Chaqaloqlik davri psixologik xususiyatlari. Go’dak va muloqot. ’’Tirilish’’ kompleksi




Download 70,03 Kb.
bet1/3
Sana13.05.2024
Hajmi70,03 Kb.
#230104
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu ’’Tirilish’’ kompleksi Reja Chaqaloqlik davri psixologik


Mavzu: ’’Tirilish’’ kompleksi
Reja:

  1. Chaqaloqlik davri psixologik xususiyatlari.

  2. Go’dak va muloqot.

  3. ’’Tirilish’’ kompleksi

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar

Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar haqidaumumiy tushuncha. 2. Tug’ilish davri inqirozi. «Tirilish kompleksi» haqida. 3. Gudaklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional muloqotning ahamiyati (emotsional deprivatsiyaning salbiy oqibatlari). 4. Bir yosh inqirozi haqida. 5. Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. 6. Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanish xususiyatlari. 7. Ilk bolalik davrida o’z-o’zini anglashning rivojlanishi va 3 yosh inqirozi.
1. Go’daklikdagi psixologik rivojlanish asoslari va xususiyatlari Chaqaloqlik (tug’ilganidan boshlab bir-ikki oylikkacha). Bola ko’pchilik jonivorlarning bolasiga qaraganda ancha ojiz tug’iladi. U nisbatan cheklangan xulq-atvor, tashqi olamga moslashishning muqarrar-reflektor shakllari jamg’armasiga ega bo’ladi. Tug’ma xulq-atvor shakllarining kamligi bola kuchsizligini emas, kuchini tashkil etadi – u deyarli cheksiz aqliyrivojlanish, xulq-atvorning yangi shakllariga ega bo’lishning yangi tajribalarini o’zlashtirish imkoniga sohib bo’ladi. Chaqaloq rivojlanishining farqli xususiyatlari shuki, uning analizatorlari faoliyati somatik (jismoniy) harakatlarga qaraganda tezroq shakllanadi. Shu asosda munosabat refleksi rivojlanadi va xilma-xil shartli reflektor aloqalari shakllana boshlaydi. Chaqaloqlik davri oxiri va go’daklikning boshlanishida «tetiklanish kompleksi» - kattalarnnig paydo bo’lishiga munosabat bildirish paydo bo’ladi. Go’daklikda (bir-ikki oylikdan bir yoshgacha) go’dak to’laligicha kattalarga bog’liq bo’ladi (uni ovqatlantirishadi, Yuvintirishadi, yo’rgaklashadi, ag’darib qo’yishadi, qo’lga olishadi, sayr qildiri-shadi, allalashadi, gapirishga, Yurishga o’rgatishadi va h.k.). ²ayotining birinchi yili so’ngiga kelib go’dak ayrim so’zlarni tushunadi va ilk so’zlarni ayta boshlaydi. Tasodifan odamlar davrasidan chiqib qolgan inson bolasi o’z rivojlanishida insoniy imkoniyatlar darajasigacha ko’tarila olmaydi. Faqat ijtimoiy muhit va ta’lim natijasidagina bolada insonlarcha his qilish va fikrlashga qodir shaxsiyat shakllanadi. Go’daklik so’ngida bolalar kattalarga taqlid qila boshlaydilar. Maqsadli harakat va taqlid intensiv rivojlanayotgan intellektdan (aqliy faoliyatdan) dalolat beradi. Bola harakat jarayonida, o’zining va boshqalarning harakatlariga taqlid qilib, fikrlashga o’rganadi.
1. Go’daklikdagi psixologik rivojlanish asoslari va xususiyatlari Chaqaloqlik (tug’ilganidan boshlab bir-ikki oylikkacha). Bola ko’pchilik jonivorlarning bolasiga qaraganda ancha ojiz tug’iladi. U nisbatan cheklangan xulq-atvor, tashqi olamga moslashishning muqarrar-reflektor shakllari jamg’armasiga ega bo’ladi. Tug’ma xulq-atvor shakllarining kamligi bola kuchsizligini emas, kuchini tashkil etadi – u deyarli cheksiz aqliyrivojlanish, xulq-atvorning yangi shakllariga ega bo’lishning yangi tajribalarini o’zlashtirish imkoniga sohib bo’ladi. Chaqaloq rivojlanishining farqli xususiyatlari shuki, uning analizatorlari faoliyati somatik (jismoniy) harakatlarga qaraganda tezroq shakllanadi. Shu asosda munosabat refleksi rivojlanadi va xilma-xil shartli reflektor aloqalari shakllana boshlaydi. Chaqaloqlik davri oxiri va go’daklikning boshlanishida «tetiklanish kompleksi» - kattalarnnig paydo bo’lishiga munosabat bildirish paydo bo’ladi. Go’daklikda (bir-ikki oylikdan bir yoshgacha) go’dak to’laligicha kattalarga bog’liq bo’ladi (uni ovqatlantirishadi, Yuvintirishadi, yo’rgaklashadi, ag’darib qo’yishadi, qo’lga olishadi, sayr qildiri-shadi, allalashadi, gapirishga, Yurishga o’rgatishadi va h.k.). ²ayotining birinchi yili so’ngiga kelib go’dak ayrim so’zlarni tushunadi va ilk so’zlarni ayta boshlaydi. Tasodifan odamlar davrasidan chiqib qolgan inson bolasi o’z rivojlanishida insoniy imkoniyatlar darajasigacha ko’tarila olmaydi. Faqat ijtimoiy muhit va ta’lim natijasidagina bolada insonlarcha his qilish va fikrlashga qodir shaxsiyat shakllanadi. Go’daklik so’ngida bolalar kattalarga taqlid qila boshlaydilar. Maqsadli harakat va taqlid intensiv rivojlanayotgan intellektdan (aqliy faoliyatdan) dalolat beradi. Bola harakat jarayonida, o’zining va boshqalarning harakatlariga taqlid qilib, fikrlashga o’rganadi.
-bola tug’ilishga harakat qilayotgan paytida uning miyasini bir xil kulrang massa tashkil etadi, uning nerv tolalarida mislin qobig’i bo’lmaydi.
Chaqaloq boshqa yosh davridagi odamlarga qaraganda kuchsiz, zaif, ojiz ko’rinsa-da, ba’zi jihatlari bilan kattalardan ustunlik qiladi. E.A.Arkinning fikricha, chaqaloqlik davrining kuchli jihatlari ko’pincha uning o’sish quvvatida o’z ifodasini topadi. U har oyda ikki sm dan o’sadi, uning og’irlig har kuni 1,6-2 grammdan ortib boradi. Uning shiddatli sur’at bilan o’sishi ko’proq
individning vegetativ nerv sistemasi, ichki sekretsiya (buqoq, qalqon osti va usti) bezlarining faoliyatiga bevosita bog’liqdir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqargan maxsus gormonlar qonga so’rilib, organizmning jismoniy o’sishini belgilaydi.
Chaqaloqning g’oyat jadal sur’atlar bilan o’sishi shu davrning o’ziga xos xususiyati bo’lib, uning o’ishiga ta’sir etuvchi omillar ovqat, sof havo, quyosh nuri, nafas olish, parvarish va hokazolar.
Odatda chaqaloqning nerv faoliyati shartsiz va shartli reflekslar ta’sirida vujudga keladi. Bolaning ona qornida paydo bo‘lgandan tug‘ilgunga qadar bo‘ladigan o‘zgarishlar homilaning prenatal ichki rivojlanishini tashkil etadi. Har bir davr ona qornida bo‘lajak farzandning rivojlanish bosqichiga tegishli atama bilan nomlanadi. Ona qornida rivojlanish o‘rtacha 38 hafta davom etadi va 3 bosqichga, ya’ni zigota bosqichi, embrion bosqichi va homila bosqichiga bo‘linadi.
Birinchi haftaning oxiriga kelib, zigota onaning qon tomirlari bilan birlashadi, bu hodisa implantatsiya deb ataladi. Implantatsiya jarayonining tugallanishi uchun ikki xafta kerak bo‘ladi, shundan so‘ng garmonal o‘zgarishlar boshlanadi, bu hayz ko‘rishning vaqtinchalik to‘xtashiga olib keladi, ayol kishiga bu belgi uning homiladorligidan darak beradi. Zigotaning aylana o‘lchamlari 1 mmdan kamroq bo‘ladi, uning hujayralari bo‘linishni boshlaydi.
Homila tanasi murtak diski hujayralaridan rivojlanadi, bu bosqichda murtak diski zigota markazida joylashgan hujayralar to‘plami ko‘rinishida bo‘ladi. Boshka hujayralar rivojlanayotgan organizmni himoya qiluvchi va oziqlantiruvchi asosli to‘qimalarni hosil qilishi zarur. Implantatsiya va hujayrlarning ajralib hosil bo‘lishi zigota bosqichining tugallanishi belgilari bo‘lib hisoblanadi. Zigota 36 xafta davomida murtakdan bola tug‘ilishigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishga tayyor holga keladi Bu ona qornida rivojlanishning yangi embrional davri odatda murtak hosil bo‘lgandan keyin uchinchi haftadan boshlanib, sakqizinchi haftaning oxirigacha davom etadi. Bu vaqt davomida tana tuzilishi va ichki organlar rivojlanadi. Davr boshida embrionda uch qavat hujayralar tiklanadi. Tashki qavatda - ektodermadon sochlar, terining tashqi qavati va nerv tizimi rivojlanadi. O‘rta qavatda - mezodermadon, muskullar, suyaklar va qon tomirlari tizimi hosil bo‘ladi. Ichki qavatda yoki endodermadon ovqat hazm qilish tizimi va o‘pkalar rivojlanadi. Uch haftalik embrion bilan sakqiz haftalik embrion solishtirilganda uning ko‘rinishida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. 3 haftalik embrion uzunligi 2 millimetrdan oshmaydi. Hujayralarning darajalarga bo‘linishi boshlanib, organizm ko‘prok salamandrani eslatadi. O‘sish va rivojlanish tezlik bilan amalga oshadi, 8 haftalik embrionda ko‘zlar, og‘iz, qo‘l va oyoqlarni ko‘rish mumkin, miya va nerv tizimi ham juda tez rivojlanadi, embrion yuragi bir oy avval o‘z faoliyatini boshlab yuborgan bo‘ladi. Embrionda odamga xos organlar u yoki bu shaklda mavjud bo‘ladi, lekin uning o‘lchamlari onaga sezilarli daraja bulmaydi.
Embrionga amnion suyuqligi bilan to‘lgan amnion qobig‘i joylashadi. Amnion qobig‘i embrionni himoya qilib, doimiy haroratini ta’minlab turadi. Embrion ona bilan ikki tizimcha orqali bog‘langan. Kindik tizimchasi embrionni yo‘ldosh bilan bog‘lovchi qon tomirlaridan iborat. Yo‘ldoshga qon tomirlar kindik tizimchasi orqali onaning qon tomirlarigacha etib boradi, lekin bevosita ular bilan birlashmaydi. Qon kindik qon tomirlarining barmoqsimon o‘simtalari –qilchalar orqali oqadi. Qilchalar ona qon tomirlariga bevosita yaqin joylashgan, bu vitaminlarning o‘tishi, Shuningdek, ona qoniga almashinuv mahsulotlarining diffuziya mexanizmi hisobiga ajralish imkonini beradi. Tana qismlari va organizm tizimlari embrional davrda shakllanadi va homila bosqichida o‘z vazifalarini samarali bajara boshlaydi. Tana qismlari va ichki organlar hosil bo‘lishi bilan ona qornida rivojlanishning ikkinchi muhim bosqichi nihoyasiga etadi. Organlarning o‘z vazifasini bajara boshlashi navbatdagi oxirgi bosqichga to‘g‘ri keladi.
Homila bosqichi oxirgi va eng uzoq davom etadigan bosqich bo‘lib, to‘qqizinchi haftasidan boshlab, tug‘ruq bilan tugallanadi. Bu vaqtda homilaning tana o‘lchamlari kattalashadi va organizm tizimlari faoliyat yurita boshlaydi. 4 oylikdan homilaning og‘irligi 113,4 grammdan 226,8 grammgacha etadi. Oxirgi 5 oyda homilaning og‘irligi 1984,5 grammdan 2268 grammgacha o‘lchamlari kattalashib borishini ko‘rish mumkin.


1. Tuxumdon va urug‘don differensiatsiyasi
2. Qon tomir tizimining faoliyati
3. Homila harakatining onaga sezilishi.
4. Homila boshida soch qoplanishining hosil bo‘lishi .
5. So‘rish va yutish faoliyati.
6. Bosh miyaning maxsus faoliyati.
7. Homilaning hayotchan davri.
8. Og‘irligini tezda ko‘paytirib olishi.
9. Tug‘ruq.
Bu davrda organizm uchun muhim bo‘lgan nerv, nafas olish va ovkat hazm qilish kabi organlarning shakllanishi tugallanadi.
Bu davrning eng muhim hodisalari quyidagilardan iborat.
• Urug‘lanishdan 5-6 oydan so‘ng homilaning qoshlari, kipriklari va sochlari paydo bo‘ladi. Embrional davrning oxiriga borib, erkak embrionda urug‘don, qiz embrionda tuxumdonlar rivojlanadi. Uchinchi oyda urug‘donda tashqi jinsiy belgilar rivojlanishiga ta’sir ko‘ratuvchi garmonlar sintez qilishni boshlaydi: qiz embrionda bu garmon sintezlanmaydi va o‘xshash hujayralardan jinsiy organlar hosil bo‘ladi.
• 4 -haftada hujayralar qavati naysimon bo‘lib o‘raladi. Nayning bir uchi kengayib, undan bosh miya hosil bo‘ladi, qolgan kismidan orqa miya shakllanadi. Homila bosqichi boshlanishiga kelib, bosh miya tarkibida turli tuzilmalar bo‘lib, organizm funksiyalarini boshqaradi. Bu bosqichda miyaning barcha sohalarini o‘sishi amalga oshadi, xususan, odam xulk- atvorining ko‘plab muhim turlarini boshqaruvchi bosh miya po‘stlog‘ining xususiyatlari ham rivojlanadi. Bu o‘zgarishlar homilaning 22 va 28 haftalar o‘rtasida rivojlanayotgan organlarning ko‘pchilik tizimi ishonchli ravishda faoliyat yurita boshlaydi, Shuning uchun homila hayotining bu davri homilaning hayotchan davri deb ataladi. Bu vaqtda homila bola ko‘rinishini oladi. Vaqtidan avval tug‘ilgan bolalarning nafas olish organlarida muammolar tug‘ilishi mumkin. Shuningdek, ular tana haroratini doimiy tarzda boshqarib turolmaydilar. CHunki, ularda teri osti qavatidagi yog‘ qavati mavjud bo‘lmaydi .Bu qavat homilaning 8 - oyida hosil bo‘ladi. Hozirgi zamon neonatal yordamning imkoniyatlari yordamida erta tug‘ilib qolgan bolalar yashab qolishi mumkin. Homila bosqichida xulk -atvor paydo bo‘ladi, homilada faollik davri ko‘rinadi. Ko‘pchilik onalar homila harakatchanligi va tinch vaqtlarini aytib berishlari mumkin. Homilaning ko‘z va quloqlari ta’sirlarga javob beradi, yuragi tezroq urishni boshlaydi, ko‘zlari yorug‘likka pirpirash bilan javob beradi.
Bunday ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, ona qornidagi oxirga oylar homilani mustaqil hayotga, ya’ni, ona organizmidan tashqi hayotga tayyorlab beradi, bu o‘zgarishlar homilador ayol o‘zining bo‘lajak farzandiga sog‘lom atrof-muhitni ta’minlagandagina amalga oshishi mumkin.
Sog‘lom bola tug‘ilishi uchun bo‘lajak onalarga vrachlar asosiy 5ta tavsiyani ta’kidlab o‘tadilar:
1. Homilador ayol davolovchi vrach ko‘rigidan muntazam o‘tib turishi, har oyda, homiladorlikning oxirida har haftada vrach qabuliga borib turishi shart.
2. Homilador ayol to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga roiya qilishi shart. Asosiy ozuqa 5ta asosiy mahsulotlar guruhidan: yormalar, meva va savzavotlar, sut mahsulotlari, go‘sht yoki dukkakli o‘simliklardan tayyorlangan ozuqalar bo‘lishi kerak. Barcha vitaminlar, minerallar va temir moddalardan iborat taomlarni tanovul qilishlari kerak.
3. Alkogol va kofein tutuvchi ichimliklarni iste’mol qilish, chekish tavsiya etilmaydi. Biror bir dori-darmon yoki tibbiy muolajani qabul qilishda avval vrach bilan maslahatlashishlari kerak.
4. Homiladorlik davrida badan tarbiya bilan shug‘ullanish zarur. Agar homilador ayol yaxshi jismoniy holatda bo‘lsa, tana qo‘shimcha og‘irlikni ko‘tarishda qiyinchilikka uchramaydi.
5.Homilador ayol o‘zining toliqib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi, ayniqsa, homiladorlikning oxirgi haftalarida, maxsus mashg‘ulotlarga qatnashishi zarur. U erda ayollarni tug‘ruqqa va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilishni o‘rgatadilar.
Bola hayotining har bir oyi uning jismoniy va psixik im-qoniyatlarining shakllanishidagi muhim davrdir. Ikki, uch oylik bola ham yangi tug‘ilgan chaqaloqdan ancha farq qiladi, uch yashar bola esa o‘z taraqqiyoti bilan bir yashar boladan birmuncha ustun turadi. Ilk bolalik davrda bolaning shaxsi, xarakteri, xulq-atvori ma’lum darajada tarkib topadi. SHu sababli bolaning ma’lum davrdagi rivojlanishi xususiyatlarini tahlil qilganda, bu rivojlanishning oldingi bosqichlarda qanday bo‘lganligini bilish kerak. Bu faqat bolaning rivojlanish jarayonini takomillashtirish va tezlashtirish uchun emas, balki ana shu jarayonning bola kuchiga yarasha va Yosh imkoniyatiga mos keladigan bo‘lishini ta’minlash uchun ham kerakdir.
Pedagogik tajribalarga va mavjud psixologo-fiziologik tekshirish natijalariga asoslanib maktabgacha Yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti quyidagi Yosh bosqichlariga ajratiladi.(Bunda bola tug‘ilgandan tortib, to maktabda o‘qiy boshlaguncha bo‘lgan davr hisobga olinadi.)
1.Tug‘ilgandan bir Yoshgacha: chaqaloqlik davri (hayotining birinchi oyi); hayotining birinchi yili - go‘daklik davri.
2. Bir Yoshdan uch Yoshgacha: ilk bolalik davri.
3.Uch Yoshdan etti Yoshgacha: maktabgacha bo‘lgan davr.
Bola psixikasi taraqqiyotining mana shu ko‘rsatilgan davrlari umuman qabul qilingan bo‘lsa ham, bu davrlarni abso­lyut davr deb hisoblash mumkin emas. Yosh davrlariga ajratishda qat’iy chegara yo‘q. U hech kim yil fasllarining almashinuv oyi va soatini ko‘rsata olmaganidek, odam hayotining davrlari o‘rtasidagi chegarani ham aniq ajratish mumkin emas. Shuning uchun yuqoridagi davrlarga ajratishni absolyut deb bo‘lmaydi.
Bola tug‘ildi. Ona organizmi bilan anatomik bog‘lanish uzilgan bo‘lsa-da, bola mustaqil hayot kechira olmaydi, chunki bola ona bilan fiziologik jihatdan bog‘langandir, ona uni o‘z suti bilan boqadi. U yangi, o‘zgacha muhitda yashay boshlaydi. Bola hayotining birinchi kunlari tug‘ilganidagi og‘irligini yuqotadi. Bunga tashqi dunyo sharoitiga moslashish davrida energiyaning ko‘plab sarflanishi sababdir. Bola organizmining, ma’lum vaqt o‘tib, tug‘ilgan davridagi og‘irligiga teng kelishi uning tashqi muhitga, yangi sharoitga moslashganligidan darak beradi. Odatda chaqaloqning og‘irligi 10—12 kun o‘tgach, asli holiga keladi.

Xulosa

Xulosa qilib shuni qo‘zg‘ovchilar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha kisqa bo‘lsa, uning o‘zi uchun tanish va yangi bo‘lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli bo‘ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik jarayonlarning o‘tishini kuchaytiradi va tasavvurlarning xotirada mustahkam saqlanishiga yor­dam beradi.


Bola organizmiga o‘zini saqlash va rivojlanishiga yordam beruvchi jarayonlar guruhi tug‘ma ravishda berilishini alohida aytib o‘tish joizdir. Ular ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, tana harorati, moddalar almashinuvi jarayonlari va hokazolarni boshqarish bilan bog‘liq. SHubhasiz, so‘rish, himoyaviy, mo‘ljal oluvchi, ushlab oluvchi, tayanch harakati va qator boshqa reflekslar tug‘ma hisoblanadi, bularni barchasi bola hayotining ikkinchi oyida aniq ko‘rinadi.
Tug‘ilganidan boshlab bolaning nafaqat sezgi organlari ishlashga tayyorligi ma’lum bo‘lmay, balki bosh miyasi ham faol ishlay boshlaydi. Onalar chaqaloqning faqatgina psixika va xulqning tug‘ma shakllarinigina bilmasdan, balki organizmni tabiiy rivojlanish jarayonini ham bilishi kerak. Hayotining birinchi oylarida harakatlarning rivojlanishi alohida ahamiyatga ega.
CHaqaloq motorikasi tug‘ilganidan boshlab etarlicha tashkiliylikka ega, u holatlarni boshqarishga mo‘ljallangan ko‘pgina mexanizmlarni o‘z ichiga oladi. CHaqaloqda ko‘pincha oyoq-qo‘llarining yuqori harakatchanlik faolligi paydo bo‘ladi, bu kelajakda koordinatlashgan harakatlarni murakkab majmuini shakllanishida ijobiy ahamiyatga ega.CHaqaloq bolalarda qo‘l-oyoqlar bukilib, barmoqlar musht bo‘lib turadi.
Hayotining birinchi oylarida, bola bezovtalangan paytlarda, qo‘l va oyoqlarning harakati juda betartib, bir-biriga moslashmagan, beixtiyor holda bo‘ladi. Keyin harakatlar asta-sekin «ongli»lashib boradi va bu harakatlar yangi sezgilarning manbai bo‘lib xizmat qiladi, bu murakkabroq harakatlarga o‘tishni tayyorlaydi. 3-3,5 oylik bola, unda hali aniq koordinatsiyalashgan harakat bo‘lmasa ham, qo‘llarini o‘yinchoqlarga uzatadi. Aniq koordinatsiyalashgan harakat 4 oyli bolada yaxshi ko‘rinadi. Bola o‘yinchoqni bemalol qo‘liga ololadi. Uni tutib olib, u-bu yog‘iga qaraydi, og‘ziga tegizib ko‘radi va shu yo‘l bilan ko‘plab har xil taassurotlar oladi. Ikki oylik bola, qorni bilan yotqizib qo‘yilsa, boshini ko‘tara boshlaydi. Uch oylikda esa yotgan holda tirsagiga tiranib turadi va bemalol u yoq-bu yoqqa qaray oladi. SHu bilan birga, qo‘ltig‘idan tutib turilsa, oyog‘ida turadi. 8-8,5 oyligida boshqalarning yordamisiz o‘tira oladi, emaklaydi va biror narsaga suyanib oyog‘ida tura oladi. 12-13 oyligida o‘tirib, tura oladi, birovning yordamisiz qadam qo‘ya oladi, demak, bola yura boshlaydi. Bolaning vaqtida yurib ketmasligiga salomatligiiing nochorligi, chaqaloqligida ko‘p kasal bo‘lganligi va umu­miy harakat hamda sezgi organlarining kech rivojlanishi sabab bo‘ladi.
Bolaning harakatlari rivojlanishi hayotini birinchi yilida judayam tez maromda kechadi, o‘n ikki oy ichida erishilgan taraqqiyot hayratlanarli.
CHeklangan qo‘l-oyoq, boshni tug‘ma umumiy elementar harakatlar to‘plamidan iborat imkoniyatga ega bo‘lgan, amalda yordamga muhtoj mavjudotdan bola kichkina odamga aylanadi, u nafaqat ikki oyoqda oson turuvchi, balki muhitda nisbatan ozod va mustaqil harakatlanuvchi oyoqlar harakati bilan bir vaqtda lokomotsiyalardan ozod fazoda (harakatni ta’minlovchi funksiyalar) qo‘l bilan murakkab boshqaruv harakatlarini va atrofdagi olamni tadqiq etishga mo‘ljallangan harakatlarni amalga oshira oladi. YAngi tug‘ilgan bolada diqqat qilish qobiliyati bo‘lmaydi. Unda turli qo‘zg‘ovchilar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha kisqa bo‘lsa, uning o‘zi uchun tanish va yangi bo‘lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli bo‘ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik jarayonlarning o‘tishini kuchaytiradi va tasavvurlarning xotirada mustahkam saqlanishiga yor­dam beradi.

Download 70,03 Kb.
  1   2   3




Download 70,03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chaqaloqlik davri psixologik xususiyatlari. Go’dak va muloqot. ’’Tirilish’’ kompleksi

Download 70,03 Kb.