• BOSHQARISH APPARATLARINING ELEMENTLARI Elektromagnit kontaktorlar.
  • Boshqarish va himoya elektr apparat (tuzilishi) larining elektr sxemalariga qo‘yiladigan shartli belgilarni o‘rganish




    Download 231.53 Kb.
    bet1/3
    Sana15.11.2022
    Hajmi231.53 Kb.
    #30397
      1   2   3
    Bog'liq
    1-amaliy mashg`ulot mavzusi.
    5. Burama yakorli kuchlanish va tok elektromagnit relelarini sinash, 16 Veyvlet-bazis. Spektral ifodalashning asosiy xususiyatlari To, Amaliy topshiriqlar, Қарорр, grammatik mano va grammatik vosita, Пахтакор туман КХМ Жахолатга карши маърифат йигилиш баёни, 1 Rustamov Baxtiyor Normamatovich 25-29, z, Rivojlanish va ta‘lim psixologiyasi, 4 chorak test informatika 10 sinf, 5KI-2022, 2023 йил 6 ойлик 18 07 2023 Досберген ага, media-ta-lim-1-lab-reklama, 1-mavzu

    1-amaliy mashg`ulot mavzusi.

    1. Boshqarish va himoya elektr apparat (tuzilishi) larining elektr sxemalariga qo‘yiladigan shartli belgilarni o‘rganish.

    Elektr apparatlar — turli qurilmalar, mashinalar, mexanizmlar va boshqalarning elektr va noelektr parametrlarini oʻzgartirish, rostlash, oʻlchash, nazorat qilish hamda ularni ortiqcha kuchlanishlardan himoya qilish uchun moʻljallangan elektr qurilmalar. Vazifasiga koʻra, kommutatsion, ishga tushiruvchirostlovchi, rostlovchi, cheklovchi, oʻlchovchi, nazorat qiluvchi turlarga boʻlinadi. Ishi qanday fizik hodisaga asoslanganligiga qarab, Elektr apparatlarni elektromagnit, issiqlik, induksion va boshqalar turlarga ham boʻlish mumkin. Baʼzan, bir apparatning ishi bir necha fizik hodisalarga asoslangan boʻladi. Avtomatik va noavtomatik Elektr apparatlar ham farqlanadi. Elektr apparatlar jumlasiga boshqarish knopkalari, rubilniklar, ajratkichlar, viklyuchatellar (kommutatsion Elektr apparatlar), kontaktorlar, kontrollyorlar, magnitli ishga tushirgichlar, reostatlar va boshqalar (ishga tushiruvchirostlovchi Elektr apparatlar), rostlagichlar, stabilizatorlar va boshqalar (rostlovchi Elektr apparatlar), elektr reaktorlar, eruvchan saqlagichlar, razryadniklar va boshqalar (cheklovchi Elektr apparatlar), tok transformatorlari, kuchlanish transformatorlari (oʻlchovchi Elektr apparatlar) va boshqalar qurilmalar kiradi. Elektr apparatlar elektr tarmoqlarini himoya qilish tizimlarida, ishlab chiqarish jarayonlarida qoʻllaniladigan ishga tushirishrostlash qurilmalarida, transport vositalarida, avtomatika va telemexanika tizimlarida, aloqa, radio va televideniye tarmoqlari va boshqalar koʻp sohalarda ishlatiladi.
    BOSHQARISH APPARATLARINING ELEMENTLARI
    Elektromagnit kontaktorlar. Elektr zanjirlarini masofadan turib ulab-uzish uchun mo‘ljallangan elektromagnit boshqarish apparati elektromagnit kontaktor deyiladi. 36-rasmda elektromagnit kontaktorning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan.
    Elektromagnit kontaktorning chulg‘amidan boshqarish toki o‘tganda, elektromagnit maydon ta’sirida qo‘zg‘aluvchi qism tortiladi va unga o‘rnatilgan asosiy kontaktlar yopiladi, elektr dvigatel yoki uskuna tarmoqqa ulanadi. Elektromagnit kontaktorning qo‘zg‘aluvchi qismida asosiy kontaktlardan tashqari yordamchi – blok-kontakt deb ataluvchi kichik tokli kontaktlar ham bor. Bu kontaktlar elektr uskunaning boshqarish va dvigatel holatidan xabar berish (signalizatsiya) sistemasida ishlatiladi.
    Qo‘zg‘aluvchi qism tortilganda blok-kontaktlarning biri yopilsa, ikkinchisi ochiladi. Asosiy va blok kontaktlar bir nechta bo‘lishi mumkin. Asosiy kontaktlardan o‘tadigan o‘zgaruvchan tok miqdori 200–2500 A atrofida, o‘zgarmas tokning miqdori esa 20–600 A atrofida bo‘ladi. Katta tokli kontaktorlar yoyni o‘chirish mexanizmi bilan alohida jihozlangan, tutashtiruvchi va ajratuvchi kontaktlar farq qilinadi. Tutashtiruvchi kontaktlar elektromagnit chulg‘amida boshqarish toki Ib o‘tganda, o‘z kontaktlarini (qutblarini) tutashtiradi (yopadi). Ajratuvchi kontaktlar esa chulg‘amdan boshqarish toki o‘tganda o‘z kontaktlarini (qutblarini) ajratadi.

    • Tutashtiruvchi (37-rasm, a) va ajratuvchi (37-rasm, b) kontaktlar va bu kontaktlarning elektr sxemalarda shartli belgilanishi, kontaktorning elektromagnit chulg‘amida boshqarish toki Ib = 0 holat ko‘rsatilgan.

    • Kontaktlarni ulab-uzish vaqti soniyaning yuzdan bir hissasidan tortib o‘n hissasigacha davom etadi. Agar kontaktlarda yoyni o‘chiruvchi alohida mexanizm bo‘lsa, u 38-rasmda ko‘rsatilganday shartli belgi bilan ifodalanadi.

    • Tashqi xabar (signal) yordamida elektr zanjirlarini uzib-ulaydigan mexanizm rele deyiladi. Relening o‘z kontaktlari bo‘lib, bu kontaktlarning ikki barqaror: tutashtirilgan va ajratilgan holatlari bo‘ladi. Tashqi xabar datchiklar vositasida olinadi. Datchikbu biror fizik kattalik, masalan, issiqlik, vaqt, bosim va hokazolarni elektr xabar (signal)ga aylantiruvchi sezgir mexanizm. Issiqlik relesi, vaqt relesi, kuchlanish yoki tok relelari bo‘ladi.




    Download 231.53 Kb.
      1   2   3




    Download 231.53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqarish va himoya elektr apparat (tuzilishi) larining elektr sxemalariga qo‘yiladigan shartli belgilarni o‘rganish

    Download 231.53 Kb.