«Chumoli va Tipratikan», «O‘jar toshbaqa»




Download 26.72 Kb.
bet3/8
Sana28.02.2024
Hajmi26.72 Kb.
#164193
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
хабар технологиялары (кк) лекция (3), a926619a-b415-48ae-a62d-3caa8308b9be, python dasturlash tili va uning , Bugalteriya esabi schyotlardaǵı eki tarepleme jaziwdiń tiykarlanıwı, Túrli kásiplik tarawlarda jeke-kásiplik rawajlanıwdıń akmeologik nizamlıqları, Sintaksis sóz dizbekleri, Mektepke shekemgi tarbiyashiliq kasibi,tarbiyashiliq kasibinin a\'hmiyeti.Tarbiyashilarga, document, Turaxonova Shaxnozaxon , ----------------------- (1) (2), ---------------------------------- (1) (2), ----------------------- (1), Axborot xafsizligi 2, Akmeologiya test, 제12회 공무원 문예대전 수상작품집
«Chumoli va Tipratikan», «O‘jar toshbaqa» masallarida ham badiiy til vositalari mavjud. Xususan, ularda «O‘g‘irlik mol aylar jonsarak», «Bola ko‘nglin ko‘tarar», «Kosang joningga huzur», «Senga qalqon usti-bosh», «Parcha go‘sht bo‘lib yurar», «Jish Toshbaqa» kabi ibora, birikma va gaplar uchraydiki, ular ustida ishlashda “Bunday majorolar qachon va kimlar orasida bo‘lib o‘tishi mumkin?”, “Ularga hayotdan misollar keltiring” kabi topshiriqlar berish, ulardagi ma’noni boshqacha yo‘sinda bayon ettirish, o‘zaro taqqoslash, ta’sirchanligidagi farqni aniqlatish katta ta’limiy ahamiyat kasb etadi. Masalan: «Bola ko‘nglin ko‘tarar» - Bolasiga yaxshi gaplar gapirar, «Kosang joningga huzur» - Kosang joningni, sog‘lig‘ingni asraydi» kabi.
Boshlang‘ich sinflarda adabiy tushunchalar va badiiy vositalar ustida ishlash o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirishga, ularda jonlantirish, o‘xshatish, mubolag‘a kabi adabiy tushunchalar yuzasidan dastlabki tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
O‘qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o‘qishni to‘g‘ri uyushtirish uchun o‘qituvchi badiiy asarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ta’limning turli bosqichlarida o‘qish jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning matnni idrok etish va o‘zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
O‘qish ta’limi bo‘yicha o‘quvchilarni faqat matn bilan tanishtirish yordamida dastur talablariga javob berib bo‘lmaydi. Negaki, matn tagzaminidagi tarbiyaviy g‘oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha aytganda, har qanday asardagi sehr-joziba matn zaminidagi yashirin mazmun-mohiyatni anglab etilganda o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etishi mumkin. Bunga adabiy-nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini shakllantirish orqali erishiladi.
Asar tahlili jarayonida o‘qituvchi savollariga o‘quvchilarning o‘z so‘zlari bilan javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea-hodisalar yuzasidan mantiqiy fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini to‘g‘ri baholashga yaqindan yordam beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz bo‘lmasdan, qat’iy maqsad asosida izchil berilishi o‘quvchilarning o‘qilgan matn mohiyatini chuqur anglab etishlariga imkon yaratadi, chunki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi.
Ta’kidlash joizki, o‘quvchilarning o‘zlarini ham savol tuzishga o‘rgatish lozim. K. D. Ushinskiy qayd etganidek, to‘g‘ri qo‘yilgan masalaning o‘zi yarim javobdir. Matn yuzasidan savol tuzishda o‘quvchining dars mavzusi bilan bog‘liq jihatlarga e’tibor berishi asarda tasvirlangan voqea-hodisalar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishlarni bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga yo‘l ochadi. Shuning uchun ham matn yuzasidan savol tuzish o‘quvchini ongli va tushunib o‘qishga yo‘llaydi.

Download 26.72 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 26.72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Chumoli va Tipratikan», «O‘jar toshbaqa»

Download 26.72 Kb.