|
Chiziqli elektr zanjir sxemalarini ekvivalent o’zgartirish. Ketma-ket ulangan elementlardan iborat zanjirni ekvivalent o’zgartirish Reja
|
bet | 1/7 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,94 Mb. | | #138199 |
Bog'liq Chiziqli elektr zanjir sxemalarini ekvivalent o zgartirish. Ketm
Chiziqli elektr zanjir sxemalarini ekvivalent o’zgartirish. Ketma-ket ulangan elementlardan iborat zanjirni ekvivalent o’zgartirish
Reja:
1. Ketma–ket ulangan zanjirlarni hisoblash.
2. Parallel ulangan zanjirlarni hisoblash.
3. Aralash ulangan zanjirlarni hisoblash.
4.Har xil rejimda ishlaydigan murakkab zanjirlarni hisoblash.
Elektr zanjiri va uning elementlari.
Elektr toki o’tishini ta‘minlaydigan elementlardan tashkil topgan sistema yoki elektr tokini o’tkaza oladigan har qanday berk kontur elektr zanjirlari deyiladi. Radiotexnikada qo’llaniladigan elektr zanjirlari radiotexnikaviy zanjirlar yoki qisqacha qilib radiozanjirlar deb ataladi. Umumiy kurinishda elektr zanjirlarini bir yoki bir necha elektromagnit energiyasi manbaini o’z ichiga oluvchi to’rt qutbli sistema deb qaraladi.
Elektr zanjirining tasviri.
Elektr zanjirning signal ulanadigan qismi kirish zanjiri, signal olinadigan qismi chiqish zanjiri deb ataladi. Signal elektr zanjiridan o’tayotganda o’ning ichida yoki sirtida energiya yutilishi yoki to’planishi mumkin. Shunga ko’ra, elektr zanjirning elementlari aktiv (rezitiv) va reaktiv qarshiliklarga ajratiladi.
Elektr zanjirining aktiv qarshilikli elementi «rezistor» deb ataladi va sxemada «R» yoki «r» harfi bilan belgilanadi. Reaktiv qarshilikli elementlarga misol qilib induktivlik g’altagi va kondensatorni ko’rsatish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, tok o’tkazayotgan o’tkazgich kesmasi bir vaqtda R aktiv qarshillikka (energiya yo’qolgani uchun) ham, L induktivlikka (atrofida magnit maydoni bo’lgani uchun) ham, C elektr sig’imiga (zaryadlar to’plami bo’lgani uchun) ham ega bo’ladi. Bu elementlar zanjirning parametrlari deb ataladi.
Elektr zanjirlarining turlari.
Elektr zanjirlarining o’rganishda zanjir kirishga ta‘sir etayotgan elektromagnit maydon tebranishlarini to’lqin uzunligi bilan ko’rilayotgan zanjirning geometrik o’lchamlari orasidagi munosabatni bilish lozim. Misol uchun tok o’tkazayotgan parallel o’tkazgichlar kesmasi berilgan bo’lsin (1-rasm).
Ko’rilayotgan zanjir bilan ikki xususiy holni ajratish mumkin. Birinchi zanjirning geometrik o’lchamlari ta‘sir etayotgan elektromagnit tebranishning to’lqin uzunligidan yetarlicha kichik tartibida yoki undan (1<<λ) va ikkinchi zanjirning geometrik o’lchamlari ta‘sir etayotgan elektromagnit tebranishning to’lqin uzunligi tartibida yoki undan katta (λ1).
Birinchi holda zanjirdagi barcha jarayonlar juda sustlik bilan sodir bo’ladi. Shuning uchun har bir kuzatish vaqtida zanjirning turli nuqtalaridagi tokning qiymatini deyarli bir xil deb qarash mumkin. Bunda zanjirning turli nuqtalaridagi qaytar va qaytmas jarayonlar ham deyarli bir xil bo’ladi. Bu ularning bir-biridan ajratib o’rganish imkonini beradi. Bunday zanjirlar parametrlari mujassamlangan zanjirlar deb ataladi.
Demak zanjirlar uchun 1<<λ shart bajarilsa, ular parametrlari mujassamlangan zanjirlar bo’ladi. Zanjirning bu xususiyatlari kvazistatsionorlik deyladi. Ikkinchi holda λ1 bo’lganda yuqorida keltirilgandek zanjir elementlarini bir-biridan ajratish mumkin emas. Bunday zanjirlar parametrlari zanjir bo’yicha taqsimlangan elektr zanjirlari deb ataladi.
Agar zanjirdan signal o’tish jarayonida uning energiyasi yutilib, zanjirning chiqishdagi quvvati kirishdagi quvvatidan kichik bo’lib qolsa bunday zanjirlar passiv elektr zanjirlar deb ataladi, ya‘ni (Р2<Р1) aksincha uning quvvati ortib chiqsa (Р2>Р1) aktiv elektr zanjir deb ataladi. Shuning uchun chiziqli va chiziqli bo’lmagan elektr zanjirlariga ajratiladi.
Agar zanjirdagi jarayonlar chiziqli integral yoki differentsial tenglamalar orqali ifodalansa, bunday zanjirlar chiziqli elektr zanjirlar aks holda chiziqli bo’lmagan elektr zanjirlar deb ataladi.
Bizga L induktivlik C sig’im va R rezistorning ketma-ket ulanishidan tuzilgan zanjir berilgan bo’lsin (2-rasm). Unga ulangan manbaning kuchlanishi ixtiyoriy bo’lsin.
S hu zanjirning qanday zanjir ekanini aniqlash kerak. Buning uchun Kirxgof tenglamasini yozamiz.
Bu birinchi darajali ikkinchi tartibli differensial (integral) tenglamadir. Lekin uni chiziqli deyish mumkin emas. Chunki R, C, L koeffisentlarning tabiati noaniq. Agar tok kuchi I(t) va kuchlanishi E(t) ga bog’liq bo’lmasa tenglama chiziqli bo’ladi.
Shuning uchun ko’rilayotgan zanjirlar chiziqli bo’ladi.
Agar zanjir elementlarining birortasi I, U bog’liq o’zgaruvchan miqdor bo’lsa ko’rilayotgan tenglama ham zanjir ham chiziqli bo’lmaydi.
Rezitiv qarshilik (a), induktivlik (b) va sig’im (v) ning volt-amper xarakteristikasi.
Chiziqli bo’lmagan elementning volt-amper xarakteristikasi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Chiziqli elektr zanjir sxemalarini ekvivalent o’zgartirish. Ketma-ket ulangan elementlardan iborat zanjirni ekvivalent o’zgartirish Reja
|