• “aqliy hujum”
  • fayl nomi va uning kengaytmasi
  • Dang’ara tumani 1-diumi informatika fani o’qituvchisi Jo’rayeva Zamiraxonning “Fayllar va kataloglar ” mavzusini o’rgatish bo’yicha yozgan tavsiyasi




    Download 124.5 Kb.
    bet1/2
    Sana22.03.2024
    Hajmi124.5 Kb.
    #174968
      1   2
    Bog'liq
    bu-yerdan-kochirib-oling (2)
    canada, Abdujabborov Xurshidbek lb 5 (1), Laboratoriya ishi 14, Termiz davlat universiteti, фаргона Инс псих иши (12-мактаб), arshi mu andislik-i tisodiyot instituti “Axborot texnologiyalar, kompyutergrafikasi, Akademik yozuv nutq uslublari

    Dang’ara tumani 1-DIUMI informatika fani o’qituvchisi Jo’rayeva Zamiraxonning “Fayllar va kataloglar ” mavzusini o’rgatish bo’yicha yozgan tavsiyasi.

    Jamiyatimizda XXI asr ma’naviy, tarbiyaviy, iqtisodiy-ijtimoiy texnik, texnologik sohalar islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta’lim-tarbiya jarayonlarining pedagogik texnologiyalari asosida o’tkazish, erkin shaxsni tarbiyalashdan iborat. Lekin bu jarayon oson kechmaydi. Bugun ixtiyoriy tarzda qurilayotgan va amalayiyotga tadbiq etilayotgan o’qitish tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga ayltirilishi lozim. Ta’lim jarayonini boshqarish yangi pedagogik texnologiyani yadrosi deyiladi. Barkamol shaxsni shakllantirishda yangi texnologiyani ahamiyati katta.


    “Fayllar va kataloglar” mavzusini o’rgatishda yangi pedagogik texnologiya usularidan bir nechtasini qo’llash mumkin. Mavzuga kirishda “aqliy hujum” metodi orqali “Fayl so’zini eshitganda nimani tushunasiz?” degan savol bilan murojaat qilinadi. Ular eshitganlari va 5-sinfda olgan tayanch tushunchalar orqali o’z fikrlarini bildiradilar. O’quvchilarning javoblari asosida quyidagi “BBB” jadvalining birinchi ustuni to’ldiriladi.

    Bilaman

    Bilmoqchiman

    Bilib oldim










    O’quvchilardan fayl va papka tushunchasi haqida nimalarni bilishlari so’ralib, 1-ustunga yoziladi. Yangi mavzu bo’yicha bilmoqchi bo’lganlari 2-ustunga yoziladi va mavzu o’tilgandan so’ng 3-ustun to’ldiriladi.
    Ikkinchi ustun asosida ma’ruza usulida o’qituvchi mavzu bayoniga kirishadi. Kompyuterda bajariladigan barcha amallarni umumlashtirgan holda 3 ta asosiy vazifaga ajratishimiz mumkin: axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va uzatish.
    Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun axborotlar, dasturlar, ma’lumotlar kompyuter xotirasida o’ziga xos tartibda saqlanadi.
    Fayl – inglizcha so’z bo’lib, “hujjatlar jildi”, “ma’lumot” degan ma’noni bildiradi. Kundalik hayotimizda biz ma’lumotlarni ma’lum bir tartib qoidalarga asosan tartiblaymiz va saqlaymiz. Maslan sinfdagi har bir o’quvchi haqidagi ma’lumotlar alohida jildda saqlanadi. Ma’lumotlar bunday qoidaga asosan tartiblanishinig asosiy maqsad – kerakli ma’lumotni osonlik bilan izlab topishdir.
    Faylda saqlanayotgan ma’lumotlar matn, dastur, tasvir, film, musiqa va boshqalar bo’lishi mumkin. Ma’lumotlar kompyuterning turli xotira qurilmalarida saqlanadi. Bunday xotira qurilmalariga CD va DVD disklar, qattiq disk, flesh disklar kiradi.
    Fayllarni kompyuter xotirasida saqlash uchun ularga alohida nom beramiz. Buning asosiy sababi shundan iboratki, agarda har bir faylga alohida nom berilmasa chalkashlik yuz beradi. Fayllarni yanada tartiblash uchun ularni mazmuniga ko’ra alohida papkalarga joylaymiz.
    Kompyuterda fayllar yaratishingizdan avval o’zingizning papkangizni hosil qiling. Ushbu papkangizga yaratgan matnlaringiz, tasvirlaringiz, ovozli va video fayllaringizni saqlab qo’ying.
    Fayl – tashqi xotirada biror nom bilan saqlangan har qanday ma’lumot.
    Faylda saqlanayotgan ma’lumotlar matn, tasvir, film, musiqa yoki turli boshqa ma’lumotlar bo’lishi mumkin. Ular tashqi xotira hisoblanuvchi disketa, magnit tasma, qattiq disk, CD va DVD disklar, flesh xotira kabi vositalarda fayl ko’rinishida saqlanadi.

    Mavzuni bayon qilishda fanlar aro bog’liqlik o’rnatish, hayotiy misollar keltirish turli vositalardan ko’rgazmalardan foydalanish mavzuni o’zlashtirilishiga ijobiy yordam beradi. Bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq. Masalan : sinf jurnalini qiyosiy ma’noda katalog deb olib, undagi fanlarga ajratilgan sahifalarni fayllar deb qarashimiz mumkin. Yoki gugurt qutisi katalog deb olinib, gugurt donalarini fayllar deyishimiz o’quvchilarni tasavvurini hosil qilishimizga yordam beradi.
    Har bir faylning nomi bo’lib, u 2 qismdan iborat: fayl nomi va uning kengaytmasi. Faylning kengaytmasi – faylda saqlangan ma’lumot qanday turdagi ma’lumot qanday turdagi ma’lumot ekanligidan darak beradi. Faylning nomi 255 ta belgidan oshmasligi lozim. Fayl nomi va uning kangaytmasi nuqta bilan ajratilib yoziladi. Fayllarni o’chish yoki qayta ishlash kerak bo’lsa, unga shu nom orqali murojaat qilinadi yoki qidiriladi. Fayl kengaytmalari kompyuterda turli fayllarni misol sifatida ko’rsatib farqi tushuntiriladi.
    Faylning xususiy nomiga turli talablar qo’yiladi. Faylga nom berishda quyigagi ko’rgazma orqali tushuntirish maqsadga muvofiq:

    Kompyuterda fayllar ustida turli amallar bajarish mumkin:



    • Faylni hosil qilish

    • Faylni saqlash

    • Fayllardan nusxa olish

    • Fayllarni chop etish


    Download 124.5 Kb.
      1   2




    Download 124.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dang’ara tumani 1-diumi informatika fani o’qituvchisi Jo’rayeva Zamiraxonning “Fayllar va kataloglar ” mavzusini o’rgatish bo’yicha yozgan tavsiyasi

    Download 124.5 Kb.