Buloqboshi tumani XTMFMT va TEB tasarrufidagi 11-umumiy o`rta ta’lim maktabi fizika fani o`qituvchisi Pozilova Sevaraxonning 8-sinf Fizika fanidan bir soatlik
DARS ISHLANMASI
Mavzu: Rezistorlar .Reostatlar. Potensiometrlar.
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarda elektrotexnika va radiotexnikada ishlatiladigan detallardan rezistorlar, reostatlar va poteniometrlar haqida tushunchalar hosil qilish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni fanga qiziqtirish ularda o’zaro hamkorlik, hurmat, faollik tuyg’usini shakllantirish.
Rivojlantirish maqsadi: O’quvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiya asosida bilimlarni boyitish. Mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars materiallari va jihozlari:
1.8 – sinf “ fizika” darsligi
2.Rezistor, reostat va potensiometrlar.
3.Tok manbayi , ampermetr.
4.Elektr lampochkasi, uzib-ulagich, ochiq o’tkazgich.
5.2 ta shtativ.
Dars turi: Suhbat, Aqliy hujum , masala is hlash. Savol javob
Asosiy tushuncha va atamalar.
-rezistorlar
-reostatlar
-potensiometrlar
-o’zgaruvchan qarshilik
-masala yechish
Darsning blok chizmasi
1.Tashkiliy qism 2 min
2.UY vazifani “kichik guruhlarda tekshirish 6 min
3.Tajriba namoyishini ko’rsatish 5 min
4.Yangi mavzuning bayoni 15min
5.yangi mavzuni mustahkamlash 6min
6.Masala yechish 2 min
7.O’quvchilarni baho lash
8.Uyga vazifa 2 min
Uyga berilgan masalalarni o’quvchilar juftlik asosida tekshirdilar.Masala javoblari doskada yozildi.
Yangi mavzu otishda o’quvchilar guruhlarga bo’lindilar.
1 guruh Ibn Sino.
2. guruh Al Farobiy
3 guruh Abu Rayhon Beruniy
Yangi mavzuning bayoni
BKM elementi
1.Rezistorlar
2.Reostatlar
3.Potensiometrlar
4.9-mashqni bajarish
Elektr zanzirdagi tok kuchining o’tkazgich qarshiliga bog’liqligidan elektrotexnikada keng qo’llaniladi.Turli qarshilikli o’tkazgich larni tanlab zanjirdagi tokni boshqarish mumkin.Shu maqsadda elektrotexnikada rezistorlardan foydalaniladi.
Rezistor – elektr zanjirda tokni rostlash uchun qo’llaniladigan turli qarshilikli elektr asbob. “Rezistor” so’zi lotincha “resisto”
- “qarshilik” degan ma’noni anglatadi.
Rasmda eng sodda rezistor tasvirlangan.U karkas ,sim va
Qoplamadan iborat.Karkas va qoplama yonmaydigan va tok
O’tkazmaydigan materialdan masalan, chinnidan, sim esa solishtirma
Qarshiligi katta materialdan tayyorlanadi.Simning ikki uchi zanjirning tegishli qismiga ulanadi.
Ko’p hollarda rezistordagi sim o’rniga katta qarshilikka ega
Materialdan tayyorlangan qatlam qo’llaniladi.(65 rasm b)
Bu qatlamning ikkala cekkasi o’tkazgich simga mahkamlangan
Bo’lib, bu simlar orqali u zanjirga ulanadi.
65-d rasmda tasvirlangan rezistor kichik qarshilikli bo’lib , unda tok
o’tkazmaydigan va yonmaydigan material – sopol ichiga katta
qarshilikli sim spiral shaklida joylashtirilgan.
Rezistorlarning elektr zanjir sxemasidagi shartli belgisi 65-e rasmda aks ettirilgan. Har qanday elektr iste’molchini sxrmada shunday shartli belgi bilan ifodalash mumkin.
Rasmda rezistorlarning namunalari keltirilgan.
Ko’p hollarda elektr zanjirda qarshilikni uzluksiz kamaytirish
Yoki ko’paytirish zarur bo’lib qoladi. Masalan, kinoteatr zali chiroqlarini asta sekin o’chirish uchun zanjirdagi tok bir me’yorda kamaytiriladi. Tramvay, trolleybus yoki elektrovoz tezligini asta-sekin oshirish uchun elektr dvigateldagi tok bir me’yorda oshiriladi.
Bu maqsadlarda rezistordan foydalanish etarli emas. Chunki rezistor
Ma’lum qarshilikka ega bo’lib,undagi qarshilikni o’zgartirib bo’lmaydi.Elektr qarshiligini o’zgartirish orqali tok kuchini bir me’yorda o’zgartirishda reostatdan foydalaniladi.
Reostat- elektr zanjirdagi tok kuchi va kuchlanishni rostlash,
Ya’ni o’zgartirish uchun qo’llaniladigan elektr sabob.
“reostat” yunoncha so’z bo’lib, ‘reos” –“oqim” va”statos”- “
“qo’zg’almas degan ma’noni bildiradi.
Solishtirma qarshiligi katta bo’lgan materialdan, masalan,
Nikelin yoki nixrom simdan ehg oddiy reostat yasash mumkin.
Nikelin simning ikki uchini izolator orqali shtativlarga mahkamlaylik
Va 67 rasmda ko’rsatilgandek elektr zanjirni yig’aylik.Suriluvchi D kontaktni u yoq bu yoqqa surib, simning zanjirga ulangan AD qismini uzunroq yoki kaltaroq qilish mumkin.Bunda o’tkazgichning
Qarshiligi, binobarin, undan o’tayotgan tok kuchi o’zgaradi.
Amalda qo’llan ladigan reostatlar ixcham bo’lib, ularning ishlashi yuqorida ko’rsatilgan oddiy reostat kabidir.
Maktab reostatlaridan biri va reostatarning elektr zanjir sxemasidagi shartli belgisi 68- rasmda tasvirlangan. Bunday reostatlarda nikelin sim sopol silindrga o’ralgan.Sim yupqa izolatsiya qatlami bilan
Qoplangan.Simning uchlari 1 va 2 qisqichlarga ulangan.
Chulg’am tepasida joylashgan metall sterjen boylab 3 surgich
Surila oladi.Surgichning kontakti chulg’amning o’ramlariga siqilib
Turadi.Surgichning o’ramlarga.ishqalanishi natijasida uning kontakti ostidagi izolatsiyalangan qatlam yediriladi. Natijada,1 qisqichga kelayotgan tok o’ram va surgich kontakti orqali sterjenga o’tadi . Tok sterjen uchidagi 2 qisqich orqali zanjir boylab o’z yo’lini davom ettiradi.
Reostat surgichini sterjen bo’ylab surish bilan uning qarshiligini, binobarin, zanjirdagi tok kuchini bir
Me’yorda o’zgartirish mumkin.
Ba’zi hollarda zanjirdagi kuchlanishni bir me’yorda kamaytirish
Yoki ko’paytirish zarur bo’lib qoladi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun potenciometrdan foydalaniladi.Reostatdan potensiometr sifatida foydalanish mumkin. Buning uchun reostatni elektr zanjirga 70-rasmda ko’rsatilgandek ulash lozim.
Potensiometr – elektr zanjirdagi kuchlanishni rostlash, ya’ni o’zgartirish uchun qollaniladigan asbob.
Potensiometr surgichi bir tekis yurgizilganda zanjirdagi kuchlanish
Bir me’yorda o’zgara boradi.
Amalda qo’llaniladigan potensiometrlar rasmda ko’rsatilganidek
Aylana shaklida bo’ladi. Bunda uning muruvvati buralsa, 4 surgich aylana shaklida harakat qiladi va zanjirdagi kuchlanish bir tekisda o’zgaradi. Radiotexnikada jumladan, radio va televizorlar ovozining
Past - balandligini o’zgartirishda potensiometrlardan foydalaniladi.
Rasmda turli xil potensiometrlar tasvirlangan.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. Rezistorlardan qaysi sohalarda foydalaniladi?
2.Rezistor so’zining ma’nosini ayting?
3.Rezistorning tuzilishini va zanjirga ulanishini ayting?
4.Reostat nima? Undan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
5.Reostat so’zining ma’nosi nima?
6.Reostatning vazifasi nimadan iborat?
7.Potensiometr qanday vazifani bajaradi?
8.Potensiometrlardan qaysi sohalarda foydalaniladi?
Mavzuni mustahkamlash uchun 9 mashqni (1) bajartiramiz.
1.Rezistor uchlaridagi kuchlanish 9 V ga teng. Unda 0,5 A tok o’tishi uchun uning qarshili qancha bo’lishi kerak?
Berilgan Formula Yechilishi
U=9 V I=U/R
I=0,5 A R=U/I R=9V/0,5A=18Ω
Topish kerak
R=?
Uyga vazifa 18- o’qish 9 mashqni 3ni bajarish.
|