltirilgan har bir mashg’ulotni qiziqarli tashkil etishga xizmat qiladi. Jamiyatimizni erkinlashtirish g’oyasi bevosita ta’lim jarayonida o’z ifodasini topib, uni yangidan tashkil qilish va mazmunini o’zgartirish, yanada insonparvarlashtirish, ijtimoiylashtirish va demokratlashtirish asosida ta’minlanadi.
Ona tili fani yosh bolalarning tafakkur qilish faoliyatini kengaytirishga, erkin fikrlay olishi, o'zgalar fikrini tinglashi, o'z fikrlarini og'zaki va yozma ravishda ravon bayon eta olishi, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo'la oladigan ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o'rinda ona tili ta'limiga o'quv fani emas, balki butun ta'lim tizimini uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qaraladi. Nutq-kishi faoliyatining turi, til vositalari (so'z, so'z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o'zaro aloqa va xabar, o'z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta'sir etish vazifasini bajaradi.Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O'quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta'lim olish qurolidir.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Nigora Baxtiyorovna Adizova. Boshlang’ich sinf o ‘quvchilari nutqini o‘stirishda mustaqil ishlarning o ‘rni va ahamiyati. Scientific progress

  2. NB Adizova, M Raimqulova. Use of alisher navoi’s spiritual and enlightenment views in textbooks for grades 1-4. Актуальные вопросы современной науки и образования, 121-123

  3. . NA Bakhtiyorovna, NA Bakhtiyorovna. Anvar obidjon is a children’s poet. Middle European Scientific Bulletin

  4. AN Bakhtiyorovna, E Dilsora. Visual Aids, Which Are Used In The Educational Process In The Use Of Didactic Games. The American Journal of Social Science and Education Innovations 3 (31), 540-545

  5. AN Bakhtiyorovna, AN Bakhtiyorovna. The role of the fun genre in children’s spiritual development. Middle European Scientific Bulletin 4, 38-40

  6. Adizova Nigora, Adizova Nodira. Alisher Navoiyning tibbiy qarashlari. Conferences.

  7. G‘ulomov A, Qodirov M,Ernazarova M va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi.- T.:”Fan va texnologiya”,2012.

  8. Тo ‘xliyev B., Shamsiyeva M., T.Ziyodova.O ‘zbek tili o ‘qitish metodikasi. –Т.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2010.

  9. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldoshеva Sh., Sariyеv Sh. Ona tili o‘qitish mеtodikasi / Boshlang‘ich ta’lim fakultеti talabalari uchun darslik. – T.: Noshir, 2009.

  10. Qorayev S.B., Janbayeva M.S. "Boshlang'ich sinf o'qish darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish". Academic research in educational sciences, 2(4).

  11. Тилакова М.А., ^ораев С.Б. "Укувчилар креативлик крбилиятларини ривожлантириш буйича тавсиялар". Academic research in educational sciences, 4(2).

  12. Abdullayeva Q. Nutq o’stirish. – T.:O’qituvchi, 1980.66-bet

  13. Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojiboyeva R.N. Mustaqil fikrlash. – T.:Sharq, 2000. 110-bet

  14. Muhiddinov A.G’. O’quv jarayonida nutq faoliyati. – T.: O’qituvchi, 1995. 78-bet

  15. M. Tilakova, S. Qoraev. "Recommendations for students'creative ability development". Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 184-189.

  16. Qorayev S.B., Allayorova S.B. "Boshlang'ich sinf o'quvchilarini pirls xalqaro baholash dasturi tizimiga tayyorlash jarayonini takomillashtirish masalalari". Academic research in educational sciences, 2(2).


1 G‘ulomov A, Qodirov M,Ernazarova M va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi.- T.:”Fan va texnologiya”,2012

2 Abdullayeva Q. Nutq o’stirish. – T.:O’qituvchi, 1980.66-bet



3 G‘ulomov A, Qodirov M,Ernazarova M va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi.- T.:”Fan va texnologiya”,2012



4 Abdullayeva Q. Nutq o’stirish. – T.:O’qituvchi, 1980.66-bet

5 G‘ulomov A, Qodirov M,Ernazarova M va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi.- T.:”Fan va texnologiya”,2012



6 Muhiddinov A.G’. O’quv jarayonida nutq faoliyati. – T.: O’qituvchi, 1995. 78-bet



7 Abdullayeva Q. Nutq o’stirish. – T.:O’qituvchi, 1980.66-bet

8 G‘ulomov A, Qodirov M,Ernazarova M va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi.- T.:”Fan va texnologiya”,2012



9 Abdullayeva Q. Nutq o’stirish. – T.:O’qituvchi, 1980.66-bet

10 G‘ulomov A, Qodirov M,Ernazarova M va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi.- T.:”Fan va texnologiya”,2012

11 Abdullayeva Q. Nutq o’stirish. – T.:O’qituvchi, 1980.66-bet

12 Abdullayeva Q. Nutq o’stirish. – T.:O’qituvchi, 1980.66-bet

13 Muhiddinov A.G’. O’quv jarayonida nutq faoliyati. – T.: O’qituvchi, 1995. 78-bet

14 G‘ulomov A, Qodirov M,Ernazarova M va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi.- T.:”Fan va texnologiya”,2012

15 Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojiboyeva R.N. Mustaqil fikrlash. – T.:Sharq, 2000. 110-bet



16 Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojiboyeva R.N. Mustaqil fikrlash. – T.:Sharq, 2000. 110-bet

17 Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojiboyeva R.N. Mustaqil fikrlash. – T.:Sharq, 2000. 110-bet

18 G‘ulomov A, Qodirov M,Ernazarova M va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi.- T.:”Fan va texnologiya”,2012

19 Abdullayeva Q. Nutq o’stirish. – T.:O’qituvchi, 1980.66-bet

20 Muhiddinov A.G’. O’quv jarayonida nutq faoliyati. – T.: O’qituvchi, 1995. 78-bet

21 Abdullayeva Q. Nutq o’stirish. – T.:O’qituvchi, 1980.66-bet


Download 92,07 Kb.




Download 92,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bob. Nutqiy kompetensiyaning turlari, mazmun-mohiyati

Download 92,07 Kb.