• TRANSPORT TIZIMI
  • Chiqarishida transport agregatlaridan foydalanish ning ahamiyati




    Download 285.18 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana10.03.2024
    Hajmi285.18 Kb.
    #169575
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1 MAVZU KIRISH QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARISHIDA TRANSPORT
    Tarbiya texnologiyalari tarixi, istiqbollari., O\'zbekistonda korupsiyaga qarshinkurash mexanizimlari mavzusida esse tayorlash, 8mavzu, 8mavzu, Ma\'muriy huquq shatnoma tasnifi, Tovushlar, va harflar va so\'z turkumlarini o\'rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o’rgatish., Najmiddin aka, xisobot, Tabiyatshunoslik darslarida ekologiya asoslarini o\'rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o\'rgatish., blank-rezume-3, blank-rezume-4, 1-маъруза презентацияга, TARIH-NAMUNA


    1-MAVZU: KIRISH. QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI ISHLAB 
    CHIQARISHIDA TRANSPORT AGREGATLARIDAN FOYDALANISH-
    NING AHAMIYATI 
     
    REJA: 
    1. Transportning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. 
    2. Transport jarayoni asoslari. 
    3. Yagona transport tizimi tushunchasi. 
    4. Tashish jarayoni va uning elementlari. 
    5. Transport turlari haqida tushunchalar. 
    Transport har qanday ijtimoiy hayotning zarur vositasi hisoblanadi. 
    Transport asosan xalq xo‘jaligining mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonini 
    davom ettiruvchi, nihoyasiga yetkazuvchi, ya’ni iste’molchiga yetkazuvchi soha 
    hisoblanadi.
    Demak, transportning umumjamiyat ishlab chiqarishdagi asosiy vazifasi 
    sanoat, qishloq xo‘jalik va transportning o‘zaro bog‘liqligi bilan belgilanadi. 
    Ya’ni: yuk tashish hajmi, yuk oqimlari yo‘nalishlari va transport vositalarining 
    rivoji xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar 
    miqdori, ularni ishlab chiqarish va iste’mol qilish punktlarining Respublika 
    xududida qanday joylashganligiga; mavjud yo‘llarning o‘tkazish qobiliyati
    mahsulotlar ishlab chiqarish hajmiga va ularning qaerda joylashganligiga bog‘liq. 
    Shuningdek, transport tovar ishlab chiqarish sohalarining ulkan iste’molchisi 
    bo‘lib, ishlab chiqariladigan mahsulotlar strukturasi va hajmiga bog‘liq holda tovar 
    abarotini tezlashtirish, bozor iqtisodiyotini jadallashtirishda juda katta ahamiyatga 
    ega. 
    Transportning yaxshi ishlashini belgilovchi muhim omillardan biri uning yuk 
    tashish muntazamligi hisoblanadi. 
    Zarur mahsulot, xom ashyo, ehtiyot qismlar va yonilg‘i-moylash 
    mahsulotlarining o‘z vaqtida va muntazam yetkazilib berilishi ularning ombordagi 
    zaxirasini minimal miqdorda bo‘lishini ta’minlashi mumkin. 
    TRANSPORT TIZIMI deganda – yuklarni tashish jarayonida bir-biriga 
    bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi transportlar majmui tushuniladi. Odatda «transport 
    tizimi» termini biror davlat, region yoki katta shaharga tegishli ma’noda qo‘llaniladi. 
    Xozirgi davr transporti tizimi tarkibiga temir yo‘l, dengiz, daryo, avtomobil, havo, 
    truboprovod transporti va elektron transporti turlari kiradi. 
    Yagona transport tizimi deganda - yuklarni ishlab chiqarish punktlaridan 
    iste’mol qilish punktlariga yetkazib berish, ularga xizmat ko‘rsatish uchun zarur 
    bo‘lgan texnika qurilish va inshootlar, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi har 
    xil transport yo‘l vositalari va uzellari, ya’ni temir yo‘l va avtomobil vokzallari, 
    daryo va dengiz portlari va hokozolar, korxona va tashkilotlarga qarashli 
    harakatlanuvchi tarkib, yuk tashish, ortish, tushirish mashina va mexanizmlari
    ulardagi texnik jihozlarning majmui tushiniladi.

    Download 285.18 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 285.18 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chiqarishida transport agregatlaridan foydalanish ning ahamiyati

    Download 285.18 Kb.
    Pdf ko'rish