Chet (ingliz, nemis, fransuz) tillar fanlaridan o‘quv dasturi




Download 174.47 Kb.
Sana01.04.2020
Hajmi174.47 Kb.

CHET (INGLIZ, NEMIS, FRANSUZ) TILLAR FANLARIDAN

OQUV DASTURI

(1-9 sinf)
Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2013-yil 8-maydagi 124-son “Uzluksiz ta’lim tizimining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti hamda umumiy o‘rta ta’limning chet tili fani bo‘yicha malaka talablari asosida tuzilgan bo‘lib, Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 3-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-9-sinflari uchun amaliyotga joriy etiladi.
M U Q A D D I M A

O‘zbekiston Respublikasida demokratik prinsiplar ustuvor bo‘lgan yangi jamiyat qurish, bozor munosabatlariga asoslangan kuchli iqtisodiyotga ega davlat barpo yetishga yo‘naltirilgan bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida ta’lim va tarbiya sohasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Hayotga chuqur tatbiq etilayotgan hamda dunyoda “O‘zbek modeli” deb e’tirof etilgan taraqqiyot yo‘limizning ajralmas tarkibiy qismi sanalgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalardagi rivojlanishni ta’minlayotgan asosiy omillardan biri sifatida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Mazkur hujjatlarda, birinchi navbatda, inson manfaatlari ustuvorligi, uning zamon talablariga mos holda ortib borayotgan ehtiyoj va qiziqishlari, imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarish hamda amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish belgilab qo‘yilgan.

Mamlakatimizda inson kapitaliga yo‘naltirilayotgan investistiyalarning yildan-yilga o‘sib borishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan rivojlanayotgan, globallashuv, dunyo bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda, demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvshi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash muhim omil bo‘lmoqda.

Ta’lim tizimida o‘quvchilarning nafaqat keng bilim va professional malakalarni egallashi, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodga chet tillarni o‘qitish, shu tillarda erkin muloqot qila oladigan mutaxassislarni tayyorlash hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, ulkan intellektual boylikni egallashlariga katta imkoniyatlar yaratiladi.

Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integrastiyalashuvi, fan texnika va texnologiyaning rivojlanishi yosh avlodning ko‘p madaniyatli dunyoda raqobatbardosh bo‘lishi bir necha chet tillarni mukammal egallashni taqozo etadi, bu esa O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga chet tillarni o‘rgatish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.

Yevropa Kengashining “Chet tilni egallashning umumyevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish, baholash” to‘g‘risidagi hujjati (CEFR) umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlardan biridir. Ushbu hujjatning ayrim holatlarini nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni o‘rganish bo‘yicha yangi Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi ishlab chiqildi.



UQTIRISH XATI

Uzluksiz ta’lim tizimida tillarni o‘rgatish-o‘rganishga alohida e’tibor beriladi. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti va axborot texnologiyalari taraqqiyoti sharoitida chet til o‘rganishga ehtiyoj kuchaydi. Madaniyatlararo muloqot vositasi sifatida chet til o‘rganish davr talabiga aylandi.

Chet tilda nutqiy faoliyat yuritish o‘quvchi shaxsini shakllantirishga yo‘naltiriladi, ya’ni o‘rganilayotgan til sohibi yaratgan madaniy merosni o‘zlashtirishga erishiladi. Tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuv jarayonida o‘quvchi avval egallagan ijtimoiy, madaniy, lisoniy, emotsional tajribasini boyitadi. Muloqotdosh (kommunikant)larning bir-birini tushunishlari chet til bilishning asosiy mezoni hisoblanadi.

Ta’lim tizimidagi boshqa fanlardan chet tilning farqi bir paytning o‘zida, uning ham ta’lim maqsadi, ham ta’lim vositasi ekanligida namoyon bo‘ladi. Chet tilda nutqiy malakalar (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuv)ni egallash ta’limdan ko‘zlanadigan maqsad bo‘lishi bilan birga o‘rganilayotgan til yangi va foydali axborot olish, yetkazish vositasi maqomini ham oladi. O‘quvchi (learner) faqat muloqotdosh sifatida emas, balki axborot sohibi (kognizant) maqomida o‘rganilayotgan tildan foydalanadi. Tilni o‘rganish chog‘ida o‘quvchi lingvistik bilimlar to‘plash bilan emas, balki nutqiy va madaniy malakalari (kompetensiyasi)ni oshirish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Kommunikativ faoliyat ko‘rsatish, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyani egallashga mo‘ljallangan integrativ yondashuv asosida chet til o‘rgatiladi. Chet til ta’limida kommunikativ-kumulyativ metod tatbiq etiladi. Xorijiy G‘arb lingvodidaktikasi istilohida bu madaniyatlararo muloqot yo‘nalishi nomi bilan yuritiladi.

Chet til va madaniyat yaxlit (integrastiyalashgan) holda o‘rgatiladi. Madaniyat, bu o‘rinda inson fikri va faoliyati hosilasi tushunshasini ifodalaydi. Chet tilda o‘rganiladigan lisoniy (leksik, grammatik, talaffuzdagi) birlikda lingvomadaniy xususiyatlar tajassum topgan va nutqiy jarayon (diskurs)da ularga o‘quvchi e’tibori qaratiladi. Mazkur metodik qoida doirasida chet til o‘qitish maqsadi va mazmuni belgilanadi.

Maqsad deganda, chet til va uning sohibi madaniyatini o‘rgatish va o‘rganishning ongli tarzda rejalashtirilgan natijasi ko‘zda tutiladi. O‘qitish sharoitidan kelib chiqib, muayyan maqsad qo‘yiladi. Sharoit tushunshasi qamroviga o‘quv muassasasi turi (maktab), o‘quvchining psixologik (yosh) xususiyati, til tajribasi, o‘quv predmetiga ajratiladigan vaqt (dars soatlari) kiradi.

O‘qitish mazmuni jahonda e’tirof etilgan didaktik ta’limotga binoan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z ichiga oladi. Chet tilni amaliy o‘rganishda lingvistik nazariy bilimlar umuman bayon etilmaydi. Bilim til materialini bilish (ko‘nikma) va uni o‘zlashtirishda yuz beradigan qiyinchiliklarni oddiy so‘zlar bilan sodda tilda tuchuntirish, ya’ni xatolarning oldini olishga qaratilgan ko‘rsatma ma’nosini bildiradi. Ko‘nikma tarkibiga kiradigan amaliy qoida ona tili va chet tilda farqlanadigan yoki til ichki interferensiyasini keltirib chiqaradigan chet til hodisalari bo‘yicha beriladi (masalan: artikl (ona tilida yo‘q), otning ko‘plik shakli (birlik shakli leksik birlik hisoblanadi) yoki ingliz tilidagi otning ko‘plik shakli, qaratqish kelishigi, fe’lning sodda hozirgi zamondagi uchinchi shaxs birlik shakli (har uchalasi [z], [s], [iz] qabilida talaffuz etiladi va til ichki interferensiyasiga sabab bo‘ladi).

O‘qitish mazmuni komponentlaridan til materiali o‘rganilmish chet til sistemasidan minimum sifatida tanlanadi (o‘quvchi uchun u lisoniy maksimum hisoblanadi). Minimum til o‘rgatish uchun zarur va etarli bo‘lmog‘i kerak. Tanlangan minimumdagi lisoniy birliklarni o‘zlashtirishda qiyinchilik tug‘diradigan qismigina til materialining o‘rgatish mazmunini tashkil etadi va o‘quv dasturidan o‘rin oladi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-9-sinflari uchun chet tillar fanlaridan o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-sonli qarori hamda Xalq ta’limi vazirligining 2013-yil 14-maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 163-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv dastur talablari asosida 2013-2016 o‘quv yillari davomida umumta’lim maktablarning 1-9-sinflarida chet tillar fanlari o‘qitildi.

Ushbu o‘quv dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori asosida chet tillarga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarining chet tillar fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflari uchun A1+ – chet til egallashning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi, A2+ – chet til egallashning kuchaytirilgan tayanch darajasi kiritilgan holda takomillashtirildi hamda Xalq ta’limi vazirligining 2017-yil 3-iyundagi “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlandi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-9-sinflari uchun ingliz tili fanidan o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining Davlat ta’lim standarti asosida chet til bilishning boshlang‘ich va tayanch darajalari (A1, A1+, A2, A2+) talablari asosida tuzilgan. Ushbu ta’lim bosqichlari bitiruvchilari Davlat ta’lim standartining mazkur darajalari uchun qo‘yilgan talablarga javob berishlari shart.

Chet til o‘qitish mazmuni uch tarkibli ta’limiy hodisadir:

1) nutq mavzulari;

2) ko‘nikma va malakalarga qo‘yiladigan talablar;

3) til materiali.

O‘qitish mazmuni mavjud sharoitga ko‘ra, jumladan, o‘quv predmetiga ajratilgan vaqtga qarab tanlanadi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida chet til o‘quv predmetiga ajratilgan soatlar miqdori:

I sinfda haftasiga 2 soat (o‘quv yilida 66 soat).

II-IV sinflarda haftasiga 2 soat (o‘quv yilida 68 soat).

V-IX sinflarda haftasiga 3 soat (o‘quv yilida 102 soat).

Ingliz tili faniga ixtisoslashtirilgan maktablarda hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining chet til fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflarida chet til o‘quv predmetiga ajratilgan soatlar miqdori:

II-IV sinflarda haftasiga 3 soat (o‘quv yilida 102 soat).

V-IX sinflarda haftasiga 5 soat (o‘quv yilida 170 soat).

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, chet tillar fanlariga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining chet til fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflarida chet til o‘qitish sharoitini hisobga olgan holda “Chet tilini bilishning umumyevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish va baholash” talablariga tayangan holda I-IV sinflarda A1 – chet til egallashning boshlang‘ich darajasi (yoki “Kurtaklash bosqichi”), A1+ – chet til egallashning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi, V-IX sinflarda A2 – chet til egallashning tayanch darajasi (yoki “Bo‘sag‘a oldi bosqichi”), A2+ – chet til egallashning kuchaytirilgan tayanch darajasi belgilandi.



CHET TIL O‘QITISH MAQSADI

Ta’lim maqsadi ijtimoiy-pedagogik va lingvodidaktik tushuncha sifatida chet til o‘qitishga tatbiqan quyidagicha ta’riflanishi mumkin: umumta’limiy yo‘nalishdagi o‘quv predmetlaridan bo‘lmish chet tilni o‘rganishga jamiyat va davlatning ijtimoiy buyurtmasi shaklidagi ta’lim mazmunini belgilash, o‘qitish jarayonini tashkil etish va muayyan natijalarga erishishni oldindan aniqlash. Maktabda chet til nima uchun o‘rganiladi? savoliga javob tariqasida qo‘llanadigan termin-tushunchadir. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga chet til

(1) amaliy maqsad, (2) umumta’limiy maqsad, (3) tarbiyaviy maqsad va (4) rivojlantiruvchi maqsadda o‘rgatiladi.

Chet til o‘qitishning amaliy maqsadi erishish yo‘lida umumta’lim maktab kursida chet til o‘rgatishning yakuniy amaliy maqsadi – tinglab tushunish va o‘qish, ya’ni chet tilda tinglab va o‘qib axborot olishdir. Oraliq amaliy maqsad turlicha talqin etiladi:

I sinfda tinglab tushunish va gapirish amaliy maqsad hisoblanadi.

II-IV sinflarda ham tinglab tushunish va gapirish amaliy maqsad, o‘qish va yozuv og‘zaki nutqda o‘rganilgan til materialini takrorlash va mustahkamlash vositasi;

V-VI sinflarda nutq faoliyati turlaridan tinglab tushunish, gapirish va o‘qish – oraliq amaliy maqsad, yozuv – amaliy vosita;

VII-IX sinflarda tinglab tushunish va o‘qish – amaliy maqsad, gapirish va yozuv – vosita.

Chet til o‘qitishning amaliy maqsadiga erishish yo‘lida nutq faoliyatining turlari uchun maxsus mavzular va til materiali tanlanadi, o‘quv vaqtining asosiy qismi ularning o‘rganishga bag‘ishlanadi, ya’ni mashqlarning aksariyati ushbu nutq faoliyati tur(lar)ida bajariladi.

Amaliy maqsadga lingvistik, sostiolingvistik nutqiy (kommunikativ) va lisoniy, pragmatik kompetensiyalarni egallash orqali erishiladi. Kompetensiya ma’lumki, bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy belgilar majmuidan iborat. Kompetensiya tarkibiga kichik kompetensiyalar kiradi. Lingvistik kompetensiyada lisoniy hodisalarning nutqda qo‘llanilishi nazarga olinadi. Sostiolingvistik kompetensiyada muloqot vaziyati, maqsadi va muloqotdoshlar vazifasiga mos tarzda fikr bildira olish ko‘zda tutiladi. Pragmatik kompetensiya kommunikativ vaziyatda o‘zini tuta bilish (masalan, takroran so‘rash, nutqiy va lisoniy murakkablik tug‘ilganda undan chiqa olish) layoqatiga taalluqlidir. Pragmatik kompetensiya tarkibidagi diskursiv kompetensiya og‘zaki va yozma nutqdagi izchillikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Amaliy maqsadning ro‘yobga chiqishida hosil qilingan barcha kompetensiyalarning uzviy yaxlitligi (sintezi) ta’minlanadi. Amaliy maqsadning ro‘yobga chiqishida o‘quvchi ta’lim oladi, tarbiyalanadi va uning shaxsi rivojlanadi.

Chet til o‘qitish umumta’limiy maqsadining ro‘yobga chiqishida o‘rganilayotgan til vositasi orqali foydali hayotiy axborot va til haqidagi yangi sodda ma’lumotlarni o‘zlashtirish ko‘zda tutiladi. O‘quvchining umumiy saviyasini ko‘tarish, o‘rganilayotgan til va madaniyat haqida yangi ma’lumotga ega bo‘lish, muloqot madaniyatini yuksaltirish, aqliy mehnat usullarini qo‘llash, fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilarga erishiladi. Ushbu maqsadni amalga oshirishda asosan lingvistik, strategik (kompensator), o‘quv-kognitiv, diskursiv layoqatlar takomillashadi.

Boshqa fanlar qatorida chet til ham majburiy o‘quv predmeti maqomida umumiy ta’lim berish/olishga o‘z hissasini qo‘shadi. Umumta’lim obyekti uchta: til hodisasi, unga oid tushuncha yoki sodda qoida va eng muhimi, chet tildagi diskurs mazmuni.



Chet til o‘qitish tarbiyaviy maqsadi o‘quvchilarga g‘oyaviy tarbiya berish, aqliy mehnat malakalarini singdirish, ularning bilish faolligini oshirish mazkur maqsadning mohiyatini tashkil etadi.

Tarbiyaviy maqsad asosan ikki yo‘l bilan ro‘yobga chiqariladi:

(1) bevosita chet tilda salomlashish, xayrlashish, predmet va hodisalarning nomlarini bilish, she’r va ashula aytish, o‘yinlar bajarish kabilar, ayniqsa, dastlabki darslarda o‘quvchilarga ancha qiziqarli yumush sanaladi;

(2) muloqot chog‘ida bir-birlariga odob doirasida munosabat bildirish, xatti-harakatlarini sharhlay olish, audiomatn va grafik matnlardan olinadigan axborotlar beqiyos tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Darsdan tashqari o‘quv tadbirlarining ham tarbiyaviy ahamiyati cheksiz.



Chet til o‘qitishning rivojlantiruvchi maqsadi didaktikadagi rivojlantiruvchi ta’lim ma’nosi bilan hamohang bo‘lib, o‘quvchi shaxsining aqliy, hissiy va motivastion jihatlarini rivojlantirishni ifodalaydi. O‘quvchi intellektual va ma’naviy ozuqa oladi, nutqiy muloqotda o‘z hissiyotini sinab ko‘radi, muloqotdosh (o‘quvchi, muallim, diktor va b.) lar fikrini bilish va o‘z fikrini bayon etish orqali uning shaxsi kamol topib boradi. Ta’lim jarayonida, jumladan, chet til o‘rganishda me’yordagi lisoniy va nutqiy qiyinchiliklarni yengib o‘tish o‘quvchi tafakkuri va his-tuyg‘ularining rivojlanishini ta’minlaydi.

Rivojlantiruvchi maqsadga nutqiy amallar tufayligina erishiladi. Uning umumta’limiy maqsaddan jiddiy farqi shundaki, o‘quv ma’lumotlari olish bilan ta’lim fikran bog‘lanadi, ma’lumotning mazmuni turli kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ta’lim, jumladan, chet til o‘rganish shaxs rivojlanishida alohida o‘rin egallaydi. Til psixologik, kommunikativ, funksional va madaniy hodisa bo‘lganligi sababli bilish jarayoni uchun o‘ta ahamiyatli, chunki u bilmaslikdan bilishga eltuvchi omildir.

Chet tilda o‘quvchi ikki turdagi bilim oladi, birinchisi va asosiysi, nutqiy jarayonda ishtirok etish uchun kerakli algoritmik qoidalar va ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan o‘quvchi hayoti davomidagi foydali ma’lumotlar.

Madaniyatlararo muloqot o‘zga xalq mentalitetiga xos belgilar va odatlarni singdirishga xizmat qiladi. Bunda boshqalarning turmush tarzini reklama qilish emas, balki chet til sohibining nazari bilan dunyo manzarasiga yangicha qarash va oqibatda, o‘z madaniyatini chuqur his qilishga o‘rganadi. Umumbashariy va milliy qadriyatlar uyg‘unlashuvi sodir bo‘ladi.

Chet tilda muloqot qilish to‘rt asosiy nutq faoliyati turlari bo‘yicha malakalarni shakllantirish demakdir. Nutq faoliyatining to‘rt turi: tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv malakalari o‘zaro bog‘langan holda rivojlantirib boriladi. Bu o‘qish va yozish, o‘qish va tinglash, o‘qish va gapirish, tinglash va o‘qish, tinglash va yozish, tinglash va gapirish kabi mashqlar orqali amalga oshiriladi.

Tinglab tushunish. Nutqni tinglab tushunish deganda, so‘zlovchining nutqini bevosita yoki texnikaviy vositalar yordamida eshitib idrok etish va fahmlash nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytganda, tinglab tushunish o‘zgalar nutqini (jonli tarzda yoki mexanik yozuvdagisini) idrok etish hamda mazmunini fahmlab yetish ma’nosini ifodalaydi. Yangi til materiali o‘quvchilarga odatda o‘qish yoki tinglash orqali tanishtiriladi. Tinglab tushunish talaffuz va ohangni ham o‘zlashtirishga xizmat qiladi.

Tinglab tushunish uch bosqichli faoliyat bo‘lib, unda umumiy eshituv idroki (akustik appersepsiya), so‘zlarning tovush tomonini (fonematik) farqlash va mohiyatini anglash orqasida nutqdagi mazmun idrok etiladi, bilib olinadi va tushuniladi. Eshitish sezgisi va analizatori orqali axborot olishning asosiy manbalari sifatida o‘qituvchi nutqi, audio-video vositalardan magnitafon yozuvi, radio eshittirish, ovozli diafilm, kino (video) film (yoki undan parcha) va televizion ko‘rsatuvlar tavsiya etiladi.

Tinglab tushunishni amalga oshirish uchun quyidagi uch omil nazarda tutiladi. Tinglovchining o‘ziga bog‘liq omillari (eshitish ko‘nikmasining rivojlanganligi, uning xotirasi va matnni diqqat bilan tinglab, mazmunini tushunganligi), tinglash paytidagi shart-sharoit (nutq tezligi, til materiali hajmi va shakli hamda so‘zlanayotgan nutqning davom etishi) va nihoyat, qo‘llangan materialning lingvistik jihatlari (tinglovchining til tajribasiga mos kelish-kelmasligi) hisobga olinadi, ya’ni tinglab tushunishga beriladigan matn notanish bo‘lib, o‘quvchilar egallagan til materiallarini o‘z ichiga oladi.

Gapirish. Gapirish nutq faoliyati turlaridan biri bo‘lib, fikrni og‘zaki bayon etishdir. Gapirish – fikr va his-tuyg‘uni izhor etish maqsadida muayyan tildagi leksik, grammatik va fonetik hodisalarni qo‘llashdan iborat bo‘lib, u chet tilni o‘rganishning muhim amaliy maqsadidir.

Gapirish – o‘quvchilarga o‘zlarining fikr-tuyg‘ularini ifoda etishga, qiziqishlari va hayotiy faoliyatlari haqida suhbatlashishga hamda ularni boshqalar fikri bilan taqqoslashga imkoniyat yaratib beradi.

Fikrni og‘zaki ikki shaklda, ya’ni monolog (yakka nutq) va dialog (juft nutq) tarzida ifodalash mumkin.

Monolog bir kishining nutqi bo‘lib, unda ketma-ket keladigan jumlalar mantiqan bog‘lanadi. Nutqning ohangi va mazmuni qo‘yilgan maqsad sari yo‘naltiriladi. Monolog quyidagi belgilarga ega:

– mazmunan izchillik kuzatiladi, ifodalanadigan fikrlar tayanch jumlalar vositasida asta-sekin rivojlantirib boriladi;

– fikr-mulohazaning ma’lum darajada tugallanganligi nutq namunalarida ifodalanadi.

Dialogda ikki va undan ortiq kishi, tinglovchi hamda gapiruvchi sifatida navbatma-navbat axborot almashadilar.

Dialog quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:

– ajralmas dialogik birlikning nutqiy vaziyatga mos kelishi;

– dialog faqat munosabatgina emas, balki gapirishga undovchi (stimul) va javob (reaksiya) jumlalari (replikalari)ni almashish natijasi hamdir;

– dialogik birlikdagi qisqartmalarning o‘z o‘rnida qo‘llanilishi;

– suhbatning mazmunan bog‘liq bo‘lishi.

O‘qish. O‘qish o‘quvchilarning ma’lumot olishlari uchun juda muhim nutq faoliyati turi bo‘lib, u yozma nutqni idrok etish va anglashdan tarkib topadigan resteptiv nutq faoliyati hisoblanadi. O‘qishda axborot ko‘rish sezgisi orqali olinadi. O‘qish yozma matndan axborot olishga qaratilgan nutq faoliyati turidir.

Matndagi axborotni o‘zlashtirish ovoz chiqarmay o‘qish orqali, axborotni o‘zgalarga yetkazish esa, ovoz chiqarib o‘qish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ovoz chiqarmay o‘qiganda ham ichda gapirish (ichki nutq) sodir bo‘ladi. Ovoz chiqarib o‘qish ovoz chiqarmasdan o‘qishga nisbatan to‘liq nutq hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabini bitiruvchi o‘quvchilar murakkab bo‘lmagan ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop mavzulardagi, shuningdek, badiiy adabiyotlardagi matnlarni o‘qiy olishlari kerak. O‘qish uchun beriladigan matnlar bir-biridan farq qilib, ularning tuzilishi va bayon etilishi asta-sekin murakkablashib boradi.

O‘qish malakalari shakllangan lisoniy ko‘nikmalar asosida rivojlantiriladi. O‘qish malakasi shunday faoliyatki, u nutq birligining ko‘ruv timsoli, uning nutq-harakat timsoli va mazmunidan tashkil topadi. Uchalasini egallab olish o‘qish malakasining hosil qilinganligidan dalolat beradi. O‘qish uchun berilayotgan matnlar ma’lumot olish, muloqot qilish hamda leksik-grammatik materiallarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yozuv. Chet tilda o‘rganishda yozuv deganda, o‘rganilayotgan til vositalari (grafemalar va yozma shakldagi leksik va grammatik birliklarning qo‘llanishi, ya’ni yozish texnikasi) va yozma shaklda fikr bayon etish tushuniladi.

Yozuv grammatik va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozma fikrni bayon etishdir.

Axborotni yozma bayon etish, odatda, ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi:

– o‘z fikrini yozish;

– aytib (o‘qib) turilgan o‘zga shaxs nutqini yozuvda ifodalash.

Har ikkala holatda ham yozma matn (diskurs) yaratiladi. Yozish texnikasi deganda, grafika (tovush-harf munosabati va harfning ma’no bildirish vazifasi), kalligrafiya (husnixat), orfografiya (imlo) nazarda tutiladi.

Grafika o‘qish va yozish texnikasi tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq.

Imlo so‘z va gaplarni yozish va ularga doir qoidalar yig‘indisidir.

Husnixat tushunshasi tarkibiga tovush va tovush birikmalarini yozuvda tasvirlaydi­gan yozuv-chizuv vositalari majmuasi (harflar, harf birikmalari, harf usti va harf osti belgilari) kiradi.

Husnixat harf, harf birikmasi, so‘z asosida, imlo esa morfema, so‘z gap darajasida, yozma nutq esa gap, abzats (gap boshi) va o‘zaro bog‘langan matn (diskurs) materialida o‘rgatiladi. Yozuv malakasi husnixat, imlo, tuzish (fikrni yozma bayon etish maqsadida gaplarni biriktirish), yozuvning leksik va grammatik ko‘nikmalaridan tashkil topadi.



CHET TIL O‘QITISH MAZMUNI

Chet til o‘qitish sharoiti va maqsadiga ko‘ra, madaniyatlararo muloqotdosh (kommunikant) va axborot sohibi (kognizant)ni shakllantirish yo‘lida o‘qitish mazmuni maxsus tanlanadi va u chet tilda kommunikativ kompetensiyani egallashda asosiy ta’limiy obyekt hisoblanadi. O‘qitish mazmunida ikki jihat kuzatiladi: nimani o‘rganish va nima qilishni o‘rganish. Birinchisi o‘quv materiali va ikkinchisi o‘quv jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quv materiali dasturdan o‘rin oladi. Ikkinchisi ko‘nikma va malakalarga mansub kommunikativ kompetensiyani hosil qilish jarayoni bo‘lganligi tufayli dasturda ularga tegishli talablar canab o‘tiladi. Nutq faoliyati doirasi dasturiy mavzular bilan belgilanadi. Yaratilgan (gapirish, yozuvda) va o‘zga shaxs sodir etgan (tinglab tushunish va o‘qishda) diskurs dasturdan o‘rin olgan mavzularga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Chet til o‘qitish mazmuni o‘qitish maqsadlariga bevosita bog‘liq bo‘lib, u odatda maqsad mazmunini belgilaydi. Mazmun ta’lim chog‘ida o‘zlashtiriladigan metodik tushuncha yoki kategoriya bo‘lsa, uning mahsuli erishiladigan maqsadni aks ettiradi. O‘qitish mazmuniga nutqiy mavzular, malaka va ko‘nikmalar hamda til materiali kiradi. Ushbu uchta tarkibiy qism chet tilni o‘rganishda yaxlit o‘zlashtirishni taqozo qiladi.

Nutq mavzulari o‘qitish maqsadlariga asoslanib tanlanadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «O‘quvchi va uni o‘rab turgan atrof-muhit», «Vatanimiz» va «Tili o‘rganiladigan mamlakatlar» kabi mavzular asosiy nutq mavzulari hisoblanadi. O‘qish uchun siyosiy, badiiy, ilmiy, ma’naviyat va madaniyat hamda sportga oid matnlar tanlanadi.

Tanlab olingan mavzu va unga oid matnlar o‘quvchilarning yoshi hamda qiziqishlariga mos kelishi kerak.

Mazkur dasturda o‘quvchilar yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan holda mavzular jadvallarda sinflar bo‘yicha alohida berildi. Jadvalda sinflar bo‘yicha taqsimlangan asosiy mavzular miqdori darslikda shu miqdordagi bo‘limlar bo‘lishi kerak degan ma’noni anglatmaydi. Asosiy mavzular tarkibidagi kichik mavzular ham til materiali hajmidan kelib chiqqan holda alohida bo‘lim bo‘lishi mumkin.

Nutq malakalari deganda, chet tilda nutq faoliyati turlari (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv)ni egallash darajalari tushuniladi. Malaka o‘quvchilarning chet til o‘rganish davrida olgan ko‘nikmalarini amaliy faoliyatida sobitqadamlik bilan mustaqil ravishda qo‘llay olish kompetensiyasi (layoqati)dir. Nutq malakalari til materialini muloqot paytida qo‘llash jarayonida rivojlanadi va takomillashadi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida chet til o‘qitishning asosiy vazifasi bo‘lmish nutqiy malakalarni singdirish chog‘ida ularga mos keladigan lisoniy ko‘nikmalarni ham o‘zlashtirishdan iboratdir. Bunday ko‘nikmalar asosini ushbu dasturda ko‘rsatilgan til materiali tashkil qiladi. Til materiali dasturda Davlat ta’lim standartiga muvofiq tarzda alohida berildi.



Til materiali, ma’lumki, leksik, grammatik va fonetik hodisalarni o‘z ichiga oladi. O‘quv jarayonida leksik, grammatik, talaffuz hamda imlo birligi kabi tushunchalarni farqlash, darslik va qo‘llanmalar tuzishda ulardan o‘z o‘rnida foydalanish zarur.

Til birligi leksik, grammatik, talaffuz va orfografiya (imlo) birliklarini ifodalaydi.

Lug‘at birligi – o‘zak so‘z va yasama so‘zdan iborat, leksik birlik (o‘zak so‘z, yasama so‘z (uning tarkibidagi so‘z yoki so‘z yasovchi elementlar), so‘z yasovchi affiks, turg‘un so‘z birikmasi, gap (og‘zaki nutqning ilgarilashi sharoitida qismlarga bo‘linmay o‘rgatiladigan tayyor jumlalar)ni o‘z ichiga oladi.

Grammatik birlik – morfologiya va sintaksis hodisalar, talaffuz birligi – fonetik minimumdagi tovush-fonemadan to jumlalar ohangigacha, imlo birligi – harf, harf birikmasi, so‘z, so‘z yasash, shakl va gap yasash elementlari, so‘zning o‘zgaruvchan hamda o‘zgarmaydigan shakllaridan iboratdir.

Umumiy o‘rta ta’lim maktabini bitiruvchi o‘quvchilar egallaydigan 1500 ta leksik birlikni nutqda o‘zlashtiradilar.

Chet til grammatikasini o‘rgatish asosan induktiv (nutqda o‘rganilgan lisoniy hodisaga qoida-umumlashma) va qisman deduktiv (o‘qish va tinglashda uchraydigan grammatik hodisalarga oid algoritmik qoida berish) uslublarida amalga oshiriladi. Chet til grammatikasini o‘rgatish mazmuni uchta metodik mezonga ko‘ra (o‘quvchining ona tili va ikkinchi tildan to‘plangan grammatik tajribasini hisobga olib, chet tilning o‘zidan yig‘iladigan tajribaga asoslanib va grammatik hodisalar taqdimoti tartibini nazarga olib) tanlanadi va ularga maxsus mashqlar beriladi.



CHET TILNI AMALIY O‘RGANISHGA QO‘YILADIGAN

TALABLAR

O‘quvchilarga nutq faoliyatining turlari – tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuvni hamda til materiali – leksika, grammatika, talaffuzni o‘rgatish natijasida ularning chet tilda kommunikativ (axborot almashish) kompetensiyasi shakllantiriladi.

Davlat ta’lim standartiga asosan maktablarning I-IX sinflarida chet tilni o‘qitish shartli ravishda ikki bosqichga (A1 (A1+), A2 (A2+)) bo‘linadi:

Birinchi bosqich (A1, A1+) – nutq faoliyatini ta’minlaydigan malakalarning asosi chet tillarni o‘qitishning birinchi bosqichi I-IV sinflarda shakllantiriladi.
1-sinfda til o‘rganish turli o‘yinlar orqali amalga oshiriladi. Bunda chet til tinglab tushunish va gapirish (o‘qituvchi nutqi, audio-video moslamalar orqali takrorlash) orqali o‘rgatiladi.

Ta’limning A1 (A1+) darajasida 1-sinfda ingliz tilida tinglab tushunish va gapirish nutq ko‘nikmalari rivojlantiriladi, 2-sinfdan boshlab tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish nutq ko‘nikmasi shakllantiriladi. Talaffuz, ayniqsa, ohangni o‘zlashtirish, urg‘u qo‘yish ustida olib boriladigan mashqlar ikkinchi bosqichda ham davom ettiriladi.

Birinchi (A1, A1+) darajaning har bir sinfi oxirida o‘quvchilar quyidagi malakalarni egallashlari lozim:

A1/1 (I sinf)

Tinglab tushunish

A1

– qisqa savollarni tushunish va javob qaytarish;

– sodda va qisqa matnlarni tinglab tushunish;

– sinfda qo‘llaniladigan iboralarni tushunish;

– oila a’zolari, atrof-muhitdagi narsalar haqidagi sodda nutqni tushuna olish;

– o‘qituvchining chet tildagi ko‘rsatmalarini bajara olish;

– mavzuga oid o‘yinlardagi so‘z va iboralarni tinglab tushunish.

Gapirish

A1

– salomlashish, xayrlashish, uzr so‘rash, ismi va yoshini ayta olish;

– 1-20 gasha bo‘lgan sonlarni ayta olish;

– oila haqida gapira olish;

– tanish mavzular bo‘yicha sodda savollar berish va ularga javob bera olish;

– kundalik hayot bilan bog‘liq sodda gaplar ayta olish;

– mavzuga oid o‘yinlarda so‘z va iboralarni nutqda qo‘llay olish.

Chet tillardan o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan leksik birliklar miqdori

I-IV sinflarda o‘rganiladigan leksik birliklar aktiv (produktiv) o‘zlashtirish uchun mo‘ljallanadi. V-VI sinflarda qo‘shimsha passiv (resteptiv) leksika ham o‘rgatila boshlanadi. VII-IX sinflarda o‘qish amaliy maqsad maqomini olishi munosabati bilan passiv leksikani o‘rgatishga e’tibor kuchayadi.




Sinflar

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

Leksik

birliklar



Aktiv (A1, A2)

150

150

100

100

100

100

100

100

100

Aktiv (A1+, A2+)

150

200

150

150

150

150

150

150

150

Passiv

-

-

-

-

100

100

100

100

100

Potenstial

-

-

+

+

+

+

+

+

+

Jami (A1, A2)

150

300

400

500

700

900

1100

1300

1500

Jami (A1+, A2+)

150

350

500

650

900

1050

1300

1550

1800

Fransuz tili grammatik minimumi

7-sinf (A2/A2+/2)

  • Présent de l’Indicatif (takrorlash).

  • il y a iborasi (vaqt birliklarini ifoda etishda).

  • Yo‘llanma berish maqsadidagi buyruq gaplar: Allez tout droit puis tournez a gauche!

  • Umumiy so‘roq gaplar: Qu’est-ce qu’il faut faire pour aller jusqu’a la gare?

  • Predloglar: non loin de, devant, en face de, derriére, prés de.

  • beau, belle, vieux, vieille, ancien(ne), moderne kabi sifatlarning otlar bilan moslashgan holda oddiy, qiyosiy va orttirma darajada ishlatilishi.

  • Passé composé ning sabab ergash gapda parce que bog‘lovchisidan keyin ishlatilishi: Je me porte mal parce que j’ai pris froid.

  • il faut, il ne faut pas: Il faut consulter le medecin.

  • avoir mal a iborasi va uning ishlatilishi: Tu as mal a la tête, il faut prendre le médicament.

  • devoir fe’li va undan keyin infinitifning ishlatilishi: Je dois consulter le medecin.

  • Namuna sifatida Conditionnel présent: Je voudrais acheter.

  • Rangni ifodalovchi sifatlar ma’nosini bildiruvchi so‘zlar: en coton, en soie, à poids.

  • Yaqin kelasi zamon (Futur proche): Je vais acheter.

  • me, te le, la, les, nous, vous, lui, leur kabi kishilik olmoshlarining vositali va vositasiz to‘ldiruvchilar o‘rnida ishlatilishi: Nous allons l’acheter.

  • Faqat ko‘plikda ishlatiladigan otlar.

  • que bog‘lovchili qo‘shma gaplar: Je crois que ça vous plaît.

  • Kelasi zamon - Futur simple.

  • Indicatif zamonlari Présent; passé composé va futur simple ni qaytarish; Ularning moslashuvi. C’est un sportif qui a gagné plusieurs médailles.

  • Sport mavzusiga doir ravishlar: vite, loin , fort (e), fible, simpa ... .

  • On shaxsi noma’lum olmoshining ishlatilishi: On parle beaucoup de... On visite... On chante...

  • se composer, se diviser fe’llarining ishlatilishi: La France se compose de...L’Ouzbékistan se divise en... .

  • en, y olmoshlari.

  • Imparfait zamonining yasalishi va ishlatilishi;

  • Futur Simple ning ishlatilishi: Pendant les vacances j’irai dans les montagnes.

  • en Gérondif.

  • Mavzuga oid barcha fe’llarning o‘tilgan zamonda ishlatilishi.



Fransuz tili fanidan talaffuz minimumi

7-sinf (A2/A2+/2)

  • O‘rganilgan fonetik qoidalarga asoslangan holda tanish so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish;

  • So‘zlardagi harf birikmalarini to‘g‘ri talaffuz qilish;

  • Matnlarni o‘qish jarayonida urg‘u va ohang qoidalariga rioya qilish;

  • Talaffuz qilish qoidalariga rioya qilish va to‘g‘ri talaffuz qilish malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish;

  • Tematik lug‘at tuzish va uni to‘ldirish;

  • Ma’lum kommunikativ vaziyatlarga asoslangan matnlarda turli xil kommunikativ gaplarning ohang normalarida talaffuz qilinishi.



Fransuz tili fanidan mavzular taqsimoti


7-sinf (A2/2) 102 soat

(A2+/2) 170 soat

T/r

Mavzu nomi

Soat (A1/A1+)

1.

Qishloq va shaharlar

- o‘zi yashayotgan qishloq yoki shahar, u yerdagi diqqatga sazovor joylar;

- manzilga qanday borishni so‘rash yoki ko‘rsatmalar berish.


6

A1+

  • do‘sti va qarindoshlari yashash joyi (shahar, qishloq, mahalla)

  • dunyo shaharlari;

  • manzilga qanday borishni so‘rash yoki ko‘rsatmalar berish.

16 (6+10)

2.

Sog‘lik

- insonning tana a’zolari.

- shifokor huzurida.


10

A1+

  • gigiyena qoidalari;

  • sog‘lik haqida maslahatlar;

  • kasallik turlari;

  • shifokor huzurida.

20 (10+10)

3.

Sport

- umumiy va milliy sport turlari;

- sport musobaqalari;

- Olimpiada o‘yinlari, g‘olib sportchilar va jamoalar.



18

A1+

  • umumiy va milliy sport turlari;

  • Olimpiada o‘yinlari, g‘olib sportchilar va jamoalar;

  • maktab sport mashg‘ulotlari;

  • sevimli sport turi.

28 (18+10)

4.

Kiyimlar

- O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlarga xos bo‘lgan kiyim-kechak va poyabzallar, ularning ranglari, o‘lchamlari hamda hom-ashyolari;

- xarid va xaridorlar huquqi.


16

A1+

  • O‘zbekiston va jahon mamlakatlariga xos bo‘lgan kiyim-kechak va poyabzallar, ularning ranglari, o‘lchamlari hamda homashyolari;

  • kiyinish madaniyati.

24 (16+8)

5.

Bo‘sh vaqt va sevimli mashg‘ulot (xobbi)

- mashg‘ulot turlari;

- sevimli mashg‘ulotlar.



8

A1+

  • o‘zi va do‘stining sevimli mashg‘uloti;

  • darsdan keyingi mashg‘ulotlar;

  • yoqtirmagan mashg‘ulotlar;

18 (8+10)

6.

O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlarning ma’muriy bo‘linishi

  • viloyatlar, tumanlar, hududlar.

8

A1+

  • O‘zbekistonning ma’muriy bo‘linishi;

  • chegaradosh davlatlar.

18 (8+10)

7.

Ta’tillar. Sayohat

- ta’til, ta’til rejalari.



- mashhur joylarga sayohat.

16

A1+

  • sayohat turlari;

  • O‘zbekistonning tarixiy shaharlari;

  • jahonning tarixiy shaharlari.

26 (16+10)

Mustaqil ish (portfolio)

10

Nazorat ishi

10

Jami

102 (A2)

170 (A2+)



Download 174.47 Kb.




Download 174.47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chet (ingliz, nemis, fransuz) tillar fanlaridan o‘quv dasturi

Download 174.47 Kb.