• 8.4. Yangi tovar tushunchasi. Tovar raqobatbardoshligi. 8.5. Firma imidji va tovar belgisi haqida tushuncha Tayanch so’z va iboralar
  • 1-rasm. Marketing tovarlarning guruhlanishi.
  • 8 – mavzu: tovar va tovar siyosati (Ma’ruza




    Download 86.06 Kb.
    bet1/11
    Sana02.03.2024
    Hajmi86.06 Kb.
    #165344
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    7.Marketing tizimida tovar siyosati
    3-m.Aloqa liniyalarining tarkibi va xususiyatlari va ulardan samarali foydalanish, тест жавобсиз 2-олий таълим.docx-

    8 – MAVZU: TOVAR VA TOVAR SIYOSATI
    (Ma’ruza (nazariy material)-2 soat)
    REJA:
    8.1.Tovar haqida tushuncha. Tovarlar guruxi va turkumlanishi.
    8.2.Tovar assortimenti va tovar markasi haqida tushunchasi.
    8.3.Tovarning xayotiy davri va ularning asosiy bo‘g‘inlari
    8.4. Yangi tovar tushunchasi. Tovar raqobatbardoshligi.
    8.5. Firma imidji va tovar belgisi haqida tushuncha


    Tayanch so’z va iboralar:
    Tovar, tovar xayot tsikli, o’sish bosqichi,yetuklik, voyaga yetish bosqichi, pasayish bosqichi, yangi tovar, tovar raqobatbardoshligi, buyumning kam-ko’stini to’ldirish, mahsulotning yuksak sifatli uslublari


    8.1.Tovar haqida tushuncha. Tovarlar guruxi va turkumlanishi.
    Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti davrida marketingda tovar siyosati alohida ahamiyatga molikdir.
    Marketing operatsiyalarining predmeti tovar va xizmatlardir. Ular marketing orqali sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsulidir. Marketingda tovar birinchi navbatda ma’lum ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan «vosita» sifatida, keyin esa sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsuli sifatida o’rganiladi. Marketing tovarlarni eng avvalo ikki guruhga bo’lib o’rganadi:

    1. Yakka tartibda foydalaniladigan tovarlar.

    2. Ishlab chiqarishga oid tovarlar.



    1-rasm. Marketing tovarlarning guruhlanishi.
    Yakka tartibda foydalaniladigan tovarlarni esa o’z navbatida quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
    - uzoq foydalaniladigan tovarlar, masalan: muzlatgich, televizor, avtomobil va boshqalar.
    - qisqa muddatlarda foydalaniladigan tovarlar. Masalan: oziq-ovqat, pardoz buyumlari va boshqalar.
    - turli xizmatlar.
    - Eksklyuziv xilli tovarlar: agar biror xil tovar sotuvda bo’lmasa, xaridor uning paydo bo’lishini kutadi, agar bunday tovarni topolmasa, boshqasini umuman sotib olmaydi.
    Eng ko’p manzur bo’ladigan ishlab chiqarishga oid tovarlar quyidagi xillarga bo’linadi:

    1. Biotibbiyot uskunalari;

    2. Kompyuterlar va periferik qurilmalar;

    3. EHM dastur ta’minoti;

    4. Qurilmalarni sinab ko’rish uchun elektron uskunalar va qurilmalarning o’zi;

    1. Poligrafiya texnikasi;

    2. Radioelektronika apparati tarkibiy qismlari;

    3. Yuqori aniqlikdagi metallni qayta ishlash uskunalari;

    4. Oziq-ovqat mahsulotlari uchun uskunalar;

    5. Qadoqlash mashinalari;

    10. Texnologik havo va suyuqlikni tozalaydigan qurilmalar;
    11. Atrof-muhitni himoyalash uchun uskunalar;
    12. Laboratoriya uskunalari;
    13. Aloqa apparatlari;
    14. Qurilish materiallari;
    15. Qurilish uskunalari;
    16. Qishloq xo’jalik mahsulotlari.

    Download 86.06 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 86.06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8 – mavzu: tovar va tovar siyosati (Ma’ruza

    Download 86.06 Kb.