• Mustaqil o‘zlashtirish uchun savollar
  • 11-Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish Mavzu rejasi




    Download 26.72 Kb.
    bet8/8
    Sana28.02.2024
    Hajmi26.72 Kb.
    #164193
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    хабар технологиялары (кк) лекция (3), a926619a-b415-48ae-a62d-3caa8308b9be, python dasturlash tili va uning , Bugalteriya esabi schyotlardaǵı eki tarepleme jaziwdiń tiykarlanıwı, Túrli kásiplik tarawlarda jeke-kásiplik rawajlanıwdıń akmeologik nizamlıqları, Sintaksis sóz dizbekleri, Mektepke shekemgi tarbiyashiliq kasibi,tarbiyashiliq kasibinin a\'hmiyeti.Tarbiyashilarga, document, Turaxonova Shaxnozaxon , ----------------------- (1) (2), ---------------------------------- (1) (2), ----------------------- (1), Axborot xafsizligi 2, Akmeologiya test, 제12회 공무원 문예대전 수상작품집

    Asar bilan tanishtirish


    Tayyorgarlik davridan so‘ng 1-bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi asar mazmunini bilan tanishtirishdir. Badiiy asarni yaxlit idrok etish muhim bo‘lgani uchun maktab tajribasida asar ustida ishlash shu asar yoki uning bir darsda o‘rganishga mo‘ljallangan qismi yaxlit o‘qish usulida tanishtiriladi.
    Hikoya, masal, she’rning mazmunini to‘g‘ri idrok etish, shuningdek, matnning hissiy ta’sirini oshirish uchun ifodali o‘qish katta ahamiyatga ega.
    Asar matni bilan tanishtirishning bir necha usullari mavjud. Ular quyidagilar:

      1. Matn o‘qituvchi tomonidan ifodali o‘qib beriladi (ba’zan asar matni magnitafon orqali ham eshittirilishi mumkin). O‘quvchilar matn mazmuni bilan tanishtirilgach, o‘qituvchi ularga boshlang‘ich taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi. Masalan, «Hikoyaning qaysi o‘rni sizga yoqdi?», «Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi?», «Hikoya o‘qilganda siz qaysi o‘rinda juda xursand bo‘ldingiz?» kabi va hok. Kirish suhbati, birinchidan, asarning o‘quvchilarga qanday ta’sir qilganini bilish, ikkinchidan, bolalarni asar matnini tahlil qilishga qiziqtirish, darsda o‘quvchilar faolligini oshirish maqsadini ko‘zda tutadi.

      2. Yaxshi o‘qiydigan o‘quvchiga o‘qitish. O‘quvchining oldindan o‘qituvchi o‘qish yo‘llari bilan tanishtiradi va uning o‘qilishini o‘zi kuzatadi, xato va kamchiliklarni bartaraf etadi. Shundan so‘ng tayyorlangan o‘quvchi sinf jamoasiga o‘qib beradi.

      3. Og‘zaki qayta hikoyalab, so‘zlab berish. Bu o‘qituvchidan alohida tayyorgarlikni talab etadi. Chunki asar matniga yaqinlashtirib, badiiy vositalarini to‘liq saqlagan holda hikoyalash zarur, aks holda o‘quvchilarning badiiy asarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishi susayadi.

      4. Yoddan ifodali aytib berish. She’riy asarlar yoddan aytib berish orqali tanishtirilsa, o‘quvchi o‘qituvchining mahoratini yuqori baholaydi. O‘zida ham yod olishga qiziqish paydo bo‘ladi.

      5. Asarning muhim dialogli o‘rinlarini yoki butun asarni sahnalashtirish orqali tanishtirish.

      6. Asarning bir qismini (muammoli o‘rnini) o‘qituvchining o‘qib berishi, qolgan qismini o‘quvchilarning ichda mustaqil o‘qishi.

      7. Asar bilan tanishtirishda texnika vositalaridan ham unumli foydalanish.

      8. Asarni musiqa sadolari ostida o‘qib berish. Bu asarning ta’sirini kuchaytiradi, o‘quvchilarning estetik didini tarbiyalaydi, ularni toliqishdan saqlaydi.

    Umuman olganda, asarning janriy xususiyati hisobga olingan holda u bilan tanishtirishning o‘ziga xos usullarini tanlash lozim.

    Mustaqil o‘zlashtirish uchun savollar:


    1. Boshlang‘ich sinf 4-sinf “O‘qish kitobi”dagi biron matnni tanlab unga tayyorgarlik bosqichi uchun ish turini tayyorlash.

    2. 4-sinf “O‘qish kitobi”dagi savol-topshiriqlarni tahlil qilish.

    3. Asar matni ustida ishlash ish turlarini ishlab chiqish

    Download 26.72 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 26.72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish Mavzu rejasi

    Download 26.72 Kb.