• E’tiboringiz uchun raxmat!
  • Boshlang’ich ta’lim tabiiy fanlar darslarida o’quv vositalari multimedia tarqatma va didaktik materiallardan foydalanish metodikasi




    Download 2.72 Mb.
    Sana27.03.2024
    Hajmi2.72 Mb.
    #178305
    Bog'liq
    Boshlang’ich ta’lim tabiiy fanlar darslarida o’quv vositalari multimedia
    Kompyuter tarmoqlari va administratorlash fanidan test savollari, kompyuterlarga ulangan texnik qurilmalar xolatini tekshirish va boshqarish., 3-mavzu, 7-mavzu, Esse namuna-fayllar.org, Tabiiy fan 2-sinf TEST (1), Tabiiy fan nazorat ishi, Mavzu Media muhitda axloqiy tamoyillar Reja-fayllar.org, SARDOR 10, 231-сон 15.04.2020. Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida, tarjima, portal.guldu.uz-Maktabgacha Pedagogika Kurs ishidan uslubiy ko`rsatma, beti, Mehnatni muhofaza qilish (Y.Mannonov, K.Mavlonov)

    Boshlang’ich ta’lim tabiiy fanlar darslarida o’quv vositalari multimedia tarqatma va didaktik materiallardan foydalanish metodikasi


    Reja: 1. Tabiiy fanlarni o’qitish metodikasining predmeti va vazifalari. 2. Fanning asosiy vazifalari. 3. Tabiyy fanni o’qitish metodikasini fanlar bilan bog’liqligi.
    Tabiiy fanni o’qitish metodikasi tabiatshunoslikni o’qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beravchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o’z predmetini o’qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi. O’quvchilarga tabiatni o’rgatib borish bilan o’qituvchi ularni ta'limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilimni o’quv va ko’nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, dunyoqarashi, irodasi, xarakterini ham shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi.
    Shunga ko’ra tabiatshunoslikni o’qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi. O’qitish jarayoni o’zaro bog’liq bo’gan qismlarni: predmet mazmunini, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini, fanni o’qitishni va ko’nikmalarni egallab olishni o’z ichiga oladi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining vazifalari qatoriga o’quv fani sifatida tabiatshunoslik mazmunini aniqlash, o’qitishning metod va uslublarini tadqiq etish, zarur o’quv jihozlarini tayyorlash kiradi.

    v


    Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi faqat o’qitish jarayonini ta'riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, o’qituvchi ularga asoslanib, shu fan bo’yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o’qitishi mumkin. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi o’qituvchining tayyorlanishidan tortib, to o’quv materialini o’zlashtirish natijalarini, jumladan, sinfdagi, uydagi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha barcha o’qitish jarayonlarini o’z ichiga oladi.
    O’qitish amaliyotini har tomonlama o’rgatish va natijalarni keyin ijodiy umumlashtirish asosida o’qitishning muayyan qonuniyatlari belgilanadi hamda uni yanada yaxshilash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Chunonchi, o’rganilayotgan narsalarni (o’simlik va hayvonlarni) bevosita qabul qilish (bu to’g’ri tasavvur hosil bo’lishini ta'minlaydi) qonuniyati asosida predmetli o’qitishni qo’llash bo’yicha aniq tadbirlar ishlab chiqiladi. Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanining maqsadi boshlang’ich sinf o’qituvchilarini bugungi kun talablari asosida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llab, yosh avlodga tabiatshunoslik fanini o’rgatishga tayyorlashdir. 
    Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Talabalarga tabiatshunoslik haqida eng zarur ilmiy-nazariy bilimlarni berish. 2. Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanini ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini yoritib berish. 3. Talabalarga tabiatshunoslik fani bazasida zamonaviy pedagogik texnologiya haqida bilim berish. 4. Talabalarni o’quv metodik adabiyotlar, dastur va darsliklarni tahlil qilishga o’rgatish. 5. Talabalarni tabiatshunoslikni o’qitishning turli uslublari va yo’llari bilan tanishtirish.
    6. Talabalarda mazkur fandan o’qitishning turli tashkiliy shakllarini, uslublarini, zarur ko’rgazmali qurollarni to’g’ri tanlash malakalarini hosil qilish. 7. Tabiatshunoslik muammolariga bag’ishlangan maqolalar, adabiyotlarga taqriz, annotatsiya yozishga o’rgatish. 8. Kuzatilgan dars va darslardan tashqari tadbirlarni mustaqil metodik jihatdan to’g’ri tahlil qilishga o’rgatish. 9. Fanlararo aloqalar va ta'lim-tarbiya integratsiyasi asosida turli dars tiplari uchun ishlanmalar, reja-konspektlar tuzishga tayyorlash. 10. Maktabda tabiatshunoslik darslarini o’tishda ekologik va tabiatni muhofaza qilish jihatlarini ko’ra bilishga o’rgatish. 11. Talabalarni Sharq mutafakkirlarining inson va uni o’rab turgan tabiat bilan aloqalariga bag’ishlangan asarlari, ularning dunyoqarashlari bilan tanishtirish, shuningdek, tabiatga oid aforizm, ruboiy va she'rlardan tabiatshunoslik darslarida foydalanishga o’rgatish. 
    Tabiatshunoslik fanini o’qitilishining to’g’ri yo’lga qo’yilishi uchun maxsus o’quv moddiy bazaga, ya'ni o’quv qurollari bilan jihozlangan xona, tirik tabiat burchagi va o’quv-tajriba maydonchasiga ega bo’lishi kerak. Materialni o’ziga xos bo’lishi faqat tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining o’ziga xosligini emas, balki uning tarbiyaviy imkoniyatlarini ham belgilaydi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi maktabda hamma tabiat haqidagi fanlarni o’qitishga oid masalalarni: o’qitishning g’oyaviy yo’nalganligini, o’qitishning mazmuni bilan metodlarning birligini, o’quv ishlarining shakllari o’rtasidagi izchillikni va barcha tarbiyalovchi ta'lim elementlarining yaxlitligini hamda rivojlanishini ko’rib chiqadi. O’qitish tizimi o’quvchilar bilimining puxta bo’lishi va ongiga yetib borishini ta'minlaydi.

    E’tiboringiz uchun raxmat!


    Download 2.72 Mb.




    Download 2.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang’ich ta’lim tabiiy fanlar darslarida o’quv vositalari multimedia tarqatma va didaktik materiallardan foydalanish metodikasi

    Download 2.72 Mb.