8 – mavzu: tovar va tovar siyosati (Ma’ruza




Download 86.06 Kb.
bet7/11
Sana02.03.2024
Hajmi86.06 Kb.
#165344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7.Marketing tizimida tovar siyosati
3-m.Aloqa liniyalarining tarkibi va xususiyatlari va ulardan samarali foydalanish, тест жавобсиз 2-олий таълим.docx-
4. Pasayish bosqichi ishlab chiqarish quvvatlarining anchagina ortiqchaligi bilan bog’liq bo’ladi. Tovarning kam turliligi ko’zga tashlanadi. Tavar sifati o’zgaruvchan. Sotish hajmi pasayadi. Firmalar raqobatchiligidan boshlaydi hamda raqobatchilar soni kamaygani kuzatiladi. Tovar baholari past, foyda tez qisqaradi hamda tovarlar tashkilotga zarar bilan sotiladi. Xaridorlar tajribali bo’lganliklari bilan tovarni yaxshi biladilar. Tovar sotishning faqat ayrim kanallari ishlatiladi. Reklamaga ajratilayotgan mablag’lar juda ham kam. Marketing choralariga bo’lgan xarajatlar sezilarsiz darajada. Mahsulot sekin asta yangisi bilan almashinadi. TFTsning ushbu bosqichida yana 3 davrni ko’rsatish mumkin: tashkilot yoki firma intensiv reklama orqali mahsulot Xayt tsiklini uzaytirishga harakat qilish tovarni takommillashtirish, baho siyosati bilan o’yin qilish va amalga oshirish mumkin. Undan maqsad tashkilot yoki firma tovardan qolgan foydani chiqarib olish tovarni sotib olishni davom ettirayotgan doimiy iste’molchilarni jalb qilish: Tovar harakati-majmuaviy faoliyat bo’lib, o’z ichiga barcha operatsiyalar to’plamini, ya’ni ishlab chiqarilgan mahsulotni ishlovchidan iste’molchiga jismoniy harakat vositasi orqali olib borish berilishidir. Quyidagilar tovar harakatini tuzilishi elementlari bo’lib hisoblanadi: tayyor mahsulotni olib borib, qayta ishlash, uni saralash, joylashtirish, transport operatsiyalarini bajarish, uni etkazib berish bilan bog’liq xizmatni bajarish hamda tovarni sotish. Tovar harakati sezilarli xarajatlarni marketing tizimida talab qiladi:
It= T + F + W + S
Bu erda: It - tovar harakati xarajatlari;
T - transport xarajatlari;
F - o’zgarmas ombor xarajatlari;
W - o’zgaruvchan ombor xarajatlari;
S - o’rnatilgan muhlatda bajarilmagan buyurtmalar qiymati.
Tovarlar iste’molchilarga ikki usulda: tranzit va ombor usulida sotiladi va etkazib beriladi. Mahsulot etkazib berishning tranzit usuli qo’llanilganda, tovarlar, ularni tayyorlovchi korxonalardan iste’molchiga bevosita etkazib beriladi. Ombor usulida esa tovarlar, ularni tayyorlash punktidan iste’mol joyiga marketing va boshqa korxona, tashkilotlarning baza va omborlari orqali etkazib beriladi.
Tovarlar assortimentini va ularni marketing nuqtai nazaridan boshqarish alohida ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytganda, tovar siyosati marketingda eng muhim omillardan biridir. Har bir korxona mahsulotni qachon, qancha, kim uchun ishlab chiqarish kabi savollarga javob topishi zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, korxonalar tovar turlarini yangilab turishlari kerak. Aks holda korxonaning kelajakdagi istiqboli inqirozga yuz tutadi. Tovar turlarini yangilash va ularni xaridorlara etkazib berish usullarini kengaytirib borish lozim.



Download 86.06 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 86.06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8 – mavzu: tovar va tovar siyosati (Ma’ruza

Download 86.06 Kb.