Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi Imomova Shafoat Mahmudovnaning 60530100 – Kimyo




Download 15.13 Kb.
Sana10.01.2023
Hajmi15.13 Kb.
#37927
Bog'liq
Kimyo AT tashqi taqriz
Tahlil, Hozirgi vaqtda viruslarni yo, Документ Microsoft Word, УМК Ихтисос Даст Воситалар, РУс тиилии, Mavzu xorijiy ommaviy axborot vositalarini media reja makondag, RaimovaSevara541-23-2-topshiriq, kubayeva-ozoda (3)

Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi Imomova Shafoat Mahmudovnaning 60530100 – Kimyo (turlari bo`yicha) ta’lim yo’nalishiga “Kimyoda axborot-kommunikasion texnologiyalari”
fani uchun tayyorlagan
FAN DASTURIGA
TAQRIZ

60530100 – Kimyo (turlari bo`yicha) ta’lim yo’nalishi o’quv rejasidagi “Kimyoda axborot-kommunikasion texnologiyalari” fani uchun tuzilgan ushbu fan dasturi shu yo’nalish talabalari uchun ishlab chiqilgan malaka talablari asosida tayyorlangan bo’lib, fan dasturini ishlab chiqish bo’yicha nizom talablari asosida tuzilgan. O’quv rejada “Kimyoda axborot-kommunikasion texnologiyalari” fani uchun 120 soat (60 soat auditoriya va 60 soat mustaqil ta’lim) ajratilgan bo’lib talaba ushbu fandan 4 kredit toplashi kerak.


Ushbu fan dasturi ta’lim yo’nalishining o’quv rejasi va ishchi o’quv rejasi asosida tayyorlangan bo’lib, fan dasturida fanning turli tarmoqlarida kompyuter texnologiyalarini qo’llashning talablariga va amaliy faoliyatning turli sohalariga axborot texnologiyalarining kirib borishini o’rgatish, soha istiqbolini belgilash, kasbiy konikmaga, umumiy o’rta va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi, bo’lajak mutaxassislar qobiliyatiga yo’naltirilgan inson faoliyatining bilim vositalari, usullari va uslublarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
“Kimyoda axborot-kommunikasion texnologiyalari” fan dasturida 60530100 – Kimyo (turlari bo`yicha) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning kasbiy kompitensiyalariga qo’yiladigan talablar inobatga olingan holda, barcha mavzular tanlangan. Mavzularni tanlash jarayonida fanning umimiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi doirasida berilgan bilimlar uzviyligi inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. Fan dasturida fanning maqsad va vazifalari to’liq ochib berilgan. Fan dasturida keltirilgan nazariy, amaliy va mustaqil ta’lim mavzularining uzviyligi va uzluksizligi ta’minlangan.
Talabalar “Kimyoda axborot-kommunikasion texnologiyalari” fanini o’rganish jarayonida talabalar kimyoda zamonaviy aхborot-kommunikasiya teхnologiyalarini rivojlantirish, elektron davlat хizmatlarini ko`rsatishning yaхlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi meхanizmlarini joriy etishning imkoniyatlari, afzalliklari, dasturiy va teхnologik ta’minoti, zamonaviy teхnik vositalar, operatsion tizimlar va zamonaviy dasturlarda aхborotlarni qayta ishlash, dasturlash tillari, kimyoni o`rganishda foydalanilgan kompyuter dasturlari tamoyil va uslublari foydalanish usullarini chuqur o’rganadilar.
Ushbu Kimyoda axborot-kommunikasion texnologiyalari” fan dasturini nashr etishga va ta’lim sohasida qo’llashga tavsiya etaman.
BuxMTI “Аxborot-kommunikasiya texnologiyalari” kafedra dotsenti. Sh.S. Yo`ldoshev

Download 15.13 Kb.




Download 15.13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi Imomova Shafoat Mahmudovnaning 60530100 – Kimyo

Download 15.13 Kb.