ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022
№ 3
7
BULUTLI TEXNOLOGIYALARNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
Muydinova Madina Alisherovna
Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti Informatika va aniq fanlar kafedrasi mudiri
Yuldasheva Malikaxon Abdulxafiz qizi
Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti Informatika va aniq fanlar kafedrasi
magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.6641579
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bulutli texnologiyalar yaratilishi, evalutsiya jarayoni va
ular to’g’risida batafsil yoritilgan. Bundan tashqari bulutli texnologiyalardan foydalanishning
afzalliklari va kamchiliklari tahlil etilgan.
Kalit so’zlar:
axborot texnologiyalari, server xizmatlar, internet tarmog’i, bulutli
texnologiya, bulutli hisoblash, shaxsiy kompyuter, infratuzilma.
ПРЕИМУЩЕСТВА И НЕДОСТАТКИ ОБЛАЧНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ
Аннотация.
В этой статье подробно рассказывается о создании облачных
технологий, процессе эволюции и многом другом. Кроме того, анализируются
преимущества и недостатки использования облачных технологий.
Ключевые слова:
информационные технологии, серверные услуги, Интернет,
облачные технологии, облачные вычисления, персональный компьютер, инфраструктура.
ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF CLOUD TECHNOLOGIES
Annotation.
This article details the creation of cloud technologies, the evolution process,
and more. In addition, the advantages and disadvantages of using cloud technologies are
analyzed.
Keywords:
information technology, server services, Internet, cloud technology, cloud
computing, personal computer, infrastructure.
KIRISH
O‘tgan oxirgi o‘n yillik davr mobaynida, telekommunikatsiya sohasi mehnat
unumdorligining o‘sishini ta’minlashda hamda yangi texnologiyalarni joriy etishda muhim
o‘rinlarni zabt etib keldi. Kelgusida xalq xo‘jaligi va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tayanch
infratuzilma — elektron tijorat yoki Internet tarmog‘ining turli imkoniyatlaridan istalgancha
miqdorda foydalanishning mutassil o‘sishiga va keng qamrovli joriy etilishiga, mazkur soha o‘ta
muhim qirralarni — yangi iqtisodiyotni shakllanishiga va iqtisodiyot tarkibini rag‘batlantiruvchi
vosita sifatida butkul o‘zgartirishlarni kiritishiga odimlanayotgani shubhasiz, muhim hodisaga
aylanib bormoqda.
Axborot texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda dasturiy ta’minotni o’rni juda ham
katta ahamiyatga ega. Dastur to’la qonligicha ishlashi uchun shaxsiy kompyuter minimal tizim
talabiga javob berishi kerak. Internet modernizatsiyalashtirildi va server uskunalar ishlab
chiqildi. Shu bilan birga shunday g’oya yuzaga keldiki, dasturdan foydalanishda hisoblash
tizimlarini birlashtirish va undan yagona manba sifatida foydalanish. 2008-yildan boshlab (Cloud
technology) Bulutli texnologiyar so’zi dunyo miqiyosida keng tarqaldi. Birinchi qarashda
“Bulutli texnologiyalar” tushunarsiz ko’rinsada: bu model o’zida biror bir tizmdagi (serverlar,
ilovalar, saqlash tizmlari va xizmatlar) dan tez, qulay, samarali foydalanish imkonini beradi[1].
ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
|