Makaron mahsulotlari. Reja 1




Download 121.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.09.2023
Hajmi121.79 Kb.
#80618
Bog'liq
МАВЗУ - 4
4-Elektromagnit induktsiya qubılısı, Sonli axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari, 3-laboratoriya. Grafik axborotlar bilan ishlovchi dasturiy vositalari bilan ishlash, 3-laboratoriya. Informatika fanlarini o\'qitishda didaktik-o\'yinli texnologiyalar, 2-ámeliy. Informatika táliminde aralıqtan oqıtıw texnologiyalardan paydalanıw, 4000 Essential English Words 1, KURS ishi mavzular, 1 болим, 13 Салыстырыу педагогикасы лекция кк 4, Baqsi-jiraw tiykarlari paninen lektsya pdf, 2-Сервис 4-китоб тайёр, Ijtimoiy pedagogika, 12-tema-lekciya, 14-ameliy


MAKARON MAHSULOTLARI.
 
Reja
 
1. Makaron mahsulotlar ishlab chiqarishining xususiyatlari va xom ashyosi
2. Makaron mahsulotlarning klassifikasiyasi va turlari  
3. Makaron mahsulotlariga qo’yiladigan talablar 
Makaron mahsulotlar bug’doy unining naycha, ip, lenta va boshqa shaklda 
quritilgan hamiridan iborat. 100 g makaronning kaloriyaliligi 341 kkal (1427, 4 kJ) 
bo’ladi. Makaron mahsulotlar ishlab chiqarishining xususiyatlari va xom ashyosi. 
Makaron mahsulotlar ishlab chiqarish uchun maxsus makaronbop un, tarkibida 
kamida 28% kleykovinasi bor oliy va 1-nav nonbop un, suv asosiy xom ashyo bo’lib 
xizmat qiladi. Quyidagilar qo’shimcha xom ashyo bo’ladi: boyituvchi 
qo’shimchalar-tuxum, tuxumli mahsulotlar, qaymog’i olinmagan, quritilgan sut va 
hokazolar maza va xushbo’y kiritadigan qo’shimchalar - sabzavot va meva 
sharbatlari; vitamin preparatlar V V
g
, RR; sifatini yaxshilovchi mahsulot sirtiga 
surtiladigan moddalar. Hozirgi vaqtda makaron mahsulotlar ishlab chiqarish 
jarayoni avtomat potok liviyalarda bajariladi. Bu jarayon xom ashyoni 
tayyorlashdan, hamir qorishdan, hamirga ishlov berishdan; (mushtlash va 
yoyishdan), shakl berishdan (shakldor mahsulotlar presslanadi, qoliplanadi, ugrani 
qo’lda tayyorlanadi), quritishdan, tindirib qo’yishdan (stabillashdan), saralashdan va 
o’rab joylashtirishdan iborat. Makaron mahsulotlarning sifati ko’p jihatdan 
quritishning nechog’liq to’g’riligiga bog’liq. Sekin quritish mahsulotning achishiga 
va mog’orlashiga olib kelsa, tez quritish makaronda yoriqlar paydo bo’lishiga, rangi 
bir tekis chiqmay, singan joyida shishasimon ko’rinish yo’qligiga, pishirishda 
qoniqarsiz xususiyatlarga olib keladi. Kalta kesilgan makaron 50
0-
70°S li haroratda 
20-90 min, uzun kesilgani esa 3-50°S li haroratda 14-40 soat quritiladi.
Makaron mahsulotlarning klassifikasiyasi va turlari. Unning navi qandayligiga 
qarab makaron mahsulotlar oliy nav va 1-nav bo’ladi. Agar makaron mahsulotlarga 
ta’m boyituvchilar aralashtirilsa, unda nav ko’rsatgich ta’m qo’shimchasining yoki 
boyituvchi qo’shimchaning nomi ham yoziladi. Masalan, tuxumli oliy, tarkibida 
tuxumi ko’paytirilgan tuxumli oliy, sutli oliy, tomatli 1- nav va hokazo. Makaron 
mahsulotlarning har bir navi to’rt tipga bo’linadi: naychasimon, lentasimon, ipsimon 
va shakldor mahsulotlar. Har qaysi tip uzunligi, yo’g’onligi, kengligi yoki diametri 
va boshqa alomatlari qandayligiga qarab turlarga bo’linadi. 
Naychasimon mahsulotlar. Makaron (uzunligi - kamida 30 sm, kaltalari-15-30 
sm), “rojki” (uzunligi 1,5-5 sm to’g’ri yoki bukilgan naychalar xavas bo’lak 
tayyorlangan rojki uzunligi 3-10 sm, yupqa (parrak) uzunligi 3-10 sm qiyalatib 
kesilgan naychalar) naychasimon mahsulotlarga kiradi. Bu mahsulotlar diametrining 
o’lchamiga qarab: diametri 4 mm gacha bo’lgan chilvir Qalamch a (perolardan 
tashqari), maxsus mahsulotlar- 5,5 mm gacha, oddiy mahsulotlar-7 mm gacha va 
havas bilan tayyorlangan 7 mm dan ortiq mahsulotga bo’linadi. 
Lentasimon mahsulotlarga ugralar kiradi. Ugra chetlari to’g’ri, to’lqinsimon 
qirqilgan, o’zi silliq yoki taram-taram bo’lishi mumkin. Uzunligiga ko’ra ugra kalta-


kamida 2 sm va uzun - kamida 20 sm bo’ladi. Ugraning qalinligi 2 mm dan 
oshmasligi, kengligi esa kamida 3 mm bo’lishi kerak 
Ipsimon mahsulotlar (vermishel). Uzunligiga ko’ra vermishel kalta-kamida 2 
sm va uzun-kamida 20 sm bo’ladi. Kesimining o’lchamiga muvofiq vermishel 
quyidagi: juda ingichka 0,8 mm gacha, ingichka - 1,2 mm gacha, oddiy - 1,5 mm 
gacha va vermishelga xos-3 mm gacha bo’lgan turlarga bo’linadi. Chilvir-qalamcha 
makaron, ugra va vermishel qush uya va kalava shakli ko’rinishida ham chiqariladi. 
Shakldor mahsulotlar mahsulotlar turli shakl va konfigurasiyada-alifbo, 
yulduzcha, tishli g’ildirakcha, spiral, chig’anoq va hokazo ko’rinishida chiqariladi. 
Hozirda maxsus maqsadga mo’ljallangan makaron mahsulotlar ham chiqariladi. 
Bular-bolalar ovqati, parhez ovqatlar va davolash ovqatlari uchun temir 
gliserofosfati, kazein, turli vitaminlar qo’shilgan va oqsili yo’q (davolash ovqatlari 
uchun) makaron mahsulotlari. 
Makaron mahsulotlariga qo’yiladigan talablar. Makaron mahsulotlarning 
sifatini organoleptik va fizik-ximiyaviy ko’rsatkichlarga qarab belgilanadi. Makaron 
mahsulotlarning sirti silliq bo’lishi kerak, ozroqqina g’adir-budur bo’lishi mumkin, 
lekin yaxshi qorishmagan hamirdan nishona ham bo’lishi mumkin emas. Siniq 
joyidagi ko’rinishishishasimon, hamma naychasimon mahsulotlar devorchalarining 
qalinligi 1,5 mm dan ortmasligi kerak Rangi bir tusli och-sarg’ish yoki sarg’ish 
bo’lishi, yaxshi qorishmagan nuqta-nuqta va hol-hol joylari bo’lmasligi kerak Ta’mi 
va hidida achchiqlik, nordonlik sezilmasligi, mog’or hidi va boshqa begona ta’m va 
hidlar bo’lmasligi kerak 
Makaron mahsulotlar qaynatib pishirilgandan keyin .shaklini saqlab qolishi, 
qayishqoq, yumshoq bo’lishi, yopishqoq bo’lmasligi, dumaloqlanib qolmasligi, 
hajmi esa kamida 2 baravar ortishi kerak Pishirilgan suv loyqa tortib qolmasligi 
kerak Makaron mahsulotlarning kislotaliligi 4
0
dan, tomat aralashganlarida esa 10
0
dan ortmasligi kerak Namlik bu mahsulotlarning ko’pchiligida 13% dan oshmasligi 
kerak Mahsulotning chidamliligi yoki singuniga qadar kuchi etadigan yuk ham 
muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Makaronning chidamliligi makaron naychalarining 
diametri 3-7 mm va undan ortiq bo’lganda quyidagicha (g kuch hisobida): tuxumli 
mahsulot qo’shilganida - kamida 70-600, oliy nav mahsulotda - kamida 100-750, 1-
navda kamida-100-800. Chidamlilik normalarga to’g’ri kelmaydigan makaronlarni 
siniq mahsulot tariqasida sotiladi. Vermishel, ugra va shakldor mahsulotlar uchun 
chidamlilik normasi belgilanmagan. Uvoq, siniq parchalar, shakli o’zgargan 
mahsulotlar molning sifatini buzadi. Masalan, uzunligi 5-13,5 sm bo’lgan makaron 
siniq parcha, 5sm dan kaltasi uvoq deyiladi. 2 sm dan qisqa vermishel bilan ugra 
uvoq hisoblanadi. Ugraning ezilganlari va shakldor mahsulotlarning shakli 
buzilganlari o’zgargan shaklli bo’ladi. Standartlarda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan 
siniq, uvoq va shakli o’zgargan mahsulotlar miqdori belgilab qo’yilgan bo’ladi. 
Mahsulot tarkibida zarrasining o’lchami 0,3 mm dan katta bo’lmagan metall 
aralashmalar 1 kg makaronda ko’pi bilan 3 mg dan ortmasligi kerak Makaron 
mahsulotlarga ombor zararkunandalari tegishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. 
Makaron mahsulotlarini o’rab joylashtirish va saqlash. Makaron mahsulotlar 
savdo tarmoqlariga tortiladigan va qadog’chlangan tarzda chiqariladi. Bunda ularni 
og’irligi kg dan oshmaydigan karton qutichalarga, qog’oz, sellofan, klyonka 


paketlarga solib qo’yiladi. Tortiladigan va qadoqlangan mahsulotlar og’irligi 30 kg 
dan qilib har qanday yashiklarga joylashtiriladi. Og’irligi 20 kg dan qilib 
(makarondan, chilvir-vermishel, uzun vermishel va ugradan boshqalarini) to’rt qavat 
kraft-qog’ozdan (pishiq qog’ozdan) tikilgan qoplarga joylashtirilsa ham bo’ladi. 
Makaron mahsulotlarni nisbiy namligi 70% dan oshmaganligi quruq ozoda 
binolarda quyidagi muddat davomida saqlanadi (oy hisobida): qo’shimchalari 
yo’g’i-12, tuxum, sut qo’shilgani-6, tomat qo’shilgani-2 oy. 
MUSTAHKAMLASh UChUN SAVOLLAR: 
1.Makaron mahsulotlarini tarkibi qanday? 
2.Makaron mahsulotlari haqida nimalarni bilasiz? 
3. Makaron mahsulotlari turlarini ayting? 
4. Makaron mahsulotlarini saqlash haqida gapiring. 

Download 121.79 Kb.




Download 121.79 Kb.
Pdf ko'rish