Dala ekin maxsulotlarini saqlashning nazariy asoslari




Download 78.31 Kb.
bet1/2
Sana28.03.2024
Hajmi78.31 Kb.
#179876
  1   2
Bog'liq
DALA EKIN MAXSULOTLARINI SAQLASHNING NAZARIY ASOSLARI
ATXK o\'quv amaliyot taqvim, Texnik mehanika 1-kurs sirtqi ON TOPSHIRIQ (1), Mavzu Ilmiy uslub xususiyatlari va ko`rinishi. Uslublar va vizu-azkurs.org, Anatomiya, 555, taqvimlar 2, laboratoriya Elektronika, O\'rta asrlar mu-WPS Office, REFERAT YUZI, 10-sinf Adabiyot yangi darslik kitob, 1 Янги Ўзбекистон стратегияси 2, Оттиск. Қарши И ва АТИ РИАК туп., marketing tizimi, Qosimova.M. Strategik marketing, so\'rovnoma

DALA EKIN MAXSULOTLARINI SAQLASHNING NAZARIY ASOSLARI
Reja:



  1. O’simlikshunoslik qishloq hujaligining asosiy tarmogi.

  2. Dala ekinlarini etishtirish biologiyasi fanining ahamiyati, rivojlanish tarihi, fanning maksadi va vazifalari.

  3. O’simlik turlarining shakllanish sharoiti va biologiyasi.

  4. Dala ekinlarining guruhlarga bulinishi.

  5. O`zbekistonda (usimlikshunoslik) - Dala ekinlarini etishtirish biologiyasi fanining hozirgi ahvoli.

1. Rivojlanaetgan har bir mamlakatda kishlok hujaligiga katta e`tibor beriladi. Prezidentimiz I.Karimov 1998 yil dekabr oyidagi kishlok hujaligi masalalariga bagishlangan yigilishida shunday dedi: "Kishlok hujaligi, bugungi kunda erni biladigan va ardoklaydigan, bu sohada ishlovchilarning boshini kovushtira oladigan, bilimdon boshkaruvchilar, yukori malakali mutahassis va rahbarlarga ehtiej sezmokda". Respublikamizda kupchilik sohalarda olib borilaetgan islohotlar fan sohasida ham ayrim uzgartirishlar kilishga olib keldi. Fanlarni ukitish uslublarining o`zgarishi, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish kabi sabablar ba`zi fanlarning shu juamladan usimlkshunoslik fanining nomini ham «dala ekinlarini etishtirish biologiyasi» deb uzgartirgan ma`kul deb topildi.


Ma`lumki, kishlok hujaligi bizning respublikamizda asosiy tarmok hisoblanadi. Kishlok hujaligi eki agrosanoat majmui har bir mamlakatdagi kabi odamlarni ozik-ovkat mahsulotlari va sanoatni hom ashe bilan ta`minlovchi bosh bugin hisoblanadi.
Kishlok hujaligi rivojlangan mamlakatlar, iktisodiy jihatdan hech kimga karam bulmaydilar.
Mamlakatimizda ishlab chikarilaetgan yalpi ichki mahsulotlarning kishlok hujaligi bo`yicha hissasi 1996 yilda 20,2% bulsa, 1997 yilda 25,1% ga oshdi. Kishlok hujaligi mahsulotlari chet ellarga kup mikdorda eksport kilinishi tufayli mamlakatimizga tushaetgan chet el valyutalarning 55% i kishlok hujaligi mahsulotlarini sotishdan olinmokda. Hozirgacha mamlakat aholisining 60% dan kuprok kismi kishloklarda yashaydi. Ular kundalik ehtiej va yurtimiz ravnaki uchun kishlok hujalik mahsulotlarini etishtirmokdalar. Kishlok hujaligida 2 ta katta tarmok bor: Usimlikshunoslik va chorvachilik. Usimlikshunoslikning mehnat predmeti-yashil usimliklardir. Insonlar bu yashil usimliklarni ekib ustirib uz ehtiejlari uchun zarur bulgan ozik-ovkat mahsulotlariga aylantiradilar. Insonlar ish jaraenida yangi navlar yaratadi, ekish normasini, usulini, almashlab ekish kabilarni urganadilar.
Usimlikshunoslikning muhim hususiyati, uning mavsumiyligidir. Usimlikdan yukori hosil uchun va unga kulay sharoit yaratib berish uchun uz vaktida dala ishlarini sifatli kilib utkazish kerak. Dala ekinlaridan yukori hosil olish uchun barcha agrotehnik tadbirlar uz vaktida utkazilishi zarur.
2. Kishlok hujaligiga doimo yangi usimliklar, navlar, yangi texnologiyalarning kirib kelishi tufayli bu sohadagi muahassislardan chukur serkirrali bilim talab kilinadi.
Dala ekinlarini etishtirish biologiyasi fani kishlok hujalik ishlab chikarishning boshka tarmoklari bilan, birinchi navbatda chorvachilik bilan chambarchas boglik. Usimliklar chorvachilikni dagal, shirali va kontsentrat-kuchli oziklar bilan ta`minlaydi. SHu bilan birga chorvachilikdan usimliklarga zarur bulgan organik ugit, ya`ni gung olinadi. Gungsiz akyniksa kam unum erlarda ekinlardan mutassil yukori hosil olish ancha kiyin.
Ushbu fanning ilmiy jihatdan rivojlanishida K.A.Temiryazev (1843-1920), I.A.Stebut (1833-1923), D.N.Pryanixnikov (1865-1948), N.I.Vavilov (1887-1943) va boshka olimlarning asarlari katta ahamiyatga ega buldi


Д.N.Pryanishnikov (1865-1948


Odamlarning foydali usimliklarni ustira boshlash tarihi juda kadim zamonlarga borib takaladi. Odamlar tosh asridan boshlab usimliklarni ekib, ulardan mahsulot olishga harakat kilishgan. Er sharida, eng kadimgi dehkonchilik bilan shugullangan mamlakatlarga Misr, Xitoy, Suriya, Meksika, Peru, Boliviya, Markaziy osie va Kavkaz oldi mamlakatlari kiradi. Bu mamlakatlarda bundan 5-6 ming yillar mukaddam odamlar bugdoy, arpa, soya, javdar ekinlarini etishtirib kelganlar. Markaziy osie kishlok hujaligi ham kuhna tarihga ega. Bundan ming yillar avval ota-bobolarimiz kishlok hujalik mahsulotlarining samaradorligini oshirish, dehkonchilik va bogdorchilik ishlarini yahshilash borasida tinimsiz izlanishlar olib borishgan. Insoniyatning rivojlanishi uz navbatida dehkonchilikning rivojlanishiga olib keldi. Er sharida odamlarning kupayishi ozik-ovkat mahsulotlariga bulgan talabning oshishiga olib keldi. SHu bilan birga talabga karab sanoatning ham rivojlanishi okibatida usimliklar mahsulotlarining turlarini yanada kupaytirish lozim bulib koldi.
Dala ekinlarini etishtirish biologiyasi fani tarmogi dalachilikni, bogdorchilikni, sabzavotchilikni, uzumchilikni, urmonchilikni, gulchilikni, em-hashak ekinlarni o`z ichiga kamrab oladi. Ammo, ilmiy fan sifatida donli va dukkakli ekinlarni tuganak mevalilar, ildiz mevalilar, poliz ekinlari, tolalilar, moyli, em-hashak va narkotik ekinlarni urgatadi.
Hozirgi vaktda er shari aholisining yarmidan kuprogi dehkonchilik bilan shugullanadi. Ekin ekiladigan maydon er yuzi bo`yicha 1 mlrd. ga dan oshgan. Jahon dehkonchiligida usimliklarning 20000 dan ziyod turi mavjud. Ammo, shulardan eng kup ahamiyatga egalari 640 ta bulib, shundan 90 tasi dala ekinlari guruhiga kiradi. Eng katta ekin maydonini donli ekinlar (bugdoy, arpa, suli, javdar, makkajuhori, sholi, tarik) egallaydi eki 759,4 mln.ga jami dehkonchilik kilinadigan maydonning 70% dir.
Don ekinlarining urtacha hosildorligi Dune bo`yicha hozirgi kunda 19,5ts ga bulib, etishtiriladigan yalpi mahsulot 1477,3 mln.t ni tashkil kiladi. O`zbekistonda sugoriladigan maydonlarda 1,310 ming gektarga, lalmi maydonlarda esa 350 ming gektardan zied erlarga galla ekinlari ekiladi. Respublikamizda jami 4 mln. gektar dehkonchilik kilish imkoniyati bulgan erlar mavjud.
Dala ekinlarini etishtirish biologiyasi fani kishlok hujaligining asosiy tarmogi bulib, dala ekinlari va uruglarning biologik va ekologik hususiyatlarini urganish, ma`lum tuprok va kilim sharoitiga mos bulgan ilgor texnologiyani ishlab chikish va uni ishlab chikarishda keng joriy etish natijasida mul va sifatli hosil olishni ilmiy va amaliy asoslab beradi.
Bu fan ham boshka agronomiya fanlari singari, fizika, himiya, botanika, usimliklar fiziologiyasi, kishlok hujalik meteorologiyasi, tuprokshunoslik, dehkonchlik, agrohimiya, selektsiya va urugchilik, entomologiya va fitopotologiya, mehanizatsiya, iktisodiet, kishlok hujaligida ishlab chikarishni tashkil kilish va rejalashtirish kabi fanlarning ma`lumotlariga tayangan holda ish olib boradi.
3.Usimliklardan yukori hosil olishni ta`minlaydigan texnologiyalar yaratilganda eng avvalo usimliklarning biologik hususiyatlariga asoslaniladi. Usimlikning "biologiyasi" deganda, usuv davrida usimlikda bo`ladigan o`zgarishlar va rivojlanishi uchun talab kilinadigan sharoit tushuniladi. Usimlikning tashki sharoitga talabi urganilganda bunda uning issiklikka, eruglikka, suvga, ozukaga va ma`lum bir tuprokka talabi hisobga olinadi. Usimlik turlari eki genotipi ma`lum bir tuprok va iklim sharoitida shakllanadi va shu jaraenda usimlikda ma`lum biologik hususiyatlar vujudga keladi. Demak, usimlikning biologiyasini bilish uchun, uning kelib chikkan mintakalarini bilish zarur. Bu ma`lumot juda muhim bulganligi uchun olimlar tomonidan tadkikot kilinib, usimliklarning 12 ta kelib chikish markazlari aniklangan:

  1. Xitoy YAponiya markazi - soya, yumshok bugdoy, marjumak.

  2. Indoneziya – Jan.Xitoy - suli, shakar kamish, meva sabzavot ekinlari.

  3. Avstraliya markazi - sholi, guza, sebarga, tamaki.

  4. Hindiston markazi - sholi, hind bugdoyi, guza turlari, meva va sabzavot ekinlari.

  5. Urta Osie markazi - kuk nuhat, mosh, yasmik, nuhat, guza, turlari, kovun, kup yillik usimliklar.

  6. Old Osie markazi - bugdoy turlari, arpa, suli, javdar, kuk nuhat, bda, zigir, sabzavot va meva ekinlari.

  7. Urta er Dengizi markazi - suli, apra, bugdoy turlari, zigir, karam, lavlagi, sabzi, sholgom, piez, sarmisok, kuknori, ok hantal.

  8. Afrika markazi - juhori turlari, tarik, kanakunjut, sholi, bugdoy turlari, dukkakli ekinlar, kunjut, guza turlari.

  9. Evropa-Sibir markazi - tolali zigir, duragay, sebarga, beda turlari, meva va sabzavot ekinlari.

  10. Markaziy Afrika - makkajuhori, loviya, kovok, shirin kartoshka, mahorka, kalampir, ko`p yillik o`simliklar.

  11. Jan.Amerika - madaniy kartoshka, tamaki, pomidor, makkajuhori turlari.

  12. SHim.Amerika - apra turlari, lopin, kungaboqar, sabzavot va rezavor usimliklar.

Usimliklarning kelib chikishi, tarkalishi katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Dala ekinlarini etishtirish biologiyasi fani usimliklarning dastlabki ekila boshlanishi, tarkalishi, kullanishi bo`yicha ma`lumotga ega bulishi kerak. Usimliklarning kelib chikish markazlarini bilish asosida biologiyasi, genetikasi va selektsiyasini tadkikot kilib, shu usimliklardan yukori hosil etishtirishni boshkarishda va yangi navlarni yaratishda samaradorlikni oshirishga erdam beradi.
4.Dala usimliklarining orasida insonga zarur bulgan mahsulotni etishtirish uchun har hil usimliklar ekilmokda. Bu usimliklarning tuzilishi, biologik hususiyati va etishtirish texnologiyasi ham har hil. Bu usimliklarni urganish oson bulishi uchun ular guruhlarga bulinadi. Dala ekinlarini tasnifi ulardan olinadigan mahsulotga karab tuzilgan. Bu tasnif bo`yicha dala ekinlari 6 ta guruhga bulingan:
1. Donli ekinlar - bu ekinlar uzaro 3 ta biologik guruhlarga bulinadi: a)hakikiy don ekinlari (bugdoy, arpa, javdar, suli); b)tariksimon don ekinlari (makkajuhori, juhori, tarik, sholi, marjumak), v)don-dukkakli ekinlar (kuk nuhat, mahalliy nuhat, loviya, soya, yasmik, burchok).
2. Em-hashak utlar - bu guruh 4ta biologik guruhlarga bulinadi:
a) kup yillik dukkakli utlar (beda, sebarga, bargak, kashkarbeda), b) kup yillik kungirbosh utlar (mastak turlari, oksuhta, erkak ut, yaltirbosh, ajrikbosh), v) bir yillik dukkakli utlar (shabdar, bersim, vika), g)bir yillik kungir bosh utlar (sudan uti, kunok, mastak).
3. Tuganak mevali, ildiz mevali va poliz ekinlar - bu guruh 3ta biologik guruhlarga bulinadi: a) tuganak mevali ekinlar (kartoshka, topinambur, batat), b) ildiz mevali ekinlar (kand lavlagi, hashaki, lavlagi, hashaki sabzi, hashaki sholgom), v) poliz ekinlari (kovun, tarvuz, kovok).
4.Moyli ekinlar - 2ta biologik guruhga bulinadi: a) ser egli usimliklar (kungaboqar, mashar, kunjut, erengok, moyli zigir, raps), b) efir moyli ekinlar (ok zira, kora zira, kashnich, arpabodien).
5.Tolali ekinlar - bu guruh 3ta biologik guruhga bulinadi: a) tola urugida rivojlanadi (guza turlari), b)Tola poyasi pustlogida rivojlanadi (kanop, jut, zigir), v)Tola bargda rivojlanadi (tolali banan, YAngi Zelandiya zigiri).
6.Narkotik usimliklar (tamaki va mahorka).
5. Sobiq Ittifok davrida O`zbekistonda asosan, sugoriladigan ekin maydonning 70% i pahta bilan band bulgan. Bugdoy, kartoshka va kand lavlagi boshka respublikalardan tashib keltirilgan. O`zbekiston fakatgina pahta tolasi etkazib berardi va uzi ishlab chikargan tolaning fakat 10 % nigina kayta ishlash hukukiga ega edi. Mustakillikdan sung respublikamizda dehkonchilik tizimi tubdan uzgardi. Pahta yakka hokimligiga barham berildi, almashlab ekish tizimiga uzgartirish kiritildi. Sugoriladigan maydonlarda, asosiy ekin maydonlarini donli ekinlar egallay boshladi.
Mustakillikdan sung kishlok hujaligida islohotlar olib borish uchun kator tadbirlar ishlab chikildi. Ekin maydonlari tarkibida, almashlab ekish tizimida o`zgarishlar boshlandi va chet el texnologiyalari kirib kela boshladi. Don ekinlarining uta serhosil navlarini ekish natijasida Andijon viloyati dehkonlari 70 ming gektar erdan urtacha 70 ts.ga don hosili oldilar. Kartoshkachilikda Gollandiya texnologiyasining kirib kelishi, 1 gektar erdan bizning tuprok – iklim sharoitimizda ham 250-300 ts.dan kartoshka hosili olish mumkinligini kursatdi. Kishlok hujaligida uzok yillardan beri odat bulgan boshkarish va mulkka egalik borasida yangi tizim barpo etildi. Kolhoz va sovhozlar jamoa hujaliklariga tarkatib yuborilib, jamoa hujaliklari bugungi kunda shirkat hujaliklari, fermer-dehkon hujaliklari va oila jamoa pudratiga aylantirildi. Odamlarda erga egalik hissini vujudga keltirish kishlok hujaligida ayrim yutuklarga erishishimizga yordam berdi. 1998 yil 18 martda O`zbekistonda "1998-2000 yillarda kishlok hujaligida iktisodiy islohotlarni chukurlashtirish dasturi" ishlab chikildi. Bu dastur Agrar sohadagi iktisodiy islohotlar jarayonini chukurlashtirish, kishlok hujaligida shirkatlarni shakllantirish, mulkiy paylar va oilaviy pudrat tizimini joriy etish asosida kishlokda hukukiy mulkdorlar sinfini shakllantirish, tuprok unumdorligini oshirish, erdan okilona foydalanish va uni muhofaza kilish, sellektsiya va urugchilikni yahshilash, rakobatbardosh mahsulotlar ishlab chikarishni kupaytirishni ta`minlanishiga asos buldi.
Don va boshka ekinlar urugchiligida asosiy ishlar urug bozorini tashkil kilishga karatildi. Don ekinlari urugini tez kupaytirish uchun har bir viloyatda 2-3 ta elita urugchilik hujaliklari tashkil kilinib, ular orkali respublikamizning super elita va elita uruglarga bulgan talabi kondirilmokda.
Begona utlarga karshi yukori samarali gerbitsidlar kullanilmokda. Mineral ugitlardan foydalanish samarasini oshirish maksadida ekin maydonlarida agrokimyoviy izlanishlar olib borilib, tuprokning agrokimyoviy haritalari tuzildi. Kupchilik sugoriladigan erlar kaytadan rekonstruktsiya qilindi.

  1. Qishlok xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berish mahsulotlarni saqlash va qayta ishlashni o’rganadigan fandir. Ushbu fan barcha iqtisod mutaxassislari uchun 2-kursda o’qilishi avvalgi dasturda o’tilgan fanlarga asoslangandir. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berish fanining asosiy vazifasi xom-ashyoning isrofgarchiligini ogohlantirish va to’xtatish hamda ulardan ko’p miqdorda sifatli mahsulot olish hisoblanadi. Texnologiya xom-ashyodan unumli foydalanishni, shuningdek uni qayta ishlagandan keyin chiqqan chiqitlardan o’simlikshunoslik va chorvachilikni rivojlantirishda foydalanishni o’rgatadi. Qishloq xo’jalik mutaxassislari o’zi etishtirgan mahsulotni qanday maqsadda ishlatilishini bilishi shart. Bu fanni bilish barcha mutaxassis uchun yuqori va sifatli hosil olishda xizmat qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni qo’llaganda agrosanoat majmui bir yaxlit tashkilot singari boshqarilishi, rejalashtirilishi va iqtisodiy ta’minlanishi kerak. Majmuining barcha bo’g’inlarida agrar ishlab chiqarish birlashmalariga o’rnini oshirish hamda aholini oziq-ovqat bilan muntazam ta’minlashda ma’suliyatni chuqur his qildirish. Agrosanoat tarkibida barcha sohalar bilan qishloq xo’jaligi fani o’rtasida aloqalarni kuchaytirish xo’jaliklarning qayta ishlash korxonalari, savdo va jamoat ovqatlanish tizimlari bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni rivojlantirish. Tayyorlov idoralari va xo’jaliklar o’rtasida tuzilgan shartnomalarni bajarishda o’zaro ma’suliyatni oshirish. Ishlab chiqarish jarayonida va realizasiya paytida mahsulot sifatini yaxshilash hamda isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik. Qayta ishlash korxonalarini joylashtirishni takomillashtirish hamda xom-ashyo bazasiga yaqinlashtirish. Yuqori sur’at bilan yangi sovutgichlar texnikasini qo’llash va rivojlantirish. Mahsulotlarni tashish va saqlash uchun agrosanoat majmuini refrijerator transporti va konteynerlar bilan to’liq ta’minlash. Xo’jaliklarda keng ko’lamda nonvoyxonalar, sabzavotlarni tuzlash punktlari, turli xil konservalar tayyorlaydigan kichik va o’rta korxonalar, meva va uzumlarni quritish maydonchalari tashkil etilayapti. Don va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash uni saqlash bilan uzviy chambarchas bog’langandir. Кorxonalarni muntazam ishlashi uchun xom-ashyo, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotlar saqlanadigan omborlar bo’lishi shart.

  2. Inson qishloq xo’jalik mahsulotlarini iste’mol qila boshlagandan buyon uni saqlash va qayta ishlash bilan shug’ullanib keladi. Etishtirilgan mahsulotni nes-nobud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saqlash, undan unumli foydalanish qadimdan inson ehtiyojlarining asosiylaridan biri bo’lgan. Кo’chmanchi halqlar yig’ilgan meva urug’larni saqlash uchun maxsus erto’lalar ko’rishgan. Qabilalar o’troq bo’lib yashay boshlagan paytda ortiqcha mahsulotlarni saqlash, shuningdek zararkunandalardan asrashni o’rgana boshlashgan. Mamlakatimizni turli hududlarida olib borilgan arxeologik qazilmalar qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash quldorlik tuzumi davridayoq amalga oshirilganligidan dalolat beradi. Bu erlardan maxsulotlar saqlanadigan ko’za va boshqa idishlar topilgan. Markaziy Osiyo jumladan O’zbekiston sharoitida ham qadimdan qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga katta e’tibor berib kelingan. Mintaqamizda ob-havo bir kecha-kunduz davomida ham o’zgarishi mumkin. Go’sht, yog’, sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar issiqda tez buziladi, juda qattiq sovuqda esa sabzavot va mevalar muzlab qoladi.

O’zbekistonda qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlashning eng qadimgi usullaridan ko’mib yoki osib saqlash, mevalardan qoqi olish uchun quritish kabilar keng qo’llanilgan. Mahsulotlarni saqlash, qayta achitish, sabzavot, don, meva, go’sht, qazi va tuxumni erga ko’mib saqlash, poliz mahsulotlarini osib saqlash, turli meva, qovun, pamildoridan qoqi tayyorlash, uzum, ukrop, kashnich, rayxon, jambil va qizil qalampirni quritish amalda keng qo’llanib kelingan. Asosan quruq mahsulotlar tez buzilmaydiganlar hisoblanib, ular quruq joyda, shisha, chinni yoki sopol idishlarda, yopiladigan kog’oz qutilarda saqlangan. Don va un asosan qoplarda, katta ko’za, xum yoki qutilarda saqlangan.

  1. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash bo’yicha Markaziy Osiyoda IX-XI asrlarda bir qator asarlar yaratildi. Ularda dehqonchilik mahsulotlarini qayta ishlash tilga olingan. Ular bu mahsulotlarning foydaliligini va ularni qishin-yozin iste’mol qilish zarurligini bayon etganlar. Donni saqlash va qayta ishlash korxonalari hozirgi holga kelguncha uzoq rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. Don tegirmoni tarixi mashina sistemasini asta rivojlanishi va ishlab chiqarish usullarini o’zgarishini o’z ichiga oladi. Suv tegirmonidan foydalanish birinchi marta eramizdan avvalgi X-asr boshlarida quldor Ueartu davlatida suv g’ildiraklari o’rnatilgan tegirmonlarda qo’llanilgan. Inson qachondan boshlab donni oziq-ovqat sifatida iste’mol qilayotganini aniq aytish qiyin.

  1. Кeyingi yillarda qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish, ularni saqlash va qayta ishlash bo’yicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlari qabul qilindi. Bular “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”, “Qishloq xo’jaligini isloh qilish to’g’risida”, “Qishloq xo’jaligi mahsulotlari, jumladan meva-sabzavotlarning hosilini to’la-to’kis yig’ib olish va saqlash” kabi boshqa qaror va qonunlar shular jumlasidandir. Ularda xo’jaliklarda ishlab chiqariladigan mahsulot yuqori sifatli bo’lib, ya’ni ko’yiladigan barcha talablarga javob berishi kerak.

Qishloq xo’jaligida mahsulotlarni saqlash xosilot, iqtisodchi va zoomuxandislarga bog’lik. Ularga va boshka qishloq xo’jalik xodimlariga mahsulotlarni saqlashda quyidagi vazifalar quyiladi:

  • mahsulotlarni va urug’lik fondini imkoniyati boricha isrof qilmasdan hamda sifatini tushirmasdan saqlash;

  • mahsulotlarni saqlayotgan paytda tegishli texnologik usul va rejimlar qo’llab ularning sifatini yanada oshirish;

  • oz mehnat sarf-harajat qilib, mahsulotlarni rentabel holda saqlash.

Oxirgi masala juda zarur bo’lib, ba’zi mahsulotlarni saqlashdagi xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarishdagi qiymatidan ham ortib ketadi. Xarajatlarni kamaytirish urug’lik, ozuqa-em va boshqa mahsulotlarning tan narxini pasaytirishga hamda uni sotib foyda olishga olib keladi. Xo’jaliklar tarkibidagi texnika bazasini korxonalarning rivojlanish yo’nalishiga, u joylashgan erning ob-havo sharoitiga qarab qurish, jihozlari va texnik hamda iqtisodiy tomondan unumli foydalanish zarur.
Ma’lumki qishloq xo’jaligida etishtiriladigan xar bir xom ashyoning sifati qator omillarga bog’liq. Don va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarining oziq-ovkat va texnologik qiymati to’g’ridan-to’g’ri nav, agrotexnik tadbir, ob-havo, etishtirish sharoiti, hosilni yig’ib olish usuli va muddati, hosil yig’ib olingandan keyingi tayyorlashda, tashish va saqlashga uzviy bog’liqdir. Mahsulotlarni unumli saqlash nafaqat mavjud texnik bazasi, ombor, turli mashina va uskunalardan foydalanishga, saqlanajak mahsulotlarning chidamliligiga ham chambarchas bog’liqdir.
Shunday qilib “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berish texnologiyasi” fani kompleks fan bo’lib, o’z ichiga juda ko’p masalalarni oladi, ularni o’rganish qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning bo’lajak rahbarlariga etishtiriladigan mahsulot sifatini oshirishda, saqlash jarayonida, tayyorlashda va qayta ishlashda nobudgarchilikka yo’l ko’ymaslikni o’rgatadi.

Adabiyotlar:





  1. Download 78.31 Kb.
  1   2




Download 78.31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dala ekin maxsulotlarini saqlashning nazariy asoslari

Download 78.31 Kb.