• Matnni o’qing va unga fikringizni bildiring
  • Bilib oling!
  • Esda saqlang.
  • Foydalanish uchun so’zlar: huruj, xavotir, nomofobiya, internet o’yinlari, axborotlar xavfi, yot g’oyalar; Izoh: Yozma nutqni rivojlantirish uchun topshiriq 15 daqiqa
  • Bu mavzuda o’rganamiz: Nomofobiya. Nomofobiya turlari, nomofobiya alomatlari, sodda va qo’shma gaplar




    Download 301.37 Kb.
    Sana23.11.2023
    Hajmi301.37 Kb.
    #104091

    Nomofobiya- kasallikning yangi turi (telefonga qaram bo’lib qolish oqibatlari)
    Bu mavzuda o’rganamiz: Nomofobiya.Nomofobiya turlari, nomofobiya alomatlari, sodda va qo’shma gaplar;


    1. Sizning shaxsiy telefoningiz bormi?

    2. Kuniga vaqtingizning qancha qismini telefonga sarflaysiz?

    3. Telefondan qanday maqsadlarda foydalanasiz?


    Matnni o’qing va unga fikringizni bildiring
    Nomofobiya (inglizcha: Nomophobia, no mobile-phone phobia - telefonsizlikdan qo'rqish) - mobil telefonsiz yoki undan uzoqda qolishdan qo'rqish (fobiya) hisoblanadi.
    "Fobiya - mobil telefonsiz" (" no mobil phone phobia") so'zlarining qisqartmasi bo'lgan atama Buyuk Britaniya pochta bo'limi tomonidan 2010-yilda YouGov tomonidan o'tkazilgan tadqiqotda paydo bo'lgan. Tadqiqotning maqsadi mobil telefon foydalanuvchilarining tashvishlarini o'rganish bo'lib, unda 2,1 ming kishi ishtirok etgan. Buyuk Britaniyadagi mobil telefon foydalanuvchilarining qariyb 53 foizi "uyali telefonini yo'qotib qo'yishi, batareya quvvati yoki hisobi tugashi yoki qamrovi tugashi" haqida tashvishlanishlarini aytgan. Erkaklarning taxminan 58 foizi va ayollarning 47 foizi bunday qo'rquvni boshdan kechirishgan, yana 9 foizi mobil telefonlari o'chirilganida tashvishlanishlarini aytishgan. Telefon foydalanuvchilarining 55% qismi tashvishlanishning asosiy sababi do'stlar yoki oila a'zolari bilan aloqada bo'lolmaslik deb aytishgan. Nomofobiyaning stress darajasi to'y kunidagi stress yoki tish shifokoriga tashrif buyurish bilan taqqoslanadi. So'rovda qatnashganlarning har o'ndan biri ishi tufayli telefon orqali doimo mavjud bo'lishi kerakligini aytishgan. Shu bilan birga, nomofobiyaga nisbatan fobiya atamasi shartli bo'lib, aksariyat hollarda bu umumiy qo'rquvdir. Smartfonga qaramlik - Nomofobiya bo'lib, u telefonsiz qolib ketish qo'rquvi bilan belgilanadi. Garchi mobil telefonlar bir necha yillardan beri mavjud bo'lsa-da, unda nima uchun telefonga qaramlik kuchaymoqda?Oddiy qilib aytganda, bu qurilma tarkibidagi imkoniyatlar soniga bog'liq. Biz Internet, ijtimoiy tarmoqlar, ilovalar, video, musiqa va boshqalarni nazarda tutmoqdamiz!

    Nomofoblarning yarmi hech qachon mobil telefonlarini o'chirmaydi. Tadqiqot va hodisani keyingi o'rganish natijasida mobil telefondan kamdan-kam yoki hech qachon foydalanmaydigan muharrirlarning bir nechta nashrlari paydo bo'ldi. ushbu ulkan siljish bizga psixologik jihatdan salbiy ta'sir etishi - stress, kontsentratsiya, uyqu va boshqalar bilan bog'liq muammolar keltiradi.

    Keling birgalikda uyali aloqaga bog’lanib qolishning salbiy jihatlari va bir nechta faktlarni ham ko'rib chiqamiz:
    · O'rtacha smartfon foydalanuvchisi kuniga 47 marta yiliga 17155 o'z qurilmasini ko'zdan kechiradi.

    · Smartfon foydalanuvchilarining 85 foizi do'stlari va oila a'zolari bilan gaplashayotganda o'z telefonini ko'rib suhbatlashishadi.

    · Smartfon foydalanuvchilarining 80 foizi uyqudan yotishdan oldin telefonlarini kuzatadilar.


    1. Nomofobiya qaysi so’zdan olingan?

    2. Siz qanday maqsadlarda telefondan foydalanasiz?

    3. Yon-atrofinigizda nomofobiyaga uchragan yaqinlariningiz bormi?

    4. Siz ham uyquga yotishdan oldin telefoningizga qaraysizmi?

    Izoh : Bu topshiriq og'zaki nutqni rivojlantirish uchun 12 daqiqaga mo'ljallandi.



    Bilib oling!

    -a/-ay, -(i)b bilan tugagan fe’llardan keyin kelib, oʼzining mustaqil maʼnolarini yoʼqotgan feʼllar ko‘makchi feʼllar hisoblanadi: ayta olmoq, ko‘rib qolmoq. Ular asosiy feʼldan anglashilgan harakat-holatga turli (boshlanish, davomiylik, tugallanish, to‘satdan yuz berish, imkoniyat, tez va oson bajarish, birov uchun bajarish…) yordamchi maʼnolarni qo‘shadi. Yetakchi va ko‘makchi fe’llar birikuvidan hosil bo‘lgan birlik bitta so‘z sanaladi. Masalan, aytib yubormoq so‘zi. Bunda yubormoq koʼmakchi feʼli aytmoq harakatining kutilmaganda roʼy berganini ifodalashga xizmat qilmoqda. Boshlamoq, olmoq, bermoq, yubormoq, turmoq, chiqmoq, ko‘rmoq kabi qator feʼllar ko‘makchi feʼl bo‘lib kela oladi. Boshlamoq so‘zi ko‘makchi fe’l vazifasida ham o‘z ma’nosini saqlaydi.



    Esda saqlang. Ko'makchi fe'l yolg'iz ishlatilmaydi .Ular asosiy fe'lga qo'shimcha ma'no yuklaydi.Masalan: O'qib chiqmoq,ko'rib yotmoq, yozib tashlamoq,sotib yubormoq.
    Quyida berilgan so’zlarni o’zaro bog’lab matn tuzing. Tuzgan matningizdagi ko'makchi fe'llarni alohida belgilab qo'ying.
    Foydalanish uchun so’zlar: huruj, xavotir, nomofobiya, internet o’yinlari, axborotlar xavfi, yot g’oyalar;
    Izoh: Yozma nutqni rivojlantirish uchun topshiriq 15 daqiqa
    Rasmni diqat bilan kuzating va o’zingizning fikr-mulohazalaringizni bildiring.
    Izoh : Og'zaki nutqni rivojlantirish uchun topshiriq 8 daqiqa.




    Siz telefonsiz hayotni qanday tasavvur qilasiz.Telefonning foyda va zarari haqida fikrlaringizni boshqalar bilan bo'lishing.


    Izoh: Og'zaki nutqni rivojlantirish uchun topshiriq. 8 daqiqa
    Uyga vazifa."Men va telefonim" mavzusida matn tuzing.Unda ishtirok etgan ko'makchi fe'llarning asosiy fe'ldan anglashilgan yordamchi ma'nolarini aniqlang va ularni daftaringizga qayt qiling.
    Izoh : Yozma nutqini rivojlantirih uchun topshiriq oʻrtacha 2 daqqa vaqtni oladi.
    Download 301.37 Kb.




    Download 301.37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bu mavzuda o’rganamiz: Nomofobiya. Nomofobiya turlari, nomofobiya alomatlari, sodda va qo’shma gaplar

    Download 301.37 Kb.