• Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok etishidagi psixologik
  • 11-Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish Mavzu rejasi




    Download 26.72 Kb.
    bet1/8
    Sana28.02.2024
    Hajmi26.72 Kb.
    #164193
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    хабар технологиялары (кк) лекция (3), a926619a-b415-48ae-a62d-3caa8308b9be, python dasturlash tili va uning , Bugalteriya esabi schyotlardaǵı eki tarepleme jaziwdiń tiykarlanıwı, Túrli kásiplik tarawlarda jeke-kásiplik rawajlanıwdıń akmeologik nizamlıqları, Sintaksis sóz dizbekleri, Mektepke shekemgi tarbiyashiliq kasibi,tarbiyashiliq kasibinin a\'hmiyeti.Tarbiyashilarga, document, Turaxonova Shaxnozaxon , ----------------------- (1) (2), ---------------------------------- (1) (2), ----------------------- (1), Axborot xafsizligi 2, Akmeologiya test, 제12회 공무원 문예대전 수상작품집

    11-Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish Mavzu rejasi:


    1. Badiiy asarni tahlil qilishning adabiy asoslari.

    2. Kichik yoshdagi oʻquvchilarning badiiy idrok etishdagi psixologik xususiyatlari.

    3. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash jarayoni.



    Tayanch so‘zlar: idrok etish, asar ustida ishlash, analiz bosqichi, sintеz bosqichi, sifatli sintеz bosqichi, tanlab o‘qish, rеja tuzish, matnni tasvirlash, ichda o‘qish, ovoz chiqarib o‘qish.

    Talabalar bilimlarini faollashtirish va mustahkamlash maqsadida quyidagi savollar beradi:



    1. O‘qish malakalari nima?

    2. Nima sasabdan o‘quvchilar xato o‘qiydilar?

    3. O‘quvchilarning tez o‘qishga o‘rgatishda qaysi usullardan foydalaniladi?

    4. Ongli o‘qishga erishish uchun o‘quvchilar qanday malakalarni egallagan bo‘lishlari kerak?

    5. Ifodali o‘qishni egallashdagi muhim shartlar nimadan iborat?

    Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok etishidagi psixologik


    xususiyatlari
    Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar hisobga olinadi. Ruhshunos olimlarning tekshirishlaridan ma’lum bo‘lishicha, asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni emostional-estetik his etish ham kiradi. Badiiy asarni yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning o‘zigina etarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo‘lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o‘z ichiga oladi. Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning adabiy qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xusisiyatlari o‘rganilgan va ular adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo‘lishlari aniqlangan:

    1. Adabiy qahramonga emostional munosabat.

    2. Elementar tahlil qilish.

    Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o‘quvchilar o‘z shaxsiy va axloqiy tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik yoshdagi o‘quvchilarda chegaralangan bo‘ladi, albatta. Ular axloqiy sifatlardan botirlik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik tushunchalarini ko‘p ishlatadilar. Qahramonlarning boshqa sifatlarini tasvirlash uchun ularning so‘z boyliklari etishmaydi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar bilan asarni tahlil qilib, ular nutqiga personajlarning axloqiy, intellektual, emostional sifatlarini tasvirlovchi so‘zlarni kirita borishdan iborat. Bu adabiy qahramonlarning xarakterini yaxshi yoritish shartlaridan biri hisoblanadi.
    Asardagi qahramonlarning xarakteri ularning axloqiy sifatlarini anglash asosida tushuniladi. Bunda qahramonning nima qilishi emas, nima uchun shunday qilishi kerakligini bilish muhimdir. Ushbu jarayonda asar qahramonlarining axloqiy sifatlari ustida qo‘proq ishlash lozim.
    4-sinfda «Qodir bilan Sobir» hikoyasidagi Qodir va uning xislatlarini ochishda tanlab o‘qish asosida tarmoqlash usulidan foydalanilishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarga bergan savollariga javobni xattaxtada tarmoqlash usulida yoritib boradi. Masalan, «Qodir qanday bola?», «Qodirning maqtanchoqligi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing», «Qodirning qo‘rqoqligi ifodalangan o‘rinni topib o‘qing», «Qodirning yolg‘on gapini Sobir qanday to‘g‘riladi? Shu o‘rinni topib o‘qing»,
    «Qodirning zo‘ravonligi ifodalangan o‘rinni topib o‘qing. O‘qigan qismlaringiz asosida Qodirning xususiyatlarini isbotlab bering» kabi savollar asosida quyidagicha jadval hosil bo‘ladi.

    Download 26.72 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 26.72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish Mavzu rejasi

    Download 26.72 Kb.