• Yan Amos Komenskiy
  • Darsni interfaol metodlarda tashkil etishning qanday afzalliklari mavjud




    Download 82.31 Kb.
    bet1/3
    Sana10.09.2023
    Hajmi82.31 Kb.
    #81015
      1   2   3
    Bog'liq
    Darsni interfaol metodlarda tashkil etish
    (873) (950) Abu Nasr Forobiyning falsafiy qarashlari, 1. Kirish Splayn funksiya haqida tushuncha, Mavzu Matrisaning xos son va xos qiymatlarini taqribiy hisoblas, 7-sinf test, Laboratoriya-3, 11 - laboratoriya, кабул магистр, 1-Amaliy mashg\'ulot, 4-kurs. 6-amaliy. mat tarix, Doc7, Eekologik samaradorlik, Buyumlari interneti va uning rivojlanish istikbollari, (5)КИЖК 2022 методичка узб курс лой.

    Darsni interfaol metodlarda tashkil etish.
    Darsni interfaol metodlarda tashkil etish.

    Darsni interfaol metodlarda tashkil etishning qanday afzalliklari mavjud:

    • O`qitish mazmuni yaxshi o`zlashtirishga olib keladi;

    • O`z vaqtida o`quvchi-o`qituvchi-o`quvchilar orasida ta’limiy aloqalar o`rnatiladi;

    • O`qitsh usullari ta’lim jarayonida turli xil ko`rinishlarda kechadi. (yakka, juft, guruh,, katta guruhlar).

    • O`quv jarayoni o`quv ehtiyojini qondirish bilan yuqori motivatsiyaga ega bo`ladi.

    • O`zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o`quv materiali yaxshi esda qoladi.

    • O`quvchida o`zaro muloqotga kirishish, fikr bildirish, fikr almashinish ko`nikmalarishakllanadi.

    • O`quv jarayonida – o`quvchining o`z-o`ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi.

    • O`quvchi uchun dars qiziqarli o`qitilayotgan ‘redmet mazmuniga aylanadi, o`qish jarayonigaijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo`ladi.

    • Har bir o`quvchini o`zi mustaqil fikr yurita olishga, izlanishga, mushohada qilishga olib keladi.

    • Interfaol usulda o`tilgan darslarda o`quvchi faqat ta’lim mazmunini o`zlashtiribginaqolmay, balki o`zining tanqidiy va mantiqiy fikrlashini ham rivojlantiradi.Albatta, interfaol darslarni tashkil etishning ham o`ziga yarasha kamchiliklari mavjud.

    1. O`quv-biluv jarayoni ko`’lab vaqt sarflashni talab qiladi.

    2. Interfaol mashg`ulotlarda barcha o`quvchilarni kerakligicha nazorat etib borishning imkoniyatibo`lavermaydi.

    3. Juda murakkab materiallar o`rganilayotganda o`quvchilar muammoni to`laqonli, aniq yechaolmaydilar, bunday sharoitlarda o`qituvchining roli ‘ast bo`lishi hollari kuzatiladi.

    4. Guruhlarda o`quv jarayoni kechayotganda kuchsiz o`quvchilarning ishtiroki tufayli kuchlio`quvchilar ham ‘ast ball yoki baho olish hollari kuzatiladi.

    Xulosa shuki, bunday sharoitda o`qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo`yicha mushohada yuritishga, muammolarni o`z vaqtida yecha oladigan qobiliyatga ega bo`lishi kerak.
    Interfaol usullarda darsni tashkil etishda o`quvchi shaxsini rivojlantirishni o`ziga-o`zi zamin yaratishdan boshlash kerak.
    Ya’ni o`quvchi:

    • O`zi mustaqil mutolaa qilish, o`qish asosida bilim olishga;

    • O`zini-o`zi anglab yetishga, anglab tarbiya to’ishga;

    • O`z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga;

    • O`quv mehnatiga mas’uliyat hissi bilan qarashga;

    • O`z faoliyatini mustaqil tashkil eta olish, har bir minutni g`animat bilishga;

    • O`quv mehnatiga o`zida xohish-istak uyg`ota olishga;

    • Har qanday vaziyatda faollik ko`rsata olishga;

    • Ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalana olishni asosiy va bosh maqsad qilib olishga o`rganmog`i zarur.

    Shuning uchun ham hozirgi kunda o`quvchining o`z-o`zini rivojlantirish texnologiyasini yaratish ‘edagogika, didaktika fani oldida o`z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardandir. K e yingi vaqtlarda o`qituvchilar orasida shaxsga qaratilgan ta’lim nima, interfaol usulda o`qitsh nima uchun zarur? Bu usul qachondan o`quv jarayoniga kirib kelgan? Uning qanday turlari mavjud? Tarkibiy tuzilishi qanday? Uni o`quv jarayoniga qanday olib kirish kerak, uni avvalgi usullardan farqi nimada kabi savollarga duch kelamiz.
    Buning uchun shu kunlarda maktablarimizda olib borilayotgan an’anaviy darslarni yana bir marotaba eslab o`tish joizdir. An’anaviy o`qitish XVII asrda Chex ‘edagogi Yan Amos Komenskiy tomonidan taklif etilgan.
    U o`qitshning yagona klassik tizimini ishlab chiqib, uni sinf – dars sistemasi deb yuritadi. Keyinchalik bu sistema ‘edagogikada keng tarqalgan. An’anaviy maktab sinf-dars tizimi nomini olish u quyidagicha o`ziga xos an’analarga ega:

    • Taxminan bir xil yoki yaqin yoshli bolalar tayyorgarlik darajasi yaqin bolalar sinfini tashkiletadi.

    • Sinf yagona reja, dastur, dars jadvali asosida ishlaydi.

    • Asosan mashg`ulot turi yagona dars hisoblanadi.

    • Dars ma’lum o`quv ‘redmeti, temaga bir xil material ustida ishlaydi.

    • O`quvchilar faoliyatini o`qituvchi boshqaradi, har bir o`quvchining bilim darajasinibaholaydi, yil oxirida o`quvchini sinfdan-sinfga ko`chirishni ham u hal qiladi.

    • Darsliklar asosan uy ishini bajarishda, uyda qo`llaniladi.

    An’anaviy dars sxemasi quyidagicha ko`rinishga ega.
    Yangi mavzuni —Mustaxkamlash — Nazorat — Baholash – O`rganish
    An’anaviy darsning konse’tual holati

    • Ilmiylik

    • O`quvchi tabiatiga mosligi

    • Ketma-ketlik, tizimliligi

    • Tushunarliligi

    • Ko`rgazmalilik

    • Nazariyaning amaliyot bilan bog`liqligi, amalda qo`llay bilish.


    Download 82.31 Kb.
      1   2   3




    Download 82.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darsni interfaol metodlarda tashkil etishning qanday afzalliklari mavjud

    Download 82.31 Kb.