Firma imidji va tovar belgisi haqida tushuncha




Download 86.06 Kb.
bet11/11
Sana02.03.2024
Hajmi86.06 Kb.
#165344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7.Marketing tizimida tovar siyosati
3-m.Aloqa liniyalarining tarkibi va xususiyatlari va ulardan samarali foydalanish, тест жавобсиз 2-олий таълим.docx-
8.5. Firma imidji va tovar belgisi haqida tushuncha
Nike”: Chuqur Brend-Xaridor munosabatlarini qurish Nikening ‘swoosh’ini hamma yerda toppish mumkin. Sport jurnallari deysizmi, televizordagi futbol yoki basketbol o’yinlari deysizmi u hamma yerda hozir. Innovatsion marketing vositasida, Nike ‘swoosh’ni dunyodagi eng keng tanilgan brand simvollaridan biriga aylantirdi.
1980-yillarda Nike sport marketingini tubdan o’zgartiridi. O’z brendini va bozordagi ulushini ko’trish uchun, Nike mashxur kishilar qatnashgan reklamalar, katta targ’ibot ishlari va ta’sirchan Just do it’ (‘Shunchaki bajar’- Nikening shiori)reklamalariga raqobatchilariga nisbatan ancha ko’proq mablag’ sarfladi. Nike xaridorlarga shunchaki sport anjomlari yetkazib berish bilan cheklanmadi. Raqobatchilar anjomlarning texnik xarakteristikasiga urg’u bergan bir paytda, Nike brend va xaridorlar orasida munosabat qurdi. Sport kiyimlari va jihozlaridan tashqari, Nike xaridorlarga yangi xayot tarzi, sportga bo’lgan muhabbat va xayotga nisbatan ‘Shunchaki bajar’ yo’sinidagi munosabatni taklif qildi. Nike maxulotlarini kiyayotgan mijozlar o’zgacha taassurotga ega bo’lardilar. Kompaniya veb-sahifasida aytib o’tilganidek: ‘Nike doim haqiqatni bilgan – oyoq kiyimning o’zi emas u sizni qayerga olib borishi muhimroqdir.’Nike 90-yillarning boshlarida ham kuchli o’sishda davom etdi va tezkor ravishda beyzbol, golf, skeytbording, velosport kabi 10dan ortiq sport turlari uchun tovarlar qo’sha bordi. Kompaniya dadil rivojlanishda davom etdi va o’z brendi va logosini quyosh ko’zoynaklari va futbol koptoklaridan tortib beysbol qo’lqoplari va golf tayoqlarigacha bo’lgan turli tovarlarga yopishtira boshladi.
Lekin, 90-yillarning oxirlarida “Nike” to’siqlarga duch keldi va sotuv miqdori tushdi. Kompaniya yiriklashgani sari, uning yaratuvchanlik potensiali tushib bordi va yangicha ko’rinish qidirayotgan mijozlar raqobatchi brendlarga yon bosa boshladi. Ortga nazar tashlaydigan bo’lsak, Nike uchun eng katta to’siq uning o’z shuhrati bo’lgan. Sotuv miqdor oshar ekan, Nikening brend belgisi o’ta oddiy bo’lib bordi. Natijada, “Nike” noodatiy emas, balki odatiy tovarga aylandi. Mijozlar va kompaniya orasidagi qaynoq munosabat esa sovub bordi. Nike uchun o’z brendiga yangicha mazmun kiritish vaqti kelgandi.
Vaziyatni qayta o’nglash uchun, Nike o’zining asosiy g’oyasiga qaytdi: innovatsion yangi tovarlar va mijozlar bilan munosabatlarga bo’lgan kuchli e’tibor. Kompaniya yangicha, yanada chuqurroq va yanada uzviy munosabatlar yaratishga xarakat qildi. Bu gal, shunchaki reklamalar va yulduzlar ishtirokidagi tadbirlarga katta mablag’ saqlash bilangina cheklanib qolmay, “Nike” zamonaviy sotsial varaqamli marketing vositalaridan foydalana boshladi va ular yordamida mijozlar orasida yangi brend taasurotlari va brend jamoalari yaratdi. Sanoat analistlaridan birini aytishicha: ‘Nike o’zining yagona shiorli yondashuvidan voz kechib axborot asri uchun butunlay yangicha yondashuv ishlab chiqdi. “Nike” endi asta-sekin marketingda yangi revolyutsiyani boshlamoqda’.
“Nike” hozirda ham kreativ reklamalar uchun katta mablag’ sarflaydi. Lekin uning television va bosma axborot vositalariga ketadigan xarajatlari sezilarli darajadi kamaygan va milliard dollarlik reklama byudjetining atigi 20% qismini tashkil qiladi. Buning o’rniga endi “Nike” ushbu byudjetning katta qismini noodatiy axborot vositalariga yo’naltirgan. Jamoatga yo’naltirilgan raqamli ijtimoiy tarmoqlar yordamida, “Nike” mijozlar orasida shunday jamoalarni quryaptiki, ular nafaqat kompaniya bilan balki o’zaro ham brend haqida muloqot yuritadi.
“Nike” ham online ham offline ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni puxta o’zlashtirdi. Mijozlar “Nike” haqida qayerdan ma’lumot olishidan qat’iy nazar, e’lonlardanmi, “Niketown” do’konlaridagi tadbirlardanmi, “Facebook” sahifasi yoki Youtube tarmoqidan, yoki kompaniya vebsaytlaridanmi, kundan kunga ko’proq shaxslar Nike brendi bilan uzviy aloqalarni qurib bormoqda. Quyidagi misolni ko’rib chiqaylik:
Odatiy “Niketown” do’konida, haftada ikki marta ish kuni yakunidan keyin xaridorlar yugurish mashg’ulotlari uchun to’planadilar. Mashg’ulotdan so’ng, “Nike” yugurish klubi a’zolari yengil tamaddi qilib hikoyalar almashadilar. “Nike” ishchi jamoasi a’zolarning o’sishlarini kuzatib boradilar va shaxsiy yutuqlarni rag’batlantiradilar. Bu tadbir asosiy mijozlar bilan munosabatlar qurishga haqiqiy misoldir.
Lekin “Nike” bu bilan cheklanib qolmaydi. Ushbu tadbirlar online ijtimoiy tarmoq orqali yanada kengaytiriladi va ko’proq yugurish ishqibozlari bilan munosabatlar o’rnatiladi. “Nike+” deb nomlangan vebsayt iPodga ulangan “Nike” oyoq kiyimlari egalariga o’z o’sishlarini – uzoqlik, tezlik, vaqt va kaloriyalar- kuzatib boorish imkonini beradi. Yuguruvchilar o’z natijalarini saytga yuklab o’zgarishlarni tekshirib borishlari, boshqa yuguruvchilar bilan solishtirishlari va hattoki mahalliy va xalqaro musobaqalarda qatnashishlari mumkin.
Brend jalb qilinishiga keladigan bo’lsak, “Nike+” yugurish vaqtida murabbiy yoki do’stingizni o’rnini bosishi mumkin. “Nike+” ning ‘Nike Coach’ dasturi musobaqalar uchun tayyarlanishga zarur bo’lgan mashgulotlar uchun maslahatlar va jadvallarga egadir. Yugurish davomida, har milyaning oxirida ovozli dastur qanchalik uzoq yugurganingizni eslatib turadi. Agar holsizlikdan to’xtab qolsangiz, birgina tugmani bosish or qali o’zingiz tanlagan maxsus kuch beruvchi qo’shiqni eshitasiz va mashg’ulotni davom ettirish uchun g’ayrat paydo bo’ladi. Uyga qaytganingizda esa, yig’ilgan ma’lumotni dasturga yuklaganingizdan keyin, “Nike+” uni jadval ko’rinishiga keltiradi va yugurishingizni taxlil qilish imkoniyatini beradi.
Bugungi kunda, 5 million atrofidagi foydalanuvchilar Nikega ulanib o’z natijalarini tekshirib boradilar. Kompaniyaning uzoq muddatdagi maqsadi, dunyodagi 100 million yuguruvchilarning 15%ini jalb qilishdan iboratdir. “Nike”ning ushbu katta muvaffaqqiyati unga AQSH bozorining 61%ini egallab olish imkonini berdi. Natijada, “Nike”ning mutloq yangi bo’limi “Nike Digital Sport” dunyoga keldi. Ushbu bo’limning maqsadi foydalanuvchilarga o’z natijalarini kuzatib boorish imkonini beruvchi raqamli texnologiyalar yaratishdir. Masalan, yaqinda bo’lim “FuelBand” deb nomlangan va mashg’ulot davomida sarflangan energiyani kuzatib boradigan bilak tasmasini ishlab chiqdi.
“Nike+” va boshqa ko’plab raqamli va ijtimoiy matbuotga bog’liq chora tadbirlar natijasida, Nike mijozlar orasida o’zaro va brend bilan bo’lgan chuqur munosabat va jamoa ruhinini yarata oldi. Eskicha serharajat targ’ibot ishlari o’rniga, “Nike” mijozlar ilan to’g’ridan to’gri bog’lana oladigan interaktiv yondashuvlarga o’tdi. Bularning ba’zilari natijalarni kuzatib boruvchi bilak-tasma, “Twitter” ijtimoiy tarmog’idagi sihqibozlarning so’zlari bilan to’ldirilgan Billboard, television kanallarda emas “Faceook”da beriladigan reklamalarni o’z ichiga oladi. Bularning natijasida, “Nike” yana bir bor mijozlar hayot tarzining bir qismiga aylandi. Hozirda “Nike”, eng yaqin raqobatchisi Adidasdan 30 % katta bo’lib, dunyodagi eng yirik sport kiyimlari kompaniyasi sifatidagi statusini saqlab kelmoqda. Oxirgi 5 yil ichida, brogan sari yomonlashib borayotgan iqtisodiy vaziyat raqobatchi kyim va oyoq kiyim kompaniyalarini og’ir vaziyatga solib qo’ygan bir vaqtda, Nike savdo darajasi faqat oldinga harakatlanmoqda.
Huddi sportdagidek, bozorda ham eng kuchli va eng tayyor brend yutib chiqadi. Chuqur brend-xaridor munosabatlari raqobatda ustunlikni ta’minlab beradi. “Nike” esa yana bir bor mijozlar bilan juda yaqin- balki kompaniyaning boshlanish kunlarida Phil Knight oyoq kiyimlarni o’z mashinasidan sotgan kunlardagidek yaqin. “Nike” bosh direktori aytganidek: ‘Nike brend va mijozlar taassuroti orasidagi bo’shliqni kichraytirib bormoqda. Oldinlari mijozlar bilan bog’lanish ‘Mana tovar. Mana reklama. Sizga yoqdi degan umiddamiz’ tarzida bo’lardi. Hozir esa bu muloqotni talab qiladi.’
Download 86.06 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 86.06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Firma imidji va tovar belgisi haqida tushuncha

Download 86.06 Kb.