• I. Tashkiliy davr a) salomlashish; b) davomatni aniqlash II. Takrorlash
  • III. Yangi mavzuni o`rganish.
  • Axborotlami kodlash haqida
  • Darsning borishi: I. Tashkiliy davr




    Download 96 Kb.
    bet1/3
    Sana17.04.2024
    Hajmi96 Kb.
    #198408
      1   2   3
    Bog'liq
    27-dars
    Xolmatov K.Arxitekturasi mustaqil ish, 17-dars, 04-dars


    Sana ____________________

    Yosh dasturchi to’garagi mashg’uloti. 27-dars.


    Mavzu: Axborotlarni kodlash.
    Maqsad: O`quvchilarga axborotlarni kodlash haqida tushuncha berish.
    DTS: Axborotlarni kodlash haqida tushunchaga ega bo`lish.
    Darsning borishi:
    I. Tashkiliy davr
    a) salomlashish;
    b) davomatni aniqlash
    II. Takrorlash

    1. Axborot ustida qanday amallar bajarish mumkin?

    2. Axborotni hosil qilish, to'plash, soddalashtirishga misollar keltiring.

    3. Inson tanasida axborotni to'plash va qayta ishlashga misol keltiring.

    4. Axborotni nusxalash, o'lchash, buzishga misollar keltiring.

    5. Axborotlarni uzoq masofaga uzatish usullariga misollar keltiring.

    6. Axborotlarni kompyutersiz va kompyuterda saqlash vositalariga misollar keltiring.

    III. Yangi mavzuni o`rganish.
    Inson axborotlami yig'ish, saqlash va qayta ishlashda qulay hamda qisqa ko'rinishda bo'lishi uchun turli belgilashlardan foydalanadi. Bunga tovushlarni harf va raqamlar orqali, musiqa tovushlarini notalar orqali, matematik, fizik, biologik qonuniyatlarni formulalar orqali ifodalanishini misol qilish mumkin.
    Axborotlami kodlash haqida
    Inson borliqning bir qismi bo'lgani uchun doimo borliqning ta'sirini sezib turadi. Bu ta'simi turli signallar (tovush, yorug'lik, elektomagnit, nerv va hokazo) ko'rinishida qabul qilamiz. Insonga uzluksiz ta'sir etib turuvchi axborotlarni analog axborotlar deb ataladi.
    Inson analog axborotlami qayta ishlashi uchun uni biror qismini ajratib oladi va tahlil qiladi. Tahlil qilish jarayonida axborotni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan ko'rinishga o'tkazadi. Bunda inson turli belgilardan foydalanadi. Masalan, sizga ma'lum bo'lgan alifbo harflari insonga tushunarli bo'lgan tovushlarni, nota belgilari esa musiqiy tovushlarni ifodalaydi. Bu belgilar yordamida insonga eshitilayotgan nutq yoki musiqani qog'ozga tushirish oson kechadi. Demak, inson axborotlarni qayta ishlash uchun uni uzlukli ko'rinishga
    o'tkazar ekan. Axborotlarni bu kabi uzlukli ko'rinishini diskret axborotlar deb ataladi.
    Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan ishlaydiganlari ham, diskret axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mayjud. Diskret axborotlardan eng ko'p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya'ni uzluksiz axborotning raqamlar orqali ifodalangan ko'rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar raqamli qurilmalar deb ataladi. Analog qurilmalarga televizor, telefon, radio, fotoapparat, videokamerani, raqamli qurilmalarga shaxsiy kompyuter, raqamli telefon, raqamli fotoapparat, raqamli videokamerani misol qilish mumkin.
    Axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo'lishi uchun aniq bir qoidalar asosida boshqa ko'rinishga o'tkazish jarayoni axborotni kodlash deyiladi.
    Axborotlarni kodlash insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo'lishi uchun emas, balki axborotni maxfiy saqlash uchun ham qo`llanilgan. Kodlashning bu ko'rinishi shifirlash deb ataladi.

    Download 96 Kb.
      1   2   3




    Download 96 Kb.