• Mahsulotning yuksak sifatli uslublari.
  • Tovarning «bozor testi».
  • Buyumning kam-ko’stini to’ldirish.
  • Tajriba ishlari va «Yo’l-yo’riqli» partiyani ishlab chiqishni tashkil etish




    Download 86.06 Kb.
    bet9/11
    Sana02.03.2024
    Hajmi86.06 Kb.
    #165344
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    7.Marketing tizimida tovar siyosati
    3-m.Aloqa liniyalarining tarkibi va xususiyatlari va ulardan samarali foydalanish, тест жавобсиз 2-олий таълим.docx-
    Tajriba ishlari va «Yo’l-yo’riqli» partiyani ishlab chiqishni tashkil etish. Tajriba ishlari va «Yo’l-yo’riqli» partiyani ishlab chiqishni tashkil etishning barcha bosqichlarida materiallarni butlash, buyumlarni va tayyor tovarni foydalanishning eng og’ir sharoitlarida har tomonlama sinovdan o’tkazish kerak. Bugungi kunda buyumning ishonchliligi tovarning raqobatbardoshligida eng muhim ko’rsatkichdir.
    Mahsulotning yuksak sifatli uslublari.Chiqim oqimining tamoyillari-konveyer boshlanishidan qancha uzoqlashsa, mahsulot sifati shuncha past bo’ladi.

    1. Keyingi jarayondagi hamkasbing-sening xaridoring.

    2. Ish sifati uchun shaxsiy mas’uliyat, na ko’rsatmalar, na buyruqlar ish sifatiga kafolat bo’lolmaydi.

    3. Konveyer ishdagi xato ikkinchi marta qaytarilmasligi kerak.

    4. «Risoladagi odam yomon ishlamaydi, yomon ishlash - uyat!» shiori ostida ijodiy imkoniyatlarni rivojlantirish.

    5. Sifat va shoshilish kelisholmaydi.

    Tovarning «bozor testi».Yuksak sifati hech shubha tug’dirmaydigan tovar seriyali ishlab chiqarishdan oldin «bozor testi»dan o’tkaziladi - ayrim tanlangan bozorlarda oz-ozdan sotib ko’riladi. Marketingni bu bosqichi yakka tartibda foydalaniladigan tovar xususida majburiydir va ishlab chiqarishga oid tovar xususida esa maqbuldir. Biroz sotib ko’rishning maqsadi - tezkor tijoriy axborot olishdir, shuning uchun anna shunday savdoni tashkil etishning bosh sharti quyidagi savollarga aniq javob berishdir:
    Aynan nimani aniqlash kerak? Buni qaysi bozorda aniqlash kerak? Qanday muddatda aniqlash zarur bo’ladi?
    Ishlab chiqarishga oid tovarlar bozor testi.

    1. Ko’rgazma va yarmarkalarda namoyish etish.

    2. Iste’molchiga foydalanish uchun tekinga berish va sinov jurnalini iste’molchidan olish.

    3. Tovarni ko’chma ko’rgazmalarda namoyish qilish

    Buyumning kam-ko’stini to’ldirish.Test natijasida olingan ma’lumotlar buyumning muvaffaqiyatsiz chiqib qolgan xususiyatlarini o’zgartirish va pirovardida uni ma’lum bir bozorga moslashtirish uchun kerak bo’ladi. Javob olinishi kerak bo’lgan savollar quyidagilar:
    - Tovarlarning tashqi ko’rinishi xaridorga yoqdimi?
    - O’rami o’z rolini bajaradimi?
    - Tovarning nomi to’g’ri tanlanganmi?
    - Tovar do’konda mavjud bo’lgan shunday tovarlarning orasida ajralib turibdimi?
    - Reklamani tarqatish uchun ommaviy kommunikatsiyaning qanday vositalarini tanlash kerak?

    Download 86.06 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 86.06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tajriba ishlari va «Yo’l-yo’riqli» partiyani ishlab chiqishni tashkil etish

    Download 86.06 Kb.