• 1-rasm. Tovar raqobatbardoshligini aniqlash bosqichlari.
  • Raqobatda quyidagi narsalarga alohida e’tibor berish kerak
  • Tovarning raqobatbardoshligi




    Download 86.06 Kb.
    bet10/11
    Sana02.03.2024
    Hajmi86.06 Kb.
    #165344
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    7.Marketing tizimida tovar siyosati
    3-m.Aloqa liniyalarining tarkibi va xususiyatlari va ulardan samarali foydalanish, тест жавобсиз 2-олий таълим.docx-
    Tovarning raqobatbardoshligi. Har bir xaridor o’ziga yoqqan tovarni sotib oladi, sotuvchilar esa raqiblar tovariga nisbatan ko’proq ijtimoiy ehtiyojlarga mos keluvchilarini tanlashadi. Raqobatbardoshlik nisbiy tushuncha, aniq bozorga va unga kirish vaqtiga bog’liqdir.

    Bo’lajak xaridorlar
    ehtiyojini o’rganish


    1-rasm. Tovar raqobatbardoshligini aniqlash bosqichlari.
    Xaridorlarning tovar va xizmatlar sotib olishlari uchun qilgan sarf-xarajatlari ikki qismdan iborat. Birinchisi, tovarga to’langan baho va uni topish uchun ketgan vaqt va ishlatish xarajatlaridir. Ularning hammasi jamiyat uchun iste’mol xarajatlarini, ya’ni bahosini tashkil etadi. Iste’mol bahosi tovarning xarid qilib olish narxidan ancha ko’p. Masalan: yuk mashinasining xarid narxi umumiy iste’mol bahosining 15 foizini, samolyotniki 11 foizini, sovitgichniki 10 foizini, traktorniki 19 foizini tashkil etadi. Shu sababli tovarlar ichida eng raqobatbardoshi bo’lib, boshlang’ich bahosi pasti emas, balki iste’molchi qo’lida ishlatilishi qulayligi, kam sarfligi va umumiy xarajati kamroqligi bilan farqlanadigani hisoblanadi.
    Xaridorlar tovarlarni taqqoslashda, qaysinisini ishlatish samaradorligi (R) sotib olish xarajatlariga (S) nisbatan yuqori bo’lsa, o’sha tovarni ko’proq tanlashadi. Demak, tovarni raqobatbardoshligi (K) umumiy ko’rinishda K=R/S bo’ladi. Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
    - bozorni tahlil qilib, korxonada ishlab chiqarilayotgan tovarga o’xshash tovar namunasini topib olish;
    - korxonada ishlab chiqarilayotgan tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko’rsatkichlarni belgilash;
    - korxonada ishlab chiqarilayotgan tovardagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash.
    Raqobatda quyidagi narsalarga alohida e’tibor berish kerak:
    - tovarning texnik jihatdan yangiligi;
    - o’xshash tovarlarga nisbatan ishlab chiqarilayotgan tovarning chidamli, ishonchliligi, sifatining yuqorilik darajasi;
    - tovarlarning yangidan-yangi ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari;
    - tovarlarni sotib olgan xaridorlarga ko’rsatiladigan xizmatlarning xilma-xilligi, holati;
    - tovarlarning tejamliligi, ixcham, foydalanishdagi samarasi;

    • atrof-muhit uchun ekologik toza bo’lishi va hokazolar.

    Tovarni sotib olishda insonlar ma’lum ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutadilar. Shu sababli tovarning sifat ko’rsatkichlari to’g’risidagi axborot zarur. Bozorga kirish firma uchun mas’uliyatli davr, uning tovarlari haqida hali ma’lumotlar berilmagan. Bo’lajak iste’molchi quyidagi axborotlarni olishi shart:
    - tovarning borligi va sotilish joyi;
    - qaysi ehtiyojlarni qondirishga qaratilganligi;
    - iste’mol qiymatining asosiy ko’rsatkichlari;
    - xaridorlarni qoniqtirmay qolgan holda ularning himoya qilish kafolatlari.
    Bo’lg’usi xaridorlarga axborot etkazish usullari:
    -Reklamalar
    -Ko’rgazmalar o’tkazish.
    -Yig’ilishlar, anjumanlar va filmlar orqali.

    Download 86.06 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 86.06 Kb.