• Birinchi
  • Ikkinchi bosqich
  • Uchinchi bosqich
  • Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilishning adabiy asoslari




    Download 26.72 Kb.
    bet4/8
    Sana28.02.2024
    Hajmi26.72 Kb.
    #164193
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    хабар технологиялары (кк) лекция (3), a926619a-b415-48ae-a62d-3caa8308b9be, python dasturlash tili va uning , Bugalteriya esabi schyotlardaǵı eki tarepleme jaziwdiń tiykarlanıwı, Túrli kásiplik tarawlarda jeke-kásiplik rawajlanıwdıń akmeologik nizamlıqları, Sintaksis sóz dizbekleri, Mektepke shekemgi tarbiyashiliq kasibi,tarbiyashiliq kasibinin a\'hmiyeti.Tarbiyashilarga, document, Turaxonova Shaxnozaxon , ----------------------- (1) (2), ---------------------------------- (1) (2), ----------------------- (1), Axborot xafsizligi 2, Akmeologiya test, 제12회 공무원 문예대전 수상작품집

    Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilishning adabiy asoslari


    O’qish kitoblarida turli janrdagi badiiy asarlar va ilmiy-ommabop maqolalar berilgan. Istalgan asarning ob’ektiv mazmuni butun borliq, mavjudot, uning turli tomonlari, dalillar va ularning bir-biriga ta’siri hisoblanadi. Badiiy asarda hayot obrazlar orqali tasvirlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, badiiy asar arkazida inson, uning jamiyat va tabiatga munosabati turadi.
    Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, ob’ektiv mazmun va sub’ektiv bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega.
    Birinchidan, badiiy asar ustida ishlashni tashkil qilishda obrazlar va muallifning asarda tasvirlangan voqealarga munosabati o’qituvchining diqqat markazida turadi. O’quvchilar voqelikni obrazlar orqali tasvirlashning o’ziga xos xususiyatlarini tushuna boradilar.
    Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy davrdagi voqealar tasvirlanadi. Shuning uchun asarda tasvirlangan voqealarga tarixiy yondashilgai taqdirdagina matnni to’g‘ri o’qish, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati sabablarini tushunish, dalillar va voqealarni haqqoniy baholash mumkin. Buni boshlang‘ich sinflarga tatbiq etganda, avvalo, bolalarni asarda tasvirlangan davr bilan qisqacha tanishtirish, keyin o’quvchilarda qatnashuvchi shaxslarning xatti- harakatini ular yashagan davr va ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda baholashni o’stirish zarur.
    Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlarini o’quvchilarning yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofiq.
    To’rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o’quvchilarni asarning g‘oyaviy yo’nalishini tushunishga o’rgatish muhimdir, bu asarni to’g‘ri idrok etish uchun, matn ustida ishlash ko’nikmasini, o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish uchun zarur. Muallif badiiy asarda tasvirlangan hayotiy dalillarga, ijtimoiy hodisalarga, jamiyatning u yoki bu tabaqasi vakillariga o’z munosabatini ifodalashga harakat qiladi. Yozuvchining hayotiy materiallarga bahosi aniq dalillar asosida yaratilgan badiiy asarning g‘oyaviy mag‘zini tashkil etadi. Asarning g‘oyaviy yo’nalishi yozuvchining dunyoqarashiga bog‘liq. Asarning tarbiyaviy ahamiyati, o’quvchiga ta’sir kuchi uning g‘oyaviy yo’nalishiga bog‘liq.
    Badiiy asar ustida ishlashni to’g‘ri tashkil qplish uchun shakl va mazmun birligi haqidagi qoida ham e’tiborga olinadi.
    Badiiy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlarini belgilashda o‘qituvchi badiiy asarning san’at asari sifatida o‘ziga xos xususiyatlari va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini nazarda tutadi.
    Badiiy asarda barcha qismlar (g‘oyaviy asos, kompozistiya, syujet, tasviriy vositalar) o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Syujet rivoji asosida asar qahramonlarining yangi-yangi qirralari ochila boradi. Bu xususiyatlar asar ustida ishlashda uni yaxlit o‘qish va idrok etishni talab etadi.
    O‘quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o‘rgatish ularda adabiy-estetik tahlil malakasini shakllantirish va o‘stirish orqali ta’lim-tarbiya berishni nazarda tutadi. Asar matnini tahlil qilish muallif fikrini, hissiyoti va xulosalarini tushunishga yordam beradi, asarda ifoda etilgan voqealarga munosabat uyg‘otadi. Asar tahlili o‘qituvchidan o‘quvchilar faoliyatini ma’lum maqsadga yo‘naltirishni taqozo qiladi.
    «Maktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad asarda ifodalangan hayotiy voqeani yoritish orqali o‘quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat yaratishdan iboratdir. O‘quvchilarning yozuvchi oldinga surgan g‘oya, muammolarni to‘liq tushunishlariga erishmay turib, adabiyotning yoshlarni tarbiyalashdagi vazifasini amalga oshirib bo‘lmaydi»1.
    O‘quvchi asarning mazmuni bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil qilishda uning poetik vositalariga murojaat qiladi. Mutolaa hissiyotni boyitib, aqlni peshlasa, tahlil asar zamiridagi ma’noni chuqur o‘rganishga yordam beradi.
    O‘qituvchi badiiy asar ustida ishlashda quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:

    1. Asar ustida ishlashning maqsad va mazmunini aniqlab olishi.

    2. Asarni tahlil qilish uchun dars bosqichlarini belgilab olishi.

    3. Har bir asar tahlili uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishi.

    4. Asarni qanday metodlar asosida o‘rganishni aniqlashi.

    5. O‘quvchilar egallaydigan bilim, ko‘nikma va malakalar doirasini belgilab olishi. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bosqichga bo‘linadi:




    1 Zunnunov А. ва boshq. Adabiyot o‘qitish metodikasi. - Т.: O‘qituvchi, 1992. 160 - bet.
    Birinchi bosqich (birinchi sintez). Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish asosida asarning aniq mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirishdan iborat.
    Ikkinchi bosqich (analiz). Bu bosqichning vazifasi va ish mazmuni voqealar rivojining bog‘lanishini belgilash, ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-atvori va ularning asosiy xususiyatlarini aniqlash (nega shunday qildi va bu uning qanday xususiyatini ochadi), asar kompozistiyasini ochish (tugun, kulminastion nuqta, echim), asarning aniq mazmunini tasviriy vositalar bilan birga tahlil qilish va qahramonlar xulq-atvorini baholash (muallif nimani tasvirlagani, qanday tasvirlagani, nima uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat.
    Uchinchi bosqich (ikkinchi sintez). Bu bosqichning ish mazmuni ishtirok etuvchi shaxslarning muhim xususiyatlarini umumlashtirish, qahramonlarni taqqoslash va baholash, asarning g‘oyasini aniqlash, badiiy asarni hayotni bilish manbai va san’at asari sifatida baholash (qanday ma’lumotlarga ega bo‘ldik, asar nimaga o‘rgatadi, muallif o‘z fikri va taassurotlarini qanday qilib aniq, ravshan va ta’sirli tarzda etkazadi va hokazo)dan iboratdir.
    Ikkinchi sintezdan so‘ng o‘qilgan asarga bog‘liq holda ijodiy xarakterdagi ishlar o‘tkaziladi.
    Asar maqsadga muvofiq tahlil qilinsa, o‘quvchilar faolligi ortadi, chunki asarni tahlil qilish ular uchun ijodiy jarayondir.

    Download 26.72 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 26.72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilishning adabiy asoslari

    Download 26.72 Kb.