• Brokerlik idorasini tasis etish.
  • Brokerlik idoralari, ulgurji va chakana savdo tuzilmalari




    Download 428.76 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana11.03.2024
    Hajmi428.76 Kb.
    #170129
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Kichik biznes referat
    mavzu, Haytimmatov Azamat, Reja So‘z – leksikologiyaning o‘rganish obyekti sifatida-fayllar.org, О‘LKASHUNOSLIK TARIXINI О‘RGANISHDA ARXEOLOGIK VA ME’MORIY YODGORLIKLARNING O`RNI.


    Kichik biznes va xususiy 
    tadbirkorlik fanidan 
    Bajardi : Ollaberganov Imomaddin Qadamboy o’g’li 
    215-gurux Iqtisodiyot sirtqi


     
     
    Brokerlik idoralari, ulgurji va chakana savdo tuzilmalari. 
     
     
     
    R E J A: 
     
    1. Kirish…………………………………………………………………….. 
    2. Brokerlik idoralarini ta’sis etish .………………………………………. 
    3. Ulgurji va chakana savdo tuzilmalari.………………………………….. 


    Brokerlik idorasini ta'sis etish.
    Birja savdosining o'ziga xosligi shundaki, u sotuvchi yoki xaridorlarning o'zi 
    tomonidan emas, balki ularning vakillari – birja vositachilari tomonidan amalga 
    oshiriladi. Birjaning ajralmas bir uzviy qismi deb brokerlik idorasini hisoblash 
    mumkin. U birja strukturasiga kirmaydi. Biroq brokerlik firmalarisiz birja 
    savdosini tashkil qilib bo'lmaydi. Brokerlik faoliyati birja vositachiligiga mansub 
    bo'lib, birja bitimlarini mijoz nomidan va uning hisobidan, birja vositachisi 
    nomidan va mijoz hisobidan, mijozning nomidan va birja vositachisi hisobidan 
    amalga oshirishdar iborat. Brokerlik firmasi bu - xususiy, shirkat, aktsiyadorlik 
    yoki boshqa korxona bo'lib, uning asosiy funktsiyasi birja va mijozlar (mahsulot 
    ishlab 
    chiqaruvchilar, xaridorlar, 
    savdo 
    vositachilari) 
    o'rtasida 
    aloqani 
    ta'minlashdan iborat. Muayyan birjaning brokerlik firmasi birja aktsiyalar(pay)ini 
    sotib olish asosida tashkil etilishi mumkin. Aktsiya egasi birjada o'z brokerlik 
    firmasini tashkil qilish yoki birja savdolarida ishtirok etish huquqini boshqa 
    tashkilotlarga ijaraga berish va ijara to'lovi shaklida mos keluvchi daromad olish 
    huquqiga ega. Yuqorida aytib o'tilganidek, birjada brokerlik firmasi sifatida 
    ro'yxatga olinadigan tashkilot amaldagi qonunchilikka muvofiq istalgan tashkiliy-
    huquqiy shaklga ega bo'lishi mumkin. Brokerlik firmasini tashkil qilishning eng 
    tarqalgan va qulay turi – mas'uliyati cheklangan o'rtoqchilik (MTO') hisoblanadi. 
    Brokerlik firmasi mustaqil yuridik maqomga ega bo'lmasdan, biron-bir korxona 
    yoki tashkiotning tarkibiy qismi bo'lishi ham mumkin Agar birja aktsiyalarining 
    egasi vositachilik tashkiloti hisoblansa, u mazkur birjaning brokerlik firmasi 
    sifatida ro'yxatga olinadi, xolos Vositachilik firmasi birja uchun aktsiyador 
    hisoblanmagan hollarda esa u o'zining brokerlik firmasisini tashkil qiladi. 
    Brokerlik firmasi mijozlarning birja tovarlarini sotish va sotib olishga 
    arizalarini to'playdi, ularni ro'yxatga oladi va tezkorlik bilan birjadagi brokerlariga 
    etkazadi. Brokerlar olingan topshiriqlarni bajaradi va bu haqida xabar brokerdan 
    kompaniyaga va undan mijozga yetkaziladi. Brokerlik firmlari butun mamlakat 
    bo'ylab joylashishi mumkin va bu mijozlarni jalb etish imkoniyatlarini 
    kengaytiradi. Bunday firmalar chet elliklar tomonidan ham tashkil qilinishi 
    mumkin. 
    Brokerlik firmasi ta'sischilari va personali ular faoliyatida ishtirok etishni 
    mo'ljalalyotgan muayyan birjaning huquq va majburiyatlarini, qonunchilik 
    me'yorlarini bilishi zarur (nizom, brokerlik firmalari faoliyati haqidagi Qoidalar, 
    Birja qo'mitasining qarorlari, shuningdek, birja savdosi Qoidalari va b.). Birjaning 
    buyruq beruvchi va ijrochi boshqaruv organlari birja savdosi Qoidalari, talablar va 
    boshqa birja me'yoriy hujjatlarini yaratuvchi hamda qonunchilik asosida faoliyat 
    ko'rsatayotgan brokerlar va brokerlik firmalari faoliyatiga aralashish huquqiga ega 


    emas. 
    Brokerlik firmasini birjada ro'yxatga olishda ro'yxatga olish xizmati 
    tomonidan unga birja bilan aloqa qilish uchun tijorat kodi va raqam beriladi. 
    Brokerlik firmasini ro'yxatga olish uchun quyidagilarni taqdim etish zarur: 
    brokerlik firmasini ta'sis qilgan aktsiyadorning arizasi; ta'sis hujjatlarining notarius 
    tasdiqlagan nusxalari; mos keluvchi hukumat organlarining brokerlik firmasini 
    yuridik shaxs sifatida ro'yxatga olish haqidagi qarorining tasdiqlangan nusxasi. 
    Brokerlik firmalari brokerlik firmalari maxsus Reestrida ro'yxatga kiritiladi. 
    Ro'yxatga olingandan so'nga brokerlik firmasi mos keluvchi guvohnoma oladi. 
    Brokerlik idoralari birja boshqaruvini amalga oshirmaydi. 

    Download 428.76 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 428.76 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Brokerlik idoralari, ulgurji va chakana savdo tuzilmalari

    Download 428.76 Kb.
    Pdf ko'rish