|
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Matematika va informatika fakulteti 5-kurs talabasi Parpiyev Temurbek Zafar o‘g‘lining “Maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan
|
Sana | 05.09.2024 | Hajmi | 17,24 Kb. | | #270296 |
Bog'liq Tashqi taqriz Mannopov Farhod
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Matematika va informatika fakulteti 5-kurs talabasi Parpiyev Temurbek Zafar o‘g‘lining
“Maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan interaktiv o‘quv platformasi back-end qismini ishlab chiqish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Bitiruv-malakaviy ishida muammoning dolzarbligi asoslangan, interaktiv o‘quv platformalari ta’lim jarayonida, ayniqsa masofaviy o‘qitish tizimlarida tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Ushbu platformalar o‘qituvchilarga qiziqarli darslar va moslashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlarini yaratish imkoniyatini berib, o‘quvchilar uchun shaxsiylashtirilgan ta’lim, real vaqtda fikr-mulohaza va katta resurslarni taklif etadi.
Talaba Parpiyev Temurbek Zafar o‘g‘li o‘zining bitiruv-malakaviy ishida umumta’lim maktablarida maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan interaktiv o‘quv platformasini back-end qismini ishlab chiqqan. Bitiruv malakaviy ishda mavzuning dolzarbligi, tadqiqot ob’ekti, predmeti, vazifalari, metodlar, ilmiy amaliy ahamiyati talab darajasida yoritilgan. Ushbu bitiruv malakaviy ishi hozirgi kundagi informatika o‘qitish metodikasining dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan interfaol o‘quv platformasini tanlash, tengdoshlari va o‘qituvchilari bilan faol muloqot qilishlari mumkin bo‘lgan virtual muhitni yaratish uchun muhim qadamdir. Platforma orqali o‘quvchilarning onlayn bilim olish faoliyatini faollashtirish va o‘quvchilarni zamonaviy platformada ta’lim olish muammosini hal etishga qaratilgan.
Ishda o'quvchilarga masofaviy o'rganish imkonini taqdim etishga oid bilimlar, interaktiv platformalar, o‘quvchilarga har qanday joyda va har qanday vaqt o‘rganishga imkon beradigan g‘oya ilgari surilgan.
Bitiruv malakaviy ishi birinchi bobi “Maktablarda qo‘llaniladigan umumiy interaktiv platformalar haqida umumiy tushunchalar” deb nomlangan. Ushbu bob ikki paragrafdan tashkil topgan bo’lib, front-end qismiga doir bilimlar keltirilgan. Bitiruv malakaviy ishning ikkinchi bobi “O‘quv platformasi ishlab chiqishda qo‘llaniladigan texnologiyalar” deb nomlangan. Ushbu bobdagi platformaning maqsad va vazifalariga doir bajarilgan ishlar mazmuni, tavsiya va xulosalar ishning tub mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan. O'quv jarayonini yanada samarali va yengilroq qilishga yordam berish orqali ta'limni yanada yaxshilash imkonini taqdim etish maqsadida yaratiladi.
Ishning uchinchi bobi “Interaktiv o‘quv platformasini ishlab chiqish” deb nomlangan. Ushbu bobda HTML va CSS, JavaScript dasturidan foydalanib yaratilgan onlayn ta'lim platformasi haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Bitiruv malakaviy ishi ba’zi xató va kamchiliklardan holi emas,
Bitiruv malakaviy ishi talab darajasidagi rasmiylashtirish biroz buzilgan.
Gramatik va orfografik xatolarga qisman e’tibor berilmagan.
Adabiyotlarga havolalar kam keltirilgan.
Talaba Parpiyev Temurbek Zafar o‘g‘lining “Maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan interaktiv o‘quv platformasi back-end qismini ishlab chiqish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini himoyaga tavsiya etaman.
Toshkent perfect university
“Raqamli texnologiyalar” kafedrasi dotsenti v.b.
f.-m.f.b.f.d. PhD
|
M.A. Berdimurodov
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Matematika va informatika fakulteti 5-kurs talabasi Parpiyev Temurbek Zafar o‘g‘lining “Maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan
|