“
COMPUTER SCIENCE AND ENGINEERING TECHNOLOGIES”
International scientific and technical conference on October 14-15, 2022.
Web:
http://journal.jbnuu.uz/
32
1-SHOʻBA
AXBOROT XAVFSIZLIGI
AXBOROT XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASINING PSIXOLOGIK MOHIYATI
Yuldasheva Mahliyo Baxtiyorovna
Farg‘ona davlat
universiteti
mb.yuldasheva@pf.fdu.uz
Ergasheva Gulnora Oltiboy qizi
Farg‘ona davlat universiteti talabasi
ergashevagulnora777@gmail.com
Annotatsiya. Axborot-psixologik xavfsizlik muammosi tarixan har qanday
davlatning shakllanishi va jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy manfaatlar va ularning
mafkuraviy sohada ifodalanishi bilan vujudga keladi. Zotan, ana shu vaqtdan
barqarorlik, rivojlanish bilan birga muayyan xarakterdagi informatsion-psixologik
xavf-xatar, ma’naviy tahdidlar ham paydo bo‘ladi. Mazkur maqolada axborot
xavfsizligi tushunchasi, uning mazmun-mohiyati yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: axborot, axborot-psixologik xavfsizlik,
sivilizatsiya, axborot
huruji, destruktiv g‘oya, axborot sektori
Axborot tushunchasi bugungi kunda global ahamiyat kasb etmoqda. Chunki u
tafakkurimizga turli yo‘nalishlarda ta‘sir o‘tkazuvchi, hayot va undagi minglab
taqdirlarni u yoki bu tomonga burib yuboruvchi, goh salbiy, goh ijobiy mohiyat kasb
etuvchi qudratli qurolga aylandi. Umuman olganda, axborot – moddiy dunyoning
organizmda yoki organizmlar jamoasida aks etgan hamda ular tomonidan atrof-muhit
o‘zgarishlariga moslashish uchun foydalaniladigan moddiy dunyo obyektlarining
aksidir [1]. Qachonlardir ilohiy ma’no kasb etgan so‘z, uning qudrati bugungi kunga
kelib, dunyo taqdirini hal qilishda eng asosiy rol o‘ynaydigan kuchli vosita maqomiga
ko‘tarildi. Fan-texnika inqilobidan keyin kommunikatsion texnologiyalar hamda
axborot infratuzilmalarining katta tezlikdagi taraqqiyoti, xususan,
internetning paydo
bo‘lishi hamda uning qisqa vaqt ichida ijtimoiy hayot tarziga chuqur kirib borishi
axborotni eng qimmat mahsulotga aylantirdi. Darhaqiqat, globallashuv va
integratsiyalashuv sharoitida oltin, platina, javohirdan ko‘ra ko‘proq qiymatga ega
bo‘lgan - axborot jahon bozoridan munosib joy oldi. Kim axborotga egalik qilsa, u
dunyoni boshqaradi, qabilidagi fikrlarni bot-bot esga olinayotgani ham bejizga emas.
Bundan 4-5 asr oldin jahonda yetakchilik qilish uchun qo‘shin soni, qurol-yarog‘
“
COMPUTER SCIENCE AND ENGINEERING TECHNOLOGIES”
International scientific and technical conference on October 14-15, 2022.
Web:
http://journal.jbnuu.uz/
33
arsenali, hatto dengizdagi kemalar, umuman, harbiy salohiyatning ahamiyati katta edi.
Aslini olganda, axborot tushunchasi dunyoqarashni ifodalovchi barcha bilimlar
sohasida qadimdan mavjud bo‘lgan. Yalpi axborotlashtirilgan global tizimning
dunyoga kelishi millatlar, xalqlar va butun insoniyat taqdirini bir-biriga chambarchas
bog‘ladi. O‘z
navbatida, axborot olish, uni ishlash, saqlash va tarqatish
texnologiyasining tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajadagi taraqqiyoti bugun jiddiy
tashvish tug‘dirayotganini ham alohida ta’kidlash joiz. Zero, eng so‘nggi avlod
kompyuterlari har soniyada ikki milliardgacha vazifani bajara oladi. Axborot
texnologiyasining ana shunday mo‘jizasi tufayli kishi yer yuzining xohlagan
nuqtasidagi odam bilan soniyalar ichida aloqa o‘rnatishi, o‘zini qiziqtirgan savollarga
bir zumda javob topishi mumkin. Ana shu holatning o‘zi
inson faoliyatini, tafakkur
tarzini, axloqiyu meyorlarini, olamga munosabatlarini, yaxlit olganda yangi yuz
yillikdagi insoniyat hayoti va taqdirini ifoda etadi. Boshqacha qilib aytganda, XXI asr
sivilizatsiyasi axborot huruji, axborot-psixologik urushi qiyofasida o‘zini namoyon
etmoqda.
Har bir fuqaro o‘z shaxsiy nuqtai nazari, qarashlari, ma‘naviy-ma‘rifiy, axloqiy-
ruhiy imkoniyatlari doirasidagina faoliyat ko‘rsatadi. O‘z olami hududida yashaydi va
tashqi olamga o‘z aqli doirasida munosabat bildiradi. Har bir individ mustaqil inson
sifatida tabiiy-biologik kamolotidan va ruhiy ehtiyojidan kelib chiqib, o‘ziga mos
axborotni qabul qiladi, tahlil etadi. Mushohada va tahlillar asosida shaxsiy xulosasiga
ega bo‘ladi. Natijada mazkur shaxs u yoki bu tarzdagi nuqtai nazarini shakllantiradi [3].
Demak,
har qanday axborotning mazmuni, mohiyati, ta’sir etish darajasi, jamiyatga
foydali yoki zararliligi, kishini ezgulikka yoki yovuzlikka da’vat etishi bilan shaxs,
jamiyat, davlat mutanosibligiga ijobiy yoki salbiy ta‘sir etadi. Ana shu jihatdan
qaraganda, milliy manfaatlarni asrash va rivojlantirishda informatsion-psixologik
xavfsizlikni ta‘minlashning roli yana ham oshadi.
Axborot-psixologik xavfsizlik, avvalo, bevosita inson ruhiyatiga ta‘sir o‘tkazish
orqali uni o‘z aqidalaridan, e‘tiqodidan ayiradigan buzg‘unchi g‘oyalardan asrashdir.
Bundan kelib
chiqib shuni aytish mumkinki, informatsion-psixologik xavfsizligiga
ehtiyoj, eng avvalo, bevosita inson va jamiyat, inson va davlat, shaxs va uning
daxlsizligi, millat va milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an‘analar,
tarixiy va madaniy
meros, avlodlarga ta‘sir etuvchi buzg‘unchi g‘oyalar va tajovuzkor mafkuralarning
mavjudligidan kelib chiqadi. Qolaversa, axborot-psixologik xavfsizlikka rioya
qilinmasa, uning ta‘sirchan choralari ko‘rilmasa, destruktiv g‘oyalar milliy xavsizlikka
putur yetkazishi mumkin. Tig‘iz axborotlashgan jamiyatda axborot orqali zamonaviy
ruhiy ta‘sir texnologiyalarining tobora rivojlanib borayotgani shaxs va jamiyat
tafakkurining shakllanishiga u yoki bu tarzda kuchli ta‘sir o‘tkazadi.
Axborotlashgan jamiyat kishilik jamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichida
“
COMPUTER SCIENCE AND ENGINEERING TECHNOLOGIES”
International scientific and technical conference on October 14-15, 2022.
Web:
http://journal.jbnuu.uz/
34
shakllanayotgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborot hamda informatsion-
texnologiyalardan oqilona foydalanishga asoslangan sifatiy holatini tavsiflovchi
tushuncha. Axborotlashgan jamiyat nazariyasi asoschilari ijtimoiy rivojlanishni
“bosqichlar almashinuvi” nuqtai-nazaridan qaragan holda, uning shakllanishini qishloq
xo‘jaligi, sanoat va xizmatlar iqtisodiyotidan keyin paydo bo‘lgan
iqtisodiyotning
to‘rtinchi - “axborot sektori” yuzaga kelishi bilan bog‘laydilar. Ularning fikriga ko‘ra,
industrial jamiyatning asosi bo‘lgan kapital va mehnat axborotlashgan jamiyatda o‘z
o‘rnini axborot va bilimga bo‘shatib beradi [2].
O‘zbekiston sharoitida axborot almashish jarayoni xavfsizligini ta’minlash
uchun o‘ylaymizki, axborot hurujlari sharoitida quyidagi vositalarga alohida e‘tibor
qaratish kerak: ya‘ni axborotlashtirish vositalari faoliyatini, milliy o‘zligimiz va
manfaatlarimizga zamonaviy usullar orqali muvofiqlashtirish; shaxs axborot
xavfsizligiga qarshi barcha zamonaviy vositalardan foydalanish; ichki va tashqi
siyosatda ro‘y berayotgan voqealarni yoritishda yangicha yondashuvlarni qo‘llash;
O‘zbekistonning xalqaro aloqalarini tahlil qilish borasida tizimli yondashuvlarni ishlab
chiqish, islohotlarning axborot ta‘minotini ta‘minlash ishida matbuot va elektron
ommaviy axborot vositalari harakatini birlashtirishga alohida e‘tibor qaratish, barcha
axboriy ta‘sirlar doirasini nazoratga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Abduazimov O. Ommaviy axborot vositalari –
fuqarolik jamiyatini barpo
etish omili. –Toshkent: Akademiya, 2008 98 b.
2. Kenjaboyev
A.T.
Axborotlashtirish
milliy
tizimini
shakllantirish
muammolari. – Toshkent: Ibn-Sino, 2004. – 252 b.
3. Yoqubova M. Axborot texnologiyalarining falsafiy asoslari. /Uslubiy
qo‘llanma. Toshkent: Star – Poligraf. 2008