• 8.2. Tovar assortimenti va tovar markasi haqida tushunchasi.
  • Tovarga bo’lgan ehtiyojlar pog’onalari




    Download 86.06 Kb.
    bet3/11
    Sana02.03.2024
    Hajmi86.06 Kb.
    #165344
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    7.Marketing tizimida tovar siyosati
    3-m.Aloqa liniyalarining tarkibi va xususiyatlari va ulardan samarali foydalanish, тест жавобсиз 2-олий таълим.docx-
    Tovarga bo’lgan ehtiyojlar pog’onalari.
    Yakka tartibdagi ehtiyojlar quyidagilarga ko’ra aniqlanadi:
    - majburiyatlar doirasiga, oiladagi roliga qarab;
    - kichik guruhlardagi boshqa odamlar bilan munosabatiga ko’ra;
    - guruhning shaxsga va shaxsning guruhga talabi bilan;
    - katta jamoalarning faoliyatiga qo’shilish bilan;
    - jamiyatning ma’lum turkumiga mansublik bilan.
    - yurtdoshlarga mansublik bilan.
    Tovarlarga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj - bu yakka tartibdagi ehtiyojning ifodasidir.
    8.2. Tovar assortimenti va tovar markasi haqida tushunchasi.
    Tovarning sistemada joy egallashi yangi xom ashyoni aniqlashda yordam beradi.
    Bozorda aylanib konkurent turgan tovarlar bilan bir qatorda uning xaridorlar tomonidan talab etilishi, uni afzal tomonlarini aniqlab beradi.
    Joy egallash va segmentatsiya bir-biriga uzviy bog’liqdir. Ta’kidlab o’tganimizdek segmentatsiya-iishlab chiqarilgan tovar bo’lib, bozor tomonidan belgilab berilgan va xaridorlarning talabi asosida ishlab chiqiladigan xom-ashyodir.
    Xom ashyoning mustahkam joy egallishi uning afzallik tomonlariga bog’liq, xarajatlariga, xaridorlarning talabiga javob berishiga, maxsus tovarlar ishlatilashiga, boshqa tovarlar bilan taqqoslanishiga o’zining tovariga asos yaratib berishiga qarab o’ziga mustahkam poydevor yaratadi.
    Joy egallash - har xil marketing turlariga ham bog’liq, xom ashyoli, baholash servisi va reklamasi.
    Xaridor yangi tovarni aniqlab, unga o’zi baho beradi, uning sifat tomonidan talabga javob berishi va bozordagi tovarni o’rnini bosa olishini aniqlab beradi.
    Asosiy raqobatchilarning strategik raqobat deganda ayrim odamlarning bir-biri bilan bir xil yo’nalishda bir-biridan o’zib ketishi harakati tushuniladi.
    Raqobat marketingda 3 xil bo’ladi:

    1. Funktsional: Uning kelib chiqishi, har xil talabning qisqa qilib aytganda har xil usullar bilan qondirsa bo’ladi. Albatta xom-ashyolar shunaqa yo’l bilan qondirilsa bu funktsional raqobat deyiladi.

    2. Ko’rinishli raqobat-deyilganda bir xil maqsadda ishlab chiqarilgan, lekin boshqacha parametrlari bilan farq qiladi.

    3. Xom-ashyoli raqobat-bunda firmalar yagona bo’lgan xom ashyoni ishlab chiqarishadi, lekin ular sifati bilan farq qiladi yoki sifati ham bir xil bo’ladi. Bunaqa raqobat ba’zi payt firmalararo raqobat deyiladi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, ba’zi paytlarda firmalararo deb oldingi ikkalasi ham keladi.

    Raqobatni baholi va bahosizga ajratishadi. Baholi raqobat oldin bozor erkinligi paytida bir xil tovarlarni har xil bahoda taklif qilinishidir. Bahoni tushirish bilan ishlab chiqaruvchi o’zining xom-ashyosiga xaridorlarni jalb qilgan va bozordan o’ziga monand joy egallagan Hozirgi zamonda esa tovarning bahosini qo’yib ko’p ushlab turishga harakat qilishadi, uni bir maqsadda yo’naltirib tovar tannarxini tushirish va uni marketingdagi sarf-xarajatlarni qisqartirish va foydani yanada oshishini ta’minlash uchun.
    Baholi raqobat asosan monopoliyaga qarshi kurashishda subsayder firmalar orqali o’zgarib turiladi. Baholi usullar asosan bozorga yangi xom-ashyo bilan kirib borishda va etkazib berishdagi muammolarni bartaraf qilishda hamda o’z joyini mustahkam egallashda qo’llaniladi.
    To’g’ridan-to’g’ri baholi raqobatda firmalar ishlab chiqilayotgan va bozordagi xom-ashyoning bahosi tushganligidan xabar berishadi.
    Berkitilgan raqobatda firmalar yangi sifati yaxshilangan xaridorlar talabiga javob beradigan qilib chiqarishadi, bahosini esa asta-sekin ko’tarishadi. Bahosiz raqobat birinchi navbatda raqobatchilardan ko’ra sifatli, ishonchli, o’ta zamonaviy va xaridorlar qurbiga qarab bahosi pasaytiriladi. Bahosiz raqobatning ish quroli har doim reklama bo’lgan, bu yo’l bilan firma o’zining xom ashyosi haqida xaridorlarga etkazib turadi.
    Bahosiz raqobatning noqonuniy metodlariga ishlab chiqarish josusligi, mutaxassislarni jalb qilish, soxta mollar ishlab chiqarish namunalarini nusxa ko’chirish maqsadida ishlab chiqarishlar kiradi.
    Firmani boshqarishni marketing metodini bahosiz raqobat yo’liga kiritsa bo’ladi.
    Asosiy raqobatchilarning tutgan yo’lini, bozorni izlash yo’li bilan o’rganiladi. Omadni ta’minlash yo’lida raqobatchilar tomonidan qo’llaniladigan hamma marketing tashkil qiluvchilarni kiritsa bo’ladi, lekin eng muhimini ajratib o’tish kerak.
    Strategiyani baholashda odatda quyidagi savollarga javob beriladi:

    • Begona mollarning raqobatbardoshligi qanday?

    • Raqobatdosh firmalarning xom-ashyosini tarqatishdagi amaliyoti qanaqa?

    • Qadoqlashni o’ziga jalb qilish siri nimada ?

    • Raqobatchilar mahalliy savdodan foydalanishadimi yoki o’zlarinikidan foydalanishadimi?

    Umumiy qilib aytganda biz quyidagi ma’lumotlarga ega bo’lamiz. Nima uchun raqobitchilar aynan shunday yo’ldan foydalanishadi. Baholash siyosati va mollarning assortimenti, yangi bozor tovarlarini chiqarish haqida xabar topamiz.
    Aniq qilib aytganda bozor talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarilsa firmaga uning raqobatchilari orasida eng kata mavqeni egallashda yordam beradi. Masalan, bozordagi mollar xaridorlarni qanoatlantirmasa va uni taklif qilinayotgani bilan qanoatlantirsa. Shu bilan birga qulay tomoni ishlab chiqarish texnikasini yangilasa va sifatini oshirsa bozorda eng yaxshi mavqega erishish mumkin.
    Yuqori darajaga erishish uchun har doim o’zining tovarini hamda firmasini raqobatchiniki bilan taqqoslab turish kerak. Bularni taqqoslagandan keyin yuqori ma’muriyat past ko’rsatkich bilan ularni quvib o’tsa bo’ladi va qaysi yo’l bilan ular bilan tenglikda harakatlansa bo’ladi yoki ularga nima bilan yo’l berishni hal qiladi. Ba’zi paytlardi yuqori narxlarga erishish shunaqa turda bo’ladiki firma o’zi egallash holatida bo’lmaydi, kuchi etmaydi.
    Undan foydalanishdan oldin shuni tekshirish kerakki, buni qo’llashda nima halaqit beradi, marketingdagi «tashkilot»mi yoki «ichki holat»mi? Firma mavjud bo’lgan baho holatini o’zgartira oladimi. Agar o’zgartira olsa dastur ishlab chiqish kerak, agar o’zgartira olmasa boshqa bozorni izlab topish yoki boshqa sektorda ishlash kerak. Bozorga chiqmagan xohlagan tovar ommani talablariga javob berish tekshiruvlardan o’tadi.
    Tovarni raqobatbardosh ekanligini faqat ularni bir-biri bilan taqqoslab aniqlab bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda raqobatbardashlik uning sotilish vaqtiga va bozorga uzviy bog’liq. Raqobatbardoshlik tomoni xom ashyoning texnik tomonidan ishlab chiqarish turi va murakkabligi hamda talab qilingan aniq bahosi, izlanish maqsadi va boshqa omillarga bog’liq. Raqobatbardoshlik xaridorligi va xaridorni qiziqtirib o’ziga jalb qilgan tomoni bilan aniqlanadi. Raqobatbardoshlikni baholash uchun shuni ham inobatga olish kerakki zamonaviy bozorda firmalar tovarni ayrim o’zini sotishga emas, balki uni butun tovar tashkil etuvchilari bilan birga sotishga harakat qilishadi, shuningdek xaridor tovarni yangi tomoni, ya’ni ishlab chiqaruvchi uchun qiyin bo’lgan tomonidan baho beradi.
    Shuni aniq tushunish kerakki bozorga chiqqan har bir tovar birdan u yoki bu bo’lib o’zini raqobatbardoshlikni yo’qotadi. Shuning uchun yangi raqobatbardosh tovarlar zamonaviy va sifatli bo’lishi kerak. Asosiy e’tiborni nafaqat xom ashyoning texnik tomonidan yaxshilanishi balki xaridorlarning bahosi tushib ketayotganiga e’tibor berish lozim. Xom ashyoning boshlang’ich narxi ancha baland bo’lgan bo’lsa ham bu narsa uning oxirgi hal qilish nuqtasi bo’lishi mumkinligi haqida jahon amaliyoti bir necha misol keltirishi mumkin.
    Bu yo’ldan ko’pincha aviasozlar foydalanishadi. Ko’pchilik mijozga maxsus tahlillarni ko’rsatadi. Bunda avia kompaniyada bor bo’lgan texnikalar yo’nalish marshrutlari yuk jo’natish, avia xabarnomalarini rivojlanib borishi qanday qilib eski texnikani yangisiga almashtirsa bo’ladi kabilarni ko’rsatishadi. Raqobatbardoshlikni xarakterlash ikki guruhga bo’linadi: Texnik va iqtisodiy.



    Download 86.06 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 86.06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tovarga bo’lgan ehtiyojlar pog’onalari

    Download 86.06 Kb.